Научная статья на тему 'ПСИХИК РИВОЖЛАНИШ ҲАҚИДАГИ АСОСИЙ НАЗАРИЯЛАР'

ПСИХИК РИВОЖЛАНИШ ҲАҚИДАГИ АСОСИЙ НАЗАРИЯЛАР Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
13
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
психик ривожланиш / ҳайвон психикаси / диалектик материализм / ижтимоий ҳаёт / социал оқим / онг механизмлари / фаолият турлари / атроф муҳит / ўсмирлар билан мулоқотга киришиш / мотивлар.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Muratova Shoista

Бўлажак педагоглар томонидан психик тараққиёт моҳияти, унга бўлган турли қарашлар, психик ривожланиш омиллари ва ҳаракатлантирувчи кучлари, ёшни даврлаштириш ҳақидаги билимларни ўзлаштирилишини ташкил этиш ва малака, кўникмаларни шакллантириш.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ПСИХИК РИВОЖЛАНИШ ҲАҚИДАГИ АСОСИЙ НАЗАРИЯЛАР»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

www.in-academy.uz

ПСИХИК РИВОЖЛАНИШ ХДадДАГИ АСОСИЙ НАЗАРИЯЛАР

Muratova Shoista SamDTU Pedagogika-psixologiya kafedrasi v.b.dosenti, p.f.d. E-mail:[email protected] Tel: (91) 3290154

https://doi.org/10.5281/zenodo.11393493

ARTICLE INFO

Received: 24th April 2024 Accepted: 25th May 2024 Published: 30th May 2024 KEYWORDS

психик ривожланиш, щйвон психикаси, диалектик материализм, ижтимоий щёт, социал оцим, онг механизмлари, фаолият турлари, атроф мущт, усмирлар билан

мулоцотга киришиш, мотивлар.

ABSTRACT

Булажак педагоглар томонидан психик тарацциуот мохияти, унга булган турли царашлар, психик ривожланиш омиллари ва харакатлантирувчи кучлари, уошни даврлаштириш хацидаги билимларни узлаштирилишини ташкил этиш ва малака, куникмаларни шакллантириш этиш.

Inson va hayvon psixikasi doimiy rivojlanish holatida bo'ladi. Biroq hayvonot dunyosidagi va insoniyatda bo'ladigan rivojlanish jarayoni o'z xarakteri va mazmuni jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladi. Hayvonot dunyosidagi psixik taraqqiyot mexanizmlari - nasliy, biologik jihatdan mustahkamlangan tajribani avloddan - avlodga uzatish bo'lib, uning asosida hayvonlarning tashqi muhitga individual moslashuvi ro'y beradi.

Inson psixik funktsiyalarining rivojlanish mohiyati shundan iboratki, ular bolaning ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish jarayonida rivojlanadi. Bola insonlar orasida, insoniy predmetlar hamda munosabatlar dunyosida olamga keladi va yashaydi. Bu predmet va munosabatlarda esa ijtimoiy amaliyot tajribasi qayd etilgan. Bolaning rivojlanishi esa mana shu tajribani o'zlashtirish jarayonidir. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy rahbarlik qilish sharoitlarida, ya'ni ta'lim, tarbiya orqali amalga oshiriladi.

Psixik taraqqiyot muammosi, inson shaxsining tarkib topish muammosi psixologiyaning eng murakkab masalalaridan biridir. Shu bilan birga bu muammo markaziy muammo hisoblanadi. Uning hal qilinishi ayniqsa hozirgi sharoitlarda, ya'ni o'zida ma'naviy boylik axloqiy soflik va jismoniy kamolotni garmonik ravishda mujassamlashtirgan yangi shaxsni tarbiyalash vazifasi birinchi o'ringa chiqarilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Psixik taraqqiyot jarayonining qonuniyatlari, uning omillari hamda harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi bilimlarsiz insonni tarbiyalash ishini ham amalga oshirib bo'lmaydi.

Insonda biologik va ijtimoiy tomonlar munosabati haqidagi masala psixologiyada dialektik ta'limotga asosan hal qilinadi. Bu ta'limotga binoan inson —barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat||. Dialektik materializm insonga ijtimoiy-tarixiy mavjudot sifatida, shu bilan

bir vaqtda tabiatning bir bo'lagi, deb qaraydi. Inson - biosotsial mavjudot. Shuning uchun ham uning psixik taraqqiyotga ikki asosiy omil:

1) Biologik, tabiiy.

2) Ijtimoiy - hayot sharoitlari, jamiyat tomonidan tashkil etiladigan ta'lim va tarbiya ta'sir ko'rsatadi.

Bu ikki omilning o'zaro munosabati turli oqim namoyondalari, (ya'ni biologik va sotsial) tomonidan turlicha talqin qilinadi. Biologik oqim namoyondalari insondagi tug'ma, hayotiy jarayonlarni uni rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir qiladi, deb tan oladilar.

Sotsial oqim namoyondalari esa, aksincha, asosiy omil - tashqi ta'sir, deb hisoblaydilar va biologik faktorning rolini inkor etadilar.

Bu ikkala yondoshuv ham antidialektik, metafizik xarakterdagi yondoshuv bo'lib, har ikkala oqim ham psixik taraqqiyotga ta'sir etuvchi bitta omilni tan oladilar va ular o'rtasidagi o'zaro munosabat ham o'zaro ta'sirini ko'rmaydilar.

Psixik taraqqiyot masalasini dialektik nuqtai - nazardan hal qilishi va ikkala omil ta'sirini birlikda qarash to'g'ri yo'nalish hisoblanadi.

Biologik omillarga irsiyat va tug'ma, nasldan-naslga o'tuvchi xususiyatlar kiradi. Bola nasliy yo'l bilan avvalom bor nerv sistemasi tuzilishini bosh miya, sezgi organlarining insoniy xususiyatlarini; har bir kishi uchun xos bo'lgan jismoniy belgilar - ikki oyoqlab yurish, atrof-muhitni bilish va unga ta'sir etish organi sifatida qo'lga egalik, nutq harakat apparatining o'ziga xos, insoniy tuzilishini oladi.

Bulardan tashqari biologik, instiktiv ehtiyojlar - ovqatga, issiqlikka bo'lgan ehtiyojlarni, oliy nerv faoliyati tipi xususiyatlarini ham bola nasliy yo'l bilan qabul qiladi. Nerv sistemasi, sezgi organlari, bosh miyaning tabiiy, tug'ma psixofiziologik va anatomik xususiyatlari layoqat deb ataladi. Layoqat asosida esa insoniy, intellektual xususiyatlar, qobiliyatlar shakllanadi va rivojlanadi.

Demak, biologik omillar shaxsning shakllanishida, psixik taraqqiyotning faqat tabiiy xususiyatlari bola rivojlanishini belgilamaydi. Biologik xususiyatlar insonning tabiiy asosini tashkil qiladi. Uning mohiyati esa sotsial, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan sifatlardan iborat. Inson shaxs sifatida ijtimoiy, sotsial muhitning hal qiluvchi ta'siri ostida shakllanadi. Bolaning psixik taraqqiyotiga tabiiy muhit muayyan ta'sir ko'rsatadi.

Ammo bolaning psixik taraqqiyotiga uning insoniy jamiyatidagi hayoti asosiy turtki beradi. Boshqa kishilar bilan muloqotda bo'lmasa, bolada psixik taraqqiyot ham bo'lmaydi. Bunga misol, hayvonlar orasida yashab, tarbiyalangan bola: (nutqi rivojlanmagan, aqliy qobiliyatlari yo'q, insoniy his- tuyg'u, o'z-o'zini anglash mavjud emas).

Hozirgi zamon biologiya fanining ta'kidlashicha, organizm bilan uni o'rab turgan atrof-muhit bir-butunlikni tashkil etadi.

Tabiiy va ijtimoiy muhit farqlanadi. Tabiiy muhitni iqlim, o'simliklar hamda geografik sharoitlar tashkil qiladi. Tabiiy sharoitlar bolaning rivojlanishiga ta'sir qiladimi? Tabiiy muhit bolaning rivojlanishiga organizm sifatida ta'sir qiladi. Masalan: issiq cho'l zonasida yashovchi bola bilan shimolda, yoki dengiz bo'yida yashovchi bolalarning modda almashinuvida keskin farq qiladi. Biroq, tabiiy muhit bolaning shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta'sir qilmaydi, balki sotsial muhit, kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati orqali ta'sir etadi. Demak, bolaning psixik rivojlanishida sotsial muhit katta ahamiyatga ega. Tajribaning ko'rsatishicha insoniyat jamiyatidan tashqarida go'dak haqiqiy, taraqqiy etgan inson bo'la olmaydi.

Har bir bola yashaydigan ijtimoiy muhit bir emas, balki bir necha qavatdan, zonadan iborat. Eng yaqin zona - oilaviy muhitdir. Oilaga qaraganda kengroq zonani bolaning o'rtoqlari, tarbiyachilari tashkil etadi. Bundan tashqari yana bir zonani bolaning qarindoshlari, qo'shnilari tashkil qiladi va nihoyat, eng keng zona - ijtimoiy muhit bo'lib hisoblanadi. Uning

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à

ta'siri faqat bevosita xatti-harakat namunalari, alohida kishilarning mulohazalari orqali emas, balki kitob va gazeta, radio, kino, televideniya, jamiyatda o'rnatilgan qonun, qoida va odatlar, axloq talablari, estetika orqali amalga oshiriladi.

Shunday qilib, psixologiya fani odamning psixik xususiyatlari uning hayoti davomida, ya'ni ontogenetik tarzda yuzaga keladi, bu xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlanishida odamning ijtimoiy tajribasi uning hayoti va faoliyat sharoitlari, ta'lim va tarbiya yetakchi, hal qiluvchi rolb o'ynaydi deb o'rgatadi.

Biroq, agar bolaning shaxsiy aktivligi mavjud bo'lmasa, muhit ham, irsiyat ham shaxsga, uning psixik taraqqiyotiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Faqat o'zining faolligini ko'rsatgandagina bola atrof muhitning ta'sirini his qilishi mumkin, shundagina uning nasliy xususiyatlari namoyon bo'lishi mumkin.

Bola faolligini hisobga olishni zarurligi psixologiyaning muhim printsipi - ong va faoliyatning birligi printsipidan kelib chiqadi.

Ong faoliyatda namoyon bo'ladi va rivojlanadi. Bolaning faolligi turli shaklda bo'lishi mumkin: taqliddan tortib, to ijodiy aktivlik, tashabbuskorlikkacha. Ammo bolaning faolligi qaysi shaklda bo'lmasin, u atrof muhitni, dunyoni bilish, uning rivojlanishi uchun zarur hisoblanadi. Faollikda bola o'zini namoyon qiladi va rivojlanib boradi. Rivojlanishning samarali bo'lishi bola faolligining kattalar tomonidan boshqarilishiga bog'liq bo'ladi. Bola faolligini rivojlanishning barcha bosqichlarida boshqarib borish muhimdir. Bola faolligini tashkil qilishning asosiy formasi esa - ta'lim va tarbiyadir.

Rivojlanish jarayonida bola shaxsining o'zgarishi ham ro'y beradi. Bu o'zgarishlarni 3 ta guruhga bo'lish mumkin.

1. Shaxs yo'nalishining rivojlanishi.

2. Faoliyatning psixologik strukturasidagi xususiyatlar.

3. Ong mexanizmlarining rivojlanish darajasi.

Rivojlanish jarayonida bolalarda shakllanuvchi motivlar turlitumandir. Shunga muvofiq ularning yo'nalishi ham harxil bo'lishi mumkin. Ba'zi bolalarda o'qishga bo'lgan yo'nalish yetakchilik qiladi: bu bolalar uchun yaxshi o'qish, o'qituvchi talablarini bajarish muhimdir, ularni o'zlashtirish baholari tashvishlantiradi. Boshqa bolalar o'zlarining bilishga bo'lgan yo'nalishlari bilan ajralib turadilar. Ular masalalar yechish, yangi bilimlar olishni yoqtiradilar. Biroq barcha predmetlarga ham o'quvchilar bir xilda munosabatda bo'lmaydilar. Ular uchun baho emas, darslarning qiziqarliligi muhimdir.

Ko'pchilik bolalar uchun atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlar muhimroq. Bu bolalarning xulq-atvori jamoada muayyan o'rinni egallash, tengdoshlari, kattalar bilan o'zaro munosabatlarda o'z o'rnini aniqlash bilan belgilanadi. Biroq shaxs yo'nalishi doimo o'zgarib turadi. Masalan: boshlang'ich sinflarda o'qishga bo'lgan yo'nalish kuchli bo'lsa, o'smirlarda atrofdagilar bilan munosabatlar ahamiyatliroq bo'ladi.

Har qanday faoliyat bir necha elementlarni o'z ichiga oladi. Ular faoliyatning psixologik

tuzilishini tashkil etadi.

Faoliyat - harakat.

Motiv - maqsad.

Operatsiya - usul.

Faoliyatda maqsad va uning motiv bilan aloqasi muhim hisoblanadi. Bola psixik faoliyatining maqsadga yo'nalganligi asta-sekin shakllanadi. Masalan: 3 yoshli bolalar o'z harakatlarini ko'zlagan maqsad bo'yicha tashkil eta olmaydilar, ular maqsadni unutib qo'yishlari mumkin. 5-6 yoshli bolalar harakatlari materialga bog'liqligi bilan xarakterlanadi. Kichik maktab yoshining oxirlariga kelib, o'quvchilarda faoliyat maqsadi bilan motivi o'rtasida aloqa o'rnatish malakasi shakllanadi. Shunday qilib, faoliyat psixologik strukturasining

rivojlanish jarayonida bola xattiharakatining xususiyatlari va faoliyatining tuzilishi o'zgaradi. Maqsadga yo'nalganlik, ixtiyoriylik, uyushqoqlik rivojlanadi.

Ong rivojlanish jarayonida bola tomonidan voqelikni ideal ravishda aks ettirish mexanizmlari, struktura va mazmuni o'zgaradi. Bu ayniqsa, bola aqliy faoliyati xususiyatlarining o'zgarishida namoyon bo'ladi. Ong rivojlanishining muhim ko'rsatkichi, o'z-o'zini, o'zining - Menini anglashdir. O'zining - Menini anglash bola shaxsi rivojlanishining turli tomonlarini xarakterlovchi asosiy mexanizmlardir. Bola psixik rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi masala ham eng muhim masalalardan biridir.

Bola psixik rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi masala ham eng muhim masalalardan biridir.

Rivojlanish, taraqqiyot haqidagi bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan 2 ta qontseptsiya mavjud. Bular:

1. Dialektik.

2. Metafizik.

Birinchi qontseptsiyaga muvofiq, taraqqiyot qarama-qarshiliklar birligidan iborat bo'lsa, ikkinchisiga binoan taraqqiyot ko'payish va kamayish, o'sish, takrorlanish sifatida qaraladi. Taraqqiyotga metafizik qarashga ko'ra, harakat taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, uning manbalari, motivi chetda qolib ketadi. Bu qontseptsiyaning mohiyati shundan iboratki, unga muvofiq taraqqiyot - miqdoriy o'zgarish, muayyan xususiyatning ko'payishi yoki kamayishidan iborat. Masalan: bolaning lug'at boyligining ko'payishi, ya'ni so'z boyligini to'plash; nutq rivojlanishida xatolarning kamayishi; xotira, diqqat, ko'nikmalar hajmining kengayishi - bolaning psixik rivojlanishi, deb qaraladi.

Dialektik qarashga ko'ra, jamiyat va tabiatdagi har qanday harakat singari rivojlanish, taraqqiyot ham ichki qarama-qarshiliklar kurashidan iborat.

1. M.G.Davletshin va boshqalar "Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya" T.TDPU. 2009.

2. M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi. —Pedagogika va psixologiya|| (ilmiy ommabop seriya). T., Nizomiy nomidagi TDPU, 1999/1.

3. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya: Uchebnik dlya vuzov. Izd. vtoroye, dop., ispr. i pererab. - M.: Logos, 2002.- 384 s.

4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. - T.: Sharq. 2000. - 111 b.

5. V.A.Krutetskiy. "Pedagogik psixologiya asoslari". -T.: O'qituvchi.1976

6. Nemov R.S. Psixologiya: Ucheb. dlya stud. vbissh. ped. ucheb. zavedeniy: V 3 kn. - 4-e izd. -M.: Gumanit.izd. sentr VLADOS, 2003.-Kn.2: Psixologiya obrazovaniya.

7. Shaxs inqiroz holatining ijtimoiy-psixologik sabablarini o'rganish va ularni bartaraf etish. -T.:, 1997.-39 b.

8.Shoista M., Sitora A. THE RELATIONSHIP BETWEEN MENTAL DEVELOPMENT AND EDUCATION //Новости образования: исследование в XXI веке. - 2024. - Т. 2. - №. 21. - С. 540-548.

9. Muratova S. THE USE OF INNOVATIONAL TECHNIQUES IN TEACHING THE TOPIC EMOTIONAL CHARACTERISTICS OF INDIVIDUALITY //Science and innovation. - 2024. - Т. 3. -№. B2.-C. 138-143.

10. Muratova M. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hayot xavfsizligi ko 'nikmalarini shakllantirishning psixologik xususiyatlari //Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali. - 2023. -Т. 1. - №. 1.

11. Norboboevna S. M. Marriage age and negative consequences of early marriage //European Scholar Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 27-30.

12. Norbovaevna M. S. Socio-Psychological Issues of Preparing Young Men for Family Life //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2021. - С. 83-85.

Adabiyotlar ro'yxati:

14. Sh M. Analysis of economic security and internal market protection practices in European Union //Sciences of Europe. - 2020. - №. 47-4 (47). - С. 24-28.

13. Muratova S. THE USE OF INNOVATIONAL TECHNIQUES IN TEACHING THE TOPIC EMOTIONAL CHARACTERISTICS OF INDIVIDUALITY //Science and innovation. - 2024. - Т. 3. -№. B2.-C. 138-143.

14. Abdivaliyeva S. et al. TA'LIM JARAYONIDA MUAMMOLI TA'LIM METODIKASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2.

- №. 13.-С. 256-258.

15. Egamqulov D. et al. PSIXOLOGIYA FANI TARAQQIYOTIDA ABU ALI IBN SINO FAOLIYATINING TUTGAN O 'RNI //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2.

- №. 13.-С. 253-255.

16. Muratova S. N. Marketing as a tool for Managing Economic and Environmental Safety of the Consumer Market //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 47494762.

17. Muratova S. N. Marketing as a tool for Managing Economic and Environmental Safety of the Consumer Market //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 47494762.

18. Muratova S. N. FACTORS THAT RECEIVED MARRIAGE AND THEIR IMPACT ON THE POWER OF MARRIAGE //Talqin va tadqiqotlar. - 2023. - Т. 1. - №. 21.

19. Муратова Ш. СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ДОБРАЧНЫХ ФАКТОРОВ ПОДГОТОВКИ МАЛЬЧИКОВ К СЕМЕЙНОЙ ЖИЗНИ //Gospodarka i Innowacje. -2022.-Т. 23.-С. 42-46.

20. Муратова Ш. Место психологической среды в семье по повышению активности студента в образовательном процессе //Кронос: психология и педагогика. - 2019. - №. 3 (20).-С. 29-31.

21. Разыкова Л. Т. Игамова Ионят Сулеймановна, Рахматова Фатима Ганиевна, Муратова Шоиста Норбоваевна, Мамадиярова Дилфуза Умрзаковна, Кучкарова Ойша Олтибаевна Эффективность педагогического общения в подготовке врачей //Наука и образование сегодня. - 2019. - Т. 11. - С. 46.

22. Разыкова Л. Т. Игамова Иноят Сулеймановна, Муратова Шоиста Норбоваевна Роль психологической атмосферы семьи в становлении и развитии личности. - 2019.

23. Муратова Ш. СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ДОБРАЧНЫХ ФАКТОРОВ ПОДГОТОВКИ МАЛЬЧИКОВ К СЕМЕЙНОЙ ЖИЗНИ //Gospodarka i Innowacje. -2022.-Т. 23.-С. 42-46.

24. Муратова Ш. Н. Никох, олди омилларининг йигитларни оилавий х,аётга тайёрлашдаги ижтимоий-психологик имкониятлари //PSIXOLOGIYA Учредители: Бухарский государственный университет. - 2021. - №. 3. - С. 83-88.

25. Эгамкулов Д., Муратова Ш. М. ЁШ ПСИХОЛОГИЯСИ ФАНИНИНГ ВАЗИФАЛАРИ ВА ТАДКИКОТ МЕТОДЛАРИ ТУГРИСИДА УМУМИЙ ТАВСИФЛАР //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. - 2024. - Т. 16. - №. 2. - С. 87-95.

26. Муратова Ш. УГИЛ БOЛAЛAPНИ OИЛAВИЙ ^ДЁт ТAЙЁPЛAШНИНГ ИЖТИМOИЙ-ПCИХOЛOГИК МУAММOЛAPИ //Экономика и социум. - 2024. - №. 2-1 (117). - С. 11851194.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.