Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM YOʻNALISHI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH BOSQICHIDA FIZIKA O‘QITISHDA KASBGA YO‘NALTIRISH PRINSIPIGA AMAL QILISH'

PROFESSIONAL TA’LIM YOʻNALISHI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH BOSQICHIDA FIZIKA O‘QITISHDA KASBGA YO‘NALTIRISH PRINSIPIGA AMAL QILISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol metodlar / kasbiy faoliyat / ditaktik maqsad / professional ta’lim / texnik ijodkorlik / vizual modellashtirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umirzaqova Muhtaram Olimjonovna

Ushbu maqolada Fizika fanini kasbga bog‘lab o'qitish kasbga yo'naltirishning eng yaxshi vositasi ekanligi, bu amaliyotni maxsus predmetlarda fizik tushuncha, hodisa, qonunlarni qo‘llash, bunda esa dars jarayonida olingan bilimlarni amaliyotga qo’llashdan oldin ularni tajriba darslarida sinab ko’rish maqsadga muvofiqligi, natijada aksariyat professional ta’lim o’quvchilari kelajakda texnik yo’nalish mutaxassisi bo’lib yetishishlari va shu jabhani hisobga olgan holda professional ta’limda fizika o’qitishni taqozo etilishi ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM YOʻNALISHI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH BOSQICHIDA FIZIKA O‘QITISHDA KASBGA YO‘NALTIRISH PRINSIPIGA AMAL QILISH»

PROFESSIONAL TA'LIM YO'NALISHI MUTAXASSISLARINI TAYYORLASH BOSQICHIDA FIZIKA O'QITISHDA KASBGA YO'NALTIRISH PRINSIPIGA AMAL

QILISH

Umirzaqova Muhtaram Olimjonovna

Andijon viloyait Asaka tumani 3-son Kasb-hunar maktab fizika-astranomiya fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10993223

Annotatsiya. Ushbu maqolada Fizika fanini kasbga bog'lab o'qitish kasbga yo'naltirishning engyaxshi vositasi ekanligi, bu amaliyotni maxsuspredmetlarda fizik tushuncha, hodisa, qonunlarni qo'llash, bunda esa dars jarayonida olingan bilimlarni amaliyotga qo'llashdan oldin ularni tajriba darslarida sinab ko'rish maqsadga muvofiqligi, natijada aksariyat professional ta'lim o'quvchilari kelajakda texnik yo 'nalish mutaxassisi bo'lib yetishishlari va shu jabhani hisobga olgan holdaprofessional ta'limdafizika o'qitishni taqozo etilishi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: interfaol metodlar, kasbiy faoliyat, ditaktik maqsad, professional ta'lim, texnik ijodkorlik, vizual modellashtirish.

Аннотация. В данной статье показаны преподавание физики, связанное с профессией, является лучшим средством ориентации на профессию, эта практика представляет собой применение физических понятий, явлений, законов в специальных предметах, и в данном случае знаний, полученных в ходе обучения. Этот метод урока следует применять на практических занятиях, прежде чем применять их на практике. Показано, что разумно постараться, в результате большинство студентов профессионального образования станут в будущем специалистами технического направления, а приняв учитывая этот аспект, необходимо преподавать физику в профессиональном образовании.

Ключевые слова: интерактивные методы, профессиональная деятельность, дидактическая цель, профессиональное образование, техническое творчество, наглядное моделирование.

Abstract. This article shows the teaching of physics related to the profession is the best means of orientation to the profession; this practice represents the application of physical concepts, phenomena, laws in special subjects, and in this case, knowledge acquired during training. This lesson method should be used in practical lessons before applying them in practice. It is shown that it is reasonable to try, as a result, the majority of vocational education students will become technical specialists in the future, and taking this aspect into account, it is necessary to teach physics in vocational education.

Keywords: interactive methods, professional activity, didactic goal, vocational education, technical creativity, visual modeling.

Hozirgi kunda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlarida o'quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan. SHu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo'llay bilish bugungi zamon fizika o'qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir. Bizga ma'lumki, fizika fanining o'qitilishi xalqaro rivojlanish jarayonining asosi hisoblanadi. Uni o'q'itish jarayonini muntazam uzluksiz ravishda rivojlantirib borish har bir davlatning ta'lim tizimidagi dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Kasb-hunar ta'lim muassasalarining bo'lajak mutaxassislarini tayyorlash jarayoni munozarali masalalardan

biridir. Kasb-hunar maktablaridagi fizika fanidan amaliy ta'limning asosiy vazifasi bo'lajak kichik mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdir, bu jarayon bo'lajak mutaxassislarga bilim berish va ularga kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirshdan iborat. U yoki bu ko'nikma va malakani shakllantirish uchun fizika fanidan amaliy ish bajarish, takror-takror mashq qilishga to'g'ri keladi. Tegishli topshiriqlarni bajarish, masala yechish, xisob-kitob qilish, vaziyatlarni tahlil etish natijasida o'quvchilarda ma'lum amaliy ko'nikma va malakalar shakllanadi. Kasb-hunar maktabidagi fizika fanining amaliy ta'lim asosi amaliy mashg'ulotlardan iborat. Amaliy mashg'ulot-bu o'quv jarayonini tashkil etish shakli. Amaliy mashg'ulot jarayonida o'quvchilar o'qituvchining rahbarligida va berilgan topshiriq asosida bir yoki bir nechta amaliy ishni bajaradilar. Amaliy mashg'ulotning ditaktik maqsadi o'quvchilarda kasbiy ko'nikmalarni, shuningdek kelgusida o'quv fanlarini mustaqil o'rganishlari uchun zarur bo'ladigan amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir [1]. Fizika fani bo'yicha tashkil etilgan amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilarda mazkur fanlarga oid masalalarni yechish ko'nikmalari shakllantiriladi. Ular bu ko'nikmalardan kelgusida maxsus fanlar bo'yicha kasbiy masalalarni yechishda foydalanadilar. Rivojlanish jarayoni jadallashib borayotgan O'zbekistonning kelajagi ta'lim sohasidagi avvalgi usullardan voz kechib, zamonaviy tamoyillarga asoslanishni talab qilmoqda. Ilg'or xalqaro tajribalarga tayanib, turmush tarzimizni yangilash, oliy maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta'lim-tarbiya sohasiga kuchli e'tibor qaratilmoqda.

Oldimizda turgan maqsadlarimizga erishishda yaratilgan barcha imkoniyatlar keng e'tirof etilayotgan bir paytda biz eng avvalo yaratib berilayotgan sharoitlardan unumli foydalanayotgan muallim va murabbiyning mehnatini qadrlashimiz kerak.

Kasb-hunar ta'lim yo'nalishi mutaxassislarini tayyorlash bosqichida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish negizida tayanch fan sifatida fizika fani yotadi, fizika darslari esa uning vositasi hisoblanadi. Zamonaviy kadrning dunyoqarashi, tabiat haqidagi tushunchalar fizika fani qonunlarini o'rganish jarayonida amalga oshirilsa, ikkinchidan bu jarayonda ularga bilim berishda texnik va ijodkorlik qobiliyatlarini hosil qilish davomida amalga oshiriladi. Globallashuv sharoitida mamlakatning innovatsion rivojlanishi raqobatbardosh bo'lishning hal qiluvchi omillaridan biriga aylangan paytda aholining yuqori ta'lim darajasi mamlakatning "oliy" jamiyatga taaluqlikni his etish imkonini beradigan nufuzlilik belgisi emas, balki yashovchanlik omili va iqtisodiy taraqqiyoti va bundan tashqari uning mustaqillik garovidir. Ko'pincha ish beruvchilar professional ta'limni kasbiy vazifalarni o'zlashtirish uchun dastlabki bosqich sifatida qaraydilar. Bu ta'lim tizimini doimo isloh qilib borish, mavjud parametrlar va standartlarni qayta baholash zaruratini keltirib chiqaradi. Mehnat bozori talablariga mos keladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashni to'liq darajada ta'minlash uchun professional ta'lim tizimini kundan kunga xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda takomillashtirib borish shart. Buning uchun tizimli izlanishlar olib borilishi, takomillashtirilishi va samaradorligi yuqorilari saralab olinib jamiyat hayotiga amalda qo'llanilishi lozim. O'qitiladigan fanlar salmog'i va undagi mavzularga berilgan soatlar miqdorini tahlil qiladigan bo'lsak, ayni vaqtda sohalar bo'yicha o'qitishda talabaning mutaxassislik fanlaridan tashqari o'qitiladigan bir qator fanlardagi mavzular deyarli hamma mutaxassisliklar uchun bir xil miqdorda olingan.

Jahonda "Lifelong learning" ta'lim dasturlari bo'yicha mutaxassislarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish muammolari pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb hisoblanadi. YuNESKO ning ta'lim, fan va madaniyat masalalariga oid "Texnikaviy va kasb-hunar ta'limi to'g'risida"gi Konventsiyasiga (Convention on Technical and Vocational Education) muvofiq globallashuv sharoitida mehnat bozori talablari asosida ta'lim xizmatlarining innovatsion texnologiyalarini yaratish va amaliyotga joriy etish orqali ta'lim oluvchilarning kasbiy fikrlashi va

ijodiy yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Professiyonal ta'limda texnika sohasidagi ta'lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kasbiy va shaxsiy muhim sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan texnikaviy multimediali dasturlar muhim o'rin egallaydi. SHu nuqtai nazardan bugungi IV texnik inqilob (The Fourth Industrial Revolution) sharoitida bo'lajak muhandislarning malakaviy tayyorgarlik sifatlariga qo'yilayotgan talablarning tez-tez o'zgarishi natijasida ularda kasbiy mustaqillik va texnik fikrlash ko'nikmalari muhim hisoblanadi [2]. Bunda ularning kasbiy motivatsiyasi, tashxislash va ixtirochilik, ijodkorlik va boshqarish, vizual modellashtirish (Visual Simulation), o'z-o'zini faollashtirish, mobillik, texnik axborotlarni izlab topish va ularga ishlov berish kabi kognitiv va refleksiv qobiliyatlarini shakllantirish jarayonida zamonaviy didaktik vositalar va elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish integrativ texnik bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Zamonaviy sharoitda professional ta'lim bitiruvchisi innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyor bo'lishi kerak, ya'ni yangi iqtisodiy va ijtimoiy samarani ta'minlaydigan va shu vaziyatda raqobatbardosh bo'lgan bozor mahsuloti ko'rinishiga keltiriladigan yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va yaratishga qobiliyatli bo'lishi lozim.

Harakatlar strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Shu sababli bo'lajak muhandislarda texnik fikrlash ko'nikmasini shakllantirish va rivojlantirishning amaldagi metodlari va vositalarini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032 son "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida va bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi.

Fizika fanini kasbga bog'lab o'qitish kasbga yo'naltirishning eng yaxshi vositasidir. Bu amaliyotni quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

a) maxsus predmetlarda fizik tushuncha, hodisa, qonunlarni qo'llash (dars jarayonida olingan bilimlarni amaliyotga qo'llashdan oldin ularni tajriba darslarida sinab ko'rish maqsadga muvofiqdir. Aksariyat professional ta'lim o'quvchilari kelajakda texnik yo'nalish mutaxassisi bo'lib yetishadi. Shu jabhani hisobga olgan holda professional ta'limda fizika o'qitish taqozo etiladi).

b) fizika kursi va hunar-texnika tsikli predmetlaridan ayrim mavzu va bo'limdagi bilimlardan foydalanib kompleks topshiriqlar bajarish (olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qo'llay olish qobiliyatini shakllantirish bilan bir qatorda o'quvchida texnik ijodkorlikni shakllantiruvchi vosita sifatida taklif etiladi)

v) turli asbob va qurilmalarning tuzilishi prinsiplarini tushuntirish uchun zarur bo'lgan fizik bilimlarni qanday o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish (bilamizki, har bir o'quvchi yoshlikdan uy jihozlari bilan ishlash ko'nikmasini dars jarayonida fizika darslarida o'zlashtirgan bo'ladi, undagi bilim doirasini kengaytirish uchun laboratoriya darsidan tashqari qo'shimcha ravishda uyda jihozlar bilan ishlash va biror kichik qurilma yasash va uning fizik asoslarini tushuntirish qo'shimcha topshiriq sifatida berilishi undagi konstruktorlik qobiliyatini rivojlanishiga sabab bo'ladi)

g) ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish va ular bo'yicha o'quvchilarga hisobot tuzishni topshirish (olingan bilimlarni amaliyotga qo'llay olishni

shakllantirish maqsadida uydagi kichik loyihalash ishlaridan tashqari o'quvchining sohasiga yaqin bo'lgan ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtirilishi undagi texnikaga qiziqishni yanada oshiradi va o'z ustida izlanib, ishlashiga sabab bo'ladi)

d) darsdan tashqari ishlarni bajarish (to'garaklar tashkil etish orqali olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki, uyga berilgan qo'shimcha topshiriqlarni nazorat qilish mumkin, kechalar-uyushtirilgan fan kechalari sohadagi ilmiy yangiliklarni yetkazib berish va o'quvchilarda texnikaga kuchli qiziqish uyg'otilishiga sabab bo'ladi, va bugungi kundagi eng yuqori saviyadagi texnika yangiliklari bilan tanishtirib borish orqali qiziqish va talabalar orasidagi ilmiy-axborot almashinuvini keng yo'lga qo'yish mumkin) [3].

Xulosa qilib aytganda Fizika o'qitishda kasbga yo'naltirish prinsipi amal qilinganda o'quvchilarning o'zlashtirishi ko'rsatgichi ortadi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida ta'limning asosiy masalalarini hal etish ijtimoiy hamkorlarning o'zaro ta'siriga bog'liq. Negaki yuqori texnonlogiyali zamonaviy ishlab chiqarish mutaxassislar tayyorlashga mutlaqo yangi talablar qo'ymoqda. Bu masalani kasb-hunar ta'limi muassasalari ijtimoiy xamkorlarning ishtirokisiz hal eta olmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O.A.Hamidov, "Amaliy ta'limni tashkil etish" kasb-hunar ta'limi ilmiy uslubiyjurnali 2015.

2. A.A.Axmedov, A.M.Hamroyeva, N.F.Buranova "Fizikani o'qitishda fanlararo bog'lanish" Oliy va o'rta maxsus, Kasb-hunar ta'limida aniq va tabiiy fanlarning o'zaro aloqadorlik va uzviyligi masalalari. 176-177 betlar, Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari 28-29 mart 2014 yil. Qarshi.

3. A.Xodjaboev, I.Husanov. Kasbiy faoliyat metodlolgiyasi. "Fan texnologiya", 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.