Научная статья на тему 'MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA NIZOLARNI KO‘P BOSQICHLI HAL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA NIZOLARNI KO‘P BOSQICHLI HAL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
138
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‘p bosqichli tarzda nizolarni hal etish / abitraj / muzokara / mediatsiya / erkin iqtisodiy zonalar. / multi-tiered dispute resolution / arbitration / negotiation / mediation / free economic zones.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umaraliyeva, Farangiz Shuxrat Qizi

Ko‘p bosqichli tarzda nizolarni hal etish bu nizolarni hal etishning turli muqobil usullaridan foydalangan holda taraflar o‘rtasida muammoni bir necha bosqichda ko‘rib chiqishni anglatadi. Nizoni hal etishda turli muqobil usullar samara bermagan holatlarda oxirgi qadam sifatida ishni arbitrajda ko‘rib chiqish qoida o‘rnida qabul qilingan. Nizoni ko‘p bosqichli hal etish ketma-ketligi odatda muzokara, mediatsiya, ekspert aniqlash va hakamlik sudi bosqichlaridan iborat. Ko‘p bosqichli tarzda nizolarni hal etish erkin iqtisodiy zonalar hududida yuzaga kelgan nizolarda ham qo’llanishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF MULTI-TIERED RESOLUTION OF DISPUTES IN SPECIAL ECONOMIC ZONES

Multi-tiered dispute resolution means that the problem is considered between the parties in several stages, using various alternative methods of resolving the dispute. In cases where various alternative methods of dispute resolution do not work, arbitration is the last step. The multi-tier dispute resolution process usually consists of negotiations, mediation, expert identification, and arbitration. Multi-tier dispute resolution can also be applied to disputes within free economic zones.

Текст научной работы на тему «MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA NIZOLARNI KO‘P BOSQICHLI HAL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences П. ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA NIZOLARNI KO'P BOSQICHLI HAL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-4-2-93-100

Umaraliyeva Farangiz Shuxrat qizi

Toshkent Davlat Yuridik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ko p bosqichli tarzda nizolarni hal etish bu nizolarni hal etishning turli muqobil usullaridan foydalangan holda taraflar o'rtasida muammoni bir necha bosqichda ko'rib chiqishni anglatadi. Nizoni hal etishda turli muqobil usullar samara bermagan holatlarda oxirgi qadam sifatida ishni arbitrajda ko'rib chiqish qoida o 'rnida qabul qilingan. Nizoni ko p bosqichli hal etish ketma-ketligi odatda muzokara, mediatsiya, ekspert aniqlash va hakamlik sudi bosqichlaridan iborat. Ko'p bosqichli tarzda nizolarni hal etish erkin iqtisodiy zonalar hududida yuzaga kelgan nizolarda ham qo 'llanishi mumkin.

Kalit so'zlar: ko'p bosqichli tarzda nizolarni hal etish, abitraj, muzokara, mediatsiya, erkin iqtisodiy zonalar.

ОСОБЕННОСТИ МНОГОУРОВНЕВОГО РАЗРЕШЕНИЯ СПОРОВ В ОСОБЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОНАХ

АННОТАЦИЯ

Многоэтапное разрешение спора означает, что проблема рассматривается между сторонами в несколько этапов, с использованием различных альтернативных методов разрешения спора. В тех случаях, когда различные альтернативные методы разрешения споров не работают, арбитраж является последним шагом. Многоэтапный процесс разрешения споров обычно состоит из переговоров, медиация, эксперт определения и арбитража. Многоэтапное разрешение споров также может применяться к спорам внутри свободных экономических зон.

Ключевые слова: многоуровневое разрешение споров, арбитраж, переговоры, медиация, свободные экономические зоны.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SPECIFIC FEATURES OF MULTI-TIERED RESOLUTION OF DISPUTES

IN SPECIAL ECONOMIC ZONES

ABSTRACT

Multi-tiered dispute resolution means that the problem is considered between the parties in several stages, using various alternative methods of resolving the dispute. In cases where various alternative methods of dispute resolution do not work, arbitration is the last step. The multi-tier dispute resolution process usually consists of negotiations, mediation, expert identification, and arbitration. Multi-tier dispute resolution can also be applied to disputes within free economic zones.

Keywords: multi-tiered dispute resolution, arbitration, negotiation, mediation, free economic zones.

Takidlash joizki, xorijiy davlatlar amaliyotida erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat olib boruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy investor va davlat yoki tadbirkorlik subyektlari o'rtasida yuzaga keladigan shartnomaviy nizolarni hal etishning bir turi yurisdiksiyaviy sudlarga murojaat qilish bo'lsa, keyingisi esa nizoni hal etishning muqobil usullari (ADR) yohud arbitrajdan foydalanishdir. Tomonlar shartnoma shartlaridan kelib chiqqan xolda muqobil usullardan birini nizoni hal etishda ixtiyoriy tanlash huquqiga ega. Shuningdek bir istisno holat borki, agarda tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomada nizoni hal etish sharti sifatida arbitraj kelishuvi yoki arbitraj izohi keltirilgan bo'lsa nizo yurisdiksiyaviy sudda emas avvalambor arbitaj sudida ko'rilishi maburiydir. Ma'lumki, xalqaro tijorat arbitraji, davlat sudlariga muqobil sifatida, tomonlarga o'z nizolarining ehtiyojlariga qarab arbitraj tarkibini shakllantirish imkoniyatini beradigan moslashuvchan tuzilmaga ega ekanligi bilan bir asrdan ko'proq vaqt davomida nizolarni hal qilishning jozibali tizimi bo'lib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risidagi Qonunining 44-moddasiga binoan, maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko'rsatishini va rivojlantirishni tashkil etish bo'yicha nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi keltirilgan. Shuningdek, bugungi kunda amaliyotda investitsiyaviy va boshqa turdagi iqtisodiy nizolarni ko'rib chiqish asosan iqtisodiy, hakamlik sudlari tomonidan amalga oshirilib bunday nizolarda mediator xizmatidan foydalanish borasida ham Respublikada oldinga siljishlar amalga oshirilgan. 2018 -yilda "Mediatsiya to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinib, mediatsiya faoliyati qonuniylashtirilgan. Bugunga kelib, mediatsitya ham nizoni hal

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishning dastlabki usuli sifatida rivojlanib bormoqda. Biroq yana bir muammoli holat borki, respublikamizda boshqa davlatlarda bo'lgani kabi investitsiyaviy nizolarga ixtisoslashgan sudlar mavjud emas. Bunday nizolar tegishliligi bo'yicha iqtisodiy va ma'muriy sudlarda ko'rib chiqiladi. Ma'lumki, erkin iqtisodiy zonalarning ayrimlarida masalan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida inglish shartnoma huquqi amal qilishi belgilangan. Bu esa, ushbu hududda nizolarni hal etish ham ingliz huquqi asosida amalga oshirilishini taqazo etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shundan kelib chiqqan holda quyida nizoni hal etishning ko 'p bosqichli tizimini tahlil qilamiz. Xo 'sh nizolarni ko'p bosqichli tarzda hal etish o'zi nimani anglatadi?

Nizoni hal qilishning muqobil usullari (ADR) arbitraj sudlari qatorida nizoni hal etishning qo'shimcha vositasi sifatida 1970-yillarda AQSHda paydo bo'lgan va 1990-yillardan boshlab Yevropada xalqaro bizness hamjamiyati tomonidan tijorat nizolarini hal etish vositasi sifatida keng qo'llanila boshlangan [1, b. 19]. Bugungi kunga kelib xorijiy davlatlarda tijorat nizolarini hal etishning yana bir ko'rinishi ommalashmoqda bu - nizolarni hal etishning ko'p bosqichli tizimi - multi-tiered dispute resolution bo'lib, unda ADR va arbitraj jarayonlarini birlashtirish orqali, nizolarni hal etish jarayoni ketma-ketligi ta'minlanadi. Nizolarni hal etishning ko'p bosqichli tizimi o'z ichiga ko'p xollarda muzokara (negotiation), mediatsiya (mediation), ekspert aniqlash (expert determination), va arbitraj (arbitration)ni birlashtiradi.

Niozlarni hal etishnig ko'p bosqichli tizimining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, agarda bir muqobil usul yordamida nizo hal bo'lmasa boshqa usullarni qo'llash mumkin bo'lib, bir necha muqobil usul vositasida ham nizo hal bo'lmasa yakuniy tarzda arbitrajga murojaat qilish huquqi tomonlarda saqlanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu jarayon eng jiddiy tusdagi nizolarni arbitrajga o'tkazishga imkon beruvchi filtr vazifasini ham bajaradi. Nizoni bir necha bosqichda hal etishni nazarda tutuvchi shartnoma shartlarini qo'llash so'ngi yillarda turli sohalarda sezilarli ravishda o'sib bormoqda. Bunday shartnomalar sirasiga bir qancha tijorat kelishuvlari, xizmat ko'rsatish, qurilish, pudrat kabi shartnomalarni keltirish mumkin.

Alohida aytib o'tish kerakki, o'z navbatida shartnomada nizoni ko'p bosqichli tarzda hal etish bandi kiritilishining o'ziga xos salbiy va ijobiy tomonlari ham mavjud. Odatda shartnomada bu turdagi bandlarni kelishish hakamlik muhokamasi qarori oqibatlaridan qochish bilan bog'liq bo'lib, asosiy e'tibor tijorat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

munosabatlariga zarar keltirmaydigan holda, tomonlarning vaqtini va pulini tejash orqali yechimni do'stona topishga qaratiladi. Shuningdek, nizoni hal etishda muzokara, mediatsiya kabilar yordam bermasa tomonlar ishni arbitraj sudiga topshirganda o'z himoyasi uchun qayta tayyorlanishda qo'shimcha vaqtga ham ega bo'lishadi. Shuning bilan birga, bunday shartnoma shartini kiritishning salbiy jihatlari, tomonlardan birining ko'p bosqichli tartib-qoidaga rioya qilmasligi, bunday shartnoma shartining noto'g'ri talqin etilishi va uning majburiy xususiyatiga nisbatan tushunarsiz munosabatda bo'lganligi tufayli muammolar kelib chiqishi mumkin. Ya'ni tomonlar shartnoma sharti so'zlarini aniq qilib bayon etmasa, uning talqini boshqacha oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yana bir salbiy xususiyati shundaki, tomonlardan biri belgilangan muddat ichida arbitraj muhokamasini boshlashni talab qilish yuzasidan murojaat qiladigan bo'lsa, ikkinchi taraf kop bosqichli nizoni hal etishning boshqa usullaridan foydalana olmaydi.

Ko'p bosqichli nizolarni hal etish qoidalari nazariy jihatdan eskalatsiya (escalation), ko'p bosqichli yoki "birinchi ADR" kelishuvlari deb ham ataladi. Ikkala tomon ham unda nizo yuzaga kelsa, muzokara, mediatsiya, yarashuv, ekspert aniqlash yoki arbitraj jarayonlariga asoslangan yondashuvdan foydalanish mumkinligini tushunadi [2, b. 12]. Bunday ko'rinishdagi boshlang'ich jarayonlar ikkala tomon uchun ham har qanday nizoni sud va arbitrajga yetib borishdan oldin hal qilish imkonini berish maqsadida ishlab chiqilgan. Shartnomada ko'p bosqichli nizoni hal etish shartining matni tomonlar uchun muzokara o'tkazishga oid majburiyat yuklash bilan boshlanib, nizoni hal etishda yarashuv, mediatsiya kabilarni qo'llash lozimligini izohlaydi. Arbitraj tartibi nizolarni hal etishni tezlashtirishda ushbu bandning yakuniy bosqichini tashkil etadi va uni qoida tariqasida faqatgina taraflar dastlabki bosqichlarda muvafaqqiyatsizlikka uchragandagina qo'llashlari mumkin. Nizoni hal etishning ko'p bosqichli qoidalari qurilish pudrat shartnomalarida, nou-xau asosida xizmat ko'rsatish shartnomalarida qo'llanilib kelinmoqda [3, b. 85].

Shuningdek, shartnomaning ushbu shartini sharhlaganda nizoni sudgacha hal etishda mediatsiya yoki muzokarani qo'llash tomonlar uchun majburiy xarakterdami degan savol paydo bo'lishi ham tabiiy albatta. Misol tariqasida, aytaylik, shartnoma tomonlari nizoni tezroq hal qilishda oldinga siljish maqsadida, arbitraj sudiga ariza topshirishadi. Xalqaro Savdo Palatasi (ICC) tomonidan ko'rib chiqilgan bir nehca ishlarda bunday arizalar rad etilgan va tomonlardan avval muzokara yoki mediatsiyadan o'tish talab etilgan[4]. Arbitraj sudlari bunday holatlarda faqatgina shartnomada arbitraj kelishuvi mavjud bolsa, ishni ko'rib chiqish maqsadida arizani

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qanoatlantiradi va shartnomada arbitraj kelishuvining mavjudligi arbitraj uchun tomonlar o'rtasidagi kelishuv haqida yakuniy xulosa chiqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, nizoni ko'p bosqichli usulda hal etish sharti juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan holda, ehtiyotkorlik bilan taxrirlash lozimligini talab etadi. Agarda shartnoma shartidagi bir so'z tushunarsiz bo'lsa, bu noaniqlik yoki kelishuvning qonuniy emasligiga ham olib kelishi mumkin. Olimlar, sudlar va Arbitraj sudi vakillari nizoni hal etishning bunday konsensual shakllarini qo'llash borasida ikki xil fikrga ega. Ularning bir qismi bu borada shartnoma shartining noaniqligi shartnomani amalga oshirishni istisno etadi deb hisoblasa, qolganlar esa, bu kabi shartnoma sharti tanlashi uchun ustunlik berilishi lozim deya, majburiy va ijro etilishi shartligini maqullashadi [5, b. 101].

Ko'p bosqichli nizoni hal etish bosqichlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin.

Nizoni hal etishning muqobil usullari haqida so'z ketganda asosan majburiy qarordan holi bo'lish maqsad qilinadi. Shartnomaviy nizoni ko'p bosqichli tarzda hal etishning o'ziga xos iyerarxiyasi quyidagi muqobil usullarni o'z ichiga oladi:

Birinchisi, muzokara (negotiation) - muzokaralar olib borish tijorat shartnomalarida keng tarqalgan usullardan biri bo'lib, unda chiqarilgan yakuniy xulosa tomonlar uchun majburiy xarakterni ifodalamaydi. Muzokaralar olib borish tomonlar o'rtasidagi shartnoma shartini sharxlashga oid bo'lgan kelishmovchilikni kamaytirishi yoki umuman tugatishi ham mumkin. Shartnoma shartining noto'g'ri talqin etilishi majburiy xarakterdagi nizoni hal etish vositasi qo'llanilmasligiga olib kelsa-da, tegishli ravishda bayon etilgan band jarayonni tezlashtirishi mumkin [6, b.

Ikkinchisi, mediatsiya (mediation) - mediatsiya tomonlarga muammoni o'zaro kelishgan xolda hal qilishga yordam berish orqali neytral vositachi vazifasini bajaruvchi malakali ekspertni nazarda tutadi [7, b. 32]. Bu turdagi amaliyot mediatsiya deb atalib, ixtiyoriy kelishuvga asoslanishi lozim.

Uchinchisi, ekspert aniqlash (expert determination) - bunda ekspert aniqlash ishlari uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi va arbitrajga o'xshash ravishda natijasida majburiy xarakterdagi qaror qabul qilinadi [8]. Ekspert aniqlashni arbitrajdan asosiy farqi shundaki, arbitrajda sudya chiqargan qaroriga nisbatan javobgarlik immunitetiga ega bo'lmaydi, ekspert esa chiqargan xulosasi uchun ehtiyotsizlikka nisbatan javobgar hisoblanadi.

To 'rtinchisi, nizolarni hal etish bo 'yicha kengash (dispute adjudication boards) - nizolarni hal etish bo'yicha kengash alohida kelishuv asosida tashkil etiladi.

15].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kengash shartnomaning amal qilish muddati bo'yicha istalgan nizolarni hal qilish bilan shug'ullanadi va bunday vakolatni kengash tuzish to'g'risidagi kelishuvning butun davri mobaynida saqlab qoladi. Aynan nizolarni kengash vositasida ko'rib chiqish amaliyotini kiritish xalqaro qurilish va injenerlik shartnomalarida tobora ortib bormoqda. Va nihoyat,

Beshinchisi, arbitraj (arbitration) - arbitraj tomonlar uchun yakuniy va majburiy yechim hisoblanadi. Sudyalardan farqli ravishda arbitrlar sudlarda qo'llaniluvchi qat'iy tartib va qoidalarga rioya qilishlari shart bo'lmagan xolda arbitraj bitimida keltirilgan tartib va protsessual qonunchilikka amal qilishlari mumkin. Yuqorida keltirilgan nizolarni hal etishning ko'p bosqichli tizimi amaliyoti hozirda xorijiy davlatlarda tijorat bitimlari yuzasidan kelib chiqayotgan nizolarni ko'rib chiqishda anchayin samarali ekanligini isbotlamoqda. Erkin iqtisodiy zonalar hududining aksariyat qismida bir tomondan qo'llaniladigan huquq doirasi ingliz shartnoma huquq tizimiga moslashganligini, ikkinchi tomondan esa bunday hududlarda asosiy nizolar tijorat bitimlari va investitsiya bitimlari yuzasidan kelib chiqishini inobatga olgan holda bu kabi nizolarda ham nizolarni hal etishning ko'p bosqichli tizimi samara berishi mumkin. Ko'plab xorijiy davlatlar tajribasida, nizoni arbitrajga qadar bir necha bosqichda hal etish rivojlangan. Eng yirik iqtisodiy zonalar hududiga ega bo'lgan Xitoyda nizoni hal etish vositasi sifatida 2019-yildan buyon mediatsiya va muzokaralar o'tkazish tijorat nizolarini hal etishda rivojlantirib kelinmoqda [9]. Ukrainada ham bu amaliyot yo'lga qo'yilgan bo'lib, muzokara+ mediatsiya + arbitraj ketma-ketligini ifodalaydi. Nizoni ko'p bosqichli tarzda hal etish tartibi xalqaro amaliyotda yetarlicha mashxurlikka erishgan bo'lib, Singapur Xalqaro Mediatsiya Markazida xattoki, MED-ARB (mediatsiya - arbirtaj ), NEG-MED-ARB(muzokara - mediatsiya -arbitraj) kabi qoidalar qabul qilingan. Shveytsariyada, nizoni arbitrajgacha bo'lgan muddatda boshqa undan oldingi darajalarda muhokama qilish majburiy qilib qo'yilgan. Angliyada, arbitrajgacha bo'lgan kelishuv bitimi yetarli darajada batafsil bayon etilgan bo'lsa samarali bo'ladi. Ya'ni, Emirates trading agency LLC va Prime mineral exports private limited (2014) o'rtasidagi nizoda shartnomada keltirilgan "do'stona muhokama" shartini ham tomonlar uchun majbury ekanligi bo'yicha qaror chiqarilib ish arbitrajdan muzokara uchun qayrtariladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Keltirilgan tahlillardan ko'rinadiki, Erkin iqtisodiy zonalar hududida faoliyat yurituvchi tijorat subyektlari, yoki investorlar bilan yuzaga kelgan nizolarda ham bir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

necha bosqichli nizoni hal etish amaliyotini qo'llash mumkin. Ya'ni hozirgi amaliyotda investitsiyaviy nizolarning ko'rib chiqilishida bir qancha muammolar mavjud. Birinchi muammo, mamlakatda investitsiyaviy nizolarni hal qilishga ixtisoslashgan yagona sud tizimining yuqligi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi muammo bunday sudning mavjud emasligi natijasida tomonlar ko'pincha arbitraj izohi yoki kelishuvini shartnomaga kiritishadi. Buning oqibatida, nizoni arbitrajda hal etish ham artbitraj joyini tanlash, qo'llaniladigan huquqni tanlash kabilarni keltirib chiqaradi. Arbitraj muhokamalarida bir sud ishining ko'rib chiqilishi esa, kamida 1 yil muddatga balki undan ham ko'proq vaqtga cho'zilishi mumkin. Bu vaqt esa, o'z navbatida qo'shimcha sarf harajatlar va ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqaradi. Erkin iqtisodiy zona hududlarida tijorat bitimlari, yoki investitiyaviy bitimlardan kelib chiqadigan nizolarda nizoni hal etishning bir necha bosqichi (multi tiered dispute resolution)ni qo'llash tomonlar uchun birinchi navbatta ortiqcha sarf-xarajatlardan qochgan holda muammoni sudagcha hal etish imkonini beradi. Shuningdek, agarda bir bosqichda chiqarilgan xulosa yoki qaror tomonlar uchun maqul bo'lmasa ularda ishni mediatsiyaga yoki appellatsiya kengashiga topshirish imkoniyati yuzaga keladi. O'z-o'zidan ma'lumki, mediatsiya usulida nizoni hal etish arbitraj va mahalliy yurisdiksiya sudlariga nisbatan tez va kamharj tarzda amalga oshiriladi. Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari uchun shartnomaviy munosabatlarda nizoni hal etish vositasi sifatida ko'p bosqichli tizimni tanlash muammoni birinchi navbatta keskinliklarsiz xolis hal etilishini ta'minlasa, boshqa tomondan tomonlarda majburiy ahamiyatga ega bo'lgan arbitraj sudiga murojaat qilish huquqini ham saqlab qoladi. O'rganilgan tahlillar va xorijiy davlatlar tajribasi asosida quyidagi takliflarni amalga oshirish taklif etiladi:

Erkin iqtisodiy zona hududlarida investitsiyaviy nizolarning hal etilishini maqbullashtirish hamda amlakatimiz investitsiya jozibadorligini oshirish maqsadida, xalqaro investitsiya arbitrajlarini tashkil etish;

Erkin iqtisodiy zona hududlarida faoliyat yurituvchi xo'jalik subyektlari uch un ko'p bosqichli nizolarni hal etish shartini shartnoma kiritilishini amaliyotda joriy etish;

Ingliz huquqi amal qiluvchi erkin iqtisodiy zonalar hududida nizolarni ko'p bosqichli trazda hal etish tartibini shartnomaning majburiy sharti sifatida qabul qilish;

Respublikada muzokara olib borish va ekspert aniqlash amaliyotini joriy etish istiqbollarini o'rganish hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalarini qo'llash.

Demak, xulosa qilish mumkinki, ko'p bosqichli nizolarni hal etish qoidalari turli darajadagi ishlarni ko'rib chiqish uchun bir nechta nizolarni hal qilish tartib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qoidalaridan foydalanadi, agar birinchi bosqich masalani hal etmasa, ish boshqa bosqichlarda ham ko'rib chiqiladi.

REFERENCES

1. Klaus Peter Berger, Integration of Mediation Elements in Arbitration; ''hybrid procedures and Intuitive'' Mediation by international Arbitrators, (2003) 387 - p.

2. James H. Carter, Issues Arising from Integrated Dispute Resolution Clauses: Part I, in New Horizons in International Commercial Arbitration and Beyond, ICCA Congress Series No. 12, 446 [A.J. van den Berg (Ed.), 2005].

3. Alan Redfern and Martin Hunter, Law and Practice of International Commercial Arbitration 43 (2004).

4. Dana H. Freyer, Practical Considerations in Drafting Dispute Resolution Provisions in International Commercial Contracts — A US Perspective, 15 J. Int'l Arb. 7, 9 (No. 4, 1998).

5. Kayali, Enforceability of Multi-Tiered Dispute Resolution Clauses, 553.

6. Dana H. Freyer, Practical Considerations in Drafting Dispute Resolution Provisions in International Commercial Contracts — A US Perspective, Journal of International Arbitration 15, No. 4 (1998), 7.

7. Martin Hunter, The Freshfields Guide to Arbitration and ADR: Clauses in International Contracts, Kluwer Law and Taxation Publishers, 1993), 64.

8. Alan Redfern and Martin Hunter, Law and Practice of International Commercial Arbitration, (London: Sweet & Maxwell, 2004), 50.

9. https://iqdecision.com/razreshenie-sporov-v-smeshannom-rezhime-v-kitae/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.