O'QUVCHILARNI KASBGA YO'NALTIRISHNING PSIXOLOGIK
OMILLARI
Sardor G'ayrat o'g'li Umirzoqov Aziza Mirzabekovna Sayubova
Toshkent viloyati Chirchiq Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika
davlat pedagogika instituti magistranti instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kasb va kasb tanlash muammosi, uning psixologik aspektlari, xususiyatlari va dolzarbligi muhokama qilingan. Shuningdek, o'quvchilarni kasbga yo'naltirrishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan asosiy omillar haqida so'z yuritilad i.
Kalit so'zlar: kasb, psixolog, kasbiy tayyorgarlik, shaxs kamoloti, qiziqish, intellect, kasbiy tanlov.
PSYCHOLOGICAL FACTORS OF CAREERGUIDANCE OF PUPILS
Sardor Gayrat ugli Umirzokov
Master of Chirchik State Pedagogical Institute in Tashkent region sardorumirzoqov444@gmail. com
Aziza Mirzabekovna Sayubova
r of Chirchik State Pedagogical Institute in Tashkent region [email protected]
ABSTRACT
This article discusses the problem of career and career choice, its psychological aspects, features and relevance. It also discusses the key factors that students need to consider when pursuing a career.
Keywords: profession, psychologist, professional training, personal development, interest, intellect, career choice.
KIRISH
Bizga ma'lum, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va ahloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog'liq. Zero, jamiyatimizning ma'naviy yangilanishida, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o'ynaydi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o'tgan kadrlarni tayyorlashning yangi
tizimini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo'lib qoldi. Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma'rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarga ta'lim berish ularni o'qitish bilan bog'liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini4 o'ylantirib qo'yayotgani tabiiy.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a'zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning alohida shakli bo'lib, bunda a'zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. B.Shouning fikri bo'yicha kasb - mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir. YE.A.Klimov o'z ishlarida bu borada bir necha ta'riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta'rif quyidagicha "Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo'lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi" bu kuchlar unga sarflangan mehnat o'rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo'ladi. Bu ta'rifni yanada batafsil yoritarib, YE.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o'zini namoyon etish sohasi deb ta'riflaydi. Yana bir ta'rifni keltiramiz. "jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo'lib, ular jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun muhim bo'lgan natija mas'uliyatlarni yetkazishni ta'minlab berishi kerak bo'ladi" nisbatan tor ta'rifni esa V.G.Makushin keltiradi, kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo'lib xizmat qiladi. Mavjud ta'riflarni umulashtirib, quyidagilarni xulosa qilish mumkin.
Mashhur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o'zining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik ko'rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub'ektiv holatidir - deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab ko'p darajali va ko'rinishli tizimli psixik shaklga ega bo'lib, birinchi navbatda odamning shaxsiy ko'rinishi asosiy o'rin egallaydi. Shu bilan birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajadajismoniy sog'liqni kasbiy faoliyat uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini ko'zda tutadi.
NATIJALAR
Har bir shaxs turi ma'lum kasbiy muhitga yo'naltirlgan idealistik tur -moddiy buyumlar yaratishga texnologik jarayon va texnik qurilmalar, iqtidor -aqliy mehnatga, ijtimoiy - iqtisodiy mehnat bilan o'zaro aloqaga, konvensional
aniq tuzilgan faoliyatga, ishbilarmonlik - odamlarga rahbarlik va badiiy - ijodga. har bir shaxs turi modeli quyidagi sxema bo'yicha tuziladi: maqsadlar, qadriyatlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, istalgan kasbiy rollar mumkin b o'lgan yutuqlar, karera va boshqalar. Keyingi kasblarning tizimlash qobiliyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Talab etiladigan qobiliyatlar bo'yicha kasblarni tizimlash bo'yicha bir necha bor urinishlar bo'lgan. Dastlab, 1953 yilda D Paterson tomonidan taklif etilgan. Kasblar tizimlashga to'xtalib o'tamiz. U juda keng tarqalgan bo'lib, tizimlash asosini 9 ta turli qobiliyatlar tashkil etadi. Minnesota Ocupational Rating Scale (MORS) yordamida kasbshunos psixologlar tomonidan 432 ta kasb tanlab olinib, quyidagi 7 ta guruhga ajratiladi. Akademik, mexanik, ijtimoiy, diniy, musiqaviy, artistlik va jismoniy guruhlardir. Bitiruv ishi natijalarini umumlashtirish natijasida 432 kasbni 214 ta namunaga keltirildi, ulardan 137 tasi bitta kasb mutaxassislikka qolgan 77 tasi ikkitadan 18 tagacha, mutaxassislikni birlashtiradi.
MUHOKAMA
E.A.Klimov ishlab chiqqan kasblar tuzilmasi ham keng tarqalgan. 15 Mehnat ob'ktiga ko'ra 5 ta kasb turlari ajratiladi.
1. Inson - tabiat (T). Bu tur namoyondalari o'simlik va hayvonot mikroorganizmlar va ular yashash sharoitlari bilan ishlashadi. Masalan, meva - sabzavot ustasi, agranom, zootexnik, vetenar, mikrobiolog.
2. Inson - texnika (T). Ishchilar jonsiz texnik mehnat ob'ektlari bilan ishlashadi. Masalan, texnik, mexanik, muxandis mexanik, muhandis elektrik, texnik texnolog va hokazo.
3. Inson - inson (I) bunda ijtimoiy tizimlar, axloqiy guruhlar, turli yoshdagi insonlar bilan ishlash nazarda tutiladi. Masalan, oziq - ovqat mahsulotlarini sotuvchisi, sartarosh, shifokor, o'qituvchi va boshqalar.
4. Inson - belgilar tizim. Tabiiy va sun'iy tillar, shartli belgilar, ramzlar, raqamlar, formulalar kasb turi namoyondalarini qiziqtiruvchi predmetlar olami va boshqalar. Masalan, dasturchi, chizmachi - kartagraf, matematik, tilshunos, nashriyot muqarriri.
5. Inson - badiiy obraz (B). hodisalarni badiiy aks etishi dalillari - mana shu narsalar bu kasb turi vakillarini qiziqtiradi. Masalan, rassom dekarator, rassom -restavrator, musiqa asboblarini sozlovchi, balet artisti, konsert ijrochisi, aktyor va boshqalar. Bu beshta kasb turlari maqsadlar belgisiga ko'ra 3 ta sinfga bo'linadi.
1. Gnostik kasblar (G) (qadimgi yunonchadan "gnosis" bilim);
2. O'zgartiruvchi kasblar;
3. Qidiruvli kasblar;
Asosiy ish qurollariga ko'ra har qaysi sinf doirasida 4 ta bilimni ajratish mumkin.
1. Qo'l mehnati kasblari;
2. Mashina qo'l mehnati;
3. Avtomatlashgan va avtomatik tizimlar qo'llanishi bilan bog'liq kasblar;
4. Funksional ish quroli bilan bog'liq kasblar.
Mehnat sharoitlariga ko'ra, YE.A.Klimov kasblarni 4 guruhga bo'ladi. Maishiy mikroiqlimga xonakiga yaqin ish.(B) har xil ob-havo sharoitida ochiq havoda bo'lish bilan bog'liq kasblar agranom, payvandchi, avtonazorat inspektori. Odatiy bo'lmagan sharoitlarda balandlikda, suv tagida, yer tagida baland past darajalarda ishlash: havvos, o't o'chiruvchi va hokazo. Insonlar sog'ligi, hayoti uchun yuqori mas'uliyat sharoitida ishlash: moddiy qadriyatlar, bolalar boqchasi tarbiyachisi, o'qituvchi, tergovchi. Shartli belgilarni qo'llagan holda, kasblar dunyosi "xaritasini" va ma'lum kasbning na'munaviy formulasini tuzish mumkin. Bu formula real kasbga nisbatan ham orzudagi kasbga nisbatan ham, qo'llanishi mumkin.
1. Mening kasbim
2. Kasblar guruhlari
3. Kasblar bo'limlari
4. Kasblar sinflari
5. Kasblar turlarini sinflash Bu kasbga yo'naltirish ishlari uchun mo'ljallangan. Bu tasniflashni o'rganib chiqqan V.E.Govrilov ijobiy tomonlari bilan birga kamchiliklarini ham ko'rsatib berdi. Masalan, bir guruhdagi kasblar ishchiga qarama -qarshi talablarni oldiga qo'yuvchi komponentlarni o'z ichiga oladi, bu esa kasbga layoqatlilik belgilarini aniqlashni qiyinlashtiradi. Tasniflashning yana bir kamchiligi shundaki, kasblar olami nihoyatda o'zgaruvchan, shunga ko'ra kasblarning mehnat mazmuni ham o'zgaruvchan xususiyatga ega. Bu esa kasblarni tizimlashga nisbatan noaniqlikni keltirib chiqaradi va kasbiy tanlovni kasbiy maslahat jarayoniga kirishni qiyinlashtiradi. Ma'lumki, kasbiy ta'limning barcha kasblar bo'yicha olib borib bo'lmaydi va kasbiy faoliyat turlarining murakkablik darajasi, sharoitlari, vositalari, mazmuni juda farqlanadi. O'quv kasblarning ma'lum belgilari, sifatlarini tasniflash va malaka darajalarini aniqlash bo'yicha ilmiy asoslangan tanlov lozim. O'quv kasblar ro'yxati buning natijasi bo'lishi kerak va shu asosda mutaxassislar tayyorlash shakllari aniqlanadi. Bu korxonalardagi qisqa muddatli tayyorgarlik, kasb maktablarida yoki oliy o'quv yurtlaridagi o'qish bo'lishi mumkin.
O'quv kasblar ro'yxatiga shuningdek, kasblarning tarqalganligi,17 og'ir va zararli mehnat sharoitlari bo'lgan ishlarga qarshi ko'rsatmalar, shuningdek yoshdagi cheklashlar ta'sir etadi. Kasbiy ta'lim uchun o'quv kasblar ro'yxatini tanlash doimo
dolzarb bo'ladi va albatta bu ro'yxat ilmiy asoslangan guruhlashga ega bo'lishi kerak hamda kam sonli bo'lishi lozim. Malakali ishchilarning tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida o'quv fanlarini guruhlash masalasi birinchi marta S.Ya.Botishev tomonidan ko'rib chiqilgan edi. Kasblarning bo'linish belgisi sifatida quyidagilar ko'rib chiqildi: 1) Mehnatning mexanizasiyalanganlik darajasi. 2) Talab etiladigan malaka darajasi va xarakteri. 3) Sarflangan jismoniy va aqliy mehnat nisbati. Kasbiy ta'lim iqtisodiyotning kasblarga bo'lgan ehtiyoji va tarqalganligi asosida o'quv yurtlarida mutaxassisliklarni tayyorlash uchun mo'ljallangan kasblarni tasniflashga muhtoj. Bu borada quyidagicha ish olib borilmoqda, 1987 yilda kasbiy texnologik ta'lim tizimida ishlarini rivojlantirish uchun navbatdagi kasblar ro'yxati tasdiqlangan edi. Unga ko'ra, o'quv kasblarining umumiy soni 1123 tagacha qisqartirilgan edi. O'quv kasblarini loyihalashtirishda shaxs omili muhim hisoblanadi. Oxirgi yillarda "malaka" tushunchasi ham sezilarli o'zgardi. Ishchi malakasiga ma'lum mutaxassislik bo'yicha bilim, ko'nikmalardan tashqari keng kasblar doirasi uchun zarur bo'lgan muhim kasbiy sifatlar ham kiradi. Muhim kasbiy sifatlarga mas'uliyat, ishonchlilik, kirishimlilik, hamkorlik qobiliyati, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati kiradi. Hammasi bo'lib 50 ga yaqin asosiy tasniflash ajratiladi. har bir kasbiy faoliyat odatda 5-7 muhim kasbiy sifatlarni talab etadi. O'quv kasblarini loyihalashtirishda quyidagi tamoyillar asosiy bo'lishi mumkin. Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ishlab chiqish texnologiyalarining o'zaro aloqalari. Shaxsning kasbiy o'zlikni anglash.
Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yo'naltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki -ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qo'yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy ko'rsatmalar, jinsiga, yoshga bo'lgan va sanitariya-gigienik talablar kiradi.
XULOSA
Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to g risida o ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Kopgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bolsam ekan yoki qaysi sohaning mutaxassisi bo'lsam ekan? - degan savolni oz oldilariga qo'yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi. Natijada oquvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bolmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib etmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunday misollarni keltirib otadigan bolsak juda kop.
Bizning bitiruv ishi ishimizda ham yo qori sinf qizlari misolida kasb tanlashning psixologik xususiyatlari keltirilib o'tilgan.
REFERENCES
1. G'oziyev, E. (2010). Umumiypsixologiya. Yangi asr avlodi.
2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3. Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41-46.
4. Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna, Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi: 10.31838/jcr.07.17.69
5. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272274.
6. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.
7. Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020). Technologies for the Development of Competencies in Physics in General Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.
8. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.
9. Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.
10. NJ Эshnaev, TG' Maratov, G Mirzaraximova. (2020). O'zbek milliy kino san'ati va madaniyatida psixoprofilaktik xizmat tizimini joriy эtish masalalari. Oriental Art and Culture 03. 156-165.
11. Turakulov Buri Norboevich. (2020). Analysis of psychological theory of emotional intelligence. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8(3). 99104.
12. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Kodirov Ikrom Davronovich. (2020) "Problems of formation of learning motives in pupils", IEJRD -International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6,
13. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) "Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6.