Научная статья на тему 'LINGVISTIKА, UNING ZAMONAVIY TURLАRI HAMDA ULARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI'

LINGVISTIKА, UNING ZAMONAVIY TURLАRI HAMDA ULARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
9601
795
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistika / termin / sotsiolingvistika / statik lingvistika / kompyuter lingvistikasi / linguistics / terminology / sociolinguistics / static linguistics / computer linguistics

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Ushbu maqolada zamonaviy lingvistikaning hozirgi kundagi turlari va yo‘nalishlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTICS, ITS MODERN TYPES AND THEIR INTERPRETATION IN UZBEK LANGUAGE

This article discusses the current types and trends in modern linguistics.

Текст научной работы на тему «LINGVISTIKА, UNING ZAMONAVIY TURLАRI HAMDA ULARNING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI»

LINGVISTIKA, UNING ZAMONAVIY TURLARI HAMDA ULARNING O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy lingvistikaning hozirgi kundagi turlari va yo'nalishlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: lingvistika, termin, sotsiolingvistika, statik lingvistika, kompyuter lingvistikasi

LINGUISTICS, ITS MODERN TYPES AND THEIR INTERPRETATION IN

UZBEK LANGUAGE

Nursulton Shaykhislamov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region [email protected]

ABSTRACT

This article discusses the current types and trends in modern linguistics.

Keywords: linguistics, terminology, sociolinguistics, static linguistics, computer linguistics

KIRISH

Lingvistikа tеrmini qаtоr Yevrоpа mаmlаkаtlаri: ingliz, fransuz, nemis, ispan, rus va boshqa tillarda faol qo'llanilib, til haqidagi fanni anglatadi. Ushbu so'zning o'zagi lingua bo'lib, til degan ma'noni beradi. Binobarin, lingvistika terminining o'zbek tilidagi muqobili, ma'nodoshi tilshunoslik bo'lib, ular o'zaro sinonimik munosabatga kirishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Lingvistika yoki tilshunoslik fani o'ziga xos murakkab ijtimoiy hodisa bo'lgan aloqa qurolini - tilni sistema sifatida - bir butun obyekt sifatida tadqiq va tahlil qiladi. Ayni jarayonda u turli ko'rinishlarda, shakllarda kuzatiladi. Bu ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan tilning mohiyatidan, uni turli tomondan o'rganish, tekshirish lozimligidan va bu ilmiylik nuqtayi nazaridan mutlaqo to'g'ri ekanligidan kelib chiqadi.

Lingvistika nihoyatda qudratli ma'naviyat belgisi, millat boyligi bo'lgan tilni o'rganish jarayonida quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi:

1. Dinamik lingvistika.

2. Statik lingvistika.

3. Sinxron lingvistika.

4. Diaxron lingvistika.

5. Intralingvistika.

6. Ekstralingvistika.

7. Paralingvistika.

8. Psixolingvistika.

9. Sotsiolingvistika.

10. Matematik lingvistika.

11. Kompyuter lingvistikasi.

12. Kognitiv lingvistika.

13. Pragmalingvistika.

14. Lingvokulturalogiya.

MUHOKAMA

1. Dinamik lingvistika. Dinamik lingvistika, asosan, tilni real mavjudligida, kommunikativ jarayonda turlicha vazifalarni faol bajarishda, «taraqqiyotda», o'zgarishda tadqiq qiladi.

2. Statik lingvistika. Statik lingvistika til faoliyatidagi to'liq sinxronlashgan muayyan bir davrni (bo'lakni) ajratadi va uni tasvirlaydi. Tilshunoslikning ushbu sohasi, dinamik lingvistikadan farqli, tildagi rivojlanish va o'zgarish jarayonidan mutlaqo chetlashgan, unga yaqinlashmagan holda tilning hozirgi - zamonaviy davri bilan bog'liq ma'lum bir «qotgan» qismini - holatini tekshiradi.

3. Sinxron lingvistika. Sinxron lingvistika statik va struktural lingvistika bilan uzviy bog'liq bo'lib, tilning ma'lum bir davrdagi «qotgan», «turg'un» holatini tasvirlashga xizmat qiladi.

4. Diaxron lingvistika. Diaxron lingvistika dinamik va atomistik lingvistika bilan uzviy bog'liq bo'lib, tilning taraqqiyot, til birliklarining esa rivojlanish qonuniyatlari hamda natijalarini o'rganadi.

5. Intralingvistika (ichki lingvistika). Ichki lingvistika til birlik-larining sistem aloqasini, munosabatini ekstralingvistik faktorlarga bog'liq bo'lmagan holda o'rganadi. Ichki lingvistikaning tadqiqot manbai bo'lib fonologiya, leksikologiya va grammatika hisoblanadi.

6. EkstrаИngvistikа (teshqi lingyistikа). Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo'g'rofiy kabi faktorlar bilan bog'liq holda o'rganadi. Shunga ko'ra, ushbu lingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida tekshiradi.

7. PаrаИngvistikа. Paralingvistika bevosita nutq faoliyati bilan bog'liq bo'lib, nutq jarayonida fikr ifodalash bilan bir vaqtda yuzaga keluvchi, so'zlashuv nutqining doimiy hamrohi bo'lgan qo'l va yuz harakatlarini(imo-ishora, mimika), nutqning balandligi, ekspressiv-emotsional bo'yoq kabi qator jihatlarni o'rganuvchi sohadir.

8. Psiхоlingyistikа. Psixolingvistika psixologiya va lingvistika fanlarining umumlashmasi (sintezi) sifatida nutq jarayonini mazmun nuqtayi nazaridan, kommunikativ ahamiyati, nutq aktining muayyan ijtimoiy-amaliy maqsadga yo'naltirilganligi, shunga muvofiqligi jihatidan o'rganadi. U nutqdagi - fikr ifodalashdagi shakl va mazmun birligiga alohida e'tibor beradi.

Psixolingvistika lisoniy imkoniyatlar asosida nutqiy birliklarni hosil qilish va qabul qilish, nutq jarayoni (fikr almashtirish-ifodalash va anglash)da ruhiy holatlarga, bunda sharoit (situatsiya), o'xshashlik (analogiya), farqlash (differensiatsiya), ta'sirchanlik, so'zlovchi va tinglovchi ruhiy holati masalalariga alohida e'tibor beradi.

9. SоtsюИngvistikа. Sotsiolingvistika sotsiologiya va lingvistika fanlarining zaruriy va mantiqiy bog'liqligidan hosil bo'lib, jamiyat va til (til va jamiyat) munosabati masalasi bilan shug'ullanadi. U tilni ijtimoiy hodisa sifatida talqin qiladi. Shu jihatdan sotsiolingvistikaning eng muhim, asosiy muammosi tilni - til tabiatini ijtimoiy hodisa sifatida tekshirish, uning jamiyatdagi, tilshunoslik fanidagi o'rni va ahamiyatini belgilashdir.

Sotsiolingvistika, asosan, til va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy hayot, taraqqiyot hodisalari, faktlari o'rtasidagi bog'liqlikni, ushbu bog'liqlikning sabablarini o'rganadi. Anig'i, mazkur soha jamiyatning yashash va rivojlanishida tildagi ijtimoiy hayot, ya'ni, tashqi-ekstralingvistik faktorlarning (omillarning) ta'siri natijasida hosil bo'lgan hodisalarni, jarayonlarni, o'zgarishlarni tahlil qilib boradi. Demak, sotsiolingvistika ijtimoiy faktorlarning tilga qanday ta'sir qilishi, til sistemasida (strukturasida) qanday namoyon bo'lishi, qanday shaklda aks etishi kabilarni tadqiq qiladi.

Eslatamiz, sotsiolingvistika statistik ma'lumotlar, aholi ro'yxati va anketa ma'lumotlari metodikasi bilan o'z faoliyatini kengaytirib boradi1.

10. Mаtеmаtik Иngvistikа. Matematik lingvistika tilni o'rganish va tasvirlash jarayonida matematik usullarning (masalan, statistik usul, informatsiya nazariyasi kabilarning) qo'llanish imkoniyatlarini tekshiradi.

11. Kоmpyutеr lingyistikаsi. Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, uning asosiy maqsadi tilshunoslikka oid muammolarni kompyuter

1 В.А.Аврoрин. Прoблeмы изучения функциoнaльнoй cropoHbi языга (к Bonpocy o предмете сoциoлингвистики). -Л., 1975, 242-245- betlar.

vositasida, bevosita uning "rahbarligida" hal qilishdir. Aniqrog'i, kompyuter lingvistikasi tillarni o'qitish (o'rganish), muayyan fanga oid bilimlarni baholash, matnlarni tahrirlash, bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish, statistik tadqiqotlar olib borish kabi qator jarayonlarda faol xizmat qilmoqda.

12. Kоgnitiy lingyistikа. Kognitiv lingvistika tilshunoslikdagi eng yangi yo'nalishlardan biridir. Ushbu tilshunoslik kognitologiya (inson bilimini o'rganuvchi fan) va lingvistika fanlarining o'zaro zaruriy bog'lanishidan, hamkorlikda ish olib borish maqsadida yuzaga kelgan.

13. Pragmalingvistika. Pragmatik lingvistika struktur tilshunoslik yutuqlari, natijalari asosida shakllangan yangi bosqichdagi fahmiy (emprik) tadqiqotlar, izlanishlar natijasidir. U lisoniy birlikning qo'llanilish vaziyatini, nutqiy faoliyatini sistema sifatida oladi. Shunga ko'ra muayyan birlikni nutqiy faollikda, voqelanishda, nutqda namoyon bo'lishda turli nolisoniy omillar va turli sathlar bilan hamkorlikda, ular bilan o'zaro bog'liqlikda o'rganadi, tekshiradi.

14. Lingvokulturalogiya. Lingvokulturalogiya tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari asosida shakllandi. U madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o'zaro aloqasi va ta'sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o'rganadi.

NATIJA

Xullas, lingvistika fani umumiylik sifatida, qayd etilganidek, turlicha xususiyliklari, sohalari orqali til sistemasini butun mohiyati, murakkabligi bilan, kommunikativ cheksiz imkoniyatlari bilan tadqiq qiladi. U ayni jarayonda qator fanlar bilan o'zaro aloqada, hamkorlikda ish olib boradi, til va jamiyat, til va tarix, til va taraqqiyot, til va tafakkur, til va nutq kabi o'ta dolzarb va o'ta murakkab masalalarning yoritilishida faol ishtirok etadi.

XULOSA

Lingvistika fani jamiyat taraqqiyotining, gullab-yashnashining eng muhim, eng asosiy, tengi yo'q mezonlaridan biri til - aloqa quroli ekanligini tasdiqlash va isbotlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u ta'lim oluvchiga ona tili imkoniyatlarini-ayni bir fikrni, narsa-hodisani yuzlab usullar bilan ifodalash yo'llarini yetkazish bilan unda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ona tilida fikrlash va ona tili qurilishining o'ziga xosligi, boshqa tillardan tubdan farq qilishi, olamni «o'zicha» aks ettirishni singdirish bilan milliy ong, milliy dunyoqarash, milliy g'urur va mafkurani shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini o'taydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).

2. Shayxislamov, N. (2020). So'z urg'usining o'zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14.

3. Shayxislamov, N. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт: "Туй" концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 54-60.

4. Shayxislamov, N. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING TALQINI. Scientific Progress, 7(1), 59-70.

5. Shaykhislamov, N. (2020). In the Field of Modern Linguistics-Linguoculturology. Мировая наука, (8), 33-36.

6. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нутрий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

7. Shayxislamov, N. (2020). Problems of sociolinguistics: status of the language. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim, 3, 279-281.

8. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука вXXI веке, 1(6), 390-393.

9. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик тадкик этишда гендер жихдтлар. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 304-309.

10. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o 'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo vayechimlar,(3), 71-73.

11. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотлар, 36-37.

12. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

13. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

14. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.

15. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).

REFERENCES