Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATI VA MAZMUNIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI NATIJASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA'

TA’LIM SIFATI VA MAZMUNIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI NATIJASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
48
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / TIMSS / ta’lim sifati / kompetentsiya / kognitivlik / ijtimoiy-pedagogik omillar / tabiiy savodxonlik / integratsiya / kasbiy kompetentsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Madraximova Munojatxon To’Lanboyevna

Xalqaro baholash tadqiqotlari mazmun-mohiyati, ushbu tadqiqot qamrovining ortib borishi, mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga ijobiy ta’sirini angalagan holda , tadqiqot mazmuni bo’lgan ta’lim sifati va uning mazmuniga bo’lgan eьtiborni yanada kuchaytirishni talab etadi. Maqolada ushbu tadqiqotlarda mamlakatimiz ishtirokini rivojlantirish uchun tabiiy savodxonlikni , tabiiy fanlarni integrativ o’qitishning xususiyati va usullariga yondashilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATI VA MAZMUNIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI NATIJASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA»

TA'LIM SIFATI VA MAZMUNIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI NATIJASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA Madraximova Munojatxon To'lanboyevna

Qo'qon Davlat pedagogika institutining biologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10114312 Annatatsiya. Xalqaro baholash tadqiqotlari mazmun-mohiyati, ushbu tadqiqot qamrovining ortib borishi, mamlakatlarning iqtisodiy o'sishiga ijobiy ta'sirini angalagan holda, tadqiqot mazmuni bo'lgan ta'lim sifati va uning mazmuniga bo'lgan ebtiborni yanada kuchaytirishni talab etadi. Maqolada ushbu tadqiqotlarda mamlakatimiz ishtirokini rivojlantirish uchun tabiiy savodxonlikni , tabiiy fanlarni integrativ o'qitishning xususiyati va usullariga yondashilgan.

Kalit so'zlar: PISA,TIMSS, ta'lim sifati, kompetentsiya, kognitivlik, ijtimoiy-pedagogik omillar, tabiiy savodxonlik, integratsiya, kasbiy kompetentsiya.

Bugungi globallashuv, raqamli texnologiyalar tarqqiyoti asrida ta'lim sifatini aniqlab beruvchi PISA (o'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), TIMSS (maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring), PIRLS (matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro dastur) kabi qator xalqaro dasturlardan rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishda asosiy mezon sifatida qo'llanilmoqda. Ushbu tadqiqotlarning natijadorligini ishtirokchi davlatlarning qamrovi tobora ortib borayotganligidan ham ko'rish mumkin.

Boshqa mamlakatlardagi ta'lim tizimlari o'rtasidagi sezilarli farqlar bilan birga o'xshashliklar ham bor, shuning uchun xalqaro miqyosda ta'lim sifati bo'yicha ommaviy tadqiqotlar o'tkazish baholash tamoyillariga muvofiq yagona usullar va baholash mezonlarini o'rganish, tahlil qilish, taqqoslash asosida milliy ta'lim dasturini takomillashtirish va moslashtirish imkonini beradi.

Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham aynan ta'lim sifati va uning mazmuni baholanadi. N.Naydena globallashuv kontekstida ta'lim sifatiga quyidagicha ta'rif beradi: Ta'lim sifati- ta'limning jamiyat va talabaning turli ehtiyojlariga, xalqaro ta'lim makonida qabul qilingan maqsadlariga, talablariga, normalariga (standartlariga) mutanosib muvofiqligidir [3].

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrda qabul qilingan 997-son Qarori [1] ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi PISA xalqaro baholash dasturida 2022-yildan boshlab ishtirok etishi ta'minlandi. PISA xalqaro baholash dasturi xalqaro pedagogik amaliyotga 2000 yildan tatbiq etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-aprelda «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmonda [2] O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilab qo'yilgan.

Farmon orqali Mazkur Qaror bilan PISA xalqaro baholash dasturiga tayyorlanishning muhim shart-sharoitlari sifatida pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida o'qitish metodikasi va dasturlarini PISA xalqaro baholash dasturi talablariga moslashtirish, xalqaro dasturlar yo'nalishidagi fanlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari,

malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarining o'quv dasturlariga xalqaro dastur natijalariga asoslangan holda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib borish belgilab o'tildi.

PISA xalqaro baholash dasturini tashkil etishning asosiy omili bulajak o'qituvilar pedagogika sohasining aniq va tabiiy fanlar yo'nalishi bitiruvchi talabalarini o'quvchilarga bilim berishda baholash dasturiga tayyor holda kelishlarini ta'minlash zarur.

PISA, TIMSS xalqaro baholash dasturi o'z navbatida pedagog kadrlarni tayyorlashning muhim jihati sifatida bo'lg'usi talabalarga «real hayotdagi jarayonlarni pedagogik nuqtai nazardan baholovchi va bu jarayonlarni o'quv jarayoniga didaktik jihatdan to'g'ri singdira oladigan mutaxassislar» bo'lishligini ko'rsatib o'tadi. Baholash dasturiga tayyorgarlik ko'rish asnosida o'qituvchilar o'z ustida ishlash, o'quv jarayonini o'quv-me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etish, o'quv adabiyotlari,o'quv-uslubiy majmualarni tizimli o'rganib borish bilan tayanch kompetetsiyalarini shakllantiradi.Integrativ yondashuv asosida o'quvchilarning «kognitiv mustaqilligi»ni ta'minlashga qaratilgan topshiriqlar shakllantirish ko'nikmasiga ega bo'ladilar.

Bo'lajak biologiya o'qituvchilarining Xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash, o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, fan mavzularini real hayotga bog'lash, fanlararo integratsiyaga yondashish, raqamli ta'lim texnologiyalarini qo'llay olish, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashda qiyinlik darajasi reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, izlanishli va kreativ darajada bo'lgan savol-topshiriqlar tuzish, o'quvchiga yetkazib berishda kerakli metodlarni tanlay olish ko'nikmalarini rivojlantirish talab etiladi.

Bu esa mavjud pedagogik ta'limni rivojlantirish va uzluksiz ta'lim jarayonida pedagoglar salohiyatini oshirish muammolarining dolzarbligini ko'rsatadi.

Jumladan, respublikamiz olimlaridan A.Matkarimov PISA Xalqaro baholash dasturi asosida o'quvchilar tayanch kompetentsiyaiyalarini shakllantirishni o'rgangan.

Xalqaro baholash tadqiqotlari PISA, TIMSS, PIRLS dasturlari muvaffaqiyatlari ijtimoiy -pedagogik shart-sharoitlar omillariga bog'liq.

Ijtimoiy-pedagogik omillar deganda quyidagilar tushuniladi: mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-demografik holati; maktabning jamiyatda faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar; oilaning ta'lim va ijtimoiy-iqtisodiy holati; talabalarning psixologik-pedagogik munosabatlari; o'qituvchining o'quv faoliyati uslubi; o'qitishning pedagogik tushunchalari va boshqalar [1].

Ma'lumki PISA xalqaro baholash dasturi o'quvchilarning o'qish, matematik, tabiiy fanlarga doir savodxonligi, kompyuter, moliyaviy savodxonlikni baholaydi. Bu o'z navbatida xalqaro dastur natijalariga asoslangan holda o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari hamda o'quv adabiyotlari mazmuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni taqozo etadi.

Tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlikni baholash usullari quyidagilar:

1. Tabiiy fanlar kontseptsiyasiga doir topshiriqlar bo'lib, bunda o'quvchilarning tabiiy jarayonlar va unga insoniyat ta'siri, uning oqibatlari haqidagi bilimlari tekshiriladi. PISA xalqaro baholash dasturi topshiriqlari o'quv dasturidagi fizika, kimyo, biologiya va geografiya fanlaridagi tushunchalardan emas, balki hosil bo'lgan ko'nikmalarini hayot, sog'liqni saqlash, atrof-muhit, texnika va texnologiyalarda o'quvchilar olgan bilimlarini kundalik hayotda qo'llashi talab etiladi.

2. Tabiiy fanlarga oid jarayonlarni o'z ichiga olgan topshiriqlarda o'quvchilarning asoslab berish, interpretatsiya qilish va amalga oshirish ko'nikmalari tekshiriladi. Bunda o'quvchilar ilmiy

savollarni tushunishi, ilmiy asoslay olishi, o'zaro bog'liqliklarni aniqlay olishi, xulosalarini bayon qilishi, ilmiy kontseptsiyalarni tushunishi tadqiq qilinadi.

3. Tabiiy fanlarga oid holatlarni o'z mazmunida aks ettirgan topshiriqlarda kundalik hayotda duch keladigan, tabiiy fanlar o'quv mashg'ulotlari va laboratoriyalarda kam kuzatiladigan holatlarga munosabat, fikr, xulosa so'raladi. Mazkur topshiriqlar o'quvchilarning shaxsiy hayotida duch keladigan va yoki global qiziqishiga oid holatlar to'g'risida ham bo'lishi mumkin [4].

Tabiiy ilmiy-savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishda ko'plab samarali usullar o'rganilgan. Doktor Adxan boshchiligida tadqiqotda Janubiy Indoneziyadagi o'rta maktablari o'quvchilarining ilmiy savodxonlik ko'nikmalarini rivojlantirishda konstruktiv ta'lim usulidan foydalanish samarali ekanligini o'rgandi.

L.Pivarova o'z tadqiqotida Maskvadagi o'rta maktablar o'quvchilarining biologik savodxonligini oshirishning ko'p o'lchovli semantik ta'lim kontekstida integratsiyaning asosiy usullarini nazariy isbotladi.[5]

M.Galisheva Janubiy Ural da o'tkazgan o'z tadqiqotida biologik savodxonlikni oshirishning ilmiy-tadqiqot qobiliyatlarini "bir-birini to'ldirish tamoyili" asosida o'rgandi.[4]

O.Litovchenko o'z tadqiqotida Sankt-Peterburgdagi asosiy umumiy ta'lim muassasalarida zamonaviy biologiya darsliklarni maktab o'quvchilarining kognitik faoliyatini rivojlantirishga ta'sirini o'rgandi. [7]

G.Lindlar o'quvchilarning tabiiy yo'nalishdagi fanlarga bo'lgan qiziqishlarida topshiriq kontekstlari muhimligi ta'kidlaganlar va quyidagi kontekstlar pedagogik nuqtai nazardan tavsiya etilgan:

O'quvchilarning kundalik hayotiy tajribalari, kuzatishlari yoki atrofidagi tabiatga bog'liq kontekstlar;

Inson va uning tuzilishi, hayvonot olami, tabiat hodisalari;

Emotsional va ijobiy tasvirlangan fenomenlar;

Amalda tajriba qilib ko'rish va kuzatish mumkin bo'lgan kontekstlar;

Tabiiy fanlarning jamiyatdagi ahamiyatiga oid kontekstlar

Yuqorida sanab o'tilgan kontekstlar topshiriqlarga chuqur yondashilgan holda tatbiq etilsa, tabiiy yo'nalishdagi fanlarning asosini o'rganishga imkon beradi [6]

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni tarkib toptirish maqsadida aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi mazmuniga PISA xalqaro baholash dasturi talablarini kiritish, fanlar integratsiyasini amalga oshirish, o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashda qiyinlik darajasi reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, izlanishli va kreativ darajada bo'lgan savol-topshiriqlardan foydalanish ko'zlangan natijaga erishishni kafolatlaydi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг «Халк таълими тизимида таълим сифатини бахолаш сохасидаги халкаро тадкикотларни ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида» 2018 йил 8 декабрдаги 997- сон ^арори / «Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси», 10.12.2018 й., 09/18/997/2289-сон.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 30 сентябрдаги «Халк таълими тизимидаги мактабдан ташкари таълим самарадорлигини тубдан такомиллаштириш

Hopa-TagÖHp^apH TyrpHCHga»™ n^-4467- CORHH ^apopH. ^OHyH xy:®^aT.napH Mab.nyMOT.napH mh^HH 6a3acH, 01.10.2019 H., 07/19/4467/3825-COH.

3. N.Naydenova Sotsialbno - pedagogicheskie faktori mejdunarodnbix issledovaniyax obrazovanii Spetsialbnostb 13.00.01 - Avtoreferat dissertats.Moskva 2007 g

4. OECD. Lernen für das Leben. Erste Ergebnisse der Schulleistungsstudie PISA2000//http://www.oecd.org/education/school/ programme forinternational studentassessmentpisa/33691612.pdf. - p. 24.-b

5. Pivarova Lyudmila Vasilevna Integrativ asosda biologik savodni shakllantirish nazariyasi va 13.00.01 - Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya aftoreferati 33 bet

6. M. Galisheva Tadqiqot kompetentsiyasini rivojlantirishda talabalarning biologiyadan mustaqil o'qitish jarayonini amalga oshirish.(PD) dissertatsiya Chelyabinsk - 2022 yil

7. 5.Litovchenko Olga Valentinovna Zamonaviy darsliklarni maktab o'quvchilarining mustaqil kognitivlik faoliyatini tashkil etish faoliyati.Disser. Sankt-Peterburg 2021 yil

8. 6.A.Matkarimov PISA Xalqaro baholash dasturi asosiad o'quvchilar tayanch kompetentsiyalarini shakllantirish13.00.01 -(Doctor of Philosophy) disser.Toshkent 2022y.162 bet. 81-b

9. 7.Adnan., Mulbar, U., Sugiarti., & Bahri, A. (2021). Talabalarning ilmiy savodxonlik ko'nikmalari: Indoneziyaning Sulavesi janubidagi o'rta maktabda biologiyani o'qitish muammosi. International Journal of Instruction, 14(3), 847-860. https://doi.org/10.29333/iji.2021.14349a. 855 -bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.