Научная статья на тему 'MEDIATSIYA TURLARIDA MEDIATSIYA TARAFLARI, MEDIATOR VA ADVOKAT HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O‘ZGARISHI'

MEDIATSIYA TURLARIDA MEDIATSIYA TARAFLARI, MEDIATOR VA ADVOKAT HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
129
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mediatsiya / mediatsiya turlari / mediatsiya ishtirokchilari / mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari. / mediation / types of mediation / mediation participants / rights and obligations of mediation participants

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matkarimov, Qudrat Qalandarovich, Djalilov, Javohir Tulkinovich

Ushbu maqola orqali hozirda keng tarqalgan nizolarni muqobil usulda hal qilishning turlaridan biri bo‘lgan mediatsiyasining turlari hamda moddelarida mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini o‘zgarishi amaliy ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHANGING OF RIGHTS AND OBLIGATIONS OF PARTIES, MEDIATORS AND LAWYERS IN THE TYPES OF MEDIATION

This article analyzes the practical significance of changing the rights and obligations of mediators in the types of mediation, which is now one of the most common types of alternative dispute resolution

Текст научной работы на тему «MEDIATSIYA TURLARIDA MEDIATSIYA TARAFLARI, MEDIATOR VA ADVOKAT HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O‘ZGARISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MEDIATSIYA TURLARIDA MEDIATSIYA TARAFLARI, MEDIATOR VA ADVOKAT HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING O'ZGARISHI

Qudrat Matkarimov Qalandarovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti "Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori E-mail : matkarimovkudrat79@gmail .com

Ushbu maqola orqali hozirda keng tarqalgan nizolarni muqobil usulda hal qilishning turlaridan biri bo'lgan mediatsiyasining turlari hamda moddelarida mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini o'zgarishi amaliy ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: mediatsiya, mediatsiya turlari, mediatsiya ishtirokchilari, mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari.

CHANGING OF RIGHTS AND OBLIGATIONS OF PARTIES, MEDIATORS AND LAWYERS IN THE TYPES OF MEDIATION

Kudrat Matkarimov Kalandarovich,

Acting Associate professor of the Department of Judicial, law enforcement agencies and advocacy, Tashkent State University of Law, (DSc) E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com

This article analyzes the practical significance of changing the rights and obligations of mediators in the types of mediation, which is now one of the most common types of alternative dispute resolution

Keywords: mediation, types of mediation, mediation participants, rights and obligations of mediation participants

Djalilov Javohir Tulkinovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Djalilov Javokhir Tulkinovich,

Master of Tashkent State University of Law, E-mail: j [email protected]

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ИЗМЕНЕНИЕ ПРАВ И ОБЯЗАННОСТЕЙ СТОРОН, ПОСРЕДНИКОВ И АДВОКАТОВ ПРИ ВИДАХ МЕДИАЦИИ

Кудрат Маткаримов Каландарович,

Ю.ф.д., и.о. доцент кафедры суд, правоохранительные органы и адвокатуры, Ташкентского государственного юридического университета E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com

Данной статье анализируется практическое значение изменения прав и обязанностей участников медиации в видах медиации, которая в настоящее время является одним из наиболее распространенных видов альтернативного разрешения споров

Ключевые слова: медиация, виды медиации, участники медиации, права и обязанности участников медиации.

Hozirda dunyo bo'ylab nizolarni hal qilish yang bosqichga o'tgan, endilikda nizolami hal qilish faoliyati bilan shug'ullanuvchu kasb egalari asosan advokatlar nizolarni hal qilishda ularni muqobil usulda hal qilishga harakat qilmoqda. Dunyo yuristprudensiyasida nizolarni muqobil usulda hal qilishning turli ko'rinishlari mavjud bo'lib ular orasida nizolarni hakamlik sudlari orqali hal qilish, arbitraj, mediatsiya, muzokara olib borish va ekspert hulosasi kabi usullari boshqa usullarga qaraganda samarali natija beryotganligi sababli nizolashayotgan taraflar, taraf vakillari va advokatlar nizolarni muqobil hal qilishning mazkur usullaridan keng foydalanib kelmoqda.

Nizolarni muqobil usulda hal qilishning hozirda eng keng qo'alanilayotgan turi bu mediatsiya hisoblanadi va mediatsiya o'zining moslashuvchanligi, nizoni hal qilish jarayoni uzoqqa cho'zilib ketmasligi, mediativ tartib taomilning maxfiyligi, nizoni hal qilishda faqat qonunga tayanib qolmasligi, kam harajatligi sababli advotatlar, mediatorlar va nizolashayotgan taraflar tomonidan nizoni hal qilish uchun keng qo'llanilib kelayotgan nizoni hal qilish vositasi bo'lib qolmoqda. Skott

Джалилов Жавохир Тулкинович,

Магистр Ташкентского государственного юридического университета, E-mail: [email protected]

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

H.Hughes va Mark B.Bennet o'zining «Vositachilik san'ati» kitobida «mediatsiya hizolarni hal qilish san'ati» deb takidlagani bejiz emas.1

21-asrga kelib qonun bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabalarning kengligi va xilma-xilligi nizolarni hal qilishda an'anaviy usullardan boshqa bo'lgan nizolarni tartibga solishning yangicha yo'nalishlarini vujudga kelishiga turtki bo'ldi va buni natijasida nizolarni muqobil usulda hal qilish instituti ushbu talabga javob beradigabn institut sifatida namoyon bo'ldi. Nizolarni suddan tashqari hal qilishda advokatlarning ham roli oshishiga sabab bo'ldi, chunki sudda qonuniylikni ta'minlash vazifasini sudiyalar amalga oshirsa nizolarni muqobil usulda hal qilish, jumladan mediatsiya tartib taomili yordamida hal qilishda advotak va meditorlar qonuniylikni ta'minlovchi shaxs sifatida namoyon bo'ladi.

Shu sababli, nizolarni muqobil usulda hal qilish institutining rivojlanishi advokatlar faoliyatining rivojlanishining keying bosqichiga olib chiqdi, endilikda ularning faoliyat yo'nalishi kengayib mediator sifatida ham faoliyat olib borishi imkoniyati paydo bo'ldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mediatsiya jarayonida mediator(advokat) o'zining bilimi va tajribasi asosida nizoni taraflarga muqobil bo'lgan usulda hal qilishga ko'maklashadi.

Nizolarni mediatsiya yoli bilan hal qilishda mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlar doirasini belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chunku taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilamasdan turib biri huquqiy masalani hal qilish ko'zlangan natija bermaydi. Mediatsiya taraflarining huquq va majburiyatlari milliy qonunchilik, mediatsiya markazlari tomonidan ishlab chiqilgan nizom va odob ahloq qoidalari, hamda medatsiya ishtirokchilari tomonidan tuzilgan mediativ tartib taomillarni amalga oshirish to'g'risidagi kelishuvlar va taraflar tomonidan nizoni hal qilish uchun tanlangan mediatsiyaning ma'lum bir tanlangan modeli orqali belgilanadi. Mazkur maqolada mediatsuyaning turli modellarida mediatsiya ishkirokchilarining huquq va majburiyatlarini o'zgarishi haqida firk yuitiladi. O'zbekiston Respublikasining 03.07.2018 yilda qabul qilingan «Mediatsiya to'g'risida»gi O'RQ-482-sonli Qonunida mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab o'tilgan.

Mazkur Qonuning 10-moddasida mediatsiya ishtirokchilari tushunchasiga ta'rif berilgan bo'lib unga muvofiq taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilari hisoblanadi.

1 The Art of Mediation (NITA) 2nd Edition, Kindle Edition 23 p

552

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Biroq, mediatsiyaning Yevropa va Amerikada keng qo'llaniladigan turidan biri bo'lgan Girbrit mediatsiyada mediator nizoni hal qilish uchun buxgalter, baholovchi, moliyaviy maslahatchi, oilaviy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilishi mumkin.2 Bunday vaziyatda mediatsiya ishtirokchilarining soni yanayam kengayadi.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasining «Mediatsiya to'g'risida»gi Qonununidagi tegishli moddalari bilan taraflar va mediatorning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan bo'lib, mazkur ququ va majburiyatlar mediatsiya institutining boshqa nizoni hal qilish mehanizmlaridan farqini namoyon qiladi. Qonunga muvofiq nizolashayotgan taraflar: mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga; mediatordan voz kechishga;

mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishga haqli.

Mediatsiya taraflari o'z o'rtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.

Shu bilan birga mazkur huquq va majburiyatlardan tashqari mediatsiya taraflari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida o'zga majburiyatlar ham bo'lishi mumkin, ya'ni biz yuqorida aytib o'tganimiz kabi taraflar mediatsiya tartib taomolini qo'llashda mediatsiya tartib taomilini amalga oshirish haqidagi kelishuvda huquq va majburiyatlarni ham belgilashi mumkin. Jumladan mediatsiya harajatlarini kim qoplashi, mediatsiyaning qancha vaqt davom etishi, mediatsiya qayerda olib borilishi kabi shartlarni ham kelishib olishi mumkin.

Mamlakatimizda mediatsiyaning turli modellari orqali hal qilish instututi hali rivojlanmagan shu sababli bizda mediatsiyaning an'anaviy modelidan yoki aralash mediatsiya usulidan foydalangan holda nizolar hal qilinadi, biroq mediatsiya institutini ilgariroq o'z qonunchiligiga tadbiq qilgan mamlakatlar Avstarliya, Amerika va Singapur kabi mamlakatlarda nizoni mediatsiyaning qaysi turi orqali hal qilinishiga qarab ham mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilanadi. Masalan, mediatsiyaning med-arb turida taraflar kelishuvni ixtiyoriy ravishda amalga oshirmagan taqdirda ular yakuniy hulosa(qaror) ni majburiy ijro etilishiga kelishib oladilar va bu ularning majburiyati hisoblanadi. Shuningdek, davlatlarda mavjud bo'lgan mediatsiya markazlari oozlarining nizomlari orqali qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga qo'shimcha ravishda mediatsiya taraflari, mediator(advokat) ning huquq va majburiyatlarini belgilashi

2 esolution.org.uk/looking-for-help/splitting-up/your-process-options-for-divorce-and-dissolution/hybrid-mediation/

553

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

mumkin. Misol uchun Kanada Transport Agentligining mediatsiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan nizomda mediatorning majburiyati sifatida tegishli ma'lumotlarni vositachi va boshqa tomonlar bilan halol va ochiq almashish, nizolarni hal qilish uchun usullar va variantlar ishlab chiqish, belgilangan vaqt davomida mediativ kelishuvni amalga oshirish imkoni bo'lmagan taqdirda ushbu muddatni uzaytirish chorasini ko'rish, tomonlarga Kanada transport agentligida mediatsiya jarayonini va ularning huquq va majburiyatlarini to'liq tushuntirish, tomonlar kelishuvi bilan amalga oshiriladigan mediatsiya jarayoni uchun mediatsiya modulini aniqlash kabi majburiyatlari keltirib o'tilgan.3

Hozirda dunyo bo'ylab yuridik va ijtimiy soha olimlari tomonidan mediatsiyaning turli xil asoslarga ko'ra ularni har xilcha turlarga ajratish doktirinasi mavjud bo'lib, bularning ba'zilarni olimlarning doktirinial qarashlari bo'lsa, ba'zilari amaliyotda nizolarni hal qilishda samaradorligini namoyon qilmoqda.

Mediatsiyativ tartib taomilni amalga oshirish jarayonida advokatlik faoliyati bilan shug'ullanuchi yurist ushbu jarayonda huddi suddagi kabi biror bir tarafning huquq va manfaatini himoya qiluvchi vakil sifatida yoki mediator sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu ikki xil funksiya advokatning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan namoyon bo'ladi. Jumladan advokat nizo yuzasidan bir tarafga yuridik hizmat ko'rsatish haqida bitim tuzganda advokat faqatgina uni yollagan tarafning huquq va manfaatlarini himoya qilib unga malakali yuridik hizmat ko'rsa, mediator sifatida jalb qilingan taqdirda advokatning funksiyasi o'zgaratdi, endilikd advokat faqatgina bir tarafning emas, balki har ikki tarafning ham huquq va manfaatlarini ko'zlagan holda nizoni hal qilish choralarini ko'rishi lozim boladi, aks holda mediatsiyaning xolislik prinsipi buzilishiga olib keladi.

Nizoning boshlanishida bir tarafning advkati bo'lan taraf ikkinchi tarafning roziligi bilan nizo yuzasidan mediator sifatida tayinlanishi ham mumkin, bu masalada bizning qonunchiligimizda cheklovlar yo'q. O'zbekiston Respublikasining «Mediatsiya to'g'risida»gi Qonunning 25-moddasida aynan shu ma'nodagi norma mustahkamlangan, biroq advokat nizo yuzasidan mediator qilib tayinlangandan so'ng yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek uning huquq va majburiyati mediator sifatidagi funksiyasidan kelib chiqib o'zgarishiga olib keladi.

Nizoni hal qilishga ma'lum bir tarafning advokati sifatida jalb qilingan advokat, taraflarnig roziligi bilan mediator sifatida tayinlangandan so'ng o'sha tarafda advokatdan faqatgina uning huquq va majburiyatini himoya qilishni talab qilish huquqi cheklanadi.

3 file:///C:/Users/user/Downloads/Mediation-Roles-EN.pdf

554

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Maqolamiz boshida aytib o'tganimizdek, mediativ tartib taomilni amalga oshirishda mediatsiya ishtirokchilarining huquq va majburiyati hamda nizoni hal qilishda mediatsiyaning u yoki bu turidan foydalanganda qisman o'zgaradi. Mediatsiya tartib taomili qo'llanildigan sohasi, mediatiyadan ko'zlangan maqsad va mediatorning mediatsiya jarayonidagi ro'li va boshqa jihatlariga qarab soha vakillari tomonidan mediatsiya bir necha turlarga bo'lingan4.

Mediatsiya jarayonida mediatorning nizoni hal qilishdagi ishtirokining hususiyatiga qarab mediatsiya bir necha turga ajratilgan va ularning o'rtasidagi farq mediatsiya ishtirikchilarining huquq va majburiyatlarini o'zgarishi bilan ifodalanadi. Jumladan mediatsiyaning "kotib vositachiligi(mediatsiyasi)" turida mediator faqatgina tomonlarning muzokaralariga raislik qiladi, ya'ni mediatsiyaning ushbu turida mediator taraflarga nizoni hal qilish va kelishish masalasini o'zlariga qo'yib beradi. Mediatsiyaning ushbu turida mediatorning asosiy majburiyati mediativ tartib taomilni olib borishni tashkillashtirish hisoblanadi. Bundan farqi ravishda mediatsiyanig "maslahatchi mediatsiya " degan turida mediator nizolarni hal qilish uchun nizolarni subektiv tomoni bilan faol ishlaydi, tomonlarning bir-biriga isbatan adovatlarini tinglab ular o'rtasidagi dushmanlik va kelishmovchilikni bartaraf etishda birlamchi shaxs sifatida gavdalanadi. Shuningdek, mediatsiyaning "Tuzilgan vositachilik(mediatsiya") turida mediator nizoni hal qilish uchun va uni hal qilish yo'lini topish maqsadida dastlabki bosichda taraflarning har biri bilan tizimli ravishda uchrashuvlar olib boradi va nizoni hal qilish uchun taraflarga yo'l yo'riq ko'rsatish orqali maslahat beradi va taraflarni kelishuvga erishtirgandan so'ng ular bilan birgalikda uchrashuv olib boradi. Mediatsiyaning ushbu turida taraflarni yakdil qarorga kelishi uchun advokatlar taraflarning vakili sifatida muhim rol o'ynaydi.

Mediatsiyaning "bosim o'tkazish" deb nomlangan turida taraflarning huquqi qolgan yuqorida sanab o'tilgan uch turdagi mediatsiyaga qaraganda taraflar o'zlarining ko'proq huquqlarini mediatorga o'tkazadi, natijada mediator nizoni hal qilish uchun ko'proq huquqga ega boladi jumladan meditor ma'lum darajada taraflarga bosim o'tkazish huquqiga ega boladi.5

XULOSA

Xulosa qilib aytganda bir qarashda mediativ tartib taomilni amalga oshirishda mediatsiyaning biror turini tanlash ahamiyatsizdek ko'rinsada, biroq uning ma]lum bir turini tanlash mediatorga taraflarlar bilan muzokaralar o'tkazishda, bir tarafga

4 Калашникова С.И. Медиация в сфере гражданской юрисдикции: диссертация ... кандидата юридических наук. - Екатеринбург, 2010

5 http://jp.mgppu.ru/forum/index.php?PHPSESSID=13pkv2r9gvb6fh68cinngro1n3&topic=83.0;prev_next=next#new

555

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'proq yon bosishni oldini olishda va holis bo'lishda, shuningdek meduativ tartib taomilni ma'lum bir qoidalar asosoida olib borishda ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazarda olib qaraganda mediatorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi huqushunoslar mediatsiyaning turlari haqida kechroq ma'lumotga ega bo'lsa, kelgusida nizolarni boshqarish va hal qilishda ish samaradorligini oshishiga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 17 iyundagi PQ-4754-son qarori (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020 y., 07/20/4754/0771 -son)

2. O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risidagi" Qonuni, 03.07.2018 yildagi O'RQ-482-son/ https://lex.uz/docs/-111189

2. The Art of Mediation (NITA) 2nd Edition, Kindle Edition 23 p

3. Романова Н.М. Медиация: социально-психологические аспекты: учеб пособие для студ. фак. психологии, обучающихся по спец. «Психология». Саратов: Изд-во Сарат. ун-та, 2014. 97 с.

4. Сабитова Ж.С., Смаилова А.А. Медиация. Новый подход к разрешению конфликтов // Наука, новые технологии и инновации. Бишкек: Наука и новые технологии, 2012. С. 233 - 235.

5. Калашникова С.И. Медиация в сфере гражданской юрисдикции. -Екатеринбург, 2010. 258с

6. Riskin L.L. Mediation orientations, strategies and techniques // 12 Alternatives to high cost litig. 1994. P. 111 - 114

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.