Научная статья на тему 'PISTANING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA PISTA PLANTATSIYALARINI TASHKIL ETISH'

PISTANING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA PISTA PLANTATSIYALARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
437
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pista / plantatsiyalar / geografik hududlar / O’zbekiston / tog’li hududlar / pistazorlarlar / foydali xususiyatlari / ko’chat. / pistachio / plantations / geographical areas / Uzbekistan / mountainous areas / pistachios / useful properties / seedlings.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jumayeva Dilnoza Abdusattor Qizi, Sherpoʻlatova Shohsanam Panji Qizi

Ushbu maqolamda pistaning inson salomatligiga taʼsir qiluvchi dorivorlik xususiyatlari haqida soʻz yuritamiz. Pista plantatsiyalarini yaratish usullari va qanday parvarishlash kerakligi haqida bayon etaman.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USEFUL PROPERTIES OF PISTACHIOS AND THE ORGANIZATION OF PISTACHIO PLANTATIONS

In this article we will talk about the medicinal properties of pistachios that affect human health. I will describe the methods of creating pistachio plantations and how to care for them.

Текст научной работы на тему «PISTANING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA PISTA PLANTATSIYALARINI TASHKIL ETISH»

PISTANING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA PISTA PLANTATSIYALARINI

TASHKIL ETISH Jumayeva Dilnoza Abdusattor qizi

talaba

Sherpo'latova Shohsanam Panji qizi

talaba

https://doi.org/10.5281/zenodo.6762342

Annotatsiya. Ushbu maqolamda pistaning inson salomatligiga ta'sir qiluvchi dorivorlik xususiyatlari haqida so'z yuritamiz. Pista plantatsiyalarini yaratish usullari va qanday parvarishlash kerakligi haqida bayon etaman.

Kalit so'zlar: pista, plantatsiyalar, geografik hududlar, O'zbekiston, tog'li hududlar, pistazorlarlar, foydali xususiyatlari, ko'chat.

ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА ФИСТАШЕК И ОРГАНИЗАЦИЯ ФИСТАШКОВЫХ

ПЛАНТАЦИЙ

Аннотация. В этой статье мы поговорим о лечебных свойствах фисташек, влияющих на здоровье человека. Опишу способы создания фисташковых плантаций и как за ними ухаживать.

Ключевые слова: фисташка, насаждения, географические районы, Узбекистан, горные районы, фисташки, полезные свойства, саженцы.

USEFUL PROPERTIES OF PISTACHIOS AND THE ORGANIZATION OF

PISTACHIO PLANTATIONS

Abstract. In this article we will talk about the medicinal properties of pistachios that affect human health. I will describe the methods of creating pistachio plantations and how to care for them.

Keywords: pistachio, plantations, geographical areas, Uzbekistan, mountainous areas, pistachios, useful properties, seedlings.

KIRISH

Pista o'simliklari balandligi 5-15 m gacha o'sadigan butalar va kichik daraxtlar hisoblanadi. Barcha turlari ikki uyli , ammo Pistacia atlanticada bir uylilar qayd etilgan. P. terebinthusdan terebinth qatroni, turpentin ishlab chiqariladi. P. lentiscus o'simlik qatroni mastikasining manbai va Xitoy pistasi manzarali daraxt sifatida yetishtiriladi. Pistacia bir nechta turlarga ega bo'lgan vikariy Anacardiaceae bo'lib, asosan suv tanqisligi va ishqoriy tuproqqa moslashgan . Mamlakatimiz sharoitida pistaga bo'lgan talab tobora ortib bormoqda. Pista yetishtirishdan olinadigan foyda no'xot mahsulotlari yetishtirishdan 28 barobar, poliz mahsulotlaridan 9 barobar va bug'doy yetishtirishdan 50 barobar daromadli. Yetishtirish hududlari jihatdan pistaning asosiy raqibi - chorvachilik keltiradigan daromad pista yetishtirishdan olinadigan foydaning bor-yo'g'i 4,5 foizini tashkil etadi. Pistaning kuchli ildizlari tuproq va suvni muhofaza qilish xususiyatiga ega. Pista dunyo bo'ylab sevib iste'mol qilinadi va jahon bozorida yong'oq va bodomdan 3-4 barobar qimmat sotiladi. Konditerlik sanoatida, kolbasa ishlab chiqarishda va boshqa diyetik mahsulotlar tarkibida foydalaniladi. Bu ro'yxatga pistaning farmakologiyada, teri oshlash sanoatida, qatronlar va samolyot qurilishi

uchun yuqori sifatli bo'yoqlar ishlab chiqarishda foydalanilishini ham qo'shishimiz mumkin. Pista plantatsiyalarini tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalasidir.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitida xandon pista(Pistacia vera ) o'stirishga juda qulay. Pista plantatsiyalarini barpo etishning ikki xil usuli mavjud. Birinchi usul -urug'idan ko'paytirish orqali barpo etish. Bunda stratifikatsiyadan chiqqan urug'lar to'g'ridan- to'g'ri doimiy joyga ekishimiz kerak Buning uchun yer kuzda haydaladi va 1x1 metrli maydonchani yumshatib tayyorlab olishimiz kerak bo'ladi. Har bir chuqurchaga 4-5 tadan urug' tashlanadi. Unib chiqqan nihollarni kelgusi yilgacha yaxshilab parvarishlaymiz. Imkoniyat bo'lsa yoz oylarida 2-3 marta tomchilatib sug'orsak, unib chiqishi tezlashadi. Vegetatsiyaning ikkinchi yili oxirida bir -ikki tup yaxshi rivojlangan nihollarni qoldiramiz. Qolgan nihollarni esa ildiz bo'g'zinining tagidan kesib tashlaymiz. Qoldirilgan nihollarning yon novdalarini esa 15-20 sm balandlikkacha kesib olamiz Uchinchi yoki to'rtinchi yili ularga istiqbollli navlardan kurtak payvand qilamiz, ya'ni madaniylashtiramiz Ikkinchi usul - niholidan barpo etish . Bunda esa urug'larni qish oylarida (issiqxona yoki uy sharoitida ) maxsus sellofan qopchalarda o'stirib olamiz. Konteynerlarni sellofan materialidan 5x25 sm hajmda tayyorlaymiz. Havo almashinib turishi uchun selofan qopchalarining quyi qismida mayda teshikchalar shaklida kesib olamiz . Selofan qopchalarini tuproq, qum va go'ng aralashmasi bilan to'ldiramiz va 2-3 sm chuqurlikda bittadan urug' ekib olamiz. O'stirib olingan nihollarni mart-aprel oylarida doimiy joyga o'tkazamiz. Nihollarni ekish vaqtida selofan qopcha o'tkir pichoqcha yoki boshqa asbob bilan kesamiz va ildiz atrofi tuprog'iga ehtiyotkorlik bilan ekamiz. Agar ildiz atrofi tuprog'i buzilsa ekkan nihollarimiz ko'karmaydi. Bu nihollarni ham yozda 2-3 marta tomchilatib sug'orsak yaxshi natija beradi. Bu eng samarali usul bo'lib, nihollarning ko'karuvchanligi yuqori , ekish davrining uzoq bo'lishi va boshqa afzalliklari bilan ahamiyat kasb etadi. Payvandlash texnologiyasi. Xandon pistaning yosh plantatsiyasini madaniylashtirish , ya'ni yaxshi navlar va shakllarni ulash ularning hosilga kirishini tezlashtiradi . Hosildorligi3-4 marotaba ortadi. Tovar mahsuloti yaxshilanadi, erkak va urg'ochi o'simliklarning kerakli nisbati saqlanadi. Daraxtlarning to'g'ri changlanishi uchun har o'nta urg'ochi daraxtga bitta erkak daraxt ekishimiz kerak. Yaxshi hosil olish uchun pista plantatsiyalarida erkak va urg'ochi o'simliklar bo'lishi kerak.

TADQIQOT NATIJASI

Ularni shamol esadigan tomonga yoki pista maydonining chekkalariga joylashtirishimiz kerak Payvandlashda payvandtagning po'stlog'idan "T" shaklida kesib olamiz va unga yaxshi nav yoki shaklning kurtagini o'rnatamiz. Payvandlashni yozda, odatda iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida bajarishimiz kerak Bunda ulanadigan kurtak yaxshi yetilgan va payvandtagning terisi yengil ajraladigan bo'lishi kerak. Payvand uchun ajratilgan qalamchalar namli sharoitda saqlashimiz shart. Qalamchalarni 10 kungacha saqlashimiz mumkin . Payvandlashni ertalab va kechqurun salqinda olib borishimiz kerak. Bu jarayon ikki kishi tomonidan bajariladi. Biri ulash ishini bajarsa, ikkinchisi ulangan kurtaklarni bog'laydi. Kurtakli po'stloqning ustki qismi bilan ulanadigan kurtakning tepa qismidagi oraliq 1mm bo'lishi kerak. Ulangan kurtakni plyonka bilan bog'lab olamiz. Bunda barcha kesilgan qismni plyonka bilan yopamiz, kurtakni esa ochiq holda qoldiramiz. Polietilinli

plyonkaning uzunligi 30-35sm, eni 1-1.5sm bo'lishi kerak. Kurtak payvandtag bilan 15-20 kundan so'ng birlashib ketadi. Shu vaqtga kelib lentalarni yechib olamiz Tutib ketgan kurtaklarni sanoqdan o'tkazamiz.

MUHOKAMA

Pista bog'larini parvarishlash. Xandon pista bog'larini bahorda (mart oylarida) 6x8 m sxemada barpo etishimiz mumkin. Agar pista bog'lari tekis, texnika yura oladigan maydonchalarda tashkil etadigan bo'lsak , qator oralarini mart oyi oxirlari va aprelning boshlarida 10-15 sm chuqurlikda kultuvatsiya qilishimiz zarur. Ikkinchi parvarishni bahorgi yomg'irlar tingandan so'ng olib boramiz, ya'ni qator oralarini 7-10 sm chuqurlikda yumshatamiz. Uchinchi ishlovni birinchi kuzgi yomg'ir tushgandan so'ng 20-25sm chuqurlikda olib borishimiz kerak. Mexanizatsiya ishlovi bilan birga mineral va organik o'g'itlar bilan berishimiz zarur . Birinchi o'g'itlashni (bahorda) azotli o'g'itlar 90kg, fosforli o'g'itlar 60kg, kaliyli o'g'itlar 30kg/ga , ikkinchi oziqlantirishda esa azotli o'g'itlar 120kg, fosforli o'g'itlar 90kg, kaliyli o'g'itlar esa 60kg/ga miqdorda berishimiz kerak. Bunda 1m2 joyga 20-40 g azotli, 10-15g fosforli, 2-3 g kaliyli o'g'itlardan solishimiz kerak. Bog'lar hosilga kirgandan keyin , 15 yoshdan oshgandan so'ng beriladigan o'g'itlar miqdorini ikki barobar oshirishimiz mumkin. Bundan tashqari uch yilda bir marta gektariga 30-40 t hisobida go'ng solinishi kerak. O'zbekistonda xandon pista bog'larini barpo qilish orqali tog' va tog' oldi hududlaridan unumli foydalanishimiz, lalmi va bo'z yerlarni o'zlashtirishimiz, yong'oq mevali daraxt turlarini ko'paytirishimiz tufayli aholining yong'oq mevali maxsulotlarga bo'lgan talabini qondirish imkonini beradi Ushbu texnologiyada ekilgan pista 7-8 yilda hosilga kiradi. Uning bir tupidan 1,5-2 kilogramm hosil olishimiz mumkin. Daraxtlar yetti yilda nishona ko'rsatsada, ming yoshgacha meva beradi. Mevasi nafaqat ichki, balki jahon bozorida ham yuqori baholanadi. Agar barcha agrotexnik tadbirlar tavsiyalarimiz asosida o'z vaqtida bajarilsa, hozirda 100 gramm hosil berayotgan 20 yoshdagi daraxt keyingi yil 3 kilogramm, undan keyin yana ko'proq hosil bera boshlaydi. Shu tariqa hosildorlik yildan yilga bitta daraxtda 30 kilogrammdan oshadi. InO'rmonchilik mutaxassislarning aytishicha, bir gektar yerda 150-180 ta pista daraxti ekish mumkin. Hosildor nav bo'lsa va to'liq hosilga kirsa, bitta daraxt 100 kilogrammdan ortiq hosil berar ekan. Hosil yaxshi bo'lganda yiliga o'rtacha 100 million so'mdan ortiq daromad ko'rish mumkin. Plantatsiyani yiliga ikki marta sug'orsak yetarli. U ko'p suv talab qilmasligi bilan ham sharoitimizga mos. U 50 darajagacha issiqqa va 41 darajagacha sovuqqa chidaydi. Namlik etishmasligi sharoitida o'sishi o'simlikning ildiz tizimining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. U juda rivojlangan, bir necha qavatlarga ega. Chuqurlikda ildizlar o'n beshga, yon tomonlarda esa 25 metrga o'sadi. Shu o'rinda pista inson salomatligiga ham foydali ta'sir korsatadi. Jumladan, yurak sog'lomligini ta'minlaydi. Pista zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shuningdek, uning antioksidantlarga boyligi, tarkibida A va E vitaminlarga ega ekanligi yallig'lanishning oldini olib, qon tomirlarini himoya qiladi, shu tariqa yurak-qon tomirlari xastaliklariga chalinish xavfini kamaytiradi. Asablarni tinchlantiradi. Pista tarkibidagi B 6 vitamini asab tizimining to'g'ri ishlashida muhim rol o'ynaydi. Ushbu vitamini asab tolalari o'rtasidagi impulslarning to'g'ri yetkazilishini ta'minlaydi, turli asab buzilishlari, uyqusizlik, xotira bilan bog'liq muammolar, hattoki, ruhiy holat buzilishining oldini oladi. Ko'z uchun foydali. Pista lyutein va zeaksantinga ega. Ular ko'z gavhari va to'r pardasining markaziy

qismida to'planib, ularning himoya qobig'ini mustahkamlaydi va ko'z kasalliklaridan himoya qiladi. Immun tizimini mustahkamlaydi. Pistani muntazam iste'mol qilish organizmning tashqi ta'sirlarga qarshiligini oshiradi. Unda immun tizimi faoliyati uchun muhim sanalgan foliy kislotasi, biotin, riboflavin, niatsin vitaminlari hamda fosfor, kaliy va magniy kabi minerallar mavjud. Terini yoshartirish xususiyatiga ega. Pista E vitaminining boy manbasi sanaladi.

XULOSA

Mazkur vitamin esa sog'lom teri uchun eng muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. U terining qurishi va qarilikda paydo bo'luvchi dog'larning oldini oladi. Yoz oylarida uni ko'proq iste'mol qilish zarur. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Pista tarkibida boshqa yong'oq turlarida bo'lgani kabi ko'p yog' mavjud. Uni iste'mol qilishda ham me'yordan oshish yaramaydi. Ozuqaviy tolalari hisobiga pista ozishda yordam beradi. U organizmni uzoq vaqt davomida to'q tutadi. To'yinmagan yog' kislotalari esa moddalar almashinuvini tartibga soladi va organizmda ortiqcha yog' to'planishining oldini oladi. Kamqonlikda foydali. Pistaning tarkibida ko'p miqdorda temir moddasi mavjud. Shuning uchun uni kamqonlikda iste'mol qilish tavsiya etiladi.Amerika pista yetishtiruvchilari va Amerika Yurak Assotsiatsiyasi kuniga qariyb 30 gramm chig'anoqlangan pista (taxminan 49 donaga teng) qabul qilish yurak xastaligi xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S.S.Sahobiddinov O'simliklar sistematikasi O'qituvchi nashriyoti Toshkent 1966

2. U.A.Usmonov Dendrologiya Fan nashriyoti Toshkent 1971

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent-2000

4. 4.O'rta Osiyo o'simliklar aniqlagichi 2019

5. Foydali o'simliklar Toshkent 2020

6. Umumiy biologiya tushunchalar va atamalar lug'ati

7. 7.Ziyonet.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.