Ilmiy rahbar: Avezov Olmos Ravshanovich, Osiyo Xalqaro Universiteti
E-mail: [email protected]
Annotatsiya. Ushbu maqolada insonning o'zini anglashi o'z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanishi va xulq-atvor masalasi haqida qayd etilgan. Bundan tashqari, ta'lim jarayonini samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar xususida fikr-mulohazalar bildirilgan
Kalit so'zlar: xulq-atvor, kategoriya, irsiy omil, boshqaruv tizimi, stimullashtirish, stabilizasiyalash, psixologik mexanizm.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish-ma'lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri-uning o'zini anglashidir. Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o'rganadi. Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir. Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma'naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta'sir ko'rsatish jarayonidir.
1.Xulq-atvor va odatni shakllantirish shaxsni tarbiyalashning asosiy yo'nalishi sifatida.
2. Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, psixologik shart-sharoitlari.
3. «Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi.
4. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar.
5. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari.
Odamning o'zini anglashi o'z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o'z tevarak - atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta'sir etuvchi sub'ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob'ektdir. Ana shu nuqtai- nazardan olganda, odamning o'zini anglashi sub'ektiv ravishda o'zini «Men» deb his qilishida ifodalanadi. Odam ijtimoiy zot bo'lganligidan unga o'zligini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o'zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o'zini anglashi, o'zini «men» deb bilishi vujudga keladi va
ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА
taraqqiy etadi. Odam o'zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o'zining o'tmishi va kelajagini anglashi, o'z huquq va burchini anglashi, va nihoyat o'zining fazilati hamda kamchiliklarini anglashi o'zini anglashiga kiradi. Insonning tabiatini o'zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta'sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o'sishi va o'zgarishidir. Bundan tashqari yana inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir.
Inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo'lib, u kishining individual hayoti davomida ma'lum konkret omillarning ta'siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Inson shaxsi uchta faktorlar ta'sirida tarkib topadi.
- odam tug'ilib o'sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri;
- odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta'lim - tarbiya;
- odamga nasliy yo'l bilan beradigan irsiy omillar.
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o'tganimizdek, faqat shu faktorga mos, balki uchinchi bir faktorga ham bog'liqdir. Bu faktor nasliy yo'l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta'siridir. Odamga nasliy yo'l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, soch va ko'zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug'ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqt tarbiya uning psixik xususiyatlari, ya'ni uning aqliy tomonlari bilan bog'liq bo'lgan sifatlari nasliy yo'l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo'l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya'ni ro'yobga chiqishi uchun albatta, ma'lum sharoit bo'lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan ist'dodli olimlar, muhandis- ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, ist'edodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo'l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro'yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo'la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o'smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo'ladi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya'ni uning jamiyatda egallagan o'rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o'zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo'nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo'nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo'lib xizmat qiladi.
33
ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА
Shaxsning ta'rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe'l - atvor tuzilishini belgilaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o'zaro ta'sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzasiga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi hayot yo'li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Individ, shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e'tibor qilishi zarur:
- inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart - sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);
- insonning o'ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizimlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi;
- inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari, uning ichki qonuniyatlari, shaxsning tashqi ta'siriga javobi va munosabati.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yaxshi muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi. Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko'nikma va malakalarini, kishining sotsial tajribalarini o'zlashtiribgina qolmay balki o'zining idroki, tafakkuri, hayoli, hissiyotlari va irodasini bir so'z bilan aytganda, voqelikka bo'lgan ongli munosabatini hamda o'z harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma'lum rolni bajaruvchi va har bir murakkab qurilmadan iborat bo'lgan hamda shartli ravishda to'rtta o'zaro mustahkam bog'langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi - boshqaruv tizimi:
Ikkinchisi - stimullashtirish tizimi:
Uchinchisi - stabilizasiyalash tizimi:
To'rtinchisi - indikatsiyalash tizimi:
Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo'lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq atvori va xatti -harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo'lishida analizatorlar o'rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o'ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta'kidlab, o'tganimizdek ontogenez prosessida filogenetik analizatorlar o'rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo'shilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga o'tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan ma'lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko'rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot - faoliyati jarayonida o'zaro bir - biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor yaratadi. Insonning sensor -perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi. Ikkinchi tizm barqaror psixik holatlarni o'z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning aniq maqsadni ko'zlovchi va foydali
34
ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА
faoliyatning ongli sub'ekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi. Uchinchi tizim - shaxsni arbob sifatida stabilizasiya tizimidir. Yo'naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning ma'sul arboblari sifatida xulq - atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizim va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi. Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar jamiyatining roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta'sir ko'rsatuvchi beshyuz ta o'ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma'noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug'iladi: (tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta'sir - qiladi?). Birinchidan ijtimoiy muhitdagi turli muassasalar odamning ongiga bevosita ta'sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta'sirining chuqurroq va mustahkamroq bo'lishiga odamning o'zi yordam beradi. Ma'lumki, bolalar o'z tabiatlariga ko'ra ilk yoshlik chog'laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo'ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti - harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti -harakatlarini, yaxshi - yomon fazilatlarni o'zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, ko'cha - kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o'zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta'kidlab o'tish zarurki, ayrim g'ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta'sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to'la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo'lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o'rmonzorda bo'ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to'rt oyoqlab yugurib yurganini ko'rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarini olib ketadi. Ulardan biriga Amala ikkinchisiga Kamala deb nom qo'yadi. Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo'ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe'l - atvorlari hatti - harakatlari, jihatdan bo'rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo'q demak tafakkur ham nihot darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanayotgan bo'ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o'lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya'ni ijtimoiy muhit bo'lishi kerakligini to'la tasdiqlaydi.
Ta'lim oluvchilarning ta'lim faoliyatiga ko'ra ta'limning quyidagicha metodlari ajratiladi:
1. Tushuntiruv ko'rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo'lib, unda faoliyat o'qituvchi tomonidan olib boriladi. O'quvchilar ta'lim jarayonida bilim oladilar tanishadilar. Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo'lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu dasturlashtirilgan ta'limdir.
2. Reproduktiv metodda o'quvchi faoliyat ko'rsatib, unda o'quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
35
ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА
3. Muammoli ta'lim metodi o'qituvchini tomonidan tashqil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o'quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo'llaridan biri ishchan o'yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
4. Qisman izlanish metodi o'qituvchini nazorati ostida tashqil etiladigan metod bo'lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o'quvchi ijod qiladi.
5. Tadqiqot metodi o'qituvchi yordamisiz tashkil etiladigan ta'lim metodi bo'lib, u o'quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transormasiyasini talab etadi.
Ta'lim jarayoni tashqil etishning o'ziga xos metodlaridan biri ishchan o'yinlardir. Ishchan o'yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashqil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyolash miliy dasturi"da ta'lim jarayoniga yangi pedagogik-texnologiyalarni kiritish ta'kidlanadi. Pedagogik texnologiya bu ta'lim jarayoniga sistemali yondashuv bo'lib, unda ta'lim jarayoninng tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o'zaro munosabati ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo'ladi. Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo'lish mumkin;
- Ta'lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo'yiladigan ijtimoiy talablar;
- Hamkorlik faoliyati a'zolarining kasbiy tayyorgarligi;
- Ta'lim jarayoning maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;
- Ta'lim jarayonini differensialashtirish;
- Ijodiylik.
Yuqorida aytib o'tilgan barcha sifatlar yosh o'zgargan sari o'zgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo'lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta'minlaydi.
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar , jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron maxallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta'sir kursatuvchi besh yuzta o'ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma'noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug'iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta'sir qiladi"
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta'sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
- Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta'sirining chuqurroq va mustahkamroq bo'lishiga odamning o'zi yordam beradi. Ma'lumki, bolalar o'z tabiatlariga ko'ra, ilk yoshlik choglaridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo'ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o'zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, ko'cha - ko'yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o'zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
36
ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА
1. Maqsadlarni aniqlash: O'z maqsadlaringizni aniqlab, ulami kengaytirish uchun qo'llanma tuzing. Maqsadlaringizni ko'rsatib, ularni haqiqiy va yaxshi ko'rish uchun o'z qarorlaringizni o'zgartiring.
2. O'z-o'zini qadrlash: O'z-o'zini qadrlashning samaradorligini oshirish uchun o'zingizga qadrli bo'lishingiz kerak. O'zingizni sevib, o'zingiz bilan do'stlashtirish va o'z-o'zingizni qadrlash uchun o'zingizga yo'l ko'rsating.
3. Qabul qilish va maqbul qilish: O'zingizni qabul qilish va maqbul qilish bilan bog'liq psixologik mexanizmlar, o'zingizning o'zingizga ishonchini oshirishga yordam beradi. O'zingizni sevib, xato qilishingizga ruxsat berib, o'zingiz bilan do'stlashtiring.
4. O'z-o'zingizga yo'l ko'rsatish: O'zingizga yo'l ko'rsatish, o'zingizning o'zingizga ishonchini oshirishning samarador usullaridan biridir. O'z-o'zingizga yo'l ko'rsatish orqali, o'zingizning xohishlarini amalga oshirishingiz mumkin.
5. Tuzatish va natijalarni baholash: O'zingizning maqsadlaringizga erishish uchun tuzatish va natijalarni baholashning samarador usullaridan biri ham shundaydir. Natijalarni baholash orqali, o'zingizning yutuqlaringizni qadrlashingiz va yangi maqsadlarga yo'l ko'rsating.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Turdiyeva M. Preschool age is an important time to focus on creativity // Материалы конференций МЦНД, 2021.
2. Turdiyeva M. J., Islomova M. I. Q. A model for developing the creative abilities of preschool children based on a person-centered approach // Builders Of The Future. - 2021. - С. 10-14.
3. Турдиева М.Д. Инновационный подход к дошкольному образованию // Проблемы науки. - 2021. - С. 71.
4. Juraqulovna T. M. et al. Types of person-centered technology in the educational process // E-Conference Globe. - 2021. - С. 105-107.
5. Turdiyeva M. J. The essence of organizing the process of preschool education and education on the basis of an individual approach //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - №. SP. - С. 3-3.
37