Научная статья на тему 'XALQARO TIJORAT ARBITRAJINING HUQUQIY TABIATI VA HUQUQIY MADANIYATLAR O`RTASIDAGI ZIDDIYATLARNING HUQUQIY OQIBATLARI'

XALQARO TIJORAT ARBITRAJINING HUQUQIY TABIATI VA HUQUQIY MADANIYATLAR O`RTASIDAGI ZIDDIYATLARNING HUQUQIY OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
100
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arbiraj / arbitr / arbitraj kelishuvi / shartnoma nazariyasi / yurisdiksion nazariya / aralash nazariya / avtonom nazariya / arbitraj huquqiy tabiati / huquqiy madaniyatlar / huquqiy oqibat / nizolarni hal etish. / arbitration / arbitrator / arbitration agreement / contract theory / jurisdictional theory / mixed theory / autonomous theory / legal nature of arbitration / legal cultures / legal consequences / dispute resolution.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh. Akbarova

Arbitraj nizolarni hal etishning eng muqobil usullaridan biri ekanligini namoyon qila olgan. Arbitraj jarayonlari va uning huquqiy tabiati juda ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan masala hisoblanadi. Ushbu maqolada arbitraj va uning huquqiy tabiati, shuningdek, huquqiy madaniyatlar o`rtasidagi ziddiyatlar va buning natijasida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar to`g`risida so`z yuritiladi va o`z o`rnida fikr-mulohazalar bildiriladi. Arbitraj huquqiy tabiati to`g`risida so`z yuritilar ekan, unga oid turli qarashlar natijasida shakllangan nazariyalar ham atroflicha tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL NATURE OF INTERNATIONAL COMMERCIAL ARBITRATION AND LEGAL CONSEQUENCES OF CONFLICTS BETWEEN LEGAL CULTURES

Arbitration has proven to be one of the most alternative ways to resolve disputes. Arbitration processes and its legal nature are the subject of many discussions. This article discusses arbitration and its legal nature, as well as the conflicts between legal cultures and the resulting legal consequences. While talking about the legal nature of arbitration, the theories formed as a result of different views on it are analyzed in detail. Also, the article talks about cultural differences in the jurisdiction of different countries and gives practical examples.

Текст научной работы на тему «XALQARO TIJORAT ARBITRAJINING HUQUQIY TABIATI VA HUQUQIY MADANIYATLAR O`RTASIDAGI ZIDDIYATLARNING HUQUQIY OQIBATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XALQARO TIJORAT ARBITRAJINING HUQUQIY TABIATI VA HUQUQIY MADANIYATLAR ORTASIDAGI ZIDDIYATLARNING HUQUQIY OQIBATLARI

Akbarova Shaxzoda Raximjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7382907 Annotatsiya. Arbitraj nizolarni hal etishning eng muqobil usullaridan biri ekanligini namoyon qila olgan. Arbitraj jarayonlari va uning huquqiy tabiati juda ko plab muhokamalarga sabab bo lgan masala hisoblanadi. Ushbu maqolada arbitraj va uning huquqiy tabiati, shuningdek, huquqiy madaniyatlar ortasidagi ziddiyatlar va buning natijasida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar togrisida soszyuritiladi va osz o'rnida fikr-mulohazalar bildiriladi. Arbitraj huquqiy tabiati to g risida sosz yuritilar ekan, unga oid turli qarashlar natijasida shakllangan nazariyalar ham atroflicha tahlil etiladi.

Shuningdek, maqolada turli davlatlaryurisdiktsiyasidagi madaniy farqlar to grisida sosz yuritiladi va amaliy misollar ham keltiriladi.

Kalit so^zlar: arbiraj, arbitr, arbitraj kelishuvi, shartnoma nazariyasi, yurisdiksion nazariya, aralash nazariya, avtonom nazariya, arbitraj huquqiy tabiati, huquqiy madaniyatlar, huquqiy oqibat, nizolarni hal etish.

ПРАВОВАЯ ПРИРОДА МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО АРБИТРАЖА И ПРАВОВЫЕ ПОСЛЕДСТВИЯ КОНФЛИКТОВ ПРАВОВЫХ КУЛЬТУР Аннотация. Арбитраж зарекомендовал себя как один из наиболее альтернативных способов разрешения споров. Арбитражный процесс и его правовая природа являются предметом многочисленных дискуссий. В данной статье рассматривается арбитраж и его правовая природа, а также конфликты между правовыми культурами и вытекающие из них правовые последствия. Говоря о правовой природе арбитража, подробно анализируются теории, сформировавшиеся в результате различных взглядов на него.

Также в статье говорится о культурных различиях в юрисдикции разных стран и приводятся практические примеры.

Ключевые слова: арбитраж, арбитр, третейское соглашение, договорная теория, юрисдикционная теория, смешанная теория, автономная теория, правовая природа арбитража, правовые культуры, правовые последствия, разрешение споров.

LEGAL NATURE OF INTERNATIONAL COMMERCIAL ARBITRATION AND LEGAL CONSEQUENCES OF CONFLICTS BETWEEN LEGAL CULTURES

Abstract. Arbitration has proven to be one of the most alternative ways to resolve disputes. Arbitration processes and its legal nature are the subject of many discussions. This article discusses arbitration and its legal nature, as well as the conflicts between legal cultures and the resulting legal consequences. While talking about the legal nature of arbitration, the theories formed as a result of different views on it are analyzed in detail.

Also, the article talks about cultural differences in the jurisdiction of different countries and gives practical examples.

Keywords: arbitration, arbitrator, arbitration agreement, contract theory, jurisdictional theory, mixed theory, autonomous theory, legal nature of arbitration, legal cultures, legal consequences, dispute resolution.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KIRISH

Arbitraj uzoq davr mobaynida qo llanilgan va o zini nizolarni hal etishning samarali usullaridan biri ekanligini isbotlay olgan xususiy sudlov tizimi hisoblanadi. Fransuz huquqshunos olimi Rene Devid arbitrajning mohiyati qonun ustuvorligini ta'minlash emas, balki odamlar o'rtasidagi totuvlikni ta'minlash ekanligini ta'kidlab o'tgan.

Mohiyatan olib qaraganda arbitraj sudlarining asosiy vazifasi nizolarni hal etish hisoblanadi. Davlat sud tizimidagi sudlardan farqli ravishda artbitrajlar nizolarni korib chiqishda davlat manfaatlarini, qonunlarini emas, balki taraflar manfaatlarini ustun qoyadi. Shu sababdan ham taraflar milliy sudlarda korilishini istamagan nizolar boyicha arbitrajni afzal koradilar. Togri, arbitraj sudlarini ham bir qancha kamchilik jihatlari bor. Ammo, har bir taraf qarshi taraf "milliy sudlarining ustunligi"dan hayiqadi. Shu sababdan ham tarafllar arbitraj sudlarini afzal deb bilishadi.

Umumiy qilib aytganda, arbitraj sudlari taraflarga katta mustaqillik va imkoniyatlar beradigan va boshqa sudlardan kora koproq betaraf bo'lgan yurisdiktsiyani taqdim qila oladigan sudlov tizimi hisoblanadi. Xususan, nizolarni korishda taraflar arbitraj otkaziladigan joyni, arbitraj jarayonlari olib boriladigan tilni, qollaniladigan huquqni shuningdek, ishni korib chiquvchi arbitrlarni ham tanlashlari mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, abitraj sudlari taraflarga katta mustaqillik beribgina qolmay, arbitraj jaryonlari ustidan nazoratni ham taqdim qiladi.

Bilamizki, turli xil sohalardagi nizolarni ko rib chiquvchi, bir qancha turdagi arbitrajlar mavjud. Yani, arbitrajlar ozi yo'naltirilgan sohadagi nizolarni korib chiqishga ixtisoslashgan boladi. Shu sababdan ham, xalqaro tijorat arbitraji tushunchasiga toxtalib otishni maqsadga muvofiq deb toptik.

Xalqaro tijorat arbitraji - xalqaro tijorat arbitraji milliy sud oldida emas, balki "arbitrlar" deb ataladigan neytral xususiy sudyalar oldida bo'ladigan sud nizosi sifatida ta'riflanadi. Xalqaro tijorat arbitraji butun dunyoda asosan turli millatga mansub tijorat tomonlari (kompaniyalar, korporatsiyalar va boshqalar) o'rtasidagi tijorat nizolarini hal qilish uchun qo'llaniladigan nizolarni suddan tashqari hal qilish usulidir.

Demak, xalqaro tijorat arbitraji chet el elementi mavjud bolgan tijorat nizolarini hal etish usuli hisoblanadi. Bunda taraflar turli kompaniyalar, korporatsiyalar bo lishi mumkin. Ular ozlarining tijorat bitimlarida yoki alohida arbitraj kelishuvlarida nizolarni hal etish usuli sifatida arbitrajni tanlashlari mumkin. Shu holatlarda taraflar otasida kelib chiqqan nizo arbitrajlarda korib chiqiladi. Shu orinda aytib otish mumkinki, agar taraflar tijorat bitimlarida nizo kelib chiqqan taqdirda uni hal etish usuli sifatida arbitrajni keltirib otmasalar va taraflar ortasida arbitraj kelishuvi ham mavjud bo lmasa, nizo kelib chiqqandan so ng ham taraflar o zaro kelishgan holatda arbitraj kelishuvini tuzishlari mumkin.

Quyida arbitraj jarayonlarini tartibga soluvchi eng asosiy manbaalar bilan tanishib otamiz.

Xalqaro arbitrajni tartibni soluvchi asosiy manbaalar:

> Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi 1958 yildagi Nyu-York konventsiyasi;

> Tomonlar nizoni hal qilishni tanlashi mumkin bo'lgan turli xalqaro arbitraj organlari tomonidan qabul qilingan arbitraj qoidalari (masalan, Londondagi L.C.I.A. Nyu-Yorkdagi A.A.A. Toshkendagi T.I.A.C va boshqalar)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

> Arbitraj qarori qabul qilingan individual milliy yurisdiktsiyalar. ARBITRAI HUQUQIY TABIATI

Arbitraj huquqiy tabiati XIX-asrdan buyon ilmiy munozaralarning asosiy mavzularidan biri bolib kelgan. Shu davrdan buyon arbitraj huquqiy tabiati bo'yicha bir qancha nazariyalar shakllandi.

Ushbu nazariyalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Shartnoma nazariyasi - ushbu nazariya mohiyatiga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi kelishuv muhim ahamiyatga ega. Ushbu nazariya tarafdorlari arbitraj faqatgina tomonlarning ozaro kelishuviga asoslanishini davo qilishadi.

Fikrimizcha, tomonlar o rtasidagi arbtraj bo yicha kelishuv haqiqattan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu kelishuv arbitraj jarayonlarining boshlanishidan to arbitraj qarori chiqarilguniga qadar bolgan deyarli barcha masalalarni qamrab oladi.

Fikrimizni quyidagicha asoslantirishimiz mumkin:

Birinchidan, tomonlar o'rtasidagi kelishuv arbitraj jaryonlarini boshlanishiga asos bolib xizmat qiladi. Aynan shu kelishuv orqali arbitrlar nizoni korib chiqish vakolatiga ega boladilar;

Ikkinchidan, korib chiqilayotgan nizoga nisbatan qaysi huquqni qollash masalasi ham tomolar o'rtasidagi kelishuv orqali belgilanadi;

Uchinchidan, kelib chiqqan nizo qaysi arbitraj instituti tomonidan korib chiqilishi, arbitraj otkaziladigan joy va arbitraj jarayonlari olib boriladigan til ham aynan arbitraj kelishuvida belgilanadi;

Oz ornida xulosa qilib aytishimiz mumkinki, arbiraj jarayonlari uchun arbitraj kelishuvi muhim ahamiyatga ega.

Yurisdiktsiya nazariyasi - yurisdiktsiya nazariyasi shartnoma nazariyasi normalariga zid bolgan nazariyadir.

Ushbu nazariya arbitraj jarayonlari ustidan milliy sud nazorati konseptsiyasini ilgari suradi. Unga ko'ra, arbitraj qaysi davlat hududida o'tkazilayotgan bo'lsa, o'sha davlat oz hududida sodir bo'layotgan faoliyatni maqullash yoki aksincha, maqullashni rad etish huquqiga ega. Shu sababli ularning geografik chegaralari bo'yicha arbitraj ularga bo'ysunadi. Nazariyaga muvofiq, arbitraj tomonlarning xohishiga binoan otkazilishi lozim bolsada, lex fori qoidalari bilan cheklanishi mumkin.

Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, ushbu nazariya arbitraj kelishuviga nisbatan davlat suverenitetiga ustunlik beradi. Nazariya tarafdorlar tomonlar o'rtasidagi har qanday arbitraj kelishuvini joy qonuni bekor qila oladi degan fikrni takidlaydilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Aralash nazariya- ushbu nazariya shartnoma nazariyasi va yurisdiktsiya nazariyasini o'z ichiga olgan nazariya hisoblanadi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, shartnoma nazariyasi va yurisdiktsiya nazariyasi ba'zi jihatlari bilan o'zaro mos kelsa, ba'zi jihatlari bilan bir-biriga mutlaqo zid hisoblanadi. Shu sababdan ham ikkala nazariyani umumlashtiruvchi aralash nazariy paydo bo'lgan. Nazariya tomonlar kelishuvini arbitraj uchun asos ekanligini qisman tan oladi va shu bilan birgalikda yurisdiktsiya nazariyasini ham qabul qiladi. Ikkala nazariya jihatlarini o'zida birlashtirganligi sababli ham "aralash" nazariya deb ataladi. Garchi, aralash nazariya ham shartnoma nazariyasini, ham yurisdiktsiya nazariyasini o'z ichiga olsada, mohiyatiga ko'ra ko'proq yurisdiktsiya nazariyasiga yaqin turadi.

Avtonom nazariya- avtonom nazariyasiga ko'ra, arbitrajlar avtonom bo'lib qolishi va davlat aralashuvidan xoli bo'lishi kerak. Shunga ko'ra, xalqaro arbitrajlar milliy qonunlar bilan emas, balki xalqaro qoidalar va amaliyotlar bilan tartibga solinishi kerak. Biroq, bu nazariya tarafdorlari taraflar arbitraj qarorlarini ijro etishda sudlarga tayanishi kerakligini tan oldilar.

Demak, ushbu nazariya mohiyatiga ko'ra arbitrajlar to liq mustaqil institut sifatida faoliyat olib borilishi lozim, ya'ni arbitraj faoliyati davlat aralashuvidan xoli bo'lishi kerak. To'g'ri, qoida tariqasida arbitrajlar mustaqil va betaraf bo'lgan institut hisoblanadi. Ammo, bilamizki arbitrajlar mustaqil deb e'tirof etilsada, ularning mustaqilligini to'liq emas, ya'ni ayrim jihatlarda davlat aralashuvi kuzatiladi. Masalan, arbitraj qarorlari yakuniy va majburiy xarakterga ega, ammo ularning ijrosi bo'yicha davlat sudlariga tayaniladi. Bundan kelib chiqadiki, ijro masalasida davlat milliy sudlari arlashuvi mavjud.

Mayklsning ta'kidlashicha, arbitraj to'liq avtonom bo'lishi uchun u umuman davlatlarga tayanmasligi va o'zining ijro mexanizmiga ega bo'lishi kerak.

Bundan kelib chiqadiki, arbitraj instituti mutlaq avtonomlikka ega emas. To'la mustaqillikka ega bo'lish uchun arbitrajlarning mustaqil ijro mexanizmi mavjud bo'lishi lozim.

HUQUQIY MADANIYATLAR O RTASIDAGI ZIDDIYATLAR VA ULARNING HUQUQIY OQIBATLARI

Ma'lumki, har bir davlat o'z yurisdiktsiyasiga ega va ushbu yurisdikiyalar ma'lum jihatlari bilan o'zaro farqlanadi. Xalqaro tijorat arbitrajida ham tomonlar yurisdiktsiyasidagi farqli, bir-biriga zid bo'lgan jihatlarning borligi ayrim masalalarni keltirib chiqaradi.

Sud muhokamalari boshlanishdan to qaror qabul qilingunicha bo'lgan jarayonlarda turli davlat yurisdiktsiyalarida madaniy farqlar mavjud. Shu sababdan ham taraflarning arbitraj jarayonlarini olib borishdagi yondashuvlarida madaniy farqlar sababli bir qancha masalalar kelib chiqadi. Mandaniy farqlar sirasiga arbitrlarni tanlash, qaror qabul qilish yoki qaysi isbotlash standartlarini qo'llash bilan bog'liq tafovutlarni kirtish mumkin.

Quyida ushbu tafovutlarni bir qanchasini turli davlatlar misolida ko>ib chiqamiz:

Arbitrlarni tanlash - xalqaro tijorat arbitrajidagi madaniy tafovutlar to'g'risida fikr yuritar ekanmiz, dastlabki nuqta nizoni ko'rib chiquvchi arbitrlarni tanlash bo'lishi tabiiy. Turli davlat arbitraj marazlarida nizoni ko'rib chiquvchi arbitrlarni jalb qilishda turlicha yondashuvlar mavjud.

Seul, Dubay yoki Qozog'iston kabi xalqaro arbitraj markazlarining ko'pchiligi o'zlarining arbitraj sudlarini kuchaytirish uchun umumiy huquq yurisdiktsiyalaridan taniqli sobiq sudyalarni jalb qiladilar. Buning sababi shundaki, ko'pgina yurisdiktsiyalarda sobiq yuqori lavozimli sudyalar yaxshi arbitr uchun kerak bo'lgan barcha zaruriy ko'nikmalarga ega bo'ladi, ular xolislik, mulohaza yuritish, ish va dalillarni boshqarish va boshqa jihatlarda tajribali

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bolishadi. Boshqa yurisdiktsiyadagilar esa arbitraj sud muhokamasidan farq qiladi deb hisoblaydi.

Huquqiy tizimi hali rivojlanmagan davlatlar yurisdiktsiyalari esa, arbitrlarni tanlash masalasiga befarq bolishadi. Ular nizoni hal etish usuli sifatida arbitraj institutining tanlanishini asosiy sababi siftaida murakkab masalalar bo'yicha sudyalarga ishonilmaganligi deb bilishadi.

Demak, har bir davlat ozining yurisdiktsiyasidan kelib chiqqan holda, turlicha yondashuvlarni afzal bilishadi.

Isbotlash vositalari- isbotlash standartlari eng muhim madaniy farqlardan biri hisoblanadi. Arbitrj jarayonlarida qaysi isbotlash standartlarini qollash kerakligi bo'yicha turlicha qarashlar mavjud.

Xususan, umumiy huquq yurisdiktsiyasi amal qiladigan davlatlarda dalillarni muhokama qilish va o'rganishga kop vaqt sarf etiladi, yani nizoni korib chiqishda muhim bo'lgan dalillarni tola organish ish uchun muhim deb hisoblaydilar.

Kontinental Yevropa davlatlarida esa aksincha, hech qanday isbotlash standartlari talab etilmaydi deb hisoblanadi. Ularning fikricha, davo qiluvchi tarafning ozi davosi bo'yicha dalillarni sudya yoki arbitrga isbotlab berishlari kerak.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, taraflarni xalqaro tijorat arbitrajini olib borishga bo'lgan yondashuvlaridagi madaniy farqlardan kelib chiquvchi bir qancha masalalar mavjud. Aynan mana shunday madaniy farqlar tufayli huquqiy oqibatlar kelib chiqadi. Hatto, arbitrajning muhim xususiyatlaridan bo'lgan moslashuvchanlik ham uning qiyinchilik jihatlaridan biriga aylanib qolishi mumkin.

Bundan tashqari, tomonlar yurisdiktsiyasidagi huquqiy madaniyatlar o'rtasidagi ziddiyatlar tufayli, arbitraj jarayonlarining muddati uzayishi va shu bilan bir qatorda narxlar ham oshib ketishi mumkin. Aynan, huquqiy ziddiyatlar arbitrajning afzallik jihatlarining yo'qqa chiqishiga olib keladi.

Mana shunday madaniyatlar o'rtasidagi ziddiyatlar natijasida vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal qilishning eng muqobil varianti yetarlicha salohiyatga ega bo'lgan, tajribali arbitr hisoblanadi. Yetarlicha tajribaga ega bo'lgan arbitrlargina yuzaga kelishi mukin bo'lgan muammoli holatlarni oldindan kora oladilar va ularni hal etish choralarini koradilar.

Xulosa

Xulosa o rnida shuni aytishimiz mumkinki, arbitraj nizolarni hal etishning muqobil usullaridan biri bo lib, uzoq davr mobaynida qo llanilib kelgan va o zining samarali usul ekanligini isbotlay olgan.

Arbitraj tarflarga mustaqillik va erkinlik beruvchi usul hisoblanadi. Nizolarni milliy sud tizimiga kiruvchi sudlarda korib chiqilishini istamagan taraflar kelishuv asosida arbitrajni tanlashlari mumkin, chunki, arbitraj betaraf bo'lgan institute hisoblanadi.

Arbitraj instituti ozining bir qator afzalliklari bilan birga bir qator kamchiliklariga ham

ega.

Xususan, yuqorida korib o'tganimizdek, turli huquqiy madaniyatlar o'rtasidagi ziddiyatlar bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Oz navbatida ushbu muammolar ham bir qancha huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1. https://www.boccadutri.com/international-commercial-arbitration-adr/;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. https://www.uniassignment.com/essay-samples/law/the-jurisdictional-and-contractual-theories-law-comm erci al-essay.php;

3. http://arbitrationblog.kluwerarbitration.com/2022/03/11/autonomous-arbitration-in-the-era-of-the-metaverse/#:~:text=Theory%20of%20Autonomous%20Arbitration,-According%20to%20the&text=Most%20national%20courts%2C%20when%20exercising,h ave%20its%20own%20enforcement%20mechanism;

4. http://arbitrationblog.practicallaw.com/cultural-differences-in-international-arbitration/;

5. Gulyamov, S., & Bakhramova, M. (2022). Digitalization of International Arbitration and Dispute Resolution by Artificial Intelligence. World Bulletin of Management and Law, 9, 79-85;

6. Rustambekov, Islambek, Uzbekistan: The New - and First - International Commercial Arbitration Law (June 22, 2021). ICC Dispute Resolution Bulletin, Issue 2, 2021, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=3872373.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.