Научная статья на тему 'PROFESSIONAL AYOL FUTBOLCHILAR MEHNAT MUNOSABATLARIGA OID NIZOLARNI KO‘RISHDA YURISDIKSIYA MASALALARI'

PROFESSIONAL AYOL FUTBOLCHILAR MEHNAT MUNOSABATLARIGA OID NIZOLARNI KO‘RISHDA YURISDIKSIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professional sportchi / yurisdiksiya / xalqaro yurisdiksiya / Xalqaro Arbitraj Sudi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduxoliqova Aziza

Professional ayol futbolchilarning mehnat faoliyati turli jihatlar bilan tavsiflanadi va bu faoliyat bugungi kunda sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ayol futbolchilarning mehnat faoliyati erkak futbolchilarga qaraganda biroz farqlanishiga qaramasdan, sportda sezilarli yutuqlarga erishib, muvaffaqiyat qozonmoqda. Bu esa o‘z navbatida turli xil mehnat munosabatlarini yuzaga keltirib, bu munosabatlarga oid nizolarni hal qilinishini taqozo etadi. Bu nizolar asosan professional ayol futbolchilarning mehnat huquqlari va ularni himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga huquqiy yechim berishda yurisdiksiya masalalari, ayniqsa xalqaro sport muhitida, mehnat nizolarini hal qilishda qiyinchiliklar yaratishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur tezisda, professional ayol futbolchilarning mehnat munosabatlaridagi nizolarni hal qilishda yuzaga keladigan yurisdiksiya muammolari o‘rganiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad professional ayol futbolchilar mehnat munosabatlariga oid nizolar qanday hal qilinishini, amaldagi reglamentlar va normativ hujjatlar orqali tahlil qilishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL AYOL FUTBOLCHILAR MEHNAT MUNOSABATLARIGA OID NIZOLARNI KO‘RISHDA YURISDIKSIYA MASALALARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 17 (39) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

PROFESSIONAL AYOL FUTBOLCHILAR MEHNAT MUNOSABATLARIGA OID NIZOLARNI KO'RISHDA YURISDIKSIYA

MASALALARI

Abduxoliqova Aziza Uktam qizi azizauktamovna97@gmail.com

Annotatsiya: Professional ayol futbolchilarning mehnat faoliyati turli jihatlar bilan tavsiflanadi va bu faoliyat bugungi kunda sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ayol futbolchilarning mehnat faoliyati erkak futbolchilarga qaraganda biroz farqlanishiga qaramasdan, sportda sezilarli yutuqlarga erishib, muvaffaqiyat qozonmoqda. Bu esa o'z navbatida turli xil mehnat munosabatlarini yuzaga keltirib, bu munosabatlarga oid nizolarni hal qilinishini taqozo etadi. Bu nizolar asosan professional ayol futbolchilarning mehnat huquqlari va ularni himoya qilish bilan bog'liq bo'lib, ularga huquqiy yechim berishda yurisdiksiya masalalari, ayniqsa xalqaro sport muhitida, mehnat nizolarini hal qilishda qiyinchiliklar yaratishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur tezisda, professional ayol futbolchilarning mehnat munosabatlaridagi nizolarni hal qilishda yuzaga keladigan yurisdiksiya muammolari o'rganiladi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad professional ayol futbolchilar mehnat munosabatlariga oid nizolar qanday hal qilinishini, amaldagi reglamentlar va normativ hujjatlar orqali tahlil qilishdir.

Kalit so'zlar: professional sportchi, yurisdiksiya, xalqaro yurisdiksiya, Xalqaro Arbitraj Sudi.

Yurisdiksiya - sud yoki davlat organlari tizimi nazorati ostidagi qonunlar to'plamiga ega bo'lgan hudud.[1] Ya'ni, bu davlat yoki qonuniy tashkilotning muayyan hudud yoki muayyan masalalar yuzasidan qonunlar qabul qilish va bu qonunlarni nazorat qilish vakolati hisoblanadi. Yurisdiksiya tushunchasi sud, huquqni muhofaza qilish organlari va xalqaro huquq doirasida keng qo'llaniladi va huquqni qo'llash doirasiga ko'ra ikki turga bo'linadi: Milliy yurisdiksiya va Xalqaro yurisdiksiya.

Milliy yurisdiksiya - bu biror davlatning o'z milliy hududi va fuqarolari ustidan qonuniy vakolatga ega bo'lishi va nazorat o'rnatish huquqi hisoblanadi. Ya'ni davlat o'z mehnat qonunlari va sport qonunlariga ega bo'ladi va mahalliy sudlar mehnat nizolarini ko'rib chiqadi.

Xalqaro yurisdiksiya — bu davlatlar, xalqaro tashkilotlar yoki sudlarning xalqaro huquqqa ko'ra, biror xalqaro masala yoki nizoni hal qilish yoki nazorat o'rnatish huquqidir.[2] Bu turdagi yurisdiksiya biror davlatning ichki huquqiy tizimidan tashqarida, boshqa davlatlar yoki xalqaro huquqiy subyektlar bilan o'zaro

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 17 (39) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

munosabatlarda qo'llaniladi.[3] Xalqaro yurisdiksiya milliy yurisdiksiyadan bir yoki bir nechta davlatlar, millatlararo tashkilotlar yoki xalqaro organlar tomonidan qo'llanilishi va xalqaro huquq normalariga asoslanishi bilan farqlanadi. Xalqaro sport tashkilotlari, masalan, FIFA yoki UEFA, futbolga oid xalqaro nizolarni hal qiladi. Xalqaro sport arbitraj sudlari, masalan, CAS, sportga oid xalqaro nizolarni hal qilish uchun maxsus vakolatga ega tashkilot hisoblanadi. Yuqoridagi sport tashkilotlari va organlarining alohida reglamentlari va qonunlari mavjud bo'lib, bu tashkilotlarga a'zo har bir davlat yoki tashkilot mazkur qonunlarga amal qilishi lozim.

Professional ayol futbolchilarning mehnat huquqlari boshqa sohalardagi sportchilarning huquqlari bilan bir xil tamoyillar asosida shakllantiriladi, ammo ular sportning o'ziga xos xususiyatlari, shartnomalar va xalqaro tashkilotlarning qoidalariga ham bog'liq bo'lib, bu masalalarni hal etishda yurisdiksiya muhim rol o'ynaydi. Chunki ish haqi va teng maosh olish huquqi, shartnomaviy huquqlar, sog'liqni saqlash va xavfsizlik huquqi, diskriminatsiyaga qarshi kurash huquqi, ish va dam olish huquqi, siyosiy va kasaba uyushmalariga a'zolik huquqi, mehnat nizolarini hal qilish va shunga o'xshash boshqa huquqlar milliy yurisdiksiya va xalqaro yurisdiksiyada farqlanishi mumkin. Ya'ni o'yinchilar, klublar, ularning boshqaruv organlari turli mamlakatlar yoki mintaqalarda joylashgan va ularning har biri mehnat huquqlari va shartnoma majburiyatlari bilan bog'liq o'z qonunlariga bo'ladi. Bunday holatda qaysi yurisdiksiyaning amal qilishi muhim rol o'ynaydi. Yuqoridagilarga asoslanib, yurisdiksiya ish holatining mazmunidan kelib chiqib, quyidagicha farqlanadi:

1. Shartnoma kelishuvlari bo'yicha: O'yinchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlarida ko'pincha nizolar hal qilinishi kerak bo'lgan yurisdiksiyani ko'rsatadigan bandlarni ham o'z ichiga oladi. Ushbu bandlar amaldagi qonunlar va tartib-qoidalarni belgilaydigan muayyan sud yoki hakamlik organini belgilashi mumkin.

2. Ish joyiga qarab: Bunda yurisdiksiya sportchi faoliyatini qayerda amalga oshirsa, o'sha joyga qarab belgilanishi mumkin. Bu klub joylashgan yoki aksariyat o'yinlar o'tkaziladigan mamlakat bo'lishi mumkin.

3. Tomonlarning yashash joyiga qarab: sportchilarning vaqtinchalik yashash joyi yoki doimiy yashash joyiga qarab yurisdiksiya amal qilishi mumkin.

4. Boshqaruv organi reglamentiga ko'ra: FIFA, UEFA yoki milliy futbol federatsiyalari kabi boshqaruv organlari tomonidan o'rnatilgan yurisdiksiya qoidalari futboldagi nizolarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi.

Masalan, o'yinchi va mahalliy klub o'rtasidagi nizolar agar shartnomada boshqa yurisdiksiya ko'rsatilmagan bo'lsa milliy sudda ko'riladi. Agar nizolar xalqaro miqyosda bo'lsa, xalqaro sport tashkilotlari va arbitraj organlarining yurisdiksiyasi amal qiladi. Misol uchun, CAS xalqaro nizolarni hal qilishda betaraf va xolis

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 17 (39) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

tashkilot hisoblanadi. Shu sababli sportchilar boshqa davlatning klublari bilan tuzadigan shartnomalaridagi nizolar ustidan Xalqaro Arbitraj Sudi (CAS)ga murajat qilishi mumkin. Biroq hozirgi kunda ayollar futbolida yurisdiksiya muammolarini hal etishda bir qancha muammolar mavjud, xususan, ba'zida turli mamlakatlar va qit'alarda ishlaydigan o'yinchilar va klublar bilan tegishli yurisdiksiyani aniqlash murakkab va ko'p vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Bundan tashqari, turli xil mamlakatlarda sport, mehnat huquqiga oid qonun-qoidalar turli xil bo'lganligi sababli, mehnat huquqlari va shartnoma majburiyatlariga oid normalarni belgilashda tomonlarni qoniqtiradigan natijalarni erishishda qiyinchiliklar tug'diradi.

Yurisdiksiya masalalari professional ayol futbolchilarning mehnat huquqlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega. Milliy va xalqaro yurisdiksiyalarning o'zaro aloqasi va farqlari nizolarni hal qilish jarayonida muhim rol o'ynaydi. Ushbu tezis professional ayol futbolchilarning mehnat huquqlarini himoya qilishda yurisdiksiya masalalarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, amaliy tajribalar va normativ hujjatlarni chuqurroq o'rganishni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Lehman, Jeffrey. West's Encyclopedia of American Law, Vol. 6,2, Detroit: Thompson/Gale, 2005 - 293 page.

2. https://www.academia.edu/resource/work/86518973

3. Lyal S. Sunga Individual Responsibility in International Law for Serious Human Rights Violations, Nijhoff (1992) 252 p. ISBN 978-0-7923-1453-0

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.