Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYADA SHAXS PSIXOLOGIYASI'

PSIXOLOGIYADA SHAXS PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

6968
846
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / taraqqiyot / psixologiya / sistema / individ.shaxs / sifat / topshiriq / society / development / psychology / system / individual / quality / task

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Sayyora Chinaliyevna Xaydarova

Mazkur maqolada jamiyat taraqqiyotida inson, shaxs psixologiyasi imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGY OF A PERSON IN PSYCHOLOGY

This article provides feedback on the psychology of man, personality, opportunities in the development of society.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYADA SHAXS PSIXOLOGIYASI»

PSIXOLOGIYADA SHAXS PSIXOLOGIYASI

Sayyora Chinaliyevna Xaydarova

Guliston davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada jamiyat taraqqiyotida inson, shaxs psixologiyasi imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: jamiyat, taraqqiyot,psixologiya, sistema, individ.shaxs, sifat,topshiriq

PSYCHOLOGY OF A PERSON IN PSYCHOLOGY

ABSTRACT

This article provides feedback on the psychology of man, personality, opportunities in the development of society.

Keywords: society, development, psychology, system, individual, quality, task

KIRISH

Jamiyat taraqqiyotida inson bosh omil, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo'lib hisoblanadi. Uning shakllanishi, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi, tarbiyalanish ana shu jamiyatda yuz beradi. Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta'sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma'lumotdariga ega. Inson dunyoga odam bo'lib keladi. Odamning shunchaki insoniyat vakili sifatida baholanishi termini bilan bog'liq. O'qituvchilarning topshiriqlarini odatga ko'ra tashqi ta'sir natijasida amalga oshirgan o'quvchigina o'quv faoliyatining haqiqiy sub'yekti bo'ladi. Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo'lib yetishadi. Psixologiyada tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o'tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan sistemali tarzidagi sosial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi. Psixologik jihatdan shaxs bo'lib

hisoblanmagan individning mavjud bo'lishi va aksincha individning konkret shaxs sifatida mavjud bo'lishi mumkin? - degan, savol tug'iladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shaxs sifatida kamolatga erishmagan individ bo'ladi. Buni hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar misolida olish mumkin. Lekin individni shaxsga aylanishida qanday omillar zarur? Umuman shaxs deb kimga aytamiz? Shaxs haqida ta'rif berilganda rus psixologi S.Rubinshteynning fikrlariga to'xtalmoq darkor. Olimning ta'kidlashishcha Odam o'zida takrorlanmas xususiyatlariga ko'ra individualdir. Odamning o'z atrofdagilarga, borliqqa bo'lgan ongli munosabati, uning biron bir faoliyat bilan shug'ullanishi esa uni shaxs ekanligidan dadolatdir. Shaxs odamning atrofga bo'lgan munosabatlarini va o'z-o'ziga bo'lgan munosabatini belgilaydi. Odamning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlari uning dunyo qarashida, intilishlarida, qiziqishlarida ishonchlarida va boshqalarga bo'lgan munosabatlarida eng muhimi, uning faoliyatida ifodalanadi. Demak, shaxs bu ongga ega bo'lgan, ma'lum ijtimoiy □ iqtisodiy formasiyada yashaydigan, ma'lum bir faoliyat bilan shug'ullanadigan odam individdir. Shaxsning tarkib topishi uzoq muddatli, murakkab va tarixiy jarayondir,shaxs ijtimoiy taraqqiyot maxsuli sifatida juda ko'p fanlarning o'rganish, ob'yekti hisoblanadi jumladan, falsafa. Sosiologiya pedagogika, psixologiya, etika, tibbiyot va boshqa fanlar uning turli tomonlarini o'ziga xos tarzda tadqiqi etadi. Shaxs shakllanish haqida gapirar ekanmiz, albatta u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxsning strukturasini va uning yuzaga kelishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib o'sib kelayotgan inson shaxsini prayektirlash va diognostika qilish, uning shakllanishi uchun eng qulay sharoit va samarali yo'llarini aniqlash mumkin emas. Ma'lumki, inson shaxsi o'zini o'raab turgan narsalar va sotsial olam bilan faol munosabat protsesida tarkib topadi, o'zini oshkor qiladi. Odamning «antogenetik» taraqqiyoti va shaxsning tarkib bo'lishi jarayonida biologik va ijtimoiy faktorlar o'zaro munosabatga kirishib, tashqi taa'ssurot effektini ta'minlovchi kuchli ichki sharoitni yuzaga keltiradilar. Ana shunday sharoitlarda odamning anatomik

fiziologik layoqatlari shunchaki o'zini oshkor qilib qolmay, balki shaxs faoliyati sifatida odamning psixik faoliyati va nisbatan mustahkam psixik xususiyatlari va ularning sistemalarini taminlab, neyrodinamik va sensor - persiptiv organlarning ma'lum funksional ahamiyatiga ega bo'lgan mexanizmlar tarzida taraqqiy etadi, o'zgaradi va tarkib topadi.

Haqiqatdan ham yashash o'zining tabiy va madaniy extiyojlarini qondirish uchun, hamda atrof-muhitga alohida yondashish uchun ma'lum darajada imkoniyatlari bo'lishi kerak. Odam individ tug'ilishda nasliy yo'l bilan insonning hayoti uchun juda zarur bo'lgan faqat kurtak imkoniyatlariga ega bo'ladi. Bu imkoniyatning o'zi odamda o'zidan oldingi avlodning ijtimoiy tajribalarini o'zlashtirish jarayonida, kattalar bilan muommalarda ta'lim va tarbiya jarayonlarida tarkib topadi. Shuning uchun ham odamning bolaligidan, ya'ni ushbu tajribalarini o'zlashtirib olishi davrida, mustaqil hayot uchun o'z imkoniyatlarini tarkib toptiradi va rivojlantiradi. Buning uchun u juda ko'p shug'ullanishi hatto o'z hayotining 14 qismini ba'zan undan ham ko'proq vaqt talab qiladi.

XULOSA

Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo'lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo'ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo'lgan munosabatlardagina shaxs bo'lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug'ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo'la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir.

Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o'xshamagan rollarni bajaradi. Ba'zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo'lsa, maktabda tengdoshlari o'rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo'ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo'lib yurishi mumkin. Ko'pincha kishi turli vaziyatlarda o'xshash sifatlarni namoyon qiladi.Odamning psixik holatlarini o'zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog'liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o'zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o'zaro bog'liqligidan iborat bo'lgan murakkab birlikni, ya'ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.

REFERENCES

1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. -T.: «O'qituvchi», 1998.

2. G'oziev E. Psixologiya. T.: O'qituvchi, 1999.

3. Anikeeva N.P. Jamoada ruhiy muhit. T.: O'qituvchi, 1997.

4. Андреева Г.М. Социальная психология. М.: 2000.

5. Andizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi.T.:2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.