Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN BROKKOLI KARAMINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI'

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN BROKKOLI KARAMINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

35
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Brokkoli karami / ertangi ekin / chiniqqan ko‘chatlar / karambosh / hosildorlik ko‘rsatkichlari. / капуста брокколи / завтрашний урожай / подготовленная рассада / капуста / показатели урожайности.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sirojiddin Qo‘shoqovich Qahhorov

Maqolada brokkoli karamining o‘sishi, rivojlanishining asosiy xususiyatlarining hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siriga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Статья посвящена влиянию основных характеристик роста и развития капусты брокколи на показатели продуктивности.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN BROKKOLI KARAMINING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ERTANGI EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN BROKKOLI KARAMINING O'SISHI, RIVOJLANISHI

VA HOSILDORLIGI

Sirojiddin Qo'shoqovich Qahhorov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali mustaqil tadqiqotchisi

qahhorovsiroj iddin14@gmail .com

Madinabonu Kamol qizi Fayziyeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada brokkoli karamining o'sishi, rivojlanishining asosiy xususiyatlarining hosildorlik ko'rsatkichlariga ta'siriga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Brokkoli karami, ertangi ekin, chiniqqan ko'chatlar, karambosh, hosildorlik ko'rsatkichlari.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена влиянию основных характеристик роста и развития капусты брокколи на показатели продуктивности.

Ключевые слова: капуста брокколи, завтрашний урожай, подготовленная рассада, капуста, показатели урожайности.

ABSTRACT

The article is devoted to the influence of the main characteristics of the growth and development of broccoli on productivity indicators.

Keywords: Broccoli, tomorrow's harvest, prepared seedlings, cabbage, yield indicators.

Kirish. Brokkoli (Brassica oleracea convar.botrytis (L.) Alef. Var.cymosa Duch)-karamdoshlar oilasiga mansub, bir yillik o'simlik, gulkaramning o'zgargan turi hisoblanadi. Janubiy Italiya brokkoli vatani bo'lib, qadimgi Rimda 2 ming yil oldin ham yetishtirilgan. Bu ekin Italiyadan Vizantiyaga, keyinchalik esa boshqa Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. AQSH da karamning bu turi 1925 yildan beri ekib kelinadi va bugungi kunda maydoni

May 12-13

790

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

gulkaramnikidan ham ko'payib ketgan. Hozirgi vaqtda brokkoli yetishtirish Yaponiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Polsha, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda sezilarli darajada ko'paygan. Mamlakatimizda brokkoli noan'anaviy, kam tarqalgan sabzavot ekinlariga kiradi. Uni ayrim havaskor sabzavotkorlar cheklangan miqdorda etishtirmoqdalar. Brokkolli gulkaram kabi gul to'plamlari oziq-ovqatga ishlatiladi. Uning gul to'plamlari gulkaramnikiga o'xshash, lekin rangi to'q yashil siyohrang, ko'k va ayrim navlari oq tusli bo'lishi mumkin. Brokkoli gulkaramdan poyada ko'plab yon shoxlar hosil bo'lishi va ularda kichik gul to'plamlari (boshchalar) shakllantirishi bilan ajralib turadi. Bu o'z navbatida hosil yetishtirish davri davomiyligini uzaytiradi. Shuningdek, brokkoli tuproq unumdorligiga juda ham talabchan emasligi va sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida ko'plab ozuqa moddalar mavjudligi, hamda alohida o'ziga xos ta'mga ega ekanligi bilan boshqa karamlardan ustun turadi.

Adabiyotlar tahlili. М.С.Морозова., Е.В Пыльневакт^ takidlashicha Rossiya Federatsiyasining turli tuproq-iqlim zonalarida brokkoli yetishtirish muddati haqida adabiyotlarda juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Moskva viloyatida brokkoli urug'lari may oyining boshida ochiq yerga ekiladi (bu holda, boshlar iyul oyining o'rtalaridan yig'ib olinadi), ammo brokkoli ko'chatlarini yetishtirish tavsiya etiladi. Urug'lar issiqxonalarda 10-20 kunlik farq bilan ekiladi. Urug'lar issiqxonalarda mart oyining o'rtalaridan (aprel oxirida ko'chat ekish) may oyining oxirigacha ko'chatxonalarda (iyun oyining oxirida ekish) ekilgan. [1. 112-119].

В.Н.Чередниченко keltirishicha Rossiya Federatsiyasining Красноярск o'lkasida brokkoli plyonkali issiqxonalarda yetishtiriladi. Urug'lar 17-19 fevralda ko'chatxonalarga ekilib, ko'chatlar aprel oyining birinchi o'n kunligida yerga ekiladi [2.56-58.]. Markaziy Rossiya sharoitida ko'chatlar uchun urug'larni ekish mart oyining boshidan o'rtalarigacha amalga oshiriladi. Ko'chatlar 5-6 haqiqiy barg bilan 30-40 kunlik ochiq yerga doimiy joyga ekiladi [6].

MDH davlatlari adabiyotlarida ko'chatlar uchun urug'larni ekish va ko'chatlarni ekish muddatlari bo'yicha tavsiyalar Belarus Respublikasi va Ukraina uchun mavjud. Belarus Respublikasining g'arbiy qismida ko'chatlar uchun brokkoli erta navlari issiqxonada fevral oyining o'rtalaridan aprel oyining boshigacha ekilgan bo'lishi kerak, ko'chatlar aprel oyining o'rtalaridan may oyining o'rtalariga qadar dalaga ekilgan bo'lishi, yoz oyining o'rtalarida karamboshlarni yig'ib olishni ta'minlaydi. [6].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'zbekistonda brokkoli yetishtirish muddatlarini aniqlashtirish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Bu yerda havaskor sabzavot etishtiruvchilar gulkaram bilan bir vaqtda brokkoli yetishtirishadi. [4. 408-410 b].

Tajriba natijalari. Tajribalarimizda brokkoli karamini Bataviya F1, Covina F1, Malibu F1 kabi duragaylari ertagi ekin sifatida o'stirilib ularning o'sishi, rivojlanishi tadqiq qilindi. Bunda dastlabki tadqiqotlar brokkoli karamining urug'larini ekish va uning unib chiqishini o'rganishdan boshlandi. Tajribada o'rganilgan 3 ta duragayning urug'lari bir kunda ivitilib so'ngra 28-fevralda ko'chatxonaga ekildi. Urug'larning unib chiqishi duragaylararo bir-biridan farqlandi ya'ni takrorlar bo'yicha ekilgan urug'larning 10 % unib chiqishi Bataviya F1 duragayida 7.03 da, Covina F1 duragayida 6.03 da, Malibu F1 duragayida 5.03 da qayd etildi. Xuddi shuningdek erta ekilgan urug'larning 75 % unib chiqishi duragaylararo 9.03 dan 12.03 oralig'ida kuzatildi. Umuman olganda urug'larning erta unib chiqishi bo'yicha Malibu F1 duragayi ustunlik qilib 10% yoki 75% urug'larning erta unib chiqishi 5.03 yoki 9.03 da qayd etildi.

1-rasm. Ertangi ekin sifatida yetishtirilgan urug' ekish uchun yer tayyorlash.

Brokkoli karamining tajribada o'rganilgan Bataviya F1, Covina F1, Malibu F1 duragaylari markaziy va yon shoxlarda karamboshchalarning shakllanish davrining davomiyligi ham taxlil qilindi. Karamboshchalar shakllantirishgacha ketgan vaqt duragaylarda turlicha bo'ldi, yani Bataviya F1 duragayida birinchi markaziy karamboshning shakllanishi 102 kunda eng oxirgi markaziy karamboshning shakllanishi 124 kunda kuzatildi, Shu kabi Covina F1 duragayida 122 va 142 kunda, Malibu F1 duragayida 124-150 kunda qayd etildi. Yon shoxlarda karamboshchalarning shakllanishi Bataviya F1 duragayida dastlabki 126 kunda, oxirgisi 158 kunda, Covina F1 navida dastlabki 139 kunda, oxirgisi 159 kunda, Malibu F1 duragayida

May 12-13

792

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

dastlabki 142 kunda, oxirgisi 165 kunda kuzatildi. Karamboshlarning bosh o'rash davri ham tahlil qilinganda bu davr markaziy karam boshlar shakllanishiga 20-23 kun, yon shoxlardan karam boshchalar shakllanishiga 20-39 kun vaqt sarflandi.

Umuman olganda markaziy va yon shoxlarda karamboshlarning shakllanishiga eng uzoq vaqt Malibu F1 duragayida yani 165-162 kun vaqt sarflandi. Shuningdek karamboshlarning o'rash davomiyligi ham ushbu duragayda uzoq vaqt davom etdi.

Bataviya F1 va Covina F1 duragaylarida esa markaziy va yon shoxlardagi karamboshlarni shakllanish davomiyligi, karambosh o'rash davomiyligi bir-biridan keskin farqlanmadi, yani 158-159 kunni tashkil etdi. Bosh o'rash davomiyligi esa 4054 kunni tashkil qildi.

10% 75%

75%

Bataviya F1

Covina F1

Malibu F1

2-rasm. Ertangi ekin sifatida yetishtirilgan brokkoli duragaylarining unib chiqishi (urug'larni

ekish 28.02)

Bizga malumki har bir qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishda hosildorlik va uning hosilining sifat ko'rsatkichlari muxim ahamiyat kasb etadi.

Bizning tajribalarimizda ham Brokkoli karamining 3 ta duragayi hosildorlik ko'rsatkichlari o'rganildi va duragaylararo taqqoslandi. Tajriba yillarida takrorlar bo'yicha Bataviya F1, Covina F1 va Malibu F1 duragaylarining markaziy karamboshlarining hosildorligi aniqlandi. Bataviya F1 duragayida takrorlar bo'yicha hosildorlik 18,2 tonnadan 18,4 tonnagacha ortib bordi va o'rtacha gektaridan 18,3 tonna hosildorlikka erishildi. Covina F1 duragayida esa hosildorlik nisbatan yuqori bo'lib takrorlar bo'yicha har bir gektaridan 18,9 tonnadan 19,0 tonnagacha, o'rtacha 19,0 tonna hosil olindi. Ushbu

May 12-13

793

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'rganilgan duragaylar orasida eng yuqori hosildorlik Malibu F1 duragayida qayd etilib takrorlar bo'yicha 19,6 tonnadan 19,8 tonnagacha qayd etildi. O'rtacha hosildorlik esa ushbu Malibu F1 duragayida 19,7 tonnani tashkil qilib eng yuqori natijaga erishildi.

Brokkoli karamining boshqa karambosh sabzavot ekinlaridan farqli tomoni shundan iboratki asosiy hosil asosan markaziy shoxda shakllanadi, ammo yon shohlardan ham yetarlicha karambosh hosil olish imkoniyatlari mavjud. Takidlab o'tganimiz singari brokkoli karami duragaylarida yon shoxlardan ham karamboshchalar shakllanib o'rtacha gektaridan karambosh hosildorligi 2,5 tonnadan 4,0 tonnagacha yetdi.

Bataviya F1 duragayida takrorlar bo'yicha yon shoxlardan shakllangan karamboshchalar hosildorligi 2,4 tonnadan 2,6 tonnagacha ortib bordi va o'rtacha gektaridan 2,5 tonna hosil olindi.

Covina F1 duragayida esa takrorlar bo'yicha hosildorlik 3,2 tonnadan 3,4 tonnagacha oshib bordi, gektaridan olingan o'rtacha hosildorlik esa 3,3 tonnani tashkil qildi. Yon shoxlardan hosil shakllanishi bo'yicha eng yuqori ko'rsatgich Malibu F1 duragayiga to'g'ri keldi. Bunda ushbu duragayda takrorlar bo'yicha hosildorlik 3,9 tonnadan 4,1 tonnagacha ko'tarilib bordi, o'rtacha har gektaridan yon shohlardan olingan hosildorlik esa 4,0 tonnani tashkil etdi.

Tajriba natijalaridan ko'rinib turibdiki, markaziy va yon shoxlardan hosil shakllanishi bo'yicha eng yuqori natija dastlab Malibu F1 so'ngra Covina F1 duragayiga to'g'ri keldi.

Brokkoli karamida hosil shakllanishi ham markaziy shoxda ham yon shoxda kuzutilganligi bois biz tajribalarimizda yon shoxlarda shakllangan karambosh hosilini umumiy hosilga nisbatan ulushi ham mavjud. Tajribalarimizda ushbu ikki xil shoxda shakllangan hosilning umumiy ulushi har bir duragayda bir-biridan farqlandi. Bunda Bataviya F1 duragayida markaziy va yon shoxlardan shakllangan hosilning umumiy ulushi o'rtacha gektaridan 20,8 tonnani tashkil qildi. Covina F1 duragayida esa ushbu ko'rsatkich o'rtacha gektaridan 22,3 tonnani tashkil qildi. Umumiy hosildorlik ko'rsatkichlari bo'yicha ham brokkoli karamining Malibu F1 duragayida eng yuqori natija qayd etilib har gektaridan 23,7 tonna hosil olindi.

Umuman olganda brokkoli karamining Bataviya F1, Covina F1, Malibu F1 duragaylarining Samarqand viloyati sharoitida ertagi asosiy ekin sifatida o'stirib gektaridan 20,8-23,7 tonna umumiy karambosh hosilini yetishtirishga erishish mumkin ekan. Jumladan Malibu F1

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

duragayini yetishtirish nafaqat umumiy yuqori hosil olishni balki yuqori va sifatli tovar hosil olishni taminlar ekan.

3-rasm. Ertangi ekin sifatida yetishtirilgan brokkoli karami Markaziy va yon shoxlarda shakllangan karam bosh hosilining umumiy ulushi t/ga

Xulosa. Olib borgan tadqiqotlarimiz natijalari asosida xulosa qilish mumkinki ertangi ekin sifatida yetishtirilgan brokkoli karamining Bataviya F1, Covina F1 va Malibu F1 duragaylarini oziqlanish maydonining kengayishi markaziy va yon hosil shohlarini ortishiga olib keldi. Samarqand viloyati o'tloqi bo'z tuproqlar sharoitida brokkoli karamining Bataviya F1, Covina F1 va Malibu F1 duragaylarini yaxshi o'sib rivojlanishi va yuqori hosil berishi hisobiga asosiy ekin sifatida o'stirish gektaridan 20,8-23,7 tonna tovar hosil olishni ta'minlaydi.

Москва. Ниола

REFERENCES

1. Морозова М.С., Пыльнева Е.В. Брокколи //Капуста. прессе, 2007,- с. 112-119.

2. В.Н.Чередниченко, 2013-йил,-с 56-58.

3. С.^Каххоров,С.Т.Санаев Брокколи карамининг (Brassica botrytis subsp.italica) ахдмияти ва етиштиришнинг амалий жихдтлари Озик-овкат хавфсизлиги: миллий ва глобал омиллар Ш-халкаро илмий-амалий конференция материаллари туплами 2021 йил.-408-410 b

May 12-13

795

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Sanaev, S. T., Kh, K. K., & Kh, A. I. (2021). Yield and marketability of potato varieties with different numbers of irrigation schemes and fertilizer standards in case of Uzbekistan. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(8), 5-8.

5. Остонакулов, Т. Э., Шамсиев, А. А., Амантурдиев, И. Х., & Турсунов, Г. С. (2022). Оценка сортов батата и разработка технологии их возделывания в Узбекистане. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)), 162-169.

6. Sayt: ботаничка.ру.

7. Sayt:grodnofermer.by.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.