Научная статья на тему 'XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI: INGLIZ HUQUQI VA AMALIYOTI'

XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI: INGLIZ HUQUQI VA AMALIYOTI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
463
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaro tijorat arbitraji / ingliz arbitraj huquqi / o’zbek arbitraj huquqi / arbitraj bitimi / arbitraj kelishuvi / qo’llaniladigan huquq / arbitraj joyi / kollizion normalar / International commercial arbitration / English arbitration law / Uzbek arbitration law / arbitration agreement / arbitration clause / applicable law / seat of arbitration / conflict-of-laws

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Axtamova, Yulduz Axtamovna, Norboyev, Samandarbek Farxodjon O’g’li

Mazkur ilmiy maqola xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo’llaniladigan nizolarni muqobil hal etish usuli hisoblangan arbitrajning huquqiy asosini tashkil etuvchi arbitraj bitimlarining mohiyati va tarkibiy elementlarini muhokama qiladi. Arbitraj bitimi bilan bog’liq asosiy masalalarni ochib berishda asosiy e’tibor ingliz huquqi va amaiyotiga yo’naltiriladi. Xususan, Buyuk Britaniya a’zo bo’lgan Nyu-York Konvensiyasi hamda 1996-yildagi ingliz arbitraj qonunining turli moddalari eslab o’tiladi. Ushbu maqola, asosan, arbitraj bitimining ta’rifi, uning moddiy haqiqiyligiga nisbatan qo’llaniladigan huquqqa oid kollizion normalar, arbitraj orqali hal etib bo’lmaydigan masalalar hamda arbitraj kelishuvi bilan qamrab olinadigan nizolarni tahlil qiladi. Shuningdek, arbitraj bitimining tarkibiy elementlari hamda uni tuzish jarayonida e’tibor qaratish lozim bo’lgan masalalar yoritiladi. Tegishli o’rinlarda O’zbekiston qonunchiligiga havolalar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE ARBITRATION AGREEMENT IN INTERNATIONAL COMMERCIAL ARBITRATION: ENGLISH LAW AND PRACTICE

This scientific paper discusses the arbitration agreement which forms the legal basis of international commercial arbitration and its characteristics. The due considerations will be given to the English law and practice in order to unravel the main concepts related to arbitration agreements. For instance, various articles of the New York Convention and 1996 English Arbitration Act will be mentioned. The paper especially analyses the definition of an arbitration agreement, the conflict-of-laws rules for the substantive validity of international arbitration agreements, the issues of non-arbitrability and the scope of arbitration agreements. Furthermore, the elements of the arbitration agreement and the important matters during the conclusion of the arbitration agreement will be considered. The domestic legislation of Uzbekistan will be quoted when appropriate.

Текст научной работы на тему «XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI: INGLIZ HUQUQI VA AMALIYOTI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA ARBITRAJ BITIMINING AHAMIYATI: INGLIZ HUQUQI VA AMALIYOTI

Axtamova Yulduz Axtamovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, "Xalqaro xususiy huquq" kafedrasi o'qituvchisi Norboyev Samandarbek Farxodjon o'g'li, Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqola xalqaro tijorat munosabatlarida keng qo'llaniladigan nizolarni muqobil hal etish usuli hisoblangan arbitrajning huquqiy asosini tashkil etuvchi arbitraj bitimlarining mohiyati va tarkibiy elementlarini muhokama qiladi. Arbitraj bitimi bilan bog'liq asosiy masalalarni ochib berishda asosiy e'tibor ingliz huquqi va amaiyotiga yo 'naltiriladi. Xususan, Buyuk Britaniya a 'zo bo 'lgan Nyu-York Konvensiyasi hamda 1996-yildagi ingliz arbitraj qonunining turli moddalari eslab o'tiladi. Ushbu maqola, asosan, arbitraj bitimining ta'rifi, uning moddiy haqiqiyligiga nisbatan qo'llaniladigan huquqqa oid kollizion normalar, arbitraj orqali hal etib bo'lmaydigan masalalar hamda arbitraj kelishuvi bilan qamrab olinadigan nizolarni tahlil qiladi. Shuningdek, arbitraj bitimining tarkibiy elementlari hamda uni tuzish jarayonida e'tibor qaratish lozim bo 'lgan masalalar yoritiladi. Tegishli o 'rinlarda O 'zbekiston qonunchiligiga havolalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Xalqaro tijorat arbitraji, ingliz arbitraj huquqi, o'zbek arbitraj huquqi, arbitraj bitimi, arbitraj kelishuvi, qo'llaniladigan huquq, arbitraj joyi, kollizion normalar

ABSTRACT

This scientific paper discusses the arbitration agreement which forms the legal basis of international commercial arbitration and its characteristics. The due considerations will be given to the English law and practice in order to unravel the main concepts related to arbitration agreements. For instance, various articles of the New York Convention and 1996 English Arbitration Act will be mentioned. The paper especially analyses the definition of an arbitration agreement, the conflict-of-laws rules for the substantive validity of international arbitration agreements, the issues of non-arbitrability and the scope of arbitration agreements. Furthermore, the elements of the arbitration agreement and the important matters during the conclusion of the

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

arbitration agreement will be considered. The domestic legislation of Uzbekistan will be quoted when appropriate.

Keywords: International commercial arbitration, English arbitration law, Uzbek arbitration law, arbitration agreement, arbitration clause, applicable law, seat of arbitration, conflict-of-laws

Arbitraj xalqaro tijorat va savdo-sotiq munosabatlarida kelib chiqadigan nizolarni hal etishning eng keng tarqalgan vositasidir. Arbitraj bitimi esa zamonaviy xalqaro tijorat arbitrajining tamal toshi hisoblanadi va uning huquqiy asosini tashkil etadi. Chunki nizolashayotgan taraflar o'rtasida qonun talablariga javob beradigan arbitraj kelishuvining mavjud emasligi arbitraj sudi tomonidan qabul qilingan qarorni ijro etishni rad etishga sabab bo'ladi [2, 50-modda; 4, Arts. 34-36]. Arbitraj bitimining haqiqiyligi va samaradorligi, asosan, xalqaro shartnomalar, konvensiyalar hamda tegishli davlatning arbitraj to'g'risidagi milliy qonunchiligi bilan uzviy bog'liq.

O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-avgustda "Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida"gi qonun qabul qilindi va mazkur qonun 2021-yil 18-avgustda kuchga kirdi. Shu tariqa, O'zbekiston 1985-yildagi Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risidagi YuNSITRAL namunaviy qonuni (2006-yildagi o'zgarish va qo'shimchalar bilan birga) negizida milliy arbitraj qonuni qabul qilgan 85-davlat va 118-yurisdiksiyaga aylandi. Bu esa O'zbekiston Respublikasining xalqaro savdo-sotiq munosabatlarini rivojlantirishga bo'lgan yuksak e'tiboridan darak beradi. Ushbu huquqiy institutni yanada takomillashtirish uchun chet el tajribasi va amaliyotini o'rganish maqsadga muvofiqdir. Shu munosabat bilan, tijorat arbitraji instituti yuqori darajada rivojlangan yurisdiksiyalarning tajribasini tahlil qilish orqali O'zbekistonda mazkur huquqiy institutni yanada yuksaltirish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldini olish mumkin. Xalqaro tijorat arbitraji amalga oshiriladigan eng nufuzli va xalqaro miqyosda tan olingan joy - bu shubhasiz London, Buyuk Britaniya. 2020-yilda 444 ta arbitraj ishi London Xalqaro arbitraj sudi (LCIA) tomonidan qabul qilingan. LCIA tomonidan qabul qilingan arbitraj ishlarning 84% Londondan amalga oshirilgan. 2021-yilda Londondagi Qirolicha Mariya universitetining "White & Case" yuridik firmasi bilan hamkorlikda o'tkazgan tadqiqotlariga ko'ra, xalqaro miqyosda eng ko'p afzallik beriladigan yurisdiksiya maqomiga London va Singapur sazovor bo'lgan.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Angliya, Uels yoki Shimoliy Irlandiyada amalga oshiriladigan arbitraj protsesslari 1996-yildagi "Arbitraj to'g'risida"gi qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qonun YuNSITRAL namunaviy qonuniga asoslanmagan bo'lsa ham, namunaviy qonunning ko'p jihatlarini o'zida mujassam etgan. Mazkur qonun keng qamrovli bo'lishiga qaramay, u ingliz arbitraj huquqining barcha jabhalarini o'z ichiga olmaydi; ushbu bo'shliqlar ingliz umumiy huquqi yoki sud pretsedentlari yordamida tartibga solinadi. Buyuk Britaniyaning 1958-yildagi Chet el Arbitraj Qarorlarini Tan olish va Ijro etish bo'yicha Nyu-York Konvensiyasining ahdlashuvchi davlatlaridan biri ekanligi ingliz huquqini xalqaro tijorat arbitrajida ideal huquqiy tizimlardan biri ekanligiga yana bir bor ishora qiladi. Garchi Buyuk Britaniya dualistik davlat bo'lsa ham, xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq, konvensiyada nazarda tutilgan qoidalarni ichki qonunchiligiga implementatsiya qilgan.

II. Xalqaro arbitraj: umumiy ta'rif Arbitraj atamasining umume'tirof etilgan yagona ta'rifi mavjud emas [8, 123 -001]. Biroq arbitrajning muhim jihatlari bo'yicha aksariyat tadqiqotchilar yakdillikka erishganlar: arbitraj tribunal tomonidan taraflar bitimi asosida ular o'rtasidagi nizoni majburiy tusdagi qaror chiqarish orqali hal etish protsessidir. Kezi kelganda aytish kerakki, garchi arbitraj "ADR"ning ko'pchilik xususiyatlariga ega bo'lsa ham, "ADR" atamasi arbitrajni to'liq qamrab ololmaydi.

E'tiborimizni xalqaro arbitraj huquqi sohasidagi yetakchi mutaxassislarning fikrlariga qaratadigan bo'lsak, "arbitraj nizolarni hal etishning sodda usuli...arbitraj qisqacha aytganda sudning ishtirokisiz nizo yuzasidan yakuniy va majburiy tusdagi qaror olishning samarali yo'lidir" [7, 11.04]. Yoki Prof. M. Mozes so'zi bilan aytadigan bo'lsak, "arbitraj milliy sudlarda ijro etib bo'ladigan yakuniy va majburiy qaror qabul qilishni o'z ichiga oluvchi xususiy sud tizimi..." [11, 1-bet]. Yuqoridagi izohlar shubhasiz arbitraj atamasini yetarlicha ta'riflaydi. Biroq, shaxsiy fikrimcha, xalqaro tijorat nizolarida qo'llaniladigan arbitraj protsessining mukammal ta'rifi quyidagicha: "Xalqaro tijorat arbitraji - bu xalqaro iqtisodiy faoliyat mobaynida kelib chiqadigan kelishmovchilik va nizolarni taraflarning kelishuviga muvofiq, ular tomonidan tanlangan mustaqil va nodavlat shaxslar tomonidan betaraf tartib-taomillar asosida hal etish vositasi hisoblanadi." [6, 11.02].

Xalqaro tijorat arbitrajida nizolashayotgan taraflar malakali xususiy shaxs oldida o'z da'volari, qarshi da'volari yoki e'tirozlarini himoya qiladilar. Arbitraj qarori davlatning majburiy ijro etish kuchi tufayli emas, balki taraflarning kelishuvi sababli yakuniy va majburiy ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham taraflar arbitrajni sud protsessiga nisbatan afzal ko'radilar. Arbitrajni sud protsessidan ajratib turadigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'ziga xos jihati uning taraflarning erk muxtoriyati yoki roziligi ustiga qurilganligida yaqqol namoyon bo'ladi. Ushbu erk muxtoriyati tamoyilining yorqin ifodasini arbitraj bitmi yoki kelishuvida ko'rishimiz mumkin.

III. Arbitraj bitimi tushunchasi

Arbitraj bitimi xalqaro arbitraj protsessining uzviy qismi hisoblanadi. Arbitraj kelishuvining ikki asosiy turi mavjud: arbitraj bandi va arbitraj shartnomasi (bitimi). 1996-yildagi "Arbitraj to'g'risida"gi qonunning 6-moddasida "arbitraj bitimi hozirgi yoki kelajakda kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolarni, shartnomaviy bo'lishidan qat'iy nazar arbitrajga topshirish to'g'risidagi kelishuv" deb belgilangan. O'zbek huquqshunoslarining fikriga ko'ra, arbitraj bitimi - "tomonlarning, ular o'rtasidagi aniq munosabatlar jarayonida sodir bo'lgan yoki sodir bo'lishi mumkin bo'lgan huquqbuzarlik oqibatida paydo bo'ladigan nizolarni arbitraj muhokamasiga topshirish to'g'risidagi bitimdir" [12, 345-bet]. Ba'zi manbalarga ko'ra, arbitraj "faqat taraflarning xohish-irodasi tufayligina mavjuddir" [16]. Garchi taraflarning xohish-irodasi va roziligi katta amaiyatga ega bo'lsa ham, xalqaro arbitraj bitimining yuksak samaradorligi uning xalqaro va milliy huquq normalariga muvofiq haqiqiyligi va milliy sudlar tomonidan ijro etilishiga bog'liq [6, 12.01]. Chunki arbitraj tribunalining yakuniy qaroridan norozi bo'lgan taraf qarorni bekor qilish yo'llarini izlaydi va arbitraj bitimining haqiqiyligini inkor etish bu borada eng keng tarqalgan yo'llardan biridir [13; 14].

Ingliz huquqiga muvofiq, arbitraj bitimlari yozma shaklda tuzilishi shart [3, s.5]. Buning asosiy sababi shuki, Nyu-York Konvensiyasining 2-moddasi arbitraj bitimlarining yozma shaklda tuzilishini belgilab qo'ygan [1, Art. II; 7, 11.44]. Biroq, ushbu konvensiyani uning maqsadi va predmetidan kelib chiqib sharhlasak, Nyu-York Konvensiyasi arbitraj kelishuvining shakliga nisbatan qat'iy talablar o'rnatmaydi, balki ahdlashuvchi davlatlar zimmasi yozma shaklda tuzilgan arbitraj bitimlarini tan olish va ijro etish majburiyatini yuklaydi. Shunday bo'lsa ham, nizo kelib chiqqanda, taraflardan biri o'z fikridan qaytib qolishi va arbitraj bitimini rad etishi mumkin. Shu sababdan, deyarli barcha yurisdiksiyalarda arbitraj kelishuvlariga nisbatan yozma shakl talabi belgilangan. Lekin, yozma shakldagi arbitraj bitimlarini imzolash talab etilmaydi. Arbitraj bitimining taraflar tomonidan qabul qilingan shartnomada yoki yozma xabarnomalarda aks ettirilgan bo'lsa, u yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi [17; 18]. Shuningdek arbitraj kelishuvida yozma ravishda aks ettirilgan tartib va shartlarga og'zaki tarzda rozilik berish arbitraj bitimi yozma shaklda tuzilgan deb hisoblashga asos bo'ladi [3, s.5(5)(3)].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Odatda, faqat arbitraj bitimiga bo'lgan taraflar u bo'yicha majburiyatlarga ega va faqat ular arbitraj bitimi asosida arbitraj protsessini boshlashga haqli deb yuritiladi [8, 123-022]. Biroq, 1999-yildagi "Uchinchi shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonunga muvofiq, ayrim toifadagi uchunchi shaxslar arbitraj bitimini ijro etish huquqini qo'lga kiritdilar [19]. Shunga qaramay, arbitraj bitimiga bo'lgan taraflarni belgilash bo'yicha muammoli holatlar uchrab turadi [21]. Qonun talablariga mos keluvchi arbitraj bitimining mavjud emasligi Angliya yurisdiksiyasida qabul qilingan arbitraj qaroriga nisbatan e'tiroz bildirish uchun asos bo'ladi [1996-y Qonun, 67-m]. Arbitraj bitimining haqiqiyligi unga nisbatan amal qiluvchi huquq doirasida belgilanadi (A). Shuningdek, har bir milliy qonunchilikda arbitraj predmetiga nisbatan muayyan cheklovlar mavjud va bunday nizolar faqat davlat sudlarida ko'rib chiqiladi (B). Arbitraj bitimining asosiy vazifalaridan biri - bu taraflar qay turdagi masalalardan kelib chiqadigan nizolarni arbitraj vositasida hal etishga kelishib olganliklarini ko'rsatishdan iborat (C).

A. Arbitraj bitimini tartibga soluvchi huquqning kollizion masalalari

Arbitraj bitimining rasmiy haqiqiyligi masalalari lex arbitri (arbitraj amalga oshiriladigan joy huquqi) orqali tartibga solinadi [11, 101-bet]. Lekin, arbitraj bitimining moddiy haqiqiyligi ish holatlaridan kelib chiqib, turli xil huquqlar bilan tartibga solinishi mumkin. Erk muxtoriyati tamoyiliga asosan taraflar arbitraj bitimini tartibga soluvchi huquqni erkin tanlash huquqiga egalar. Ammo, xalqaro tijorat arbitrajida taraflar kamdan-kam hollarda arbitraj kelishuviga amal qiladigan huquqni belgilab qo'yadilar [6, 14.04[A]]. Agar taraflardan biri arbitraj bitimining haqiqiyligi yoki mavjudligini rad etadigan bo'lsa, sud yoki arbitraj tribunali bitimning haqiqiyligini qo'llaniladigan huquq asosida ko'rib chiqishi kerak. Bunday holatda, sud yoki arbitraj tribunali xalqaro xususiy huquqning kollizion normalarini qo'llaydilar. Aksariyat anglo-sakson yurisdiksiyalari xalqaro arbitraj bitimlarini tartibga soladigan huquqni aniq belgilab qo'ymagan [6, 14.02[A]]. Garchi qonuniy ko'rsatmalar mavjud bo'masa ham, sud pretsedentlari arbitraj bitimlarini tartbiga soluvchi huquqni belgilash bo'yicha ko'rsatmalar taqdim etadi. Taraflarning kelishuvi mavjud bo'lmagan taqdirda, sudlar yo asosiy shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquqni yo arbitraj joyi huquqini qo'llaydilar [7, 13.11; 13, 14; Firstlink].

Arbitraj bandi shartnomadagi shartlar tarkibiga kirganligi sababli, taraflar tomonidan shartnomani tartibga solish uchun tanlangan huquq arbitraj bandiga nistbatan ham tatbiq etilishi mumkin [13]. Bir golland sud ishiga ko'ra, taraflar umuman olganda arbitraj bandiga nisbatan asosiy shartnomani tartibga soluvchi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquq qo'llanilishini afzal ko'radilar chunki arbitraj bandi shartnomaning bir qismini tashkil etadi [23]. Bir qancha anglo-sakson yurisdiksiyalari ham shartnomadagi umumiy qo'llaniladigan huquq band arbitraj kelishuvini ham tartibga soladi degan xulosaga kelganlar [22; 24; 36, 131]. Ingliz sudlarida amal qiladigan yondashuv ham boshqa umumiy huquq mamlakatlaridan farq qilmaydi [14; 20; 33]. Enka v. Chubb ishida, Buyuk Britaniya Oliy sudi arbitraj kelishuvi taraflar tanlagan huquq, agar u mavjud bo'lmasa shartnomani tartibga soluvchi huquq bilan tartibga solinishi bo'yicha pretsedent o'rnatdi. Biroq, ushbu pretsedentda agar taraflar shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquqni tanlamagan bo'lsalar, arbitraj bitimini tartibga soluvchi huquq "eng yaqin va real bog'liqlik testi" vositasida belgilanishi nazarda tutilgan va ushbu test odatda arbitraj amalga oshiriladigan joy huquqini ko'rsatadi [13;

Taraflar kelishuvi mavjud bo'lmagan taqdirda, qo'llanilishi mumkin bo'lgan navbatdagi huquq - bu arbitraj amalga oshiriladigan joy huquqidir. Arbitraj bitimining asosiy shartnomadan ajralishi tamoyili (severability) tufayli arbitraj bitimi va asosiy tijorat shartnomasi boshqa-boshqa huquqiy tizimlar orqali tartibga solinishi mumkin [25]. Yuqorida ta'kidlanganidek, ingliz sudlari, dastavval, shartnomani tartibga soluvchi huquqni arbitraj bitimiga nisbatan ham qo'llar edilar, Lekin, tahminan yigirma yil ichida ingliz sudlarining yondashuvida keskin o'zgarish sodir bo'ldi: ular "eng yaqin va real bog'liqlik testi"ni orqali arbitraj amalga oshiriladigan joy huquqini qo'llay boshladilar [6, 563-bet; 32, ^20-24; 27, ^22-28]. Aksariyat sudlar taraflar Londonni arbitraj amalga oshiriladigan joyi sifatida tanlash orqali arbitraj bitimini ingliz huquqi tartibga solishini ko'zda tutgan degan qarorga kelgan [27; XL Insurance v. Owens Corning; 13]. London Xalqaro Arbitraj Sudi arbitraj qoidalari ham taraflarning yozma shakldagi kelishuvi mavjud bo'lmagan taqdirda, arbitraj bitimi arbitraj joyi huquqi bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan [5, Art. 16(4)]. Arbitraj bitimining haqiqiyligini arbitraj joyi huquqi asosida hal qilish usuli Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasida belgilangan dispozitiv qoidaga ham mos keladi.

Biroq, ushbu an'ana uzoqqa bormadi. Buyuk Britaniya Oliy sudi o'zining so'nggi pretsedentlari orqali arbitraj joyi huquqidan ko'ra asosiy shartnoma huquqini afzal ko'ruvchi qoidani belgilab qo'ydi [14; 15]. Shu tariqa ingliz sudlari arbitraj bitimiga nisbatan qo'llaniladigan huquq masalasida yana o'zlarining an'anaviy yondashuvlariga qaytdilar. Biroq, agar taraflar arbitraj kelishuvida LCIA arbitraj qoidalariga havola keltirgan bo'lsa va taraflarning qo'llaniladigan huquq bo'yicha aniq kelishuvi mavjud bo'lmasa, arbitraj bitimining haqiqiyligi arbitraj joyi huquqi bilan belgilanadi. Arbitraj bitimiga amal qiluvchi huquq bo'yicha Shveytsariya

15].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

modeli, Fransuz yondashuvi va boshqa bir qancha nazariya va usullari mavjud. Ammo, ularni batafsil muhokama qilish ushbu maqola mavzusi doirasidan tashqariga chiqishga olib keladi.

B. Arbitraj predmetiga nisbatan cheklovlar Biror bir nizoni arbitraj orqali hal etish mumkinligini aniqlash uchun, tegishli da'vo predmeti bilan bog'liq tarzda kelib chiqqan nizolarni hal etish tartib-taomillariga nisbatan milliy qonunchilikda cheklovlar mavjudligiga e'tibor qaratish lozim. Nyu-York Konvensiyasi faqat arbitraj orqali hal etilishi mumkin bo'lgan nizolar bo'yicha tuzilgan arbitraj bitimlarini muhofaza etadi [1, art. II(1), Art.

Ba'zi turdagi masalalarni arbitraj vositasida hal etishni davlatlar tomonidan taqiqlashning asosiy sababi - bu arbitraj ommaviy oqibatlar keltirib chiqaruvchi xususiy protsessdir [7, 12.30]. Shu sababdan, muayyan turdagi nizolar faqat davlat sudlari yo'li bilan hal qilinishi belgilab qo'yiladi. Odatda, jinoyat qonunchiligi, ma'muriy tartib-taomillar, bankrotlik va shunga o'xshash ommaviy tarmoqqa tegishli bo'lgan masalalar faqat sud tartibida hal qilinadi [10, 19.19-19.46-paragraflar]. Masalan, da'vo 5000 funt sterlingdan oshmasa, iste'mol shartnomasidagi arbitraj bandi "Iste'mol shartnomalaridagi adolatsiz shartlar haqida"gi nizomga muvofiq adolatsiz deb topiladi [3, s.91]. Muayyan nizoni arbitraj orqali hal etish mumkinligi bo'yicha muammo paydo bo'lgan taqdirda, turli davlatlarning ichki qonunchiligini ko'rib chiqish lozim. Bularga taraflarning huquq va muomala layoqatini belgilovchi huquq, arbitraj bitimini tartibga soluvchi huquq, arbitraj joyi huquqi va arbitraj qarori ijro etiladigan joy huquqi kiradi [7, 12.128]. Ingliz huquqiga ko'ra, agar nizo predmetiga nisbatan shunday cheklovlar mavjud bo'lsa, arbitraj qarori tan olinmaydi va ijro etilmaydi [3, ss.67, 68, 103].

Milliy huquqiy tizimlar sud tartibida hal etiladigan nizolarni emas, balki faqat arbitraj orqali hal etilishi mumkin bo'lgan nizolar doirasini belgilab qo'yadi [7, ^2.126]. Angliyaning 1996-yildagi "Arbitraj to'g'risida"gi qonuni arbitraj orqali hal etib bo'lmaydigan masalalarni belgilan qo'ymagan [6, 1054-bet]. Nizo predmetiga nizbatan cheklovlarni sud pretsedentlari yordamida o'rganish mumkin. Masalan, Accentuate Ltd v. Asigra Inc. ishida, sud Yevropa Ittifoqi huquqini qo'llash bilan bog'liq nizolar arbitraj orqali hal etilishini nazarda tutuvchi arbitraj bitimini 1996-yildagi qonunning 9-moddasi 4-qismiga muvofiq haqiqiy emas deb topgan [30, 185]. Demak, qonunlarni qo'llash yoki huquq to'g'risida nizolarni arbitraj orqali hal etib bo'lmaydi. Lekin, ingliz sudlari arbitraj orqali hal etib bo'lmaydigan masalalarni tor

V(2)(a)].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

doirada qo'llaydilar. Bir ishda, sud raqobat huquqi bilan bog'liq da'volar arbitraj tartibida hal etilishi mumkinligini tasdiqlagan [31, ^51].

C. Arbitraj bitimi doirasiga kiruvchi nizolar

Arbitraj kelishuvi arbitraj sudi qanday nizolar yuzasidan yurisdiksiyaga ega ekanligini ko'rsatadi. Arbitraj kelishuvi ushbu bitim doirasiga kiruvchi barcha masala va nizolarni hal qilish vakolatini arbitraj tribunaliga taqdim etadi. Arbitraj bitimi bilan qamrab olingan nizolar odatda arbitraj bitimi tuzish jarayonida ishlatilgan so'zlar va jumlalarga bog'liq bo'ladi [6, ^9.02[E];9, 36-53-betlar]. "Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan yoki unga bog'liq bo'lgan har qanday nizo arbitraj orqali hal etiladi" jumlasi arbitraj bitimi tuzish jarayonida eng keng qo'llanilgan qoliplardan biri sanaladi. Ushbu shakldagi arbitraj bitimi shartnomaviy bo'lmagan da'volarni ham qamrab oladi [26]. Odatda, uch turdagi da'volar arbitraj kelishuvi bilan qamrab olinadi: shartnomaviy da'volar, deliktlar va qonunda nazarda tutilgan da'volar [7, ^2.64].

Bir ishda, Lordlar Palatasi arbitraj kelishuvi taraflar o'rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan barcha nizolarni qamrab oladi degan fikrni ilgari suradi; taraflarning buning aksini ko'rsatuvchi qat'iy kelishuvlari mavjud bo'lgan holatlar bundan mustasno [25]. Nizolashayotgan taraf o'z da'vosida hech qanday "nizo" elementi mavjud emasligini ta'kidlab, arbitraj kelishuvining ijro etilishidan bosh tortolmaydi, chunki bunday da'vo ham nizoli masala hisoblanadi va tegishli tartibda tashkil etilgan arbitraj sudi bunday da'volarni ko'rib chiqish vakolatiga ega [28].

Taraflar ba'zi bir holatlari yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlarini cheklash to'g'risidagi kelishuvni shartnomada aks ettirishlari mumkin. Biroq, 1967-yilda qabul qilingan "Noto'g'ri bayonot berish to'g'risida"gi qonunga ko'ra, agar "Adolatsiz shartnoma shartlari to'g'risida"gi qonunda nazarda tutilgan "oqilonalik sinovi" talablari qanoatlantirilsa, arbitraj sudi noto'g'ri bayonot berish bo'yicha javobgarlikni istisno qiluvchi shartnoma shartini haqiqiy emas deb topishga haqli [1967-y qonun, 3-modda].

Bugungi kunda, aksariyat milliy sudlar, shu jumladan ingliz sudlari arbitrajni xalqaro tijorat nizolarini hal etishning munosib usuli deb hisoblab, arbitraj bitimi bilan qamrab olingan nizolar doirasini cheklamaslikka harakat qiladilar [25; 34; 35].

IV. Arbitraj bitimini tuzish

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, arbitraj bitimi arbitraj muhokamasining asosiy elementi hisoblanadi. Arbitraj protsessi bir maromda va ortiqcha protsessual nizolarsiz o'tkazilishi uchun haqiqiy va majburiy arbitraj bitimi tuzish lozim. Shuning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun, shartnomaviy munosabatga kirishayotgan taraflar arbitraj bitimini tuzishda bir nechta muhim jihatlarga e'tibor qaratishlari kerak.

Birinchi navbatda, taraflarning barcha nizolarni arbitraj orqali hal etish niyatini ko'rsatuvchi yozma shaklda tuzilgan yoki boshqacha tarzda qayd etlgan arbitraj bitimi mavjud bo'lishi kerak. Aksariyat arbitraj muassasalarining tavsiyaviy va namunaviy arbitraj bitimlari mavjud. Bunday muassasalarga London Xalqaro Arbitraj Sudi (LCIA), Xalqaro Savdo Palatasi (ICC), Toshkent Xalqaro Arbitraj Markazi (TIAC) va boshqalarni kiritish mumkin. Taraflarning xohish-istaklarini ifoda etuvchi arbitraj bitimida quyidagi masalalarni aniq-ravshan belgilab qo'yish tavsiya etiladi:

(a) Arbitraj amalga oshiriladigan joy (seat of arbitration) - bu arbitraj protsessining yuridik manzili va arbitraj joyi sifatida tanlangan joyning protsessual huquqi arbitraj muhokamasiga nisbatan qo'llaniladi. Agar taraflar arbitraj o'tkaziladigan joy bo'yicha kelishuvga erisha olmasalar, u arbitraj sudi tomonidan belgilanishi mumkin [3, s.3]. Arbitraj joyini tanlashda, avvalo, tanlanayotgan davlat Nyu-York Konvensiyasini ratifikatsiya qilganligini tekshirish lozim. Shuningdek, arbitraj o'tkaziladigan joyni taraflar joylashgan yerga uzoq-yaqinligi, zamon talablariga javob beradigan sud eshituvi binolarining mavjudligi, davlat sudlarining arbitrajga bo'lgan munosabati kabi amaliy masalalar e'tiborga olinishi kerak [7,

(b) Arbitrlar soni - taraflar tribunal necha nafar arbitrdan tarkib topishini belgilash huquqiga ega. Agar taraflar tribunal ikki nafar arbitrdan tarkib topishini belgilagan bo'lsa, ular ushbu ikki arbitr tribunal raisini tayinlashini ko'zda tutgan bo'aladilar. Agar arbitrlar soni bo'yicha kelishuv mavjud bo'lmasa, arbitraj tribunali bir nafar arbitrdan iborat tarkibda tuziladi [3, s.15]. Xalqaro tijorat arbitrajida nizo toq sondagi arbitrlar orqali hal etilishi maqsadga muvofiq. Aksariyat hollarda bir yoki uchta arbitr nizoni hal etish uchun kifoya.

(c) Qo'llaniladigan huquq - muayyan bir yurisdiksiyaning moddiy huquqi hisoblanib, arbitr ushbu huquq normalarini qo'llagan holda nizoni hal etadi. Taraflar shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquq normalari bilan bir qatorda arbitraj kelishuviga nisbatan qo'llaniladigan huquqni ham belgilashlari tavsiya etiladi [7, ^2.84]. Xalqaro savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi taraflar ma'lum bir davlatning ichki qonunchiligini tanlashga majbur emaslar. Ular "Tovarlar xalqaro oldi-stodi shartnomalari to'g'risida"gi konvensiyani yoki UNIDROIT xalqaro tijorat shartnomalari tamoyillarini ham shartnomaga nisbatan qo'llaniladigan huquq sifatida tanlashlari mumkin.

12.83].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

(d) Arbitraj muassasasi qoidalari: arbitraj bitimida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolarni hal qilish tartib-taomillari to'liq belgilab qo'yish ko'p vaqt talab qiladi. Misol uchun, bir davlat va korporatsiya o'rtasida arbitraj bitimi tuzish uchun 18 oy vaqt sarflangan [7, 12.71]. Albatta, taraflar shartnoma tuzish paytida nizolarni hal qilish bandiga bu qadar qo'shimcha vaqt ajrata olmaydilar. Shu sababdan, biror bir arbitraj muassasasining arbitraj qoidalariga havola keltirish orqali qimmatli vaqtlarini tejashlari mumkin. Shunday qilib, arbitraj LCIA arbitraj qoidalariga muvofiq o'tkazilishini nazarda tutuvchi bitim taraflarni bir qancha protsessual masalalar ustida bosh qotirib o'tirishdan ozod qiladi [8, 123-006].

(e) Arbitraj muhokamasi yuritiladigan til - da'vo va qarshi da'vo arizalari, dalillar hamda arbitraj eshituvida foydalaniladigan til. Taraflar o'rtasida arbitraj ishi yuritiladigan til bo'yicha kelishuv mavjud bo'lmagan taqdirda, tribunal ish yuritiladigan tilni belgilashi mumkin.

Ingliz huquqiga ko'ra, "Londondagi arbitraj - ingliz huquqi qo'llaniladi" jumlasidan iborat arbitraj bitimi ham haqiqiy deb topilishi mumkin [29]. Lekin, ushbu arbitraj bitimi asosiy elementlarni belgilamaydi va shu tufayli uning haqiqiyligi bo'yicha nizolashishga keng yo'l ochadi.

Arbitraj bitimi xalqaro tijorat arbitraji protsessi o'z maromida faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Arbitraj qarorini tan oldirish va ijro ettirish uchun tegishli qonun talablariga javob beradigan arbitraj bitimi mavjud bo'lishi shart. Arbitraj bitmini tuzish jarayonida taraflar bir qancha masalalarni e'tiborga olishlari lozim. Arbitraj bitimi bilan bog'liq tarzda kelib chiqishi mumkin bo'lgan asosiy nizolarga arbitraj bitimining haqiqiyligi, qo'llaniladigan huquq, nizo predmetiga nisbatan cheklovlar, arbitraj bitimi doirasiga kiruvchi masalalarni kiritish mumkin.

O'zbekiston Respublikasining "Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida"gi 674-sonli qonunining 44-moddasida nizoning moddiy jihatlariga nisbatan qo'llaniladigan huquq bo'yicha qoidalar belgilangan. Biroq, ingliz tajribasini inobatga olgan holda, arbitraj bitimiga nisbatan qo'llaniladigan huquqqa doir kollizion qoidalarni ham qonunchilikda belgilab qo'yish maqsadga muvofiq. Chunki Angliya huquqiy tizimidan farqli ravishda, roman-german huquq oilasiga mansub O'zbekistonda sud pretsedentlari amaliy ahamiyatga ega emas hamda sudyalarning sharhlash va talqin qilish vakolatlari keskin cheklangan.

Ushbu maqola mavzusiga bog'liq bo'lgan va kelajakda tadqiq qilinishi zarur bo'lgan masalalar: O'zbekiston va Buyuk Britaniyadagi arbitraj protsessini qiyo siy

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tahlil etish; Kabab-Ji SAL v. KFG ishi bo'yicha Buyuk Britaniya Oliy sudi tomonidan ilgari surilgan yondashuvni Fransiya kassatisya sudining qarori bilan birga qiyosiy tahlil etish va qaysi yondashuv O'zbekiston sharoitiga ko'proq mos kelishini aniqlash.

REFERENCES

1. "Chet el Arbitraj Qarorlarini Tan olish va Ijro etish" bo'yicha Nyu-York Konvensiyasi (1958).

2. O'zbekiston Respublikasining "Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida"gi qonuni, O'RQ-674, Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-yil, 03/21/674/0123-son.

3. English Arbitration Act (1996).

4. UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration (1985; with 2006 amendments).

5. The Arbitration Rules of London Court of International Arbitration (2020).

6. Born, G.B. (2021) International Commercial Arbitration. Vol. I. 3rd edn. Alphen aan den Rijin, The Netherlands: Wolters Kluwer.

7. Blackaby N., Partasides C. (2015) Redfern and Hunter on International Arbitration. Student Version. 6th edn. Oxford, United Kingdom: Oxford University Press.

8. Murray C., Holloway D. (2012) Schmitthoffs Export Trade: The Law and Practice of International Trade. 12th edn. London: Sweet & Maxwell.

9. Born G. B. (2016) International Arbitration and Forum Selection Agreements: Drafting and Enforcing. 5th edn. Kluwer Law International.

10. Lew J., Mistelis L., Kroll S. (2003) Comparative International Commercial Arbitration. Kluwer Law International.

11. Mozes M.L. (2020) Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Uchinchi nashr. Toshkent: Lesson Press (ingliz tilidan o'zbek tiliga TDYU xalqaro xususiy huquq kafedrasi o'qituvchilari tomonidan tarjima qilingan).

12. Rustambekov I. (2019) Xalqaro xususiy huquq. Darslik. Toshkent: TDYU nashriyoti.

13. Sulamerica CIA Nacional De Seguros S.A. v. Enesa Engenharia S.A. [2012] EWCA Civ 638.

14. Kabab-Ji SAL v. KFG [2021] UKSC 48.

15. Enka Insaat Ve Sanayi v. Insurance Company Chubb [2020] UKSC 38.

16. Dell Computer Corp. v. Union des Consommateurs [2007] SCC 34.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

17. Trygg Hansa Ins. Co. Ltd v. Equitas [1998] 2 Lloyd's Rep. 439.

18. Excomm Ltd v. Ahmed Abdul-Qawi [1985] 1 Lloyd's Rep. 403.

19. Nisshin Shipping v. Cleaves [2004] 1 Lloyd's Rep. 38.

20. Svenska Petroleum Exploration AB v. Lithuania [2005] EWHC 2437.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

21. Svenska Petroleum Exploration AB v. Lithuania (No.2) [2006] 1 Lloyd's Rep. 2; [2007] 2 W.L.R. 876.

22. BCY v. BCZ [2016] SGHC 249.

23. Owerri Commercial Inc. v. Dielle Srl, XIX Y.B. Comm. Arb. 703, 706.

24. Recyclers of Australia Pty Ltd v. Hettinga Equip. Inc., [2000] 175 ALR 725.

25. Fiona Trust v. Privalov [2015] EWHC 527 (Comm).

26. Ashville Investments Ltd v. Elmer Contractors Ltd [1988] 2 Lloyd's Rep. 73.

27. C v. D [2007] EWCA Civ 1282.

28. Halki Shipping Corp v. Sopex Oils Ltd [1998] 1 W.L.R. 726.

29. Swiss bank Corp v. Novorossiysk Shipping Co [1995] 1 Lloyd's Rep. 202.

30. Accentuate Ltd v. Asigra Inc. [2009] EWHC 2655 (QB).

31. ET Plus SA v. Welter [2005] EWHC 2115 (Comm).

32. Abuja International Hotels v. Meridien Sas [2012] EWHC 87 (Comm).

33. Sonatrach Petroleum Corp. v. Ferrel International [2002] 1 All ER 62.

34. Premium Nafta Products Ltd v. Fili Shipping Ltd [2007] UKHL 40.

35. Warnes SA v. Harvic International Ltd & Anor [1995] 41 Australian Construction Law Newsletter 51.

36. Aastha Broadcasting Net. v. Thaicom Public Co. [2011] O.M.P. 528/2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.