Научная статья на тему 'PISA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTIDA FIZIK BILIMLAR MAZMUNI'

PISA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTIDA FIZIK BILIMLAR MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
21
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / fan mazmuni / metodologik bilim / epistemik bilim / 4K tamoyili / tanqidiy fikrlash / kollaboratsiya / kreativlik / kommunikatsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G‘Ulomova Maftunaxon Ravshanbek Qizi

Maqolada Xalqaro baholash tadqiqoti –PISA da fizik bilimlar mazmuni, XXI asr ko‘nikmalari va “4K” tamoyili, fizika fanidan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmlar haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PISA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTIDA FIZIK BILIMLAR MAZMUNI»

PISA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTIDA FIZIK BILIMLAR MAZMUNI G'ulomova Maftunaxon Ravshanbek qizi

Qo'qon DPI, 2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10801681

Annotatsiya. Maqolada Xalqaro baholash tadqiqoti -PISA da fizik bilimlar mazmuni, XXI asr ko'nikmalari va "4K" tamoyili, fizika fanidan o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmlar haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: PISA, fan mazmuni, metodologik bilim, epistemik bilim, 4K tamoyili, tanqidiy fikrlash, kollaboratsiya, kreativlik, kommunikatsiya.

Аннотация. В статье собраны мысли и мнения о содержании физических знаний, навыках 21 века и принципе «4К», знаниях и навыках, которые студенты должны приобрести по физике в рамках Международного оценочного исследования - PISA.

Ключевые слова: PISA, научный контент, методологические знания, эпистемические знания, принцип 4К, критическое мышление, сотрудничество, творчество, общение.

Abstract. The article contains thoughts and opinions about the content of physical knowledge, 21st century skills and "4K" principle, knowledge and skills that students should acquire in physics in the International Assessment Study - PISA.

Keywords: PISA, science content, methodological knowledge, epistemic knowledge, 4K principle, critical thinking, collaboration, creativity, communication.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi ta'lim tizimini rivojlantirish, ta'limdagi muommolarni hal qilish, milliy ta'lim standartlarini xalqaro ta'lim tizimiga moslashtirish va kelgusida ta'lim rivoji uchun zarur strategik vazifalarni belgilab olishda muhim qadam bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 997-sonli qarorida [1] O'zbekistonning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan edi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi) bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT-OECD) hamda Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) o'rtasida kelishuv hujjatlari imzolanib, O'zbekiston Respublikasidagi 180 ta ta'lim muassasalarida PIRLS tadqiqoti, 83 ta ta'lim muassasalarida PISA 2022 dasturi, 2023-yilda TIMSS tadqiqotlari o'tkazildi.

2023-yilning 5-dekabr sanasida PISA 2022 dasturining natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra O'zbekistonlik bolalar 81 mamlakat orasida matematika bo'yicha 72-o'rinni, tabiiy fanlar va o'qish savodxonligi yo'nalishlarida 80-o'rinni egalladi.

Yo'nalishlar O'zbekistonlik o'quvchilar to'plagan ball Tadqiqotda qatnashgan davlatlar ko'rsatgan o'rtacha ball

1 Matematik savodxonlik 364 472

2 O'qish savodxonligi 336 476

3 Tabiiy-ilmiy savodxonlik 355 485

PISA xalqaro baholash dasturida o'quvchilar tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik kompetensiyalarini quyidagi soha va fanlarni mujassamlashtirgan savol va topshiriqlardan iborat bo'ladi

• Fizik sistemalar (fizika va kimyo)

• Tirik sistemalar (biologiya)

• Yer va koinot (geografiya, geologiya, astronomiya)

PISA 2015 tadqiqotida fanlar bo'yicha tuzilgan topshiriqlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bunda fizik sistemalarga oid savollar 36 % , tirik sistemalarga oid savollar 36 % va yer va fazo sistemalariga oid savollar 28 % miqdorni tashkil etgan.

Fizik sistemalarga oid topshiriqlarni Ilmiy bilish turlari bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak: Bilimga oid 20-24 ta, fanning mazmuniga oid 7-11 ta, metodologik 4-8 tani tashkil etadi.

O'quvchilar o'z bilimlarini quyidagi ilmiy bilish turlari aks etgan baholash vositalari yordamida namoyish etadilar:

Fizik sistemalar (fizika va kimyo), tirik sistemalar (biologiya), yer va koinot (geografiya, geologiya, astronomiya) fanlarining mazmunini bilish;

Ilmiy ma'lumotlar olish uchun qo'llaniladigan turli xil metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini bilishga oid metodologik bilim;

Epistemik bilim, ya'ni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasiga aylanishi, ularning asoslanishi, shuningdek, faraz, gipoteza va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish. [2, 15-b]

Har bir fan va yo'nalish bo'yicha bilim egallash avvalo ilmiy adabiyotlarni o'qib-o'rganishni, tahlil qilish va amaliyot bilan mustahkamlashni taqazo etadi. Fizika fani esa ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar, ijodiy g'oyalarga boy fan hisoblanadi. Har bir o'quvchi yoki talaba, o'qituvchi yoki ilmiy tadqiqotchi uchun fizika fanining ilmiy dunyosi shunchalar ulkanki, uning har birini o'rganib dunyo va texnologiyalar haqida dunyoqarashimiz kengayib boraveradi. PISA tadqiqotining tabiiy fanlar yo'nalishida o'quvchilarning fandagi asosiy g'oyalar va nazariyalar, jumladan, koinot tarixi va evolutsiyasi, moddalarning tuzilishi haqidagi bilimlarga ega ekanliklari va tushunishlarini kata ahamiyatga egadir. Shu asnoda o'quvchilar fizik sistemalarga oid quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari talab etiladi:

• Materiyaning tuzilishi (masalan, zarrachalarning modeli, bog'lanishlar);

• Moddaning fizik xossalari ( masalan, agregat holatining o'zgarishi, issiqlik va elektr o'tkazuvchanligi);

• Moddaning kimyoviy xossalari( masalan, kimyoviy reaksiyalar, energiyaning o'zgarishi, kislotalar/asoslar);

• Harakat va kuch ( masalan, tezlik, ishqalanish) va masofadan ta'sir ko'rsatish (masalan, magnit kuchlari, Yerning tortish kuchi va elektrostatik kuchlar);

• Energiya va uning transformatsiyasi (masalan, energiyaning saqlanishi,tarqalishi, kimyoviy reaksiyalar);

• Energiya va materiyaning o'zaro ta'siri (masalan, yorug'lik va radioto'lqinlar, tovush va seysmik to'lqinlar). [3, 16-b]

Ta'limning bosh maqsadi umumta'lim maktabi o'quvchilarida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun zarur hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishdan iborat. Bu boradagi izchil islohotlar avvalo yangi avlod darsliklarini yaratilayotganligida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Tabiiy fanlar darsliklari jumladan fizika fani darsliklari Finlandiya, Cambridge tajribasi asosida ishlab chiqilib, o'quvchilarni o'rganilgan bilimni amalda qo'llay olish qobiliyatini rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. Finlandiya tajribasi asosida o'quv darsliklari "4 K" tamoyilidan foydalangan holda shakllantirilmoqda.

XXI asr ko'nikmalari "4K" tamoyilida o'z aksini topgan bo'lib, "4K" tamoyili quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- Kritik (tanqidiy) fikrlash;

- Kollaboratsiya (jamoaviy ishlash);

- Kreativlik (ijodkorlik);

- Kommunikatsiya (muloqot ko'nikmalari). [4, 42-43-b]

PISA xalqaro baholash dasturi ta'lim va iqtisodiyot rivojlanishida yetakchi omil sifatida o'rin egallamoqda. Fizika fanining mazmuniga ham PISA topshiriqlariga xos topshiriqlarni kiritish, tabiiy fanlar integratsiyasidan foydalanish, mavzularni kundalik hayotdagi vaziyatlarga bog'liq holda tushuntirish, o'quvchilarni muommolarni hal qilishda mustaqil axborot manbalarini izlab topish, ulardan to'g'ri foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, fizik bilimlarni tushunarli, qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. Bu esa "4K" tamoyilida keltirilgan ko'nikmalarni rivojlantirishga asos bo'ladi deb hisoblayman.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarori.

2. A.A.Ismoilov va boshqalar, Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini baholash. Metodik qo'llanma. Toshkent - 2019. 15-b.

3. A.A.Ismoilov va boshqalar, Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini baholash. Metodik qo'llanma. Toshkent - 2019. 16-b.

4. Meliqo'ziyev D.J., PISA xalqaro baholash dasturi asosida o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning konseptual asoslari. Ta'lim texnologiyalari, volume 2023, issue 6-5. 42-43-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.