Научная статья на тему 'PISA XALQARO BAHOLASH MEZONLARIDA O„QISH SAVODXONLIGIGA QOʻYILGAN TALABLAR'

PISA XALQARO BAHOLASH MEZONLARIDA O„QISH SAVODXONLIGIGA QOʻYILGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PISA XALQARO BAHOLASH MEZONLARIDA O„QISH SAVODXONLIGIGA QOʻYILGAN TALABLAR»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

PISA XALQARO BAHOLASH MEZONLARIDA O'QISH SAVODXONLIGIGA QO'YILGAN TALABLAR

M. O. Abdullayeva

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi maftunaabdullayeva784@gmail. com O'zbekiston

PISA (The Programme for International Student Assesment) - o'quvchilaming ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur bo'lib, dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli o'quvchi yoshlarning o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko'rinishida baholash hisoblanadi. Bu xalqaro baholash dasturi o'quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko'nikmalarni hosil qilishga malaka hosil qilishdir.

Ushbu dastur 1997-yildan boshlangan bo'lib, har uch yilda bir marta o'tkazib kelinadi hamda birinchi marta 2000-yilda o'tkazilgan. Har uch yilda bitta fan yo'nalishiga afzallik berilib, jami testlar majmuasining deyarli 50 % shu fanga mansub bo'ladi. 2000-yilda ilk bor o'qish savodxonligiga urg'u berilgan. Aynan 15 yoshli o'quvchi yoshlar o'rtasida dasturni amalga oshirilishi sababi bu yoshda o'quvchilar kelgusi hayotga qadam qo'yish arafasida turadi. Bu vaqtda o'quvchilar o'zlarining mustaqil fikrlariga ega bo'lishi orqali o'zlarining kelajakdagi hayotlarini belgilashi mumkin ya'ni mustaqil fikriga ega bo'lgan inson keyinchalik ishlarini, hayotini to'g'ri taqsimlay oladi. Dasturning asosiy maqsadi o'quvchilarning maktabda olgan bilimini emas, balki olgan malaka, bilim va ko'nikmalarni hayotda qo'llashni bilish va natijani tahlil qila olish, vaziyatdan chiqa olish, baholashni bilishni tekshirish.

PISA - dasturi o'quvchilarni ko'proq mustaqil fikrlashga o'rgatish, katta hayotga tayyorgarlik bosqichlarini motivatsiyalash, ishonchini oshirish va bilimlarini mustahkamlashga asos bo'lib xizmat qiluvchi dastur hisob lanadi. 2000-2015- yillar oralig'ida o'tkazilgan tadqiqot natijalari bo'yicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda -Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning o'rta ta'lim tizimi yaxshi rivojlangan.

PISAda o'quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo'nalish bo'yicha aniqlanadi.

1. O'qish savodxonligi.

2. Matematik savodxonlik.

123

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

3. Moliyaviy savodxonlik.

4. Kompyuter savodxonligi.

5. Tabiiy-ilmiy savodxonlik.

Tadqiqot uchun bu yo'nalishlardan O'qish savodxonligi bosqichi muhim sanaladi.

O'qish savodxonligi bu - shaxsning o'z bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda o'z o'rnini topish maqsadiga erishishi yo'lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish va ularga munosabat bildirish demakdir. Bu yo'nalishda o'quvchilar berilgan matnlarni tahlil qilish orqali bilimlarini mustahkamlash, fikrlash qobilyatlarini yanada oshirishi mumkin.

PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlari o'quvchilar egallagan bilimlarini real vaziyatlarda qo'llanilishiga, fanlararo bilimlarning o'zaro integratsiyasiga, o'quvchilarning qaror qabul qilish, o'z yechimini baholash ko'nikmasini rivojlantirishga qaratiladi. Baholash dasturi topshiriqlari aynan bir o'quv mashg' uloti mavzusi bilan chegaralanmaydi. Topshiriqlar jamiyat, atrof-muhit, tabiat hodisalari, texnika va texnologiya, insoniyat taraqqiyoti, salomatligi, global va kundalik hayot, zamonaviy fanlarga oid vaziyatlar, holatlar, ma'lumotlar va muammolarga bog' lagan holda shakllantiriladi. Hozirda dolzarb bo'lgan global iqlim o'zgarishi, epidemiya, digitalizatsiya (axborotni raqamli shaklga o'tkazish) va shu kabilar topshiriqlar kontekstida qo'llaniladi. Xalqaro baholash dastur o'tkazilgan yillarda qo'shimcha ravishda asosiy domenlar bo'yicha savodxonligi bilan bir qatorda o'quvchilarning texnologik kompetentsiyalari (2006-yili tekshirildi), moliyaviy savodxonligi (2018), kreativ fikrlash (2022 yil), "raqamli dunyoda o'rganish" (2025-yil) kompetentsiyalari baholanadi[1,40].

PISA tadqiqotlarida o'qish savodxonligiga oid topshiriqlar tasnifi 2015-yilgi qamrov doirasida qidirib topish va ajratib olish 25%, umumlashtirish va talqin qilish 50%, mulohaza yuritish va baholash 25%, 2018-yilgi qamrov doirasida alohida matn va murakkab matnga ajratilgan. Alohida matnda tezda o'qib chiqish va topish 15%, so'zma-so'z o'qib tushunish 15%, almashingan mazmunni tushunish 15%, sifat va yaroqlilikni baholash, shakl va mazmun ustida mulohaza yuritish 15% ni tashkil etsa, murakkab matnda tegishli matnni izlab toppish va tanlash 10%, murakkab matnning anglashilgan mazmunini tushunish 15%, tavofut va to'siqlarni aniqlash, uni bartaraf etish 10% etib belgilangan.

PISA tadqiqotlarida birlik, klaster, testlet va buklet kabi iboralar qo'llaniladi.

Birlik - bir yoki bir nechta element (masalan, savollar) bilan bog'liq bo'lgan ogohlantiruvchilar to'plami. Ko'pgina tanlangan birliklar, ogohlantiruvchilar va savollardan klaster hosil bo'lib, test dizaynining elementini shakllantiradi;

124

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Klaster - test savollari ixtisoslashgan birliklarining guruhidir. Ixtisoslashgan test dizayniga muvofiq, bir nechta klasterlar birgalikda jamlanadi va buklet (PBA) yoki testlet (CBA)larni shakllantiradi.

Testlet - kompyuterga asoslangan shaklda boshqariladigan kognitiv vositalarni taqdim qilish uchun foydalaniladigan hamda ixtisoslashgan dizaynga muvofiq birgalikda jamlangan bir nechta klasterlardir.

Kompyuterga asoslangan test sinovlari davomiyligi 155 daqiqaga mo'ljallangan bo'lib, o'z ichiga 120 daqiqalik, ya'ni 2 ta 60 daqiqalik sessiyalar, 5 va 15 daqiqalik tanaffuslar hamda 35 daqiqadan iborat o'quvchilar so'rovnomalaridan iborat bo'ladi.

PISA tadqiqotining baholash mezonlari quyidagicha amalga oshiriladi: osonlik va samaradorlikni baholash;

o'qishga bo'lgan ichki motivatsiya va qiziqishlarni baholash;

- o'qish bilan bog'liq tajribalarni baholash;

- o'qish strategiyalarini baholash.

O'qish savodxonligini baholashda muhim bo'lgan tamoyillar:

- topshiriqlarning murakkablik darajasi (o'qish jarayoni bilan bog'liq qiyinchilik va matn bilan bog'liq qiyinchilik);

- topshiriqning berilish shakli (ochiq va yopiq).

- javoblar muayyan ball asosida baholanishi hisobga olinadi.

O'qish savodxonligini baholashda muhim bo'lgan ko'nikmalar:

- tez natija beradigan qidiruv usulidan foydalana olish, katta hajmdagi ma'lumotlarni filtrlash va saralay olish.

bir necha xil manbalardan kerakli ma'lumotni aniqlay olish. qo'yilgan muammoning yechimini aniqlashda matnda berilgan ma'lumotlardan foydalana olish.

Ma'lumotlarni qidirish bilan bog'liq ko'nikmalar:

- Qidirish manbasi - faktlar, nomlar, sanalar, eslatmalar. Qidiruvning maqsadlari topshiriqning shakli va mazmuniga ko'ra o'zgarib boradi.

- Qidirish bilan bog'liq malakalarni shakllantirish uchun 2 xil ko'nikmaning mavjudligi juda muhim:

- muhim o'rinlarni aniqlay olish;

- muhim axborotni tanlab olish.

Pisa xalqaro baholash mezonlari bu mavzular bo'yicha sinovlar, testlar va boshqa imtihonlar orqali talablarni sinovga chiqaradi. Ushbu mezonlar orqali adabiyot faniga qaratiladigan malakani o'rganish va baholash amalga oshiriladi. Jamiyatning axborotlashuv jarayonida zamonaviy dunyo o'quvchilarni bilimi bilan

May 3, 2024

125

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

"rag'batlantirmaydi". "Google qidiruv xizmati barcha savollarga yetarli bilim taqdim eta oladi. Hozirda egallangan bilim bilan ma'lum bir faoliyatni amalga oshirish ta'limning maqsadi ekanligi o'z isbotini topmoqda"[3,14].

Pisa xalqaro baholash mezonlarida adabiyot faniga qo'yilgan talablar o'zgartirilmagan. Pisa sinovlari, o'quvchilarning adabiyotga bo'lgan qiziqishini, mustahkamlashgan ko'nikmalarini va tushunchalarini aniqlash uchun muhimdir. Shuningdek, o'quvchilar adabiyot fanidan topshiriqlar va sinovlarda yuqori natijalarni ko'rsatishlari kerak. O'quvchilar lug'at boyligi va mantiqiy ko'nikmalarini ham rivojlantirishlari kerak. Bu talablar o'quvchilarning ma'lum bir darajasida adabiyot faniga oid bilim va ko'nikmalarni o'rganish, tushunish, tahlil qilish va natijalarni yozishni o'z ichiga oladi. Ushbu talablarga muvofiq sertifikat beriladi va bu sertifikatlar dunyoda har tomonlama tasdiqlanadi.

References / Adabiyotlar

1. Meliqo'ziyev D.J. PISA xalqaro baholash dasturi asosida o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning kontseptual asoslari. DOI:10.34920/SO/VOL_2023 _ISSUE_6_5.

2. Tolipova J. Pedagogik kvalimetriya. - Toshkent: TDPU bosmaxonasi, 2015. - 107 b.

3. Shlyaher A. Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni. https://youtu.be/KPom8_Mn6Oo?list=TLPQMTcwODIw MjIGj6KmA09cEA&t=14).

4. Shernazarov I.E. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini xalqaro baholash dasturi PISA tadqiqotiga tayyorlashdagi vazifalar va ularning yechimlari / Konferensiya materiallari, 38-43.

5. Ergasheva M.T. Funksional savodxonlikni baholashning dastlabki natijalari / Konferentsiya materiallari, 92-95.

6. Kulgemeyer C. PISA tasks in comparison. Structural analysis of the natural science items from the PISA runs 2000 to 2006 // Books on Demand GmbH, 2009. -P. 3.

7. https://stesting.uz/uz

8. Madieva R. Xalqaro baholash tadqiqotlari — ta'lim sifatida muhim qadam / https://yuz.uz/uz/news/xalqaro-baholash-tadqiqotlari--talim-sifatida-muhim-qadam.

126

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.