Научная статья на тему 'POKISTONNING FORS KO‘RFAZI ARAB DAVLATLARI BILAN ALOQALARI'

POKISTONNING FORS KO‘RFAZI ARAB DAVLATLARI BILAN ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pokiston / Fors ko ‘rfazi / Saudoya Arabistoni / BAA / Qatar / Quvayt / Bahrayn / Islom Hamkorlik Tashkiloti / migratsiya / investitsiya / mintaqaviy xavfsizlik / mudofaa. / Pakistan / Persian Gulf / Saudi Arabia / UAE / Qatar / Kuwait / Bahrain / Organization of Islamic Cooperation / migration / investment / regional security / defense.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sirojiddin Xusan O‘g‘li Mamatqulov

Maqolada Pokiston va fors ko‘rfazi arab davlatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli munosabatlarning o‘rnatilishi va rivojlanishi tarixi o‘rganilgan. Fors ko’rfazi arab davlatlarining Pokiston iqtisodiyoti tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Fors ko‘rfazi arab davlatlari va Pokiston munosabatlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PAKISTAN'S RELATIONS WITH THE ARAB COUNTRIES OF THE PERSIAN GULF

The article examines the history of the establishment and development of large-scale relations between Pakistan and the Arab states of the Persian Gulf. The role of the Arab countries of the Persian Gulf in Pakistan's economy is highlighted. Also, the main factors affecting the relations between the Arab countries of the Persian Gulf and Pakistan are revealed.

Текст научной работы на тему «POKISTONNING FORS KO‘RFAZI ARAB DAVLATLARI BILAN ALOQALARI»

POKISTONNING FORS KO'RFAZI ARAB DAVLATLARI BILAN

ALOQALARI

Sirojiddin Xusan o 'g 'li Mamatqulov

Tayanch doktoranti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti E-mail: sirojiddinmamatqulov0@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada Pokiston va fors ko 'rfazi arab davlatlari o 'rtasidagi keng ko'lamli munosabatlarning o'rnatilishi va rivojlanishi tarixi o'rganilgan. Fors ko'rfazi arab davlatlarining Pokiston iqtisodiyoti tutgan o 'rni yoritilgan. Shuningdek, Fors ko 'rfazi arab davlatlari va Pokiston munosabatlariga ta 'sir etuvchi asosiy omillar ochib berilgan.

Kalitso'zlar: Pokiston, Fors ko 'rfazi, Saudoya Arabistoni, BAA, Qatar, Quvayt, Bahrayn, Islom Hamkorlik Tashkiloti, migratsiya, investitsiya, mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa.

PAKISTAN'S RELATIONS WITH THE ARAB COUNTRIES OF THE

PERSIAN GULF

Sirajiddin Mamatkulov

Ph.D student

Tashkent State University of Oriental Studies. E-mail: sirojiddinmamatqulov0@gmail.com

Annotation: The article examines the history of the establishment and development of large-scale relations between Pakistan and the Arab states of the Persian Gulf. The role of the Arab countries of the Persian Gulf in Pakistan's economy is highlighted. Also, the main factors affecting the relations between the Arab countries of the Persian Gulf and Pakistan are revealed.

Keywords: Pakistan, Persian Gulf, Saudi Arabia, UAE, Qatar, Kuwait, Bahrain, Organization of Islamic Cooperation, migration, investment, regional security, defense.

ОТНОШЕНИЯ ПАКИСТАНА С АРАБСКИМИ СТРАНАМИ ПЕРСИДСКОГО ЗАЛИВА

Сиражиддин Маматкулов

Базовый докторант

Ташкентского государственного университета востоковедения

Аннотация: В статье рассматривается история становления и развития масштабных отношений Пакистана с арабскими государствами Персидского залива. Освещена роль арабских стран Персидского залива в экономике Пакистана. Также выявлены основные факторы, влияющие на отношения арабских стран Персидского залива и Пакистана.

Ключевые слова: Пакистан, Персидский залив, Саудовская Аравия, ОАЭ, Катар, Кувейт, Бахрейн, Организация исламского сотрудничества, миграция, инвестиции, региональная безопасность, оборона.

K

I P

R

k

S H

t

0 Shuningdek, Pokistonning arab-musulmon davlatlari bilan aloqalari o'rnatilishi va rivojlanishida boshqa omillar ham mavjud edi. Unga ko'ra, geosiyosiy jihatdan nOsiyoning tayanch nuqtasi" deb nomlanuvchi hududda joylashgan bo'lib, mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda Sovet Ittifoqi, Xitoy va Hindiston uchrashadigan mintaqada ndi. Ushbu mintaqada davlatlararo mojarolar, qarama-qarshi mafkuralar, xilma-xil milliy maqsadlar va hududiy nizolar avj olgan edi. Qolaversa, dunyoning qudratli davlatlari ham mintaqa siyosatida o'z manfaatlarini saqlab qolishga harakat qilardi. Bunday vaziyatda

1 www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921679

l l

Pokiston geostrategik voqeliklar va qudratli davlatlarning Janubiy Osiyo mintaqasiga nisbatan raqobatdosh ustuvorliklari nuqtai nazaridan o'zining mudofaa ehtiyojlarini kafolatlay oladigan tashqi siyosatini ishlab chiqishi kerak edi. Shu sababli Pokiston mustaqillikni qo'lga kiritgan davrda mintaqada shakllanib ulgurgan o'zaro raqobat va ishonchsizlik muhiti yangi davlatni tashqi siyostini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo'ldi. Ushbu ishonchsizlik va noaniqlik sharoitida Pokiston tashqi siyosatida yaqinroq aloqalar va xavfsizlikni ta'minlash uchun ham dindosh mamlakatlar bilan aloqalarga urg'u berildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Pokistonning arab-musulmon mamlakatlari bilan aloqalari doirasida Fors ko'rfazi arab davlatlari muhim o'rin tutadi. Pokistonning islomiy davlat sifatida o'zini namoyon qilishi Fors ko'rfazi arab davlatlari bilan diniy birdamlikka asoslangan hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Bu davlatlar bilan Pokiston o'rtasidagi munosabatlar iqtisodiy, siyosiy, harbiy va madaniy sohalarda kuchli bog'liqlikni aks ettiradi.

Pokistonning Fors ko'rfazi arab davlatlari orasida Saudiya Arabistoni bilan juda kuchli va chuqur aloqalarga ega. Aytish mumkinki, "Pokiston Saudiya Arabistonining arab bo'lmagan eng yaqin ittifoqchisi"1 dir. Pokiston va Saudiya Arabistoni havfsizlik va mudofa, iqtisodiyot, energetika kabi muhim yo'nalishlarda hamkorlik qilib keladi. Ikki davlat o'rtasidagi diplomatik aloqalar 1947 yilda Pokistonning mustaqillikka erishishi bilan o'rnatilgan edi. Shundan keyin, Saudiya Arabistonining rahbarlarining Pokistonga va Pokiston rahbarlarining Saudiya Arabistoniga bir necha bor davlat tashriflari amalga oshirildi. Jumladan, 1954 yilda Qirol Saud, 1966-1974 yillarda qirol Faysal va 1976 yilda qirol Xolid Pokistonga tashrif buyurgan. Xuddi shunday, qirol Fahd valiahd shahzoda

1 Robert Lacey. "Inside the Kingdom: Kings, Clerics, Modernists, Terrorists, and the Struggle for Saudi Arabia." - New York: Viking. 2010. - P. 294.

sifatida 1980 yilda va qirol Abdulloh 1984, 1997 va 1998 yillarda Pokistonga valiahd shahzoda sifatida tashrif buyurgan.

Pokistonning davlat va hukumat rahbarlari tomonidan esa Saudiya Arabistoniga ko'plab tashriflar davlat va rasmiy tashriflar amalga oshirilgan. So'ngi yillarda, jumladan, 2007, 2013, 2018 yillarda Pokiston davlat rahbari - Prezidentlarining tashriflari amalga oshirilgan bo'lsa, Pokistonning so'ngi ikki Bosh vazilari Imron Xon va shahboz Shariflar tomonidan Saudiya Arabistoniga 9 marotaba Islom Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi hamda davlat va rasmiy tashriflar amalga oshirilgan.2

MUHOKAMA.

Saudiya Arabistoni Pokistonning 1965-yil, 1971-yilda bo'lib o'tgan Hindiston bilan urushlarida hamda 1998 yilda amalga oshirilgan yadroviy sinovlaridan keyingi sanksiyalarni yumshatish uchun ham diplomatik, ham iqtisodiy yordam bergan. Afg'on urushi esa ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanish davri bo'ldi. 1980 yillarda Saudiya Arabistoni Pokistonga Afg'onistondagi Sovet qo'shinlariga qarshi jang qilgan afg'on mujohidlarini ta'limini tashkil etish va qurollantirishda moliyaviy yordam ko'rsatdi.3 2000 yillardagi terrorga qarshi global kurash davrida ham ikki davlat ham yaqin ittifoqchi bo'lib qolishdi.

Pokiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida kuchli iqtisodiy va energetika sohasidagi aloqalar mavjud. Saudiya Arabistoni Pokistonning neftga bo'lgan ehtiyojining asosiy ta'minotchisi hisoblanadi. 2023 yilda esa Saudiya Arabistoni Pokistonning Gvadar porti yaqinida umumiy qiymati 10 milliard dollarga baholangan, kuniga 500 ming barrel neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bo'yicha ikki tomonlama shartnomani imzoladi.4

2 Ministry of Foreign Affairs. https://mofa.gov.pk/curtaiQ-raiser-prime-minister-imran-khans-visit-to-the-kingdom-of-saudi-arabia-7-9-may-2021

3 V Kukreja, M. Prasad Singh. "Pakistan: Democracy, Development and Security Issues." - New Delhi: Sage Publications, 2006. - P. 248.

4 Gul Yousafzai. "Saudi Arabia to set up $10 billion oil refinery in Pakistan." (20.09.2024) https ://www.reuters .com/article/us -s audi-pakistan-economy -idUSKCNl P6OOU/

Shuningdek, Saudiya Arabistoni pokistonlik mehnat muhojirlari uchun ham asosiy yo'nalishlardan biridir. Hozirda Saudiya Arabistonida 2,2 milliondan ortiq pokistonlik mehnat qilmoqda.5

Saudiya Arabistoni, shuningdek, Pokistonning asosiy moliyaviy va gumanitar yordam beruvchi davlatlaridan biridir. Bugungi kungacha qirollik oilasining tabiiy ofatlar va iqtisodiy inqirozlar sharoitida Pokistonga yuborgan gumanitar yordami 13 milliard dollarga yetgan.6 Shu bilan bir qatorda, Saudiya qirollik oilasi Pokistonda madrasalar, masjidlar qurilishi va ularning faoliyat olib borishi, sog'liqni saqlash tizimi, qishloq aholisini uy-joy bilan ta'minlash uchun ham milliarlab dollar ajratib keladi. Jumladan, Pokiston hududida Saudiya Arabistoni tomonidan 1997 yilgacha 27 000 ta diniy maktab qurib berilgan.7

Qirollik oilasi tomonidan qurib berilgan masjidlar biri Saudiya Arabistoni qiroli Faysal nomi bilan atalgan Islomoddagi ulkan Faysal masjidi ikki davlat aloqalaridagi mustahkamlikning ramzi bo'lib kelmoqda. Ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda qo'shgan hissasi evaziga Saudiya Arabistoni qiroli Faysal sharafiga Lyallpur shahri Faysalobod deb nomlandi. Birgina ushbu harakatning o'zigina ikki davlat aloqalarining ahamiyatini ko'rsata oladi.

Ikki davlat o'rtasida havfsizlik va harbiy sohadagi hamkorlik ham saudiya Aravistoni va Pokiston o'rtasidagi aloqalarning muhim yo'nalishidir. Iroq-Eron urushi davrida saudiya Arabistonida Pokiston xavfsizlik nuqtayi nazaridan 20 ming harbiy xizmatchisini joylashtirgan edi. 1990-1991 yillarda esa Fors ko'rfazi urushi paytida

5 Panel. "Pakistan's Relations with Gulf States." Islamabad Policy Research Institute - Report. https://ipripak.org/pakistans-relations-with-gulf-states/

6 Middle East Monitoring Center. "Saudi Arabia has provided $130bn in aid to 169 countries since 1950 - Report." (15.09.2024) https://www.middleeastmonitor.com/20240628-saudi-arabia-has-provided-130bn-in-aid-to-169-countries-since-1950-report/

7 "The spread of Saudi charity work in Pakistan." (09.09.2024) https://tribune.comi.pk/story/1913152/saudi-arabias-wides pre ad -ch arity -work-p akistan

Saudiya Arabistonidagi islomiy muqaddas qadamjolarni himoya qilish maqsadida ham Pokiston qo'shin yuborgan edi.

Shuningdek, Pokiston Saudiya Arabistoni harbiylari va uchuvchilarini o'qitish bilan shug'ullanib keladi. Saudiya Arabistoni Pokistonda ishlab chiqarilgan qurol-yarog'larning asosiy impotchisi hamdir.8

Fors ko'rfazi arab davlatlari orasida Pokistonning ikkinchi eng asosiy hamkori Birlashgan Arab Amirliklari hisoblanadi. Pokiston va BAA munosabatlari 1971 yilda BAA ning tashkil topishi bilan boshlangan. Ikki davlat o'rtasidagi aloqalar, Saudiya Arabistoni va Pokiston aloqalarida bo'lgani kabi, havfsizlik va muydofaa, savdo va investitsiya hamda energetika sohalarida rivojlanib kelmoqda.

Pokiston Amirlik mustaqilligining dastlabki yillarida Amirlik firmalari faoliyatini yo'lga qo'yishda muhim ro'l o'ynadi. Jumladan, 1970-yillarning o'rtalarida BAA uchuvchilarining 50% dan ortig'ini pokistonliklar tashkil etgan. 1985 yilda esa Dubay o'zining yangi Emirates aviakompaniyasiga asos solganida Pokiston tomoni ularga texnik va ma'muriy yordam ko'rsatdi hamda yangi kompaniya uchuvchilariga ta'lim berdi.9

Bugungi kunda BAA Pokistonning asosiy iqtisodiy va savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. Ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi 10 milliard AQSh dollardan oshiq.10 BAA, shuningdek, Pokistonning asosiy investor davlatlaridan biri hamdir. Xusussan, Amirlik Pokistonning Balujiston viloyatida neftni qayta ishlash zavodi qurish uchun 5 millliard AQSh dollar sarmoya kiritish rejasiga ham ega.11

Amirlik pokistonlik mehnat muhojirlarining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanad. Ayni paytda BAA da 1,2 million pokistonlik malakali va yarim malakali

8 Mateen Haider. "Saudi Arabia largest importer of Pakistani arms". DAWN.COM

9 Gillian Dunkan. "UAE-Pakistan ties are as old as the Emirates." (26.09.2024)

https://www.thenationalnews.com/uae/government/uae-pakistan-ties-are-as-old-as-the-emirates-1.958985

10 National Bank of Pakistan - Report (Financial Statements, 2023). (26.09.2024) https://www.nbp.com.pk/FinancialStatements/Annual-Financial-Statements-2023.pdf

11 Saima Shabbir. "UAE to invest $5 billion in Pakistan's oil refinery, says envoy." (26.09.2024) https://www.arabnews.pk/node/1563861/pakistan

ishchilar hizmat ko'rsatish, sog'liq saqlash va talim yo'nalishlarida faoliyat olib borishadi. Ularning Pokistonga pul o'tkazmalari 3,5 milliar AQSh dollarga yetgan. Solishtirish uchun, Pokistonga amalga oshirilayotgan pul o'tkazmalarini bo'yicha ushbu raqamlar Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi davlat hisoblanadi.12

Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiy muammolarga ega bo'lgan Pokistonga doimiy gumanitar yordam ko'rsatuvchi asosiy donor davlatlardan biri hamdir. 2005 yilda ro'y bergan zilzila va 2010 yilgi toshqin kabi tabiiy ofatlarni keltirib chiqargan talofatlarni bartaraf etish uchun Pokistonga BAA dan gumanitar yordam va moliyaviy yordamlar ajratilgan. BAA tashqi yordam hisobotiga ko'ra, birgina 2009 yilning o'zida BAA hukumati va donor tashkilotlari 2009 yilda Pokiston hukumati va xalqiga 9 milliard DH (2,45 milliard AQSh dollari) yordam ajratgan.13

BAA va Pokiston o'rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik BAA ning davlat mustaqilligidan ham oldin boshlangan edi. 1968 yilda BAA asoschisi Shayx Zaydning taklifi bilan davlat mudofaa kuchlariga inglizlar o'rniga pokistonlik mutaxassislar ta'lim bera boshlagan. Amirlik harbiylariga ta'lim berish bo'yicha hamkorlik BAA mustaqilligidan keyin ham davom etdi. Aytish mumkinki, Pokiston BAA ning havo mudofaa sohasini shakllanishida juda kata hissa qo'shgan. Amirlik Harbiy havo kuchlari shtabining dastlabki besh nafar boshliqlari ketma-ket Pokiston harbiy havo kuchlari hodimlari edi.14

TAHLIL VA NATIJALAR.

Bugungi kunda harbiy-mudoffa hamkorligida nafaqat havo kuchlarida mutaxassislar tayyorlash, balki BAA ning quruqlikdagi armiya va dengiz kuchlariga

12 Asad Hashim, Alia Chughtai "Pakistan's ties with the Gulf countries." (26.09.2024) https://www.aljazeera.eom/news/2017/6/9/pakistans-ties-with-the-gulf-countries

13 Panel. "Pakistan's Relations with Gulf States." Islamabad Policy Research Institute - Report. https://ipripak.org/pakistans-relations-with-gulf-states/

14 Sehar Kamran. "Pak-Gulf Defense and Security Cooperation." Center for Pakistan and Gulf Studies (CPGS) - Report, 2013. - P. 6. https://cpakgulf.org/documents/Pak-Gulf-Security-Ties-final.pdf

pokistonlik harbiylrning ta'lim berishini ham kuzatish mumkin. Shuningdek, pokistonlik sobiq harbiylar va havfsizlik sohasi faxriylarining BAA mudofaa va havfsizlik sohasida maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi. Ulardan biri pokistonlik sobiq general Ahmad Shujo Posho Pokiston maxfiy xizmatlaridan nafaqaga chiqganidan so'ng Amirlik hukumatining havfsizlik bo'yicha maslahatchisi sifatida yangi ish faoliytatini boshladi.

Fors ko'rfazi arab davlatlari orasida Quvayt ham Pokiston bilan iliq munosabatlarga ega davlatlardan biridir. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqa 1963 yilning oktabr oyida o'rnatilgan bo'lib, bugungi kunda Quvayt Pokistonning energetik ehtiyojlarini qondirib kelayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.

Ikki davlat o'rtasida tez-tez yuqori darajali tashriflari amalga oshirilgan. Jumladan, Quvayt amiri 1980 yil sentabrida Pokistonga tashrif buyurgan edi. General Parvez Musharraf Quvaytga 1999 yil noyabr oyida Ijroiya raisi sifatida, 2005 yilning 3-4 dekabrida esa yana prezident sifatida tashrif buyurgan. Quvayt va Pokiston o'rtasidagi munosabatlar umumiy manfaat, o'zaro hurmat va hamkorlikka asoslangan. Quvayt Pokistonni strategik muhim musulmon davlati sifatida qabul qiladi. Fors ko'rfazi mojarosida Pokiston tomonidan qabul qilingan prinsipial pozitsiya Quvayt rahbariyati tomonidan yuqori baholandi. Iroq kuchlari Quvaytdan olib chiqib ketilgandan so'ng, Pokiston armiyasi bo'linmalari minalardan tozalash operatsiyalarida muhim rol o'ynadi. Pokiston hukumati Iroqning Quvaytga bostirib kirishiga qarshi koalitsiyani qo'llab-quvvatladi va 11600 askar yubordi.15

Pokistonda energiya resurslariga bo'lgan talabning yuqoriligi sabab Quvayt bilan asosan neft importi hisobiga salbiy savdo balansiga ega. 2022-23 yillarda Pokistonning Quvaytga umumiy eksporti 127,44 million AQSh dollarini tashkil etadi. Holbuki,

15 Middle East Monitoring Center. "Saudi Arabia has provided $130bn in aid to 169 countries since 1950 - Report." (15.09.2024) https://www.middleeastmonitor.com/20240628-saudi-arabia-has-provided-130bn-in-aid-to-169-countries-

since-1950-report/

www.sharqjurnali.uz

Quvaytning Pokistonga hizmat va tovarlar eksportining umumiy qiymati 2022-2023 yillarda 2,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan edi.

Pokiston va Quvayt davlatlari o'rtasidagi investitsion muhitni yaxshilash maqsadida 1979 yilda davlatlar Pakistan Quvayt Investment Company (PKIC) — Pokistonda investitsion va rivojlanish banki faoliyati bilan shug'ullanuvchi moliyaviy institutni tashki etishgan. Bugungi kungacha ushbu korxonaning faoliyatida to'langan kapital 16 milliard funt sterlinggacha yetgan.16 Uning Pokistondagi sarmoyalari va loyihalari orasida Meezan Bank Limited, Al-Meezan Investment Management Limited va National Clearing Company of Pakistan Limited va boshqa shu kabi yirik korxonalar tawshkil etildi.

Quvayt, shuningdek, Pokistonda yomonlashib borayotgan ekologik vaziyatni yaxshilash uchun ham sarmoyalar ajratadigan kam sonli davlatlardan biri hisoblanadi. Jumladan, EnerTech Holdingi Quvayt Investment Authorityga tegishli National Technology Enterprises Companyning Pokistondagi sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ushbu korxona yashil energetika, qayta ishlashga asoslangan toza texnologiyalar va suv chiqindilarini boshqarish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bilan shug'ullanib keladi. Jumladan, ushbu kompaniya Baluchistonda qurilishi rejalashtirilgan 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi, Tarbela to'g'onidan Islomobodga toza suv yetkazib berish kabi loyihalarga moliyaviy ko'mak bergan.17

Quwait Petroleum Corporation (KPC) ning Pokistondagi sho'ba korxonasi KUFPEC Pokistonda 1987 yildan beri Pokistonni asosiy biznes markaziga aylantirish uchun energetika sohasiga taxminan 1 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi. KUFPEC Pokistondagi juda kam bo'lgan gaz konlarida, xususan Eni Pakistan tomonidan

16 Embassy of Pakistan in Kuwait

17 Embassy of Pakistan in Kuwait

- Report. https://www.mofa.gov.pk/kuwait-trade-and-investment

- Report. https://www.mofa.gov.pk/kuwait-trade-and-investment

boshqariladigan Qadirpur (13,25%), Bhit/Badhra (34%), Kadanvari (15,79%) va Zamzama (9,375%) kabi gaz konlarida sarmoyador hisoblanadi.

Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari kabi Quvayt ham Pokistonga eng yirik yordamlardan birini ko'rsatadigan davlatlardan biri hisoblanadi. Jumladan, Quvayt Arab Iqtisodiy Taraqqiyot Jamg'armasi (KFAED) 1977 yildan beri Pokistonning suvni tejash energetika va ijtimoiy sektorida 426 million AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni moliyalashtirdi. Quvayt, shuningdek, 2005 yilda ro'y bergan zilziladan so'ng Kashmirdagi izolyatsiya qilingan tog'li qishloqlarga yordam yuborgan birinchi davlat bo'ldi. Zilziladan keyin esa eng katta mo;iyaviy yordamni - 100 million dollar yubordi.18 Bundan tashqari, 2010 yilgi Pokistondagi suv toshqinidan so'ng Quvayt hukumati jamoat joylarida xayr-ehson yig'ishga qo'yilgan uzoq yillik taqiqni bekor qildi va jamiya faollariga Pokistondagi suv toshqinlari qurbonlariga moddiy yordam berish uchun jamg'armalar tashkil etishga ruxsat berdi. 2006-yil yanvar oyida esa Quvayt Qizil Yarim Oy Jamiyati zilzila sodir bo'lgan hududlarda ikkita zamonaviy shifoxona qurish taklifini bildirdi.

Quvaytda 160 mingdan ortiq pokistonliklar yashaydi. Pokistonlik ishchilar, jumladan, shifokorlar va boshqa mutaxassislar Quvaytni rivojlantirish uchun faol va konstruktiv ravishda o'z xizmatlarini ko'rsatmoqda. Quvayt Pokiston bilan iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy sohalardagi o'sish va rivojlanishdan doimiy manfaatdor.

Pakokiston-Bahrayn munosabatlari.

Pokiston va Bahrayn umumiy manfaatlar va umumiy tashvishlar tufayli birodarlik munosabatlariga ega. Bahrayn xavfsizlik va mudofaa kuchlarida 45 000 ga yaqin pokistonliklarning borligi yaqin munosabatlarning ifodasidir. Bahrayn politsiyasining deyarli yarmi pokistonlik muhojirlardan iborat. Bahrayn o'z suvereniteti, hududiy

18 "Race to save earthquake survivors." (07.092024.) http://news.bbc.co.uk/2/hi/south asia/4333218.stm

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921679

yaxlitligi, xavfsizligi va taraqqiyoti uchun Pokiston Tomoni ko ' rsatayotgan izchil qo ' llab-quvvatlashni qadrlaydi.

Bahrayn 1998 yilda Pokistonning yadroviy salohiyatini namoyish qilishda birdamligini bildirgan kam sonli davlatlardan biri bo'ldi. Prezident Zardoriy 2011-yil avgust oyida Qirol Hamad Bin Iso al-Xalifa taklifiga binoan Bahraynga tashrif buyurgan edi. Ular o'zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ishbilarmonlik hamjamiyatini rag'batlantirish, mintaqa barqarorligi va tinchligi uchun ko'plab masalalar bo'yicha umumiy qarashlardan foydalanish orqali Pokiston-Bahrayn ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Pokiston-Ummon munosabatlari.

Ummonning joylashuvi Pokiston uchun katta strategik ahamiyatga ega, chunki u masofa jihatidan eng yaqin arab qo'shnisi hisoblanadi. U Arabiston yarim orolini Pokiston bilan bog'laydi. Gvadar avvallari Ummonning bir qismi bo'lgan, biroq 1958 yilda Pokistonga sotilgan. Ikki davlat o'rtasida vaqti-vaqti bilan yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumlada, General Parvez Musharraf 2000-yil iyun oyida Pokiston ijroiya rahbari sifatida Ummonga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida ikki davlat o'rtasida dengiz chegarasini delimitatsiya qilish to'g'risidagi bitim imzolandi.

Sulton Qobus 2001 yilning aprel oyida Pokistonga tashrif buyurdi. Bu uning Islomobodga ikki tomonlama tashrif uchun kelgan yagona safari edi. Rs kapitali bilan Pokiston-Ummon umumiy qiymati 1,5 milliard AQSh dollariga teng qo'shma investitsiya kompaniyasini (POIC) tashkil etish to'g'risidagi kelishuvga erishildi. Sulton Pokistonda IT kafedralarini tashkil etish uchun 3,6 million AQSh dollari miqdorida xayriya qildi.19

Pokiston-Qatar munosabatlari.

19 Middle East Monitoring Center. "Saudi Arabia has provided $130bn in aid to 169 countries since 1950 - Report." (15.09.2024) https://www.middleeastmonitor.com/20240628-saudi-arabia-has-provided-130bn-in-aid-to-169-countries-

since-1950-report/

www.sharqjurnali.uz

Pokiston va Qatar o'rtasida vaqti-vaqti bilan turli oliy darajadagi tashriflar almashildi. Jumladan, Qatar amiri 1999 yil aprel oyida Pokistonga rasmiy tashrif bilan borgan. U avvalroq 1991 yilda Pokistonga taxt vorisi va mudofaa vaziri sifatida ham tashrif buyurgan edi. Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Hamad bin Jassim bin Jabor Al-Tani so'nggi bor 2002-yil 27-dekabrda Pokistonga amirning maxsus vakili sifatida tashrif buyurgan edi. Pokiston Bosh vaziri Sayid Yusuf Rizo G'iloniy esa 2012-yilda Qatarga rasmiy tashrif bilan borgan. Tashrif davomida asosan suyultirilgan gaz (SNG) importi, xavfsizlik sohasida hamkorlik, bojxona va gidroenergetikani rivojlantirish bo'yicha bir qancha shartnoma va memorandum imzolangan edi. 2012-yilda Energetika vaziri Muhammad Bin Solih Al-Saad boshchiligidagi Qatar delegatsiyasi Pokistonga tashrif buyurdi. Tomonlar ikki qardosh mamlakat o'rtasidagi mavjud salohiyatdan to'liq foydalanish uchun energiya, gidroenergetika, qishloq xo 'jaligi, infratuzilma va aviatsiya sohalarida yuqori darajadagi delegatlar almashinuvini o'z ichiga olgan taraqqiyot sur'atini davom ettirish zarurligini ta'kidladilar. 2015 yil 29 dekabr kuni Shayx Falah Bin Jassim Bin Jabor Ol Tani Pokistonga tashrif buyurdi va Prezident Mamnun Husayn bilan uchrashdi. 2015 yil dekabr oyida ikki davlat o'rtasida LNG bo'yicha shartnoma imzolangan edi. Bundan tashqari, Qatarda pokistonliklarning mavjudligi va ularning iqtisodiy faoliyatda faol ishtirok etishi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni mustahkamladi.

Ikki davlat hukumatlari 2015 yil dekabr oyida shartnoma imzolagan bo'lib, unda Qatar Pokistonga uzoq muddat davomida 16 milliard dollarlik LNG yetkazib berishga kelishib olgan edi. Qatarga nisbatan 5 arab davlati - Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, BAA va Bahrayn tomonidan joriy qilingan iqtisodiy va diplomatik embargo davom etayotganiga qaramay, uning Pokiston bilan savdo aloqalariga ta'sir ko'rsatmagan edi. 2018 yilda ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi 230 foizdan oshib, 2,6 milliard dollarga yetdi.20 2019 yilning iyun oyida esa Qatar Pokistonga depozitlar va to'g'ridan-to'g'ri

20

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921679

N a t a s h

investitsiyalar shaklida 3 milliard dollar sarmoya kiritdi. Shundan bilib olishimiz mumkinki, Pokiston Saudiya Arabistoni va BAA davlatlari bilan qanchalik chuqur aloqalarga ega bo'lmasin Pokistonning Qatar bilan munosabatlariga ta'sir o'tkaza olmagan.

Pokiston va Fors ko'rfazi arab davlatlari aloqalarida siyosiy elitalar o'rtasidagi yaqinlik ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, Pokiston va BAA hamisha yaqin qardoshlik munosabatlariga ega. Shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayonning Prezident Ayub Xon bilan do'stligi Pokiston va BAA o'rtasida ikki tomonlama munosabatlarning o'rnatilishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Zulfiqor Ali Bhuttoning Shayx Zayd bilan aloqalari yaxshiligi 1970 yillarda ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamladi. Munosabatlardagi iliqlik va faollik general Parvez Musharraf davrida shu holatni kuzatish mumkin.

Shuningdek, Pokistonning Saudiya Arabistoni bilan aloqalarida ham ikki davlat siyosatchilari orasida mustahkam shaxsiy munosabatlarni kuzatish mumkin. Shariflar oilasi Saudiya qirollik oilasi o'rtasidagi munosabatlar juda mustahkamdir. Buni 1999 yilda Pokistonda Parvez Musharraf tomonidan amalga oshirilgan davlat to'ntarishida ham ko'rish mumkin. Parvez Musharraf o'z hotiralarida, qirol Fahd aralashuvisiz Navoz Sharif qatl qilinishi mumkinligini yozgan edi.21 Bu munosabatlar Navoz Sharifning keying Bosh vazirligida va uning ukase Shahboz Sharifning Bosh vazirlik lavozimlaridagi faoliyatida ham o'z aksini topgan.

Islom hamkorlik tashkiloti Fors ko'rfazi arab davlatlari va Pokiston aloqalarini mustahkamlashda muhim ro'l o'ynafi. Chunki ushbu tashkilot har ikki to mon uchun muntazam muloqotni yo'lga qo'ygan muhim platformaga aylana oldi. Bu esa manfaatlarni aniqlashtirish va umumiy harakatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb eta oladi.

XULOSA.

21 Parvez Musharraf. "In the line of fire." - London: Simon & Schuster, 2006. - P. 279.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921679

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Fors ko'rfazi arab davlatlari va Pokiston o'rtasidagi aloqalar quyidagi yo'nalishlarda rivojlandi va munosabatlarning mustahkamlanishiga hissa qo'sha oldi.

1. Iqtisodiy hamkorlik: Fors ko'rfazidagi arab davlatlari, ayniqsa Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Qatar Pokiston iqtisodiyoti uchun muhim sherik hisoblanadi. Ushbu davlatlar Pokiston uchun asosiy investitsiya manbalari bo'lib, infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritadilar. Shu bilan birga, Pokistonlik muhojirlar bu davlatlarda katta miqdorda ish bilan ta'minlangan bo'lib, ularning yuboradigan pul jo'natmalari Pokiston iqtisodiyotiga katta hissa qo'shadi.

2. Energiya xavfsizligi: Fors ko'rfazi davlatlari dunyodagi eng yirik neft va gaz ishlab chiqaruvchilaridan biri bo'lganligi sababli, Pokiston energiya xavfsizligini ta'minlashda bu davlatlarga bog'liq. Neft va gaz importi Pokistonning energiya talablarini qondirishda muhim rol o'ynaydi.

3. Harbiy va mudofaa aloqalari: Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko'rfazi davlatlari bilan Pokistonning harbiy aloqalari yaqin. Pokiston Fors ko'rfazida xavfsizlikni mustahkamlashga yordam berish uchun harbiy xizmatchilarni yuboradi. Ushbu davlatlar bilan harbiy sohada hamkorlik strategik manfaatlarni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

4. Geosiyosiy ahamiyat: Fors ko'rfazi davlatlari Pokistonning mintaqaviy siyosatida ham muhim o'rin tutadi. Pokiston, Fors ko'rfazidagi davlatlar bilan o'zaro manfaatlarga asoslangan strategik ittifoqni rivojlantirish orqali Hindiston va Eron kabi davlatlar bilan mintaqaviy raqobatda balans saqlashga harakat qiladi.

5. Mintaqaviy havfsizlik va terrorizmga qarshi kurash: Xalqaro terrorizmga qarshi kurash Fors ko'rfazi davlatlari va Pokistonni birlashtiruvchi yana bir omil hisoblanadi. Fors ko'rfazi davlatlari mintaqaviy barqarorlikni ta'minlash va terrorizmga

qarshi kurashda Pokiston bilan hamkorlik qilishni maqsad qilgan, ayniqsa Saudiya

Arabistoni bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik bu borada muhim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Robert Lacey. "Inside the Kingdom: Kings, Clerics, Modernists, Terrorists, and the Struggle for Saudi Arabia." - New York: Viking. 2010. - P. 294.

2. V. Kukreja, M. Prasad Singh. "Pakistan: Democracy, Development, and Security Issues." - New Delhi: Sage Publications, 2006. - P. 248.

3. Parvez Musharraf. "In the line of fire." - London: Simon & Schuster, 2006. - P. 279.

4. D. R. Higgins. "M48 Patton vs Centurion: Indo-Pakistan War 1965". - Oxford: Osprey Publishing, 2016. - P. 150.

5. Panel. "Pakistan's Relations with Gulf States." Islamabad Policy Research Institute -Report.

6. Sehar Kamran. "Pak-Gulf Defense and Security Cooperation." Center for Pakistan and Gulf Studies (CPGS) - Report.

7. Middle East Monitoring Center. "Saudi Arabia has provided $130bn in aid to 169 countries since 1950" - Report.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.