é
ш
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
ARTICLE INFO
ABOUT PSYCHOLINGUISTICS AND SOME TERMS RELATED TO IT Nilufar Akhmedova
Doctor of philosophy (Ph.D)in philological sciences. Scientific Researcher at Institute of Uzbek language, literature and folklore of the Uzbekistan Academy Sciences https://doi.org/10.5281/zenodo.12198077
ABSTRACT
The article discusses psycholinguistics, which is considered a modern field of linguistics, and the specifics of giving related terms in dictionaries.
Received: 14th June 2024 Accepted: 20th June 2024 Online: 21th June 2024 KEYWORDS
Psycholinguistics, psychology, isomorphism, linguistic heredity,
linguistic creativity, speech therapy, inner speech, human factor.
О ПСИХОЛИНГВИСТИКЕ И НЕКОТОРЫХ СВЯЗАННЫХ С НЕЙ ТЕРМИНАХ
Нилуфар Ахмедова
Доктор философии (Ph.D) по филологическим наукам.
Научный сотрудник Института узбекского языка, литературы и фольклора Академии
наук Узбекистана. https://doi.org/10.5281/zenodo.12198077
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 14th June 2024 Accepted: 20th June 2024 Online: 21th June 2024 KEYWORDS
Психолингвистика, психология, изоморфизм, языковая
наследственность, языковое творчество, логопед, внутренняя речь, человеческий
В статье рассматривается психолингвистика, считающаяся современной областью лингвистики, и специфика дачи связанных с ней терминов в словарях.
фактор.
PSIXOLINGVISTIKA VA UNGA OID AYRIM TERMINLAR XUSUSIDA
Nilufar Axmedova
O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori katta ilmiy xodimi, PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.12198077 ARTICLE INFO ABSTRACT
ä#
Ws,
Received: 14th June 2024 Accepted: 20th June 2024 Online: 21th June 2024
KEYWORDS Psixolingvistika, psixologiya, izomorfizm, lisoniy irsiyat, lisoniy yaratuvchanlik, logopediya, ichki nutq, inson omili.
Psixolingvistika - bu nutqning shakllanish jarayonlarini, shuningdek, nutqning til tizimi bilan munosabatlarida idrok etish va shakllanishini o'rganadigan fan. Psixolingvistika, so'zlovchilarning maqsadlari ushbu madaniyatda qabul qilingan kodning signallariga aylantiriladigan jarayonlarni o'rganadi va, o'z navbatida, ushbu signallar tinglovchilarning niyatlariga aylantiriladi. Psixolingvistikaning obyekti - insonning turli maqsadlarda va turli vaziyatlarda ishlatadigan tili va nutqi1. Yoki nutqiy faoliyat subyekti bo'lgan shaxs, til egasidir. Shu sababdan uning diqqat markazida inson turadi, eng muhim xususiyati ham inson omili ekanligi bilan o'ziga xosdir2.
Psixolingvistikaning predmeti, bir tomondan, shaxsning nutqiy faoliyat tuzilishi va vazifasi bilan aloqadorligini, ikkinchi tomondan esa, insonda olamning obrazini tashkillashtiruvchi vosita sanalgan til bilan belgilanadi3. Yoki til belgilarini so'zlovchilar ongida yaratish va idrok etish jarayoni hisoblanadi.
Bugungi kun tilshunoslarining nazariy asoslarini inson tili va nutqiy faoliyatiga psixologik yondashuv qarash tarafdorlari sanalgan XIX asr olimlaridan V.Gumbold, A.Sheyxer, X.Shteyntal, G.Paul, A.Potebnya, I.A.Buduen de Kurtene kabilarning izlanishlarida kuzatish mumkin. XX asr o'rtalarida da esa psixolingvistikaga ulkan hissani L.V.Sherba, N.IJinkin, A.A.Leontevlar qo'shishdi. Psixolingvistikaga ilk tamal toshi 1951-yilda AQSh Kornel universitetida tilshunos va psixologlar xalqaro universitetlar anjumanida tilshunoslik va psixologiya qo'mitasini tuzish haqidagi g'oyani e'lon qilishganida qo'yildi. Ayna shu paytda tilshunoslik elementlar tizimi sifatida (strukturalizm), psixologiya esa bilish asosida emas, balki intizom (bixeviorizm) asosida tadqiq qilinar edi4.
Tilshunoslikda psixologik yondashuv an'anasi uzoq davom etdi. XX asr boshlarida A.Marti asos solgan universal grammatika nazariyasi uchun ham ana shu yondashuv poydevor bo'lib xizmat qildi. A.Marti universal grammatika yaratish mumkinligining nuqtasi sifatida barcha tillarning bir xil psixologik mazmunni ifodalashini va bir xil ichki qurulishga ega 8 ekanligini, chunki har qanday inson, qaysi tilga mansub bo'lishidan qat'iy nazar, umumiy psixofiziologik tuzilishga ega bo'lishini ta'kidlaydi. A.Martining fikriga ko'ra, tilshunoslikning
1 Основы психолингвистики и социолингвистики Учебно-методические материалы по дисциплине. Хабаровск.
2 Usmanova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. - Toshkent: Bookmany print, 2022. - B. 3.
3 Леонтьев А.А. Основы психолингвистикию - М.: Смысль: Академия. 2008. - С. 19.
4 Белянин В.П. Психолингвистика [Электронный ресурс] : учебник / В.П. Белянин. - 4-е изд., стер. - М. : ФЛИНТА, 2016. - C. 31.
Maqolada tilshunoslikning zamonaviy sohasi sanalgan psixolingvistika va unga oid terminlarning lug'atlarda berilishidagi o'ziga xosliklar xususida fikr yuritilgan.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
asosiy vazifasi universal til vositalari orqali ifodalangan mazmun va psixik funktsiyalarni aniq tavsiflash va tahlil qilishdan iborat bo'lishi kerak5.
Tilshunoslik va psixologiya doirasidagi izlanishlar natijasi shuni ko'rsatdiki, inson tafakkuri va nutq shakllari o'rtasidagi bog'liqlik juda ham yaqin hisoblanadi. Shu sababdan psixolingvistika nuqtayi nazaridan yondashilsa, til nafaqat muloqot vositasi, balki ma'naviyat hamda qadriyatning ifodasi hamdir.
Bugungi kun psixolingvistikasiga oid tadqiqotlar falsafa, psixologiya, tilshunoslik, semiotika, semantika, mantiq, sotsiologiya hamda tibbiyot bilan chambarchas bog'liq.
Psixolingvistika til o'rganish va undan foydalanish asoslarini belgilovchi fikrlash jarayonlarini tahlil qilishda, psixologiya va tilshunoslikka tegishli nazariy va empirik usullardan foydalanadi. Bu jarayon o'z faoliyati davomida o'zida bir necha fanlarni jamlaydi. Tilshunoslarni doimo inson bilimining muhim belgisi bo'lgan til tuzilishining formal ta'rifi qiziqtirib kelgan. Bu tuzilma o'zida nutq tovushlari va ularning mazmunini shu bilab birga tovush va mazmunni birlashtiruvchi murakkab grammatik tizimlarni jamlaydi. Psixologlar esa bolalar bu tizimlarni qay tarzda o'zlashtirishini va bu tizimlarning so'zlashuv jarayonidagi o'rni haqida bilishni istaydilar.
Psixologlarni tilshunoslikda o'ziga charlovchi narsa shundaki, bu fan inson bilimlarini muhim sohalaridan birini mukammal ravishda va ilmiy jihatdan ta'riflaydi. So'nggi yillarda psixologlarga Noam Xomskiy va uning Massachuset texnologik institutidagi hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan tilshunoslikka mutlaqo yangi yondashishni uslubi katta madad bo'ldi.
Hozirgi zamon tilshunoslikning grammatika sohasidagi tadqiqotlari o'z navbatida psixologiyaga katta ta'sir ko'rsatdi. Ular nazariy eksperimental jihatdan o'rganish psixologiyasini boyitib, psixolingvistikaning keyingi taraqqiyotida muhim omilga aylandi6.
Ta'kidlash lozimki, har doim oraliqdagi hodisalar kuchli va, o'z navbatida, juda e'tiborni talab qilishi bilan o'ziga xosdir. Jumladan, psixolingvistika sohasi ham psixologiya va tilshunoslikni birlashtirar ekan, unga oid terminlar ikkala fanning tutashgan xususiyatlarini aks ettira olishi lozim.
O'zbek tilshunosligida psixolingvistika va unga oid nazariy qarashlar XX asr oxirida shakllana boshladi. Xususan, A.Nurmonov, N.Mahmudov, S.Mo'minov, Sh.Safarov, A.Mamatov, D.Lutfullayeva, M.Hakimov, S.Boymirzayeva, I.Azimova kabi olimlarning tadqiqot va maqolalarida psixolingvistikaning millat, til va uning sohibi bilan aloqadorlikda tadqiq qilinishi, bu borada boshqa til vakillaridan farqli o'ziga xosliklari keng ko'lamda yoritildi.
Psixolingvistika terminlari lug'at shaklida hozirga qadar yaratilmagan. Shu sababdan biz bu jarayonda psixolingvistikaning o'ziga xos xususiyatlari va lug'atchilikdagi bu borada mavjud tajribalarga murojaat etdik.
Mazkur lug'atga kiritilgan terminlarni to'plashda o'zbek va jahon tilshunosligida yaratilgan ilmiy tadqiqotlar, adabiyotlardan manba sifatida foydalanildi. Tanlangan terminlarga imkon qadar kengroq izohlar berildi. Termin xatboshidan har bir harfi bosh shaklda berilib, o'zlashma terminlarning kelib chiqishi katta qavsda ifodalandi. Masalan:
5 Sultonova U.A. Psixolingvistikada adabiy me'yor va uning mazmun mohiyati. - Xiva, 2019. - B. 7.
6 Sultonova U.A. Psixolingvistikada adabiy me'yor va uning mazmun mohiyati. - Xiva, 2019. - B. 10.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
IZOMORFIZM (lot. izo - o'xshash + morfo - shakl) Tilning turli sath birliklarining ichki tuzilishi o'rtasidagi o'xshashlik ma'nosini ifodalaydi. Mazkur atama tilshunoslikka ilk bor Y.Kurilovich tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, tovush komplekslari (masalan, bo'g'in) va semantik komplekslar (masalan, gap), funksional munosabatlaridan qat'i nazar, chuqur struktur parallelizmga ega. Ular o'rtasida izomorfizm deb nomlanishi mumkin bo'lgan ajoyib o'xshashlik bor.
Yuqorida ta'kidlanganidek, psixolingvistika faniga dastlab Amerika tilshunosligida asos solingan. Shu sababli fanga oid terminlarning aksariyati ingliz tilida. O'quvchiga qulaylik yaratish maqsadida terminlarning dastlabki nomlanishini oddiy qavslar orqali o'sha til grafikasida berildi. Masalan:
LISONIY IRSIYAT (ing. Language gene - FOXP2; rus. языковой ген) Insonga xos til va uni o'zlashtirish qobiliyati kabi o'ziga xosliklarni tashuvchi tabiiy ko'nikma. So'nggi yillardagi ilmiy yutuqlar shuni ko'rsatadiki, insondagi gapirish qobiliyati tug'ma. U irsiy belgilar orqali avloddan-avlodga ko'chadi.
Lug'atdan o'rin olgan terminlarga ularning tabiatidan kelib chiqib, atroflicha yondashildi. Masalan:
LISONIY YARATUVCHANLIK Til sohibining, asosan, bolalarning anglangan yoki anglanmagan holda til birliklariga o'ziga xos tarzda yondashishi. Bolalar nutqi ustida tadqiqotlar olib borgan mutaxassislarning fikricha, bola o'z ona tilini to'liq o'zlashtirgunicha til birliklaridan o'zi yaratgan qoidalarga ko'ra foydalanadi. Bu, ayniqsa, so'z yaratish jarayonida yaqqol kuzatiladi. Yoki
ICHKI NUTQ Ma'lum narsa, voqea-hodisa haqida o'ylanganda, qandaydir muammolarni miyada bajarganda, o'qilgan matn yoki suhbatni ichda qayta tushunish jarayonlarida foydalaniladigan ovozsiz, noverbal, xayoliy nutq. Ichki nutq so'zlovchiga verbal nutqning yuzaga chiqishi uchun tayyorgarlik bosqichini o'taydi.
Psixolingvistik terminlarning izohli lug'atida tanlangan birliklarni nisbatan kengroq yoritilishi bilan bu sohadagi boshqa lug'atlardan farqlanadi.
Mazkur lug'atni tuzishdan maqsad o'zbek tilshunosligida psixolingvistikaga oid tadqiqotlarga, shu soha bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarga amaliy yordam sifatida fanga tegishli terminlarning mohiyatini chuqurroq, atroflicha yoritishdan iborat. Lug'at ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta'lim mutaxassislari, magistr hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
References:
1. Sultonova U.A. Psixolingvistikada adabiy me'yor va uning mazmun mohiyati. - Xiva, 2019. - B. 7.
2. Usmanova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. - Toshkent: Bookmany print, 2022. - B.
3.
3. Белянин В.П. Психолингвистика [Электронный ресурс] : учебник / В.П. Белянин. — 4-е изд., стер. — М. : ФЛИНТА, 2016. - 415 с. - C. 31.
4. Леонтьев А.А. Основы психолингвистикию - М.: Смысль: Академия. 2008. - 288 с. -С. 19.
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
5. Основы психолингвистики и социолингвистики Учебно-методические материалы по дисциплине. Хабаровск.