Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
PREDLOGLI SO'Z BIRIKMALARINING INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA
TARJIMASI
Madina Xaydarovna Boboyeva
O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi izlanuvchisi
Bu maqolada predlogli so'z birikmalari va predloglarning o'zbek tiliga tarjima qilishdagi qiyinchiliklar aniqlangan va ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar keltirilgan.Bundan tashqari struktur-semantik tilshunoslik doirasida predloglar semantikasini o'rganish predloglarni tanlashga ta'sir qiluvchi qo'shimcha lingvistik omillarni hisobga olish, shuningdek ularning konseptual tuzilishini idrok etish va yodda saqlash uchun qulay shaklda taqdim etishga imkon beradi.
Kalit so'zlar: predlog, sintaksis, so'z birikma, kognitiv tilshunoslik, leksik tarmoq, valentlik.
В данной статье выявлены трудности перевода предложных словосочетаний и предлогов на узбекский язык и даны рекомендации по их преодолению. Кроме того, изучение семантики предлогов в рамках структурно-семантической лингвистики предполагает учет дополнительных лингвистических факторов, влияющие на выбор предлогов, а также позволяющие представить их понятийную структуру в удобном для восприятия и запоминания виде.
Ключевые слова: предлог, синтаксис, словосочетание, когнитивная лингвистика, лексическая сеть, валентность.
In this article, the difficulties in the translation of prepositional phrases and prepositions into Uzbek language are identified and recommendations are given to overcome them. In addition, the study of the semantics of prepositions within the framework of structural-semantic linguistics involves taking into account additional linguistic factors that affect the choice of prepositions, as well as allows to present their conceptual structure in a form convenient for perception and memory.
Keywords: preposition, syntax, phrase, cognitive
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
linguistics, lexical network, valence.
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
So'z birikmalari sohasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ushbu sintaktik birlikni o'rganish muammosi ko'p qirrali, shuning uchun zamonaviy tilshunoslik fanida so'z birikmalari muammosining keskinligi uning sintaktik tizimida xuddi so'z birikmasi tuzilishi kabi, jumla yoki gap tuzilishini ham rivojlantirishda faol bo'lgan bir qator jarayonlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ushbu jarayonlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq va tizimli xususiyatga ega bo'lgan tildagi har qanday faktlar singari doimo bir-biriga o'zaro ta'sir qiladi.
Sintaksis sohasida olib borilgan so'nggi tadqiqotlar natijasida asosiy sintaktik birlik sifatida ilgaridek gap emas, balki yuqori darajadagi fraza (superphrase, "phrase" ingliz tilida SBlariga nisbatan qo'llaniladigan atama - M.B.) deya nomlanuvchi birlik deb hisoblash uchun zamin yaratildi chunki real nutqda odamlar odatda alohida jumlalar orqali emas, balki jumlalar majmuasi orqali fikrlarini bayon etadilar. Binobarin, gapning salohiyatini so'z emas, balki SBlari ko'rsatadi, zero yuqori darajadagi fraza birligi so'zlar emas, balki SBlari to'plamidan tashkil topgan. Ushbu fikrlar SBni tadqiqotlarning tubdan yangi, yuqori darajasiga ko'taradi va ushbu sintaktik birlikning nutq tuzilishiga doir fanda ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi.
Sintaktik birliklarni o'rganish uchun kognitiv tilshunoslikning tamoyillari va usullari qo'llaniladi - bu so'nggi o'n yilliklarda paydo bo'lgan an'ana, bu lisoniy faktlarni psixologiya, antropologiya, neyro-tilshunoslik va boshqa tegishli fanlarning tadqiqot ma'lumotlari bilan birgalikda o'rganish imkonini beradi. Kognitiv tilshunoslik tushunchalari odamning atrofdagi voqelikni idrok etishini boshlang'ich nuqta sifatida qabul qiladi. An'anaviy tarzda o'rganib kelingan lisoniy hodisalarga murojaat qilish asnosida, kognitiv tilshunoslik lisoniy birliklarning konseptual tuzilishini ko'rib chiqish uchun tubdan yangi strategiyalarni taklif etadi. Kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan predloglarni o'rganish dolzarb hisoblanadi, chunki predlogli konstruksiyalar yordamida atrofdagi voqelikni tilda aks ettirish hududiy vaziyatlarning sub'ektiv ko'rinishi va olingan ma'lumotlarning o'zlashtirilishi bilan bog'liq.
Makon kategoriyasi borliqning eng muhim kategoriyalaridan biridir. Kategoriya, bu shakli va o'lchamlari bo'yicha o'zgarib turadigan va ob'ekt (ob'ektlar) ning joylashishi yoki harakati uchun ma'lum parametrlarni o'rnatadigan moddiy yoki nomoddiy darajadagi o'lchovni anglatadi.
Makon va zamon munosabatlari tilda turli yo'llar b'1" ifodalanishi mumkin. Predloglar bu munosabatlarni lel
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
darajada ifodalaydi. Ushbu lisoniy birliklar inglizcha jumlada so'zlami bog'lashning asosiy vositalaridan biri bo'lib, gapning ma'nosini shakllantirishda katta rol o'ynaydi. Predloglarning semantikasini tasvirlashda turli xil yondashuvlar mavjud: strukturalistik yondashuv, komponent tahlil va boshqalar. Biroq, predloglarning semantikasini o'rganish uchun fanlararo aloqalarni hisobga oladigan kognitiv yondashuv eng istiqbolli hisoblanadi.
Ushbu yondashuv doirasida predloglarni o'rganish insonning atrofdagi voqelik bilan o'zaro aloqasini hisobga oladi, bu tilda sodir bo'layotgan hodisalarni ob'ektiv baholashga imkon beradi. Mavjud nazariyalar an'anaviy grammatika doirasida o'rganilmagan lingvistik hodisalarni tushuntirishga harakat qiladi. Kognitiv grammatikada polisemantik birliklar, shu jumladan predloglarning ma'nolarini ifodalash usullaridan biri, bu tarkibiy qismlari kategorial munosabatlar orqali bog'langan leksik tarmoqdir. Leksik tarmoq-bu o'xshashlik, konkretlashtirish va tarqatish munosabatlari orqali prototip bilan bog'liq bo'lgan prototip va markaziy bo'lmagan a'zolardan iborat kategoriya ko'rinishidagi lingvistik materialning tarkibiy tuzilmasi. Tarmoq komponentlari tugunlar, sxemalar va yuqori darajadagi sxemalar shaklida tasvirlanadi.Predlog tildagi munosabatlarni kategoriyalashtiruvchi bo'lib, atrofdagi olam manzarasi haqidagi g'oyalarimizni yetkazish vositasi bo'lib xizmat qiladi, bu insonning tashqi muhit bilan aloqasi uchun o'ziga xos tizimdir. Predloglar predlogli so'z birikmasini tashkil qilishda asosiy rol o'ynaydi. Qaysidir ma'noda uni predikatlar bilan tenglashtirish mumkin, chunki u so'z birikmasida o'ziga xos yadro vazifasini o'taydi. Aynan shu omilga ko'ra predloglar ma'lum bir kontekstda qo'llanishi yoki qo'llanmasligi mumkin, qo'llaniladigan predlogli birikmalar yangi kontekstda doimo tayyor birliklar sifatida qabul qilinadi.
Valentlik tashuvchisi sifatida predlog va u bilan birikib kelgan komponentlar jumla ma'nosini shakllantirishga xizmat qiluvchi minimal qurilish materiallaridir. Valentlik lingvistik tushuncha sifatida S.D.Katsnelson hamda S.M.Kibardina asarlarida batafsil o'rganib chiqilgan [Katsnelson. 1972; Kibardina. 1988], oxirgi paytda esa valentlik tushunchasini predloglar bilan bog'liq holda o'rganish an'anasi kuzatilmoqda [Preobrajenskiy. 1991].
Predloglarning valentligi gap bo'laklarini aniqlashtirish va minimal kontekstni aniqlash maqsadida ishlatilishi mumkin. Zamonaviy ingliz tilidagi in, on, at predloglari ko'pincha haqiqiy makon va zamonga oid vaziyatlarni aks ettirish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga, ulardan amaliy foydalanish nu"~: nazaridan eng "muammoli" ham hisoblanadi, chunki
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
polisemantik, ya'ni ko'p ma'nolilik xususiyatiga ega. Quyida T.Drayzer qalamiga mansub "Baxtiqaro Kerri" (Sister Carrie) asaridan olingan, in predlogi yordamida yasalgan so'z birikmalaridan bir nechtasi keltirilgan:
soatlarda (atrofida);
- She moved to and fro, in deep and varied thoughts (191) - chuqur xayol og'ushida,
- which was considerably in the public eye (193) - xalqning ko'z oldida;
- in Van Buren Street (194) - ko'chada (tashqarida);
- the two men in the room should not hear (196) - xonada (ichkarida);
- in the little j acket (199) - kostyumda (egniga kiygan);
- he wanted some clean linen in the morning (200) - ertalab;
- She was in no mood - yomon kayfiyatda.
Birgina in predlogi yordamida tuzilgan SBlarining qanchalik turli-tuman ma'noga ega bo'lishi mumkinligi ushbu misollar orqali namoyon bo'lmoqda. Agar in predlogining o'rnida boshqa predlog bilan yasalgan SBlarini ko'rib chiqqanimizda ham aynan shu kabi manzara hosil bo'lishiga hech qanday shak-shubha yo'q. E.Hemingueyning "Alvido, qurol" (A Farewell to Arms) romanida in predlogining ma'nosiga zarar yetkazilmagan holda "with" predlogi bilan almashtirilishi mumkinligi holatini uchratishimiz mumkin, garchi "to be rich in" tuzilmasi in predlogining ishlatilishini talab etsada, muallif: - The plain was rich with crops; there were many orchards of fruit trees and beyond the plain the mountains were brown and bare gapining tarkibida ushbu tuzilmani with predlogi yordamida bergan.
Struktur-semantik tilshunoslik doirasida predloglar syemantikasini o'rganish predloglarni tanlashga ta'sir qiluvchi qo'shimcha lingvistik omillarni hisobga olish, shuningdek ularning konseptual tuzilishini idrok etish va yodda saqlash uchun qulay shakl shaklida taqdim etishga imkon beradi.
J.Lich joy, kenglik, yaqinlik, vertikallik, gorizontallik, shimol-janub, g'arb-sharq, yo'nalish, harakat, harakat turlari va boshqa shu kabi birliklarni makon kategoriyasi tarkibidagi asosiy birliklar sifatida belgilaydi .A.Vejbitskaya ham xuddi shunga o'xshash nuqtai nazarga ega bo'lib, u J. Lich tomonidan ko'rsatilgan turlarga yo'nalish, makon chegaralari, tortishish kuchi birliklarini qo'shadi Tadqiqotchilar, shuningdek, makonni kategor
Then he sat down in his chair (184) - stulga (ustiga);
Hands were hidden in the pockets (184) - cho'ntaklarida (ichida);
In about an hour and three-quarters the boy returned (187) - chamasi bir
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
konsept, joy, harakat, yaqinlik, uzoqlik, semantik maydon, funksional-semantik maydon va boshqalar sifatida belgilaydilar.
Predloglar bilan ifodalangan munosabatlarning ma'nolari, umuman olganda, uchta konseptual sohaga bo'linishi mumkin: makon, zamon va mavhum (shartli ravishda bir qator turli xil munosabatlarni birlashtiradi - sabab, maqsad, modal, nisbat, qiyos, egalik va boshqalar). Predloglar bilan ifodalangan munosabatlarni tahlil qilish munosabatlarni narsalarning o'zidan, bu munosabatlarning xususiyatlaridan ajratish zarurati bilan murakkablashadi. Shunga qaramay, munosabat narsaning xususiyati va munosabatning narsadan tubdan ajralib turishi, munosabatni alohida hodisa sifatida ko'rib chiqish imkoniyati ham tadqiqotchilar tomonidan ta'kidlangan. Ba'zi grammatist tilshunoslar predloglar bilan ifodalangan munosabatlarni quyidagicha tasniflashga urinadilar:
1) joylashuv, harakat, yo'nalish;
2) vaqt va vaqt davomiyligi;
3) motiv, sabab, harakatlanish omili va boshqalar.
Ammo bu urinishlar faqat ba'zi bir predloglarga tegishli bo'lishi mumkin. Tanlangan ingliz tili predloglar guruhining ma'nolarini izchil tasniflash mavjud emas, chunki ulardagi ma'no mavjudligi inkor etilmasada, ularning o'zi juda beqaror, aniqlash qiyin deb tan olingan. Predloglarning paradigmatik ma'nolari ba'zi umumlashtirilgan invariantlar sifatida juda ko'p turli xil kontekstlardan mavhumlashtirish orqali shakllanadi va shu invariantning ta'rifi qabul qilinadi. Predloglarning paradigmatik ma'nolarini zamon va makondan yiroqlashtirilgan holda, ya'ni narsalarning mantiqiy o'rnatilgan munosabatlari nuqtai nazaridan o'rganish, predloglarning ma'nolarini mantiqiy aspektda o'rganish deyiladi. Har bir predlogning ma'nosi alohida tahlil qilinadi va predloglarni alohida ko'rib chiqish natijasida ma'nolarni tizimlashtirish mumkin bo'ladi.
Shunday qilib, nominativ salohiyati cheklangan predloglar leksik va grammatik ma'noga ega. Predloglar so'zlardir va shuning uchun ularga mustaqil ma'noli so'zlar uchun qo'llaniladigan lisoniy birliklarni o'rganish tamoyillari qo'llanilishi maqsadga muvofiq. Predloglar polisemantik xususiyatga ega lisoniy birliklardir. Predloglarning ma'nolarini tarkibiy qismlarga bo'lish va ularni ma'lum bir kontekstda ishlatish nuqtai nazaridan tahlil qilish, shuningdek polisemantik predlogning alohida ma'nolarining semantik o'xshashligini aniqlash mumkin.
Predloglarni o'rganishda ma'nolarini aniqlash uc1 nafaqat ularning semantikasini o'rganish, balki ularr
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
tarqalishini tahlil qilish ham muhimdir. Predlogning taqsimlanishi uning sintaktik muhitining tipik struktur modeli, ya'ni so'z birikmasini shakllantiradigan so'z turkumlari - sintaktik jihatdan bog'liq so'zlar guruhi sifatida tushuniladi. Predlog so'z birikmasining ma'nosini aniqlash, konkretlashtirishga xizmat qiladi.
Leksik moslik ushbu tuzilmaning uning tarkibiy qismlarining ma'nosi bilan mutanosibligi asosida o'rganiladi. Predloglarni o'z ichiga olgan konstruksiyalarni modellashtirish lingvistik tadqiqotning muhim jarayonidir, chunki bu predlog model komponentlarini o'z atrofida qanday tashkil qilishini kuzatishga imkon yaratadi. Ba'zi hollarda predlogni tanlash stilistik xususiyatlar bilan bog'liq holda kechadi. Chunonchi, badiiy adabiyotdan olingan bir qator misollarda predloglardan foydalanish til sohiblarining tasavvurlariga mos kelmaydi.
REFERENCES
1. Кубрякова Е.С. Деривация, транспозиция, конверсия // Вопросы языкознания, 1974. - С. 61-72.
2. Вежбицкая А. Язык. Культура. Познание. - М., 1996. - С. 201-231
3. Leech G. Semantics Text. - London: Penguin, 1974. - 386 p.
4. Delbrück B. Сравнительный синстаксис индоевропейских языков / Vergleichende Syntax der indogermanischen Sprachen. 3 Bände. Trübner, Straßburg (1893), 1900.
Турниёзов Н. Тил бирликларининг нутрий деривацияси // Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.-Samarqand:SamDCHTI nashri, 2018.- Б.6.