Научная статья на тему 'PSIXOLOGLAR NUTQIGA XOS TIBBIY BIRLIKLARNING AYRIM LISONIY XUSUSIYATLARI'

PSIXOLOGLAR NUTQIGA XOS TIBBIY BIRLIKLARNING AYRIM LISONIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
106
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolog / lisoniy tadqiq / sintaktik tahlil / grammatika / uyg`unlik / tibbiy birliklar. / psychologist / linguistic research / syntactic analysis / grammar / harmony / medical units.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Lola Avliyoqulova

Ushbu maqolada psixologlar nutqiga xos bo`lgan tibbiy birliklarning qo`llanilishi hamda ularning o`ziga xos xususiyatlari lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilinadi. Aytish joizki, ushbu tibbiy birliklar psixologlar nutqiy muloqotining ajralmas qismi bo`lib, ularni talqin qilishda leksik-semantik, grammatik, sintaktik usullarga tayaniladi. Maqolada bir qator psixologlar nutqi tahlil qilinib, ularning o`ziga xos jihatlari ajratib ko`rsatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC PROPERTIES OF MEDICAL UNITS SPECIFICALLY SPEAKED BY PSYCHOLOGISTS

This article examines the use of medical units specific to the speech of psychologists and their specific features from a linguistic point of view. It should be noted that these medical units are an integral part of the speech of speech psychologists, and their interpretation is based on lexical-semantic, grammatical, syntactic methods. The article analyzes the speech of a number of psychologists and highlights their peculiarities.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGLAR NUTQIGA XOS TIBBIY BIRLIKLARNING AYRIM LISONIY XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

PSIXOLOGLAR NUTQIGA XOS TIBBIY BIRLIKLARNING AYRIM LISONIY

XUSUSIYATLARI

Lola Avliyoqulova

Buxoro davlat universiteti, Lingvistika yo'nalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada psixologlar nutqiga xos boTgan tibbiy birliklarning qollanilishi hamda ularning o'ziga xos xususiyatlari lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilinadi. Aytish joizki, ushbu tibbiy birliklar psixologlar nutqiy muloqotining ajralmas qismi bolib, ularni talqin qilishda leksik-semantik, grammatik, sintaktik usullarga tayaniladi. Maqolada bir qator psixologlar nutqi tahlil qilinib, ularning o'ziga xos jihatlari ajratib ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar: psixolog, lisoniy tadqiq, sintaktik tahlil, grammatika, uyg'unlik, tibbiy birliklar.

LINGUISTIC PROPERTIES OF MEDICAL UNITS SPECIFICALLY SPEAKED

BY PSYCHOLOGISTS

ABSTRACT

This article examines the use of medical units specific to the speech of psychologists and their specific features from a linguistic point of view. It should be noted that these medical units are an integral part of the speech of speech psychologists, and their interpretation is based on lexical-semantic, grammatical, syntactic methods. The article analyzes the speech of a number of psychologists and highlights their peculiarities.

Keywords: psychologist, linguistic research, syntactic analysis, grammar, harmony, medical units.

KIRISH

Barchamizga malumki, bugungi kunda tilshunoslik fan tarmog'i sifatida turli nutqiy ko'rinishlarni o'rganishni oz oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ana shunday turfa nutqiy vaziyatlarni tahlil qilish tilshunoslik sohalarining yanada kengayishiga yordam beradi. Biz ham ushbu maqolamizda psixologlar nutqi, ularning turli ko'rinishlari, psixologlar nutqida tibbiy birliklarning ifodalanishini maqsad qilib qo'ydik.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ASOSIY QISM

Psixologlar nutqi tilshunoslikning psixolingvistika fan tarmog'i bilan hamohanglikda o'rganiladi. Bugungi kunda psixologik faoliyatning ham har xil turlari mavjud bolib, ularni o'rganishda psixolingvistika yo'nalishi yordamga keladi. Dastavval, psixologlar nutqini yo'naltirilgan maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin[13]:

a) Ruhiyat bilan bogliq psixologik nutq;

b) Kasallikni davolashga qaratilgan psixologik nutq.

Psixolog nutqining yo'naltirilgan maqsadiga ko'ra turlari(l-chizma).

Ruhiyat bilan bogxliq psixologik nutq

Kasallikni davolashga qaratilgan psixologik nutq

v.

Yuqorida qayd etilgan nutqiy faoliyatlar bevosita bir-biri bilan bogliq bolib, birinchi holatda psixolog bevosita kishining ongiga , ruhiyatiga daxldor holda nutq irod etadi. Ikkinchi holatda esa psixolog nutqi og'rigan jism bilan bogliq holda amalga oshiriladi. Somatik kasalliklarning asosini ruhiyat tashkil etadi. Maqolamiz orqali psixologlar nutqidagi tibbiy birliklarning qollanilishiga e'tibor qaratar ekanmiz, ularning ko'pchiligi lisoniy birlik sifatida ongimizda mavjud bo'lishiga e'tibor qaratishimiz o'rinlidir.

Psixologlar oz nutqlarida tibbiy birliklarni qollay olishlari uchun tabobatdan ham bir qadar xabardor bolishlari lozimdir[12]. Qaysi kasalliklarni ruhiyat ilmi bilan davolash, qaysilariga tibbiy muolaja qilish ularni nafaqat psixolog sifatida, balki shifokor sifatida ham namoyon etadi. 1920-yilda sil kasali bilan og'rigan jahon adabiyotining yetuk vakili Frans Kafka shunday degan edi: "Mening ongim kasal, o^pkamdagi kasallik esa shunchaki ruhiy kasalimning aksidir"[10]. Darhaqiqat,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

psixologiyada kasalliklarning asosiy sababi sifatida ong ko'rsatiladi. "...Rasvo kun...Azobli og^riq va hokazo. Bu faqat jismoniy zaiflik emas. Sog^ayib ketish uchun men o^zimning "men"imni tuzatishim kerak. Shifo topmayotganimning asl sababi ham shunda. Mening ongim menga bo^ysunmayapti",- deya takidlagan Ketrin Mensfild ham inson ongining kasallik bilan bevosita aloqador ekanligiga urg'u bergan edi. Ana shunday kasallik va ruhiyat aloqadorligi asosida ish ko'ruvchi psixologlar nutqidagi tibbiy birliklar , tabiiyki, ularning ushbu yo'nalishdan qay darajada xabardor ekanliklaridan darak beradi. Quyidagi psixolog tomonidan aytilgan nutqqa e'tibor bering: "Aynan mana shu eski gina va alamlar ham energiya hosil qiladi va bu energiya ong va qalbdan chiqib ketolmagach, chiqish uchun yol izlaydi va inson organizmidagi qaysidir kasallik ko^rinishida bolsa ham chiqishga intiladi". Ushbu nutqiy vaziyatdan olingan parchada tibbiy birliklarga oid energiya, organizm, kasallik kabi so'zlar qoTlangan bo'lib, u bevosita psixosomatika bilan daxldor hisoblanadi.

"Melanxolik temperamentiga oid kishilar nafaqat tushkunlikdan aziyat chekishadi, balki qorin sohasida go^yo igna sanchilgandek og^riqni his qilishadi" ,-deya takidlagan Gippokrat nutqiga e'tibor qarating, ushbu holatda psixologiya va meditsina uyg'unligini kuzatishimiz mumkin, bunda qo'llanilgan melanxolik, temperament so'zlari psixologik nuqtayi nazardan ishlatilgan boTsa, qorin sohasi, og>iq kabi tushunchalar tibbiyot sohasidagi atamalar hisoblanadi[7].

"Psixosomatika tili bilan aytganda, yillab ichkarida tutib turilgan jahl va insonning tanqid ostida yashashi jigar kasalliklari boshlanishiga yol ochib beradi",-deya fikrlarini ifodalagan psixolog nutqiga e'tibor bering. Uning nutqida ishlatilgan "jigar kasalliklari" tibbiy birligiga lisoniy jihatdan yondashsak. Ushbu ifodaning lisoniy xususiyatlari mavjud bo'lib , system-struktur tilshunoslikda uning malum bir toifaviy guruhlarga ajratilishi holati nutq tarkibining ochib berilishiga xizmat qiladi. Jigar kasalliklari - 17 nomema(j-i-g-a-r k-a-s-a-l-l-i-k-l-a-r-i) dan tashkil topgan ushbu birlikda "jigarga oid kasalliklar" semasi ifodalangan. Uning yagona semasi mavjudligi ko'chma ma'nosi mavjud emasligidan yoki shakldoshi yo'q ekanligidan dalolat beradi.

Psixolog nutqidan olingan "Jigar kasalliklari" tibbiy ifodasining lisoniy

xususiyatlari(2-lchizma).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

r

yagona semasi mavjud

"Jigarga oid kasa lliklar" ma'nosini ifodalaydi.

N r

Ko'chma ma'nosi mavjud emas.

Psixologlar nutqida qollaniladigan tibbiy birliklarni paradigmatik munosabat asosida bir guruhga birlashtirish mumkin, ushbu guruh tibbiy birliklar -so'zlar, so'z birikmalaridan tashkil topishi mumkin[5], xususan, quyidagi gapga e'tibor bering: "Kechirmaslik muntazam ichki bosim paydo qilib, bu qon bosimi o^yinlariga sabab bolishi mumkin. Onkologik xastaliklar, jigar kasalliklari, buqoq va shu xastaliklarning tub mohiyatida ,asosan, depressiya yotadi. Xulosa sifatida aytadigan bolsak, barcha kasalliklarning psixologik jihatlari mavjud bolib, ularning asosi ruhiyatga aloqador bo ladi ". Psixolog nutqidan olingan ushbu parchadagi paradigmatik munosabatni quyidagicha hosil qilish mumkin, yani tibbiy birliklarning bir uyaga birlashishi quyidagi asosda sodir boladi.

Psixolog nutqi asosidagi tibbiy birliklarning paradigmatik munosabati(3-

chizma).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

onkologik xastaliklar

depressiya

xastalik

XULOSA

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, psixolog nutqiga xos bazi xususiyatlarni lingvistik nuqtayi nazardan talqin qilish va uning manoviy semalarini ochib bera olish tilshunoslik oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi, zero, uning mazmunidagi qator tushunchalar hamda ularni malum bir guruhlarga birlashtirish tilshunoslikning yangi fan tarmog'i hisoblangan psixolingvistikaning muhim yo'nalishi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Baskakov N.A. va boshqalar. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, O'qituvchi, 1979.

2. Bo'ronov J.B. Ingliz va o'zbek tillari qiyosiy grammatikasi. -T., 1973.

3. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. -T., 2009.

4. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. -T., 1972.

5. Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории лингвистики. -М., 1975.

6. Кодухов В.И. Общее языкознание. - М., 2010.

7. Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. - М. : МГУ, 1975.

8. Рождественский Ю.В. Типология слова. - М., 1969.

9. Фердинанд де Соссюр. Труды по языкознанию. -М., 1977.

10. www.wikipedia.org

11. www.hozir.org

12. www.zamir.uz

13. www.google.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.