Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI'

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
28
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antroposentrik paradigma / zamonaviy lingvistik sohalar / matn / lingvokulturologiya / kognitiv tilshunoslik / lingvistik semantika / pragmalingvistika / psixolingvistika / sotsiolingvistika / kompyuter lingvistikasi. / anthropocentric paradigm / modern linguistic fields / text / linguoculturology / cognitive linguistics / linguistic semantics / pragmalinguistics / psycholinguistics / sociolinguistics / computer linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Axmedova, Aynura Quanishbay Qizi

Ushbu maqolada antroposentrik paradigma, uning mohiyati, sohalari, uning o‘zbek tilshunosligiga kirib kelishi, rivojlanish tarixi, taraqqiyoti haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS OF MODERN LINGUISTICS

This article talks about the anthropocentric paradigm, its essence, fields, its entry into Uzbek linguistics, the history of its development, and its progress.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO'NALISHLARI

Axmedova Aynura Quanishbay qizi

Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs talabasi aynuraaxmedova345@gamil .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada antroposentrik paradigma, uning mohiyati, sohalari, uning o'zbek tilshunosligiga kirib kelishi, rivojlanish tarixi, taraqqiyoti haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: antroposentrik paradigma, zamonaviy lingvistik sohalar, matn, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, lingvistik semantika, pragmalingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, kompyuter lingvistikasi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится об антропоцентрической парадигме, ее сущности, областях, ее вхождении в узбекское языкознание, истории ее развития и ее прогрессе.

Ключевые слова: антропоцентрическая парадигма, современные лингвистические поля, текст, лингвокультурология, когнитивная лингвистика, лингвистическая семантика, прагмалингвистика, психолингвистика, социолингвистика, компьютерная лингвистика.

ABSTRACT

This article talks about the anthropocentric paradigm, its essence, fields, its entry into Uzbek linguistics, the history of its development, and its progress.

Key words: anthropocentric paradigm, modern linguistic fields, text, linguoculturology, cognitive linguistics, linguistic semantics, pragmalinguistics, psycholinguistics, sociolinguistics, computer linguistics.

KIRISH.

XXI asrda tilshunoslik jadal suratlarda rivojlanib, o'z oldiga yangi muammolarni qo'ydi. Ana shunday muammolardan biri til tizimini antroposentrik paradigma asosida tadqiq etishdir. [9] Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktor paradigmadan keyin paydo bo'lgan antroposentrik paradigma tilni undan foydalanuvchi shaxsning nutqiy faoliyati, ijtimoiy holati, ruhiyati, yoshi, jinsi kabilar bilan bog'liq holda o'rganishga kirishdi, ya'ni tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning shakllanishi til egasi - so'zlovchi shaxs omilini birinchi planga qo'ydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Keyingi yillarda antroposentrik tilshunoslikning turli yo'naishlari ajralib chiqdi. Kognitiv tilshunoslik, sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika, lingvopoetika, assosiativ tilshunoslik, kompyuter lingvistikasi kabi bugungi antroposentrik tilshunoslikning yo'nalishlarida shaxs omili masalasi tadqiqot obyektining markazini tashkil etadi. Mazkur zamonaviy tilshunoslik yo'nalishlarining paydo bo'lishi haqida olim Sh.Safarov quyidagicha ta'kidlagandilar: "Fanlar, sohalar integratsiyasi - zamon talabi. Hozirgi kunda "yakka otning changi chiqmas"ligi aniq bo'lib qoldi. Tilshunoslik ham o'z yondoshlari bilan juftlashmoqda..." [7] Darhaqiqat, bugungi kunda eng yangi - biolingvistika, areal lingvistika kabi yo'nalishlarning paydo bo'lishi tilshunoslikning deyarli barcha ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan o'zaro chambarchas bog'liqligini ko'rsatmoqda. Yuqorida sanab o'tilgan sohalar ham tilshunoslik va sotsiologiya, tilshunoslik va psixologiya, tilshunoslik va kognitologiya, tilshunoslik va etnografiya, tilshunoslik va kulturologiya v.h.k. sohalarning o'zaro aloqadorligidan kelib chiqqan. Ta'kidlanganidek, bu yo'nalishlarda ham inson, inson nutqi va idroki tadqiqot markazida turadi.

Ushbu yangi sohalar jahon tilshunosligidan o'zbek tilshunosligiga kirib kelganidan so'ng yaqin XXI asr boshlaridan boshlab til sistemasini shaxs bilan bog'liq holda o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar yaratildi. Bugungi kunda ham bu borada ilmiy ishlar, dissertatsiya, monografiyalar yaratilmoqda. Mazkur paradigma muammolari tadqiqiga bag'ishlangan ishlardan bittasi "Matnning antroposentrik tadqiqi" (D. Xudoyberganova) nomli monografiyadir. Bunda antroposentrik paradigmaning yetakchi yo'nalishlari: kognitiv lingvistika, lingvokulturologiya va psixolingvistikaga oid ma'lumotlar va bilimlar asosida o'zbek tilidagi matnlarning kognitiv-semantik, lingvokulturologik, psixolingvistik xususiyatlari ochib berilgan. Jumladan, o'zbek tilidagi konseptning matn orqali ifodalanishi, kognitiv metaforalar, matn yaratilishida geshtaltning o'rni, shaxsning diskursiv faoliyati, shaxs va matn referensiyasi, matn va kommunikativ strategiya, matn persepsiyasi, matn persepsiyasida retsepientning roli, til va assotsiativ tafakkur aloqasi, president birliklar tushunchasi va ularning matn yaratilishidagi o'rni, o'zbek tilining president birliklari, o'zbek tilida o'xshatish, metafora, jonlantirish asosidagi matnlarning lingvokulturologik xususiyatlari kabi qator masalalar tadqiq etilgan.[4]

Shuningdek, o'zbek tilshunosligida zamonaviy lingvistik yo'nalishlarni birinchilardan va keng miqyosda o'rgangan olimlardan bittasi Shahriyor Safarovdir.

Olimning "Kognitiv tilshunoslik", "Pragmalingvistika", "Semantika" kabi bir nechta monografiyalari nashr etilgan. Xususan, "Kognitiv tilshunoslik"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

monografiyasi nomidan ko'rinib turganidek, zamonaviy lingvistik saholardan kognitiv tilshunoslik haqida. Unda kognitiv tilshunoslikning paydo bo'lishi, rivojlanish tarixi, vazifasi, yo'nalishi, konseptning voqeanishi, uning tafakkur bilan aloqasi, kognitiv tilshunoslikning ssenariy, freym, geshtalt, skript kabi asosiy tushunchalari, ularning inson nutqi va idrokidagi o'rni, voqelikni idrok etish va bilish - kognitiv faoliyatning milliy-madaniy xususiyatlari kabi qator masalalar haqida so'z yuritilgan. "Semantika" nomli katta ilmiy asari esa lingvistik semantika (ma'no), uning o'rganilish tarixi, semantikaning turlari, tushuncha va ma'no, konsept va ma'no munosabati, semantikaning semiotika (lisoniy belgilar haqidagi fan) bilan o'zaro aloqasi, semantika semiotikaning sintaktika va pragmatika kabi tarkibiy qismi ekanligi va boshqa bir qancha antroposentrik paradigma muammolariga bag'ishlangan.

MUHOKAMA.

Shular bilan birgalikda, antroposentrik paradigma, uning mohiyati, umumiy tavsifi, o'rganilish muammolari, o'zbek tilshunosligiga kirib kelishi haqida so'z yuritilgan, birinchilardan bo'lib yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarga A.Nurmonovning "Mustaqillik davrida o'zbek tilshunosligi taraqqiyoti" asarini, N.Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiq yo'llarini izlab" maqolasini kiritish mumki n. Shuningdek, keyingi yillarda sotsiolingvistikaga (til va jamiyat munosabati) oid ko'plab monografiya, qo'llanma, dissertatsiya, maqolalar ham chop etildi. Jumladan, Sh.Usmanova v.b. larning "Sotsiolingvistika" nomli o'quv qo'llanmasi va A.Berdialiyevning "O'zbek sinxron sotsiolingvistikasi" nomli darslik-qo'llanmasida til va jamiyatning o'zaro munosabati, tilning ijtimoiy vazifalari, kommunikatsiya, kummunikativ vaziyat, til siyosati, til me'yori, variativlik va uning turlari, muloqot vositalari: adabiy til, dialekt, sotsiolekt, sleng, argo, jargon, koyne, sotsiolingvistikaning yo'nalishlari, metodlari, billingvizm, interferensiya haqida keng ma'lumotlar berilgan. Antroposentrik paradigma o'zbek tilshunosligiga kirib kelgan yangi yo'nalish bo'lishiga qaramasdan oxirgi yillarda bu haqda ilmiy kitoblar ko'paydi. Antoposentrik yo'nalishning alohida sohalari - lingvokulturologiya, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, kompyuter lingvistikasi bo'yicha ham ko'plab ilmiy adabiyotlar paydo bo'ldi, dissertatsiyalar himoya qilindi. Ayniqsa, bugungi kunda kompyuter lingvistikasi jadallik bilan rivojlanmoqda, chunki hozirgi texnika asrida insonlar uchun kompyuter va mobil vositalar asosiy aloqa quroliga aylanib bo'ldi. Ayni paytda o'zbek va boshqa dunyo tilshunosligida til korpuslari, elektron lug'atlar, lingvistik mobil ilovalar, mukammal tezaurus lug'atlar yaratish ustida bir qancha samarali ishlar qilinmoqda. Bundan tashqari,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aksiolingvistika, biolingvistika, neyrolingvistika, areal lingvistika kabi eng yangi sohalar ham kirib keldi va ushbu yo'nalishlar ham har tomonlama tadqiq qilinmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, matn dastlab, asosan, semantik va sintaktik nuqtai nazardan tadqiq etilgan bo'lsa, XXI asrda unga antroposentrik nuqtai nazardan yondashish kuchaydi. Matnga faqat til tizimi unsurlarining nutqqa ko'chirilishi jarayoni mahsuli sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo'lgan muloqot shakli, o'zida muayyan intellekt egasining bilimlarini, lisoniy tafakkurini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. [9] Demak, antroposentrik paradigmaning kirib kelishi bilan, inson roli, uning nutq paydo bo'lishi va idrokidagi o'rni belgilandi, tadqiq qilindi. Sekin-asta uning alohida sohalari ajralib chiqdi va ular o'zlarining mustaqil tadqiqot obyektlariga ega bo'ldi. Jahon tilshunosligida boshlangan bu ishlar XXI asrdan o'zbek tilshunosligiga ham kirib keldi, o'zbek tilidagi matnlar antroposentrik tamoyillar asosida tahlil qilindi, o'rganildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Berdialiyev A. O'zbek sinxron sotsiolingvistikasi. - Toshkent, 2019.

2. Hakimov M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent: Akademnashr, 2013.

3. Lutfullayev D. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi. - Toshkent: Meriyus, 2017.

4. Qurbonova M, Yo'ldoshev. Matn tilshunosligi. - Toshkent: Universitet, 2014. -B. 10.

5. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. - Jizzax: Sangzor, 2006.

6. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - Toshkent:

7. Safarov Sh. Semantika. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013. -B. 8.

8. Usmanova Sh va boshq. Sotsiolingvistika. - Toshkent, 2013

9. Xudayberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. - Toshkent: Fan, 2013. -B. 3,4.

10. Xolmanova Z. Kompyuter lingvistikasi. - Toshkent, 2020.

11. Usmonova Sh. Psixolingvistika. - Toshkent, 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.