Научная статья на тему 'PLASTIKA VA UNING QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDAGI O‘RNI'

PLASTIKA VA UNING QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq / teatr / aktyor / drama / plastika / mashq / shartlar / balet / suv / spektakl / san’at / muntazam / ustoz / saboq / mukammal / aktrisa / kelajak / estrada / jiddiy / simli

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvara Najmiddinova, R.Utaganov

Maqolada plastika va uning qo‘g‘irchoq teatridagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Plastika aktyor bo‘laman degan har bir inson uchun va ayniqsa qo‘g‘irchoq teatri aktyori bo‘laman degan har bir kishi uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Plastikaning tutgan o‘rni va haqiqiy qo‘g‘irchoq teatri aktyori bo‘lish yo‘lida plastika qay darajada kerak ekanligi haqida to‘xtalib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PLASTIKA VA UNING QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDAGI O‘RNI»

PLASTIKA VA UNING QO'G'IRCHOQ TEATRIDAGI O'RNI

Sarvara Najmiddinova Ilmiy rahbar: R.Utaganov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada plastika va uning qo'g'irchoq teatridagi o'rni haqida so'z yuritiladi. Plastika aktyor bo'laman degan har bir inson uchun va ayniqsa qo'g'irchoq teatri aktyori bo'laman degan har bir kishi uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so'z yuritiladi. Plastikaning tutgan o'rni va haqiqiy qo'g'irchoq teatri aktyori bo'lish yo'lida plastika qay darajada kerak ekanligi haqida to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq, teatr, aktyor, drama, plastika, mashq, shartlar, balet, suv, spektakl, san'at, muntazam, ustoz, saboq, mukammal, aktrisa, kelajak, estrada, jiddiy, simli

PLASTIC AND ITS PLACE IN PUPPET THEATRE

Sarvara Najmiddinova Scientific leader: R.Utaganov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article talks about plasticity and its place in the puppet theater. It talks about how important plastic is for anyone who wants to be an actor, and especially for anyone who wants to be a puppeteer. The role of plastic and how much plastic is needed to become a real puppet theater actor will be discussed.

Keywords: doll, theater, actor, drama, plastic, practice, conditions, ballet, water, performance, art, regular, teacher, lesson, perfect, actress, future, pop, serious, wired

Plastika deganda, biz faqatgina aktyorning plastikasini tushunmasligimiz kerak. Plastik hayotda, yurish-turishimizda va xatti-harakatimizda, har qadamda uchraydi. Plastika faqatgina aktyorlar uchungina emas, balki har bir sanatkorda, har xil kasb egalarida, jonzodlarda o'ziga xos va yarasha plastika mavjud hamda uni xohlaydimi, xohlamaydimi, o'zi bilgan va bilmagan holda ishlatadi. Masalan, hayvonlarni oladigan bo'lsak. Har bir hayvonning o'ziga xos plastikasi bor, bu plastika egalari tana jihatidan bir-biriga o'xshamasa ham, plastikalari bilan bir-birlarinikiga juda o'xshash bo'ladi. Masalan mushukning plastikasini oladigan bo'lsak, tana jihatidan o'xshamasa ham, plastikasi bir xil bo'lgan hayvonlar mavjud; bular sher, yo'lbars, ayiq va shunga o'xshash hayvonlarning plastikasi bir-biriga o'xshaydi.

rfciTii^^Bl 255 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

Plastika turlariga aktyorning qo'l plastikasi, oyoq plastikasi, yuz plastikasi, ko'z plastikasi, tana plastikasi kiradi. Nafaqat aktyor yoki aktrisada, balki butun mavjudodning ana shunday plastikasi bor. Plastika san'ati asosan san'at uchun va sanatkor uchun juda-juda muhim rol o'ynaydi. Sanatkor bo'laman, deb o'z oldiga maqsad qo'ygan har qanday odamdan plastika san'ati juda katta mas'uliyat va tajriba talab etadi. Masalan, dirijorlik san'atini oladigan bo'lsak, dirijorlarga qo'l plastikasi o'ta muhim hisoblanadi. Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri yoki Alisher Navoiy nomidagi opera va balet Katta teatrlarini olsak, har ikki teatrda ham orkestrlarni ko'ramiz. Ana shu orkestrni boshqarib turuvchi dirijorlarga ko'zimiz tushadi. Agar dirijorning qo'l plastikasi yaxshi bo'lmasa, o'zini ustida qo'l plastikasi bilan bog'liq bo'lgan mashq va shartlarni bajarmasa, har qanday ma'nosi chuqur bo'lgan spektaklning ham, operaning ham, baletning ham mazmuni tushib ketishi mumkin. Shuning uchun, san'atkorlar uchun, san'at uchun plastika san'ati hamda plastika suv va havodek zarur. Agar plastika san'atini mukammal egallay olmasa, plastika nimaligini tushunib yetmasa, bu san'atkor hayotda ko'p to'siqlarga duch keladi.

Qo'g'irchoq teatrida plastika va plastika san'ati juda katta hamda juda muhim rol o'ynaydi. Qo'g'irchoq aktyori yoki aktrisasi bo'laman, degan har qanday o'g'il-qizga plastika san'ati juda-juda kerak va zarur. Qo'g'irchoq teatrining ashaddiy muxlislari bu - bolajonlar, Agar Biron bir aktyor yoki aktrisa, deylik Ilona obrazini yaratishi kerak, buning uchun aktyor, eng avvalo, shu jonzod haqida ancha-muncha ma'lumotga ega bo'lishi kerak. U obraz qanday, u qanday yuradi, qanday turadi va qanday ovqat yeydi, mana shunday xatti-harakatini, xususiyatlarini bilishi kerak. Aktyor Biron bir obraz yaratish uchun yoki yaratishdan oldin, olingan roldagi plastikani topishi va bilishi kerak.

Aktyor, eng avvalo, qilayotgan ishiga o'zi ishonishi kerak. Berilgan shart-sharoitdan, men kimman, deb o'z oldiga maqsad qo'yib, Ana shu maqsadga intilib ishlashi kerak. U o'zini ishontira olsa, men aktyor emasman, men Ilonman, deb shu jonzodning tusiga Kira olsagina, shunday jajji tomoshabinlarni ishontirishi mumkin. Bunday yuqori tajribaga ega bo'lish uchun tegishli oliygohlarni bitirib chiqish kerak bo'ladi. Mazkur oliygohlarda shuning uchun plastika darslari muntazam o'tiladi. Ustozlarning saboqlarini va plastika san'atini mukammal egallagan talaba kelajakda professional aktyor yoki aktrisa bo'la olishi mumkin. Agar kelajakda men qo'g'irchoq aktyori bo'laman, degan talaba, eng avvalo, plastika nimaligini tushunib yetishi va uni mukammal egallashi zarur bo'ladi.

Simli qo'g'irchoqning qo'l plastikasi bilan bog'liqligi, umuman, qo'g'irchoq aktyori yoki aktrisasi uchun qo'l, oyoq, tana, yuz plastikalari juda muhim. Qo'lqopli qo'g'irchoqni o'ynatish uchun qo'l plastikasi qancha yaxshi bo'lsa, shuncha chiroyli va ma'noli bo'ladi. Boshqa bir san'atkorlar, aktyorlar, aktrisalar va raqqosalar bajaradigan oyoq, qo'l, yuz, tana, ko'z va boshqa plastikalarni qo'g'irchoq aktyori yoki

[fciyfl^^B 256 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

aktrisalari qo'l bilan ko'rsatib berishlari kerak. Simli qo'g'irchoqlar turli xil bo'lishi mumkin.

Masalan, har qanday hayvon, har qanday odam yoki bola-qiz va har qanday jonsiz buyumlar qo'lqopli bo'lishi mumkin hamda qo'lqopli qilib yasalishi mumkin. Qo'g'irchoqning mehanizmini ishlata bilish, qanday qo'g'irchoq bo'lsa, shunga yarasha uning plastikasini izlab topish va chidamlilik kerak bo'ladi. Agar simli qo'g'irchoq podshoh obrazida bo'lsa, qo'g'irchoqning katta-kichikligiga qarab, uning o'ziga xos vazni va og'irligi bo'ladi. Agar aktyor yoki aktrisaning qo'l plastikalari rivojlanmagan bo'lsa, uning qo'li charchab, toyib boradi. Shunda qo'g'irchoq o'z-o'zidan tomoshabin uchun "saviya" baland-pastligini yo'qotadi va bu spektaklga zarar bo'lishi mumkin. Shuning uchun, aktyor yoki aktrisa qo'l, tana va boshqa plastikalarga oid mashqlarga jiddiy e'tibor qaratishi lozim. Agar bir hayvon simli qo'g'irchoqda tasvirlansa, bu qo'g'irchoq aktyor yoki aktrisadan katta mahorat talab etadi. Chunki, o'sha hayvon butun vujudi bilan boshqaradigan plastikalarini aktyor ikki qo'lida bajarishi va ko'rsatishi kerak. Boshqa teatrlardan qo'g'irchoq teatrining murakkabligi ham shunda bo'lsa kerak. Qo'g'irchoq teatr aktyori drama, musiqali drama, Estrada yo'nalishidagi aktyor bo'la olishi mumkin, lekin har qanday san'atkor qo'g'irchoq teatri aktyori bo'la olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rizayev Sh.Sahna ma'naviyati, Toshkent, «Ma'naviyat», 2000

2. Boltaboyeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSIYA-ZIYO, 2019.

3. Qodirov M.Qo'g'irchoq teatri tarixi, Toshkent, «Talqin», 2006

4. O'taganov R. Qog'irchoq boshqarish asoslari, Toshkent, «Innovatsiya-Ziyo",

2020

257

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.