Научная статья на тему 'PEKIN KARAMINING NAV VA DURAGAYLARINI KIMYOVIY TARKIBINI TAQQOSLASH'

PEKIN KARAMINING NAV VA DURAGAYLARINI KIMYOVIY TARKIBINI TAQQOSLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pekin karami / karm boshi / barg / ildiz unib chiqishi / urug‘ / ombor / harorat / havoning nisbiy namligi / takroriy ekin.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xakimov Raxshod Xolmiratovich

Ilmiy maqolada pekin karimining kelib chiqishi, ekish muddati, parvarishlash, hosilni yig‘ib terib olish jarayoni, karam boshlarni saqlash jarayonlari o‘rganilgan. Pekin karamini hosildorligi va yig‘ib olish, takroriy ekinda pekin karam boshlarining shakllanishi uzoq davom etishi, shu bois hosil bir necha marotaba, tanlab pishib yetilgan karam boshlarini yig‘ib olish, shu bilan bir qatorda pekin karamini omborxonalarda saqlashda eng maqbul harorat va havoning nisbiy namligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEKIN KARAMINING NAV VA DURAGAYLARINI KIMYOVIY TARKIBINI TAQQOSLASH»

PEKIN KARAMINING NAV VA DURAGAYLARINI KIMYOVIY

TARKIBINI TAQQOSLASH

Xakimov Raxshod Xolmiratovich

Toshkent davlat agrar universiteti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13954675

Annotatsiya. Ilmiy maqolada pekin karimining kelib chiqishi, ekish muddati, parvarishlash, hosilni yig'ib terib olish jarayoni, karam boshlarni saqlash jarayonlari o'rganilgan. Pekin karamini hosildorligi va yig'ib olish, takroriy ekinda pekin karam boshlarining shakllanishi uzoq davom etishi, shu bois hosil bir necha marotaba, tanlab pishib yetilgan karam boshlarini yig'ib olish, shu bilan bir qatorda pekin karamini omborxonalarda saqlashda eng maqbul harorat va havoning nisbiy namligi aniqlangan.

Kalit so'zlar: Pekin karami, karm boshi, barg, ildiz unib chiqishi, urug', ombor, harorat, havoning nisbiy namligi, takroriy ekin.

Аннотация. В научной статье рассматривается происхождение пекинской капусты, период посадки, ухода, уборки и хранения кочанов. Продуктивность и уборка пекинской капусты, формирование кочанов пекинской капусты требует длительного времени при повторной уборке, поэтому необходимо проводить уборку в несколько раз, выборочную уборку спелых кочанов, а также оптимальную температуру и относительную температуру воздуха для хранения Определена влажность пекинской капусты на складах.

Ключевые слова: Пекинская капуста, кочан капусты, лист, прорастание корня, семена, хранение, температура, относительная влажность, повторный посев.

Abstract. The scientific article examines the origin of Beijing cabbage, the period of planting, care, harvesting, and storage of cabbage heads. Productivity and harvesting of Beijing cabbage, the formation of heads of Beijing cabbage takes a long time in repeated cropping, therefore, the harvest several times, selective harvesting of ripe heads of cabbage, as well as the optimal temperature and relative air temperature for storage of Beijing cabbage in warehouses humidity is determined.

Keywords: Beijing cabbage, cabbage head, leaf, root germination, seed, storage, temperature, relative humidity, repeated crop.

Kirish

O'zbekiston sharoitida pekin karami yozning 2 yarmida yan'ni takroriy ekin sifatida ekiladi va parvarishlanadi, hosildorligi esa 200-300 s/ga bo'lishi mumkin. Hozirda pekin karami issiqxonalarda ham ko'p o'stiriladi, hosildorligi har m2 da 4-7 kg ni tashkil etadi. Hozirgi kunda O'zbekistonda Pekin karamining Xibinskaya navi ko'p ekiladi. Bugungi kunda pekin karamini hosili bir muddatda pishib yetilishini inobatga oladigan bo'lsak karam boshlarini saqlashni sifatli saqlash muhim omil hisoblanadi. Pekin karamini saqlashda ularning pishib yetilish darajasi va ularni saqlash davomida saqlash omborxonasidagi harorat va havoning nisbiy namligi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda saqlanadigan karam boshlari zich hamda yangi barglaridan iborat bo'lishi zarur bo'ladi. Karam boshlarini saqlashga joylashtirishdan oldin saralash ishlarini amalga oshirish zarur bo'ladi. Texnik shikastlangan va biologik zararlangan karamboshlar odatda saqlashga qo'yilmaydi. Pekin karamini poletilen qopgichlarga o'ralgan holda muzlatgichlarda saqlash, mahsulotni saqlanish muddatini birmuncha uzaytirishga sabab bo'ladi.

Tadqiqot usullari.

Pekin karami tarkibidagi quruq modda miqdori "Xalqaro metrologiya va sertifikatsiya" kengashi tomonidan qabul qilingan ISO 2113-2013 GOST bo'yicha, faol kislota miqdori 261882016 GOST bo'yicha, nok mevasi tarkibidagi nitrat miqdorini aniqlash 34570-2019 GOST bo'yicha, pekin karamini saqlashgacha va saqlashdan keyingi tarkibidagi organik kislotalar, pektin moddalari-karbazol usuli bilan; vitamin C - KIO3 eritmasi bilan titrlash orqali; pekin karamini saqlashdan oldin va saqlashdan keyingi fizik, kimyoviy va organoleptik sifat ko'rsatkichlari YE.P Shirokov uslubi bo'yicha amalga oshirildi.

Tadqiqot obekti sifatida O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jaligi ekinlari davlat reyestriga 1988 yilda kiritilgan "Xibinskaya" va 2022 yilda ushbu reyestrga kiritilgan "Billur", "Zangori", "Mezon" navlari tanlab olingan.

Tadqiqot natijalari.

Barcha qishloq xo'jaligi maxsulotlarida jumladan turli sabzavotlarda inson organizmi uchun eng him vetaminlar va zaruriy oziq moddar mavjudligi bizga ma'lum Ularning taxminan 90 % shifobaxsh hususiyatga ega bo'lib, juda kam qismi tananing o'zida ishlab chiqilib aksariyati tashqaridan oziqlangan oziq-ovqat maxsulotlari orqali olinadi. Aytish joizki bu holatda inson ratsional ovqatlanish orqaligina bunga erishish mumkin bo'ladi. Ammo, ko'pchilik insonlar «ratsional ovqatlanish» deganda, mazali, to'yimli, yuqori kaloriyali taomlarni iste'mol qilishni nazarda tutadilar. Ko'pchilik esa tartibsiz, ovqatlanish ritmiga amal qilmasdan (tongda yoki tunda) taomlanishni amalga oshirishi kuzatiladi.

Aytish joizki iste'mol qilinadigan taomlar inson organizmini tiklanishini ta'minlasa, yo'qotilgan energiyaga bo'lgan talabni qondirsa, tarkibida zarur darajada oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mikro - makroelementlar, o'simlik tolalari saqlasa hamda oziq - ovqatlar va ularning tarkibi, miqdori oshqozon - ichak tizimi fermentlari faolligi bilan mos kelsa ratsional ovqatlanish deb ataladi. Yoki bir so'z bilan aytganda, iste'mol qilindigan oziq - ovqatlar insonning real ehtiyojlariga mos ravshda taomlanishni talab etiladi.

Tadqiqotlarimiz davomida pekin karamini agrotexnologik xususiyatlari baholanib uni saqlash usullari va ulardagi mavjud fizik va kimyoviy jarayonlarni, shu bilan bir qatorda mahsulot yetishtirilayotgan hududning tuproq-iqlim sharoitiga bog'liqlik jihatlarini turli tadqiqot usullarini qo'llagan holda tajribalar olib borildi. Jumladan pekin karamining karam boshlarini kimyoviy tarkib ham tahlil etildi.

Tadqiqotimizda har bir nav va duragaylar namunasidan 5 tadan pekin karamining karam boshlari olindi va o'rtacha nav va duragaylar namunasi tuzildi. Shundan so'ng laboratoriya sharoitida o'rtacha nav va duragay namunasida ikki takrorlanish bilan tahlil o'tkazildi. Bunda termostat usulida - quruq moddalar, Bertran usulida - shakar miqdori, Tilmans usulida - vitamin S, ionometrik usulda - nitratlar, kabul kilingan laboratoriya sharoiti usulida - temir va A provitamin mikdori aniklandi (1-jadval).

1-jadval.

Pekin karamining nav va duragaylarini karamboshlarining kimyoviy tarkibi, 100 gr.

mahsulot nisbatida, (2022-2024 y.y)

nomi Uglevod Oqsil Ozuqa tolalari v &o £

1 Xibinskaya st. 3,6±0,5 2,5±0,5 2,4±0,5 92±0,5 0,4±0,1

2 Zangori 3,9±0,5 2,6±0,5 2,9±0,5 90±0,5 0,3±0,1

3 Billur 3,7±0,5 2,4±0,5 2,8±0,5 91±0,5 0,4±0,1

4 Mezon 3,7±0,5 2,5±0,5 2,7±0,5 90±0,5 0,4±0,1

5 Cha-Cha G'i, 4,3±0,5 2,8±0,5 3,2±0,5 88±0,5 0,3±0,1

6 Yuki G'i 4,2±0,5 2,9±0,5 3,1±0,5 90±0,5 0,3±0,1

"GOST 29329—92' Vesi dlya staticheskogo vzveshivaniY. Obshiye texnicheskiye trebovaniya" ushbu texnek talablarda sabzavot ekinlaridan pekin karami tez o'zlashtiriladigan oqsilga boy bo'lib uning miqdori kartoshka va boshqa sabzavotlarga nisbatan yuqori ko'rsatkichda bo'lishi tahlil etildi. Ushbu oqsillar tarkibiga organizmda xolesterin to'planishiga to'siq bo'luvchi antisklerotik moddalar kiradi. Oqsildagi o'zgarmas aminokislotalar tarkibiga ko'ra pekin karami mol go'shti va tovuq tuxumidan ortda qolmasligi ilmiy manbalarda keltirib o'tilgan.

Jadval ma'lumotlari shuni qo'rsatdiki pekin karamini barcha nav duragaylarini karm boshlari tarkibidagi kimyovi moddalar tarkibi tahlil etilganda ushbu ko'rstkichlar nav va duragaylar aro turlicha bo'lganligi aniqlandi. Aytish joizki bunda nazoratdagi "Xibinskaya" navimizning karam boshi tahlil etilganda uglivodlar miqdori 100 gr /3,6 % , oqsil 100 gr / 2,5 %, ozuqa tolalari 100 gr / 2,4 %, suv 100 gr/ 92 %, yog' 100 gr / 0,4 % miqdorda bo'lganligi tajribalarimizda kuzatildi.

Ushbu ko'rsatkichlar "Zangori" navida esa uglivodlar miqdori 100 gr /3,9 % , oqsil 100 gr / 2,6 %, ozuqa tolalari 100 gr / 2,9 %, suv 100 gr/ 90 %, yog' 100 gr / 0,3 % miqdorda bo'lganligi aniqlandi.

"Billur" navida esa bu ko'rsatkich uglivodlar miqdori 100 gr /3,7 % , oqsil 100 gr / 2,4 %, ozuqa tolalari 100 gr / 2,8 %, suv 100 gr/ 91 %, yog' 100 gr / 0,4 % miqdorda bo'lganligi tajribalarimizda kuzatilgan bo'lsa Bu ko'rsatkich "Mezon" navida uglivodlar miqdori 100 gr /3,7 % , oqsil 100 gr / 2,5 %, ozuqa tolalari 100 gr / 2,7 %, suv 100 gr/ 90 %, yog' 100 gr / 0,4 % miqdorda bo'lganligi aniqlandi.

Pekin karmining duragylarida ushbu moddalar miqdor ko'rsatkichlari qo'yidagicha bo'lganligi aniqlandi. Bunda "Cha-Cha G'1," duragayida uglivodlar miqdori 100 gr /4,3 % , oqsil 100 gr / 2,8 %, Ozuqa tolalari 100 gr / 3,2 %, suv 100 gr/ 88 %, yog' 100 gr / 0,3 % miqdorda bo'lganligi tajribalarimizda kuzatilgan bo'lsa "Yuki G'1" duragayida esa uglivodlar miqdori 100 gr /3,7 % , oqsil 100 gr / 2,4 %, Ozuqa tolalari 100 gr / 2,8 %, suv 100 gr/ 91 %, yog' 100 gr / 0,4 % miqdorda bo'lganligi tajribalarimizda kuzatildi.

Xulosa: Pekin karamini O'zbekiston sharoitida asosan takroriy muddatda ekilgan karamdan yuqori hosil olish imkoni mavjud bo'lib yetishtirilgan hosilni omborda saqlashda havo harorati +1-2 0S havoning nisbiy namligi 96-98 % bo'lganda pekin karami boshlari 2,5-30 oyga saqlash imkoni mavjud bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ш.И.Асатов, В.И.Зуев, Р.Ф.Мавлянова. Китайская листовая капуста и основные элементытехнологии выращивания ее в Узбекистане.

2. Asatov S. H. et al. Agro-climatic conditions of Uzbekistan and their compliance with the requirements of Chinese kale //YE3S Web of Conferences. - EDP Sciyences, 2021. - T. 244. - S. 02023.

3. Hakimov Rahshod Xolmiratovich "Pekin karamini saqlash Jarayonida ta'sir etuvchi omillar" Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi www.tadqiqotlar.uz 7-to'plam 2-son may 2024 7-to'plam 2-son may 2024 Б. 194-197.

4. Xurramov U., Asatov S'h., Xasanov A. The importance of lettuce (Lactuca sativa var. capitata) and growing suggestions. International yengineering journal for Researingh and development. 2020. - R. 1-5.

5. Hakimov Rahshod Xolmiratovich "Pekin karamini yetishtirish va saqlash" Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi www.tadqiqotlar.uz 7-to'plam 2-son may 2024 7-to'plam 2-son may 2024 Б. 190-193.

6. Xakimov R.X, Xakimova M.B. "Factors influencing the storage process of' Beijing cabbage Impact of packaging materials on the preservation of beijing cabbage Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 12 (6), 22-25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.