Научная статья на тему 'SHAXS TASHABBUSKORLIGIDA LIDERLIK VA MOTIVATSIYANING O’ZARO ALOQASI'

SHAXS TASHABBUSKORLIGIDA LIDERLIK VA MOTIVATSIYANING O’ZARO ALOQASI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

687
529
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tashabbus / lider / shaxs / muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi / mag‟lubiyatdan qochish / muvaffaqiyat / farovonlik / sifat / fenomen / initiative / leadership / personality / motivation for success / avoidance of failure / success / well-being / quality / phenomenon

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Ziyoda Askarovna Abidova, Halima Alisher Qizi Jo’Rayeva

Maqolada liderlik va motivatsiya o'rtasidagi o‟zaro aloqadorlik tashabbuskor shaxsning ajralmas xususiyatlari sifatida tasvirlangan. E.Jarikov va E.Krushelnitskiylarning “Sardor” metodikasi yordamida aniqlangan liderlik fazilatlari va T.Elersning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi yoki mag‟lubiyatdan qochish motivatsiyasi metodikalari orqali aniqlangan motivatsiyalar o'zaro bog'liqligi darajasi o'rganildi. Mualliflar tadqiqot ishtirokchilarini ikki guruhga bo„ladilar, birinchi guruhga liderlik fazilatlari yuqori bo„lgan ishtirokchilar va ikkinchi guruhga liderlik fazilatlari past bo„lgan ishtirokchilar kiradi, so‟ng statistik usullardan foydalanib tanlangan guruhlar bir-biri bilan motivatsion xususiyatlarning namoyon bo‟lishi bilan taqqoslanadi. Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining va mag‟lubiyatdan qochish motivatsiyasining statistik tahlili natijalari keltirilgan. Bu o‟zaro aloqadorlik liderlik va motivatsiya o'rtasidagi munosabatni aniqlash maqsadida amalga oshirildi va shu bilan ularning shaxs tashabbuskorligining namoyon bo'lishidagi rolini aniqlashga harakat qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, liderlik fazilatlari yuqori bo'lgan ishtirokchilar orasida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi yuqori bo'lib, bu shaxs tashabbuskorligining zaruriy hal qiluvchi omili hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the relationship between leadership and motivation as integral features of an initiative personality. The results of a study of the relationship between leadership qualities, which were determined by the method of determining the leader of E. Zharikov and E. Krushelnitsky, and the orientation of motivation towards success or avoiding failure, diagnosed by the method of T. Ehlers, are presented. The authors divide the study participants into two groups, the first group participants with a high level of leadership qualities and the second group participants with a low level of leadership qualities, after using statistical methods, the selected groups are compared with each other in the manifestation of motivational characteristics. The results of statistical analysis of manifestation of motivation for success and motivation for avoiding failure are given. This relationship was carried out in order to determine the relationship between leadership and motivation, and thereby try to determine their role in the manifestation of the initiative of the individual. Based on the results of the study, it is concluded that participants with a high level of leadership qualities have a motivation for good luck, which is a necessary determinant of individual initiative

Текст научной работы на тему «SHAXS TASHABBUSKORLIGIDA LIDERLIK VA MOTIVATSIYANING O’ZARO ALOQASI»

SHAXS TASHABBUSKORLIGIDA LIDERLIK VA MOTIVATSIYANING

O'ZARO ALOQASI

Ziyoda Askarovna Abidova

O'zbekiston Milliy universiteti, Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent

aziyoda@gmail .com

Halima Alisher qizi Jo'rayeva

O'zMU Ijtimoiy psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti halimajuraeva614@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada liderlik va motivatsiya o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik tashabbuskor shaxsning ajralmas xususiyatlari sifatida tasvirlangan. E.Jarikov va E.Krushelnitskiylarning "Sardor" metodikasi yordamida aniqlangan liderlik fazilatlari va T.Elersning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi yoki mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasi metodikalari orqali aniqlangan motivatsiyalar o'zaro bog'liqligi darajasi o'rganildi. Mualliflar tadqiqot ishtirokchilarini ikki guruhga bo'ladilar, birinchi guruhga liderlik fazilatlari yuqori bo'lgan ishtirokchilar va ikkinchi guruhga liderlik fazilatlari past bo'lgan ishtirokchilar kiradi, so'ng statistik usullardan foydalanib tanlangan guruhlar bir-biri bilan motivatsion xususiyatlarning namoyon bo'lishi bilan taqqoslanadi. Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining va mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasining statistik tahlili natijalari keltirilgan. Bu o'zaro aloqadorlik liderlik va motivatsiya o'rtasidagi munosabatni aniqlash maqsadida amalga oshirildi va shu bilan ularning shaxs tashabbuskorligining namoyon bo'lishidagi rolini aniqlashga harakat qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, liderlik fazilatlari yuqori bo'lgan ishtirokchilar orasida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi yuqori bo'lib, bu shaxs tashabbuskorligining zaruriy hal qiluvchi omili hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Tashabbus, lider, shaxs, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, mag'lubiyatdan qochish, muvaffaqiyat, farovonlik, sifat, fenomen.

ABSTRACT

The article describes the relationship between leadership and motivation as integral features of an initiative personality. The results of a study of the relationship between leadership qualities, which were determined by the method of determining the leader of E.

April, 2022

698

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-698-703

Zharikov and E. Krushelnitsky, and the orientation of motivation towards success or avoiding failure, diagnosed by the method of T. Ehlers, are presented. The authors divide the study participants into two groups, the first group - participants with a high level of leadership qualities and the second group - participants with a low level of leadership qualities, after using statistical methods, the selected groups are compared with each other in the manifestation of motivational characteristics. The results of statistical analysis of manifestation of motivation for success and motivation for avoiding failure are given. This relationship was carried out in order to determine the relationship between leadership and motivation, and thereby try to determine their role in the manifestation of the initiative of the individual. Based on the results of the study, it is concluded that participants with a high level of leadership qualities have a motivation for good luck, which is a necessary determinant of individual initiative.

Keywords: initiative, leadership, personality, motivation for success, avoidance of failure, success, well-being, quality, phenomenon.

Jamiyatda shaxs tashabbuskorligining namoyon bo'lishi farovonlik yo'lida qo'yiladigan ustuvor qadamlardan biri hisoblanadi. Ayni tashabbuskorlik davlat taraqqiy topishi va rivojlanishi uchun muhim fenomenlaridandir. Xozirgi kundagi globallashuv va axborotlashuv jarayonlari davrida shaxs tashabbuskorligi muxim axamiyat kasb etmoqda. Shaxs tashubbuskorligini ahamiyatini prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Beshta muhim tashabbus" doirasida - "har bir inson tashabbuskorlik hissini tuyib ish tutsa albatta bu manfaatli bo'lar edi" [1] - deb takidlashlarida xam payqash mumkin.

Shaxs tashabbuskorligi fenomenini ijtimoiy-psixologik jixatdan o'rganish, uni namoyon bo'lish mexanizmini yaratish xozirgi kunda dolzarb muammolaridan biri bo'lib kelmoqda. Shaxsni jamiyatga ijtimoiylashuvini ta'minlashda tolerantlik o'rnini aniqlashga qaratilgan tadqiqotda [2], shuningdek tolerantlilik integratsiyalashuv jarayonining asosi sifatida o'rganilganda shaxs tashabbuskorligi muxim axamiyatga ega ekanligi aniqlangan [3]. Tashabbuskorlik xaqida M.Frese fikr yuritar ekan, tashabbuskor shaxsda maqsadlar boshqa birov tomonidan berilmasligini yoki tayinlanmasligini, aksincha bu maqsadlarni shaxsning o'zi ishlab chiqishini takidlagan [4].

Tashabbuskor shaxs sifatlari xaqida gapirar ekanmiz, jamiyat uchun zarur bo'lgan yana bir xususiyat liderlik va shaxsning motivatsiyasi xaqida gapirmaslikning ilojisi yo'q. Tashabbuskorlik va liderlik

xaqida xozirgi kunda mavjud adabiyotlami taxlil qilar ekanmiz

April, 2022

ushbu fenomenlarni o'rganishda xar xil yondashuv borligini ko'rishimiz mumkin. Ba'zi tadqiqotlarda tashabbuskorlik liderlik hususiyati, ba'zilarida esa aksincha liderlik tashabbuskor shaxs xususiyati deb ta'kidlanadi, ba'zi tadqiqotlarda esa tashabbuskorlik va liderlik shaxs fenomenlari sifatida o'rganiladi. Tadqiqodlardagi tafovutlar bizni xam aynan shu muammoni o'rganishga undadi. Shaxs tashabbuskorligida liderlik va motivatsiyaning o'zaro aloqasini o'rganish maqsadida ijtimoiy fanlar soxasida tahsil olayotgan uchinchi bosqich talabalari orasida tadqiqot o'tkazildi. Tadqiqotimizning birinchi bosqichida jami 145 nafar sinaluvchi orasida E.Jarikov va E.Krushelnitskiylarning "Sardor" metodikasi yordamida liderlik fazilatlari aniqlandi va olingan natijaga ko'ra sinaluvchilar ikki guruxga ajratildi: birinchi guruh - liderlik fazilatlari yuqori bo'lgan ishtirokchilar (37%) va ikkinchi guruh - liderlik fazilatlari past bo'lgan ishtirokchilar (63%).

Tadqiqotimizning keyingi bosqichida sinaluvchilarning motivatsiyasi T.Elersning "Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi" va "Mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasi" metodikalari orqali aniqlandi. Motivatsiyani aniqlashga qaratilgan Elers metodikasida shaxsning ijtimoiy xulq motivatsiyasi va muffaqiyatga yo'nalganligi, uning harakat dasturi hamda maqsadlarida namoyon bo'ladi. Muvaffaqiyatga yo'nalgan shaxslarda o'zini-o'zi nazorat qilish va boshqarish sifatlari yuqori bo'ladi. Ushbu metodikada 41ta muvafaqiyatga erishish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan savollar berilgan. Ularga muvofiq agar talaba 1 balldan 10 ballgacha yeg'gan bo'lsa unda bu talabada muvafaqiyatga nisbatan juda past motivatsiya ekanligi aniqlanadi. Agar talaba 11 balldan 16 ballgacha yeg'sa unda bu talabada muvafaqiyatga nisbatan o'rta darajadagi motivatsiya ekanligi aniqlanadi. Agar talaba 17 balldan 20 ballgacha yeg'gan bo'lsa ushbu talabada anchagina yuqori motivatsiya ekanligi ko'rinadi. Va nihoyat agar talaba 21dan yuqori ballni qo'lga kiritsa bunda u muvafaqiyatga nisbatan o'ta yuqori motivatsiyaga ega ekanligi ko'rinadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, muvaffaqiyatga kuchli darajada yo'naltirilgan odamlar o'rtacha xavfni afzal ko'rishadi. Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqadiganlar kichik yoki, aksincha, juda ko'p xavf darajasini afzal ko'rishadi. Biror kishi muvaffaqiyatga erishishga undaydi - maqsadga erishish uchun, tavakkal qilishga tayyorligi kamayadi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga bo'lgan motivatsiya muvaffaqiyat umidiga ham ta'sir qiladi: muvaffaqiyat uchun kuchli motivatsiya bilan, muvaffaqiyatga bo'lgan umid zaif muvaffaqiyat motivatsiyasidan ko'ra kamtarroq bo'ladi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatga erishishga undaydigan va undan katta umidvor bo'lgan odamlar yuqori xavfdan qochishadi.

April, 2022

700

Muvaffaqiyat qozonish uchun yuqori ishtiyoqli va xavf-xatarlarni olishga tayyor bo'lganlar, xavflarni olishga yuqori motivatsiya qilingan, ammo muvaffaqiyatsizlikka (mudofaaga) yo'l qo'ymaslik uchun yuqori darajadagi motivlarga ega bo'lganlarga nisbatan baxtsiz hodisalar kamdan-kam uchraydi. Aksincha, agar odam muvaffaqiyatsizlikka (mudofaaga) yo'l qo'ymaslik uchun yuqori motivatsiyaga ega bo'lsa, bu muvaffaqiyat maqsadiga erishishga xalaqit beradi. Qolaversa T.V.Bendas liderlik sifati ko'pincha guruh yoki tashkilot taqdirini belgilaydi va liderga bo'lgan ehtiyoj deyarli har doim ishni yolg'iz o'zi amalga oshirib bo'lmaydigan holatlarda paydo bo'ladi [5].

Liderligi yuqori va hukmini o'tqaza oladigan talabalarda Elersning muvafaqiyatga erishish motivatsiyasini aniqlash metodikasidan olingan natija o'rtacha 21ni tashkil qildi. Bu shuni ko'rsatadiki liderligi yuqori talabalarda muvafaqiyatga nisbatan o'ta yuqori motivatsiya mavjud. Liderligi o'rtacha yoki kam rivojlangan talabalarda esa olingan natija o'rtacha 20ni tashkil qildi. Bu shuni ko'rsatadiki liderligi o'rtacha yoki kam bo'lgan talabalarda muvafaqiyatga nisbatan yuqori motivatsiya mavjud ekan ya'ni 99% ishonch darajasida Sardor va Muvaffaqiyatga erishish metodisasi o'rtasida o'zaro bog'liqlik holati kuzatildi. (Rs=0,001; p<0,05) (1-diagramma).

m Lider Lider emas

80% 70% 60% 50°% 40°% 30% 20% 10% 0%

m/n juda past motivatsiya

m/n o'rta motivatsiya

m/n yuqori motivatsiya

67%

1

3 30/

/u 1 32%

14% ■

Ea J

0% 1% 0%

53%

m/n o'ta yuqori motivatsiya

1-diagramma. Liderlik va motivatsiyaning nisbati.

Elersning muvafaqiyatga erishish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan metodikasining davomi sifatida Elersning mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan metodikasi ham mavjud. Metodikada takidlanishicha ballar yig'indisi qanchalik baland bo'lsa, muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik va himoya qilish uchun motivatsiya darajasi shuncha yuqori bo'ladi. Mazkur metodikada to'plangan ballar kuyidagicha taqsimlanishi belgilangan: 2 dan 10 gacha ball: himoya qilish uchun past motivatsiya; 11 dan 16 ballgacha: o'rtacha motivatsiya darajasi; 17 dan 20 ballgacha:

April, 2022

701

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-698-703

yuqori motivatsiya darajasi; 20 balldan yuqori: muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik, himoya qilish uchun juda yuqori motivatsiya [5].

Insonning xulq-atvorini qo'llab-quvvatlaydigan va boshqaradigan muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik motivlari uning muvaffaqiyatiga ta'sir qiladi va hamma odamlarda uchraydi.

"Muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik" motivi ustun bo'lgan odamlar uchun o'zlarining psixofiziologik moyilligini zamonaviy hayotga tadbiq etadigan, ularni ijobiy natijaga aylantiradigan faoliyat sohasini topish juda muhimdir. Agar siz sodir bo'layotgan narsalarga munosabatingizni o'zgartirishni o'rgansangiz va shunga muvofiq ravishda o'zingizni o'zgarishlarga safarbar qilsangiz, dunyoga ijobiy nuqtai nazar shakllanishi mumkin. Muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik uchun ustun turtki bo'lgan odam, muvaffaqiyatsizlik obro'ga tahdid solmaydigan kichik, yoki aksincha, o'ta katta xavfni afzal ko'radi. Odatda u yuqori darajada himoya qiladi va baxtsiz hodisalardan qo'rqadi. Va u bunday muammoga duch kelish ehtimoli ko'proq. Shaxsning muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik motivining ustunligi o'zini past baholashga va intilish darajasiga olib keladi. Takroriy muvaffaqiyatsizliklar bunday odamni odatdagi depressiya holatiga, o'ziga bo'lgan ishonchning doimiy pasayishiga va muvaffaqiyatsizlikka qarshi surunkali qo'rquvga olib kelishi mumkin. Bunday odamlar, qoida tariqasida, yutuq motivatsiyasi rivojlanishining past darajasiga ega. Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi past bo'lgan odamlar o'zlariga ishonmasliklarini va qilayotgan ishlariga yuklanishlarini ko'rsatadilar. Qiyin vazifalar ularni bezovta qiladi.

Elersning Mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasini aniqlashga qaratilgan metodikada esa liderligi yuqori talabalarda o'rtacha 12ni tashkil qildi. Bu shuni ko'rsatadiki mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasi o'rtacha darajada ekan. Liderligi o'rtacha yoki kam talabalarda esa o'rtacha 14ni tashkil qildi. Bu shuni ko'rsatadiki mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasi o'rtacha darajada ekan ya'ni 99% ishonch darajasida Sardor va Mag'lubiyatdan qochish metodisasi o'rtasida teskari korrelyatsiya kuzatildi. Yani liderlik qanchalik yuqori bo'lsa mag'lubiyatdan qochish shunchalik past bo'lar ekan. (Rs=0,000; p<0,05), (2-diagramma).

April, 2022

50% 45% 40% 35°% 30°% 25% 20% 15% 10% 5% 0%

44%

45%

22% 22%

10%

u Lider _i Lider emas

0%

h/n quyi motivatsiyaning motivatsiyaning motivatsiya o'rta darajasi yuqori darajasi

motivatsiyaning o'ta yuqori darajasi

2-diagramma. Liderlik va motivatsiyaning nisbati.

Xulosa qilib yuqori liderlikni namoyon qiluvchi talabalarning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi liderlikni kam namoyon qiluvchi talabalarga nisbatan statistik ishonch darajada yuqori ekanligini, liderlarning mag'lubiyatdan qochish motivatsiyasi esa past ekanligini takidlash mumkin. Demak, liderlik fazilatlari yuqori bo'lgan ishtirokchilar orasida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi yuqori bo'lib, bu shaxs tashabbuskorligining zaruriy hal qiluvchi omili hisoblanadi. Shaxs tashabbuskorligi rivojlantirishda uning motivatsiyasiga alohida e'tibor qaratish va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyani kuchaytirish zarur.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "Beshta muhim tashabbus" 20.03.2019

2. Abidova Z.A., Djalalov U.D. Tolerantnost kak faktor uspeshnoy sotsializatsii. // The 10th International scientific and practical conference "European scientific discussions" (August 15-17, 2021) Potere della ragione Editore, Rome, Italy. 2021.-R.171-175.

3. Abidova Z.A., Djalalov U.D. Tolerantnost lichnosti osnova integratsionnix protsessov. // Obshestvenniy-nauchniy jurnal "Pravovestnik". - g.Ufa. - № 2 (13) 2019. - S.25-27.

4. Frese, M., Teng, E., & Wijnen, C. J. D. (1999). Helping to improve suggestion systems: Predictors of giving suggestions in companies. Journal of Organizational Behavior, 20, 1139-1155.

5. Bendas T.V. Metodika viyavleniya liderov gruppi // Vestnik prakticheskoy psixologii obrazovaniya. 2008. № 4(17). B. 113 - 117.

April, 2022

703

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.