Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA SHIRIN MAKKAJO'XORI NAV VA DURAGAYLARINI TAKRORIY EKIN SIFATIDA O'STIRISH
TEXNOLOGIYASI
Idrok Ilxomovich Raxmatov
tayanch doktorant. Buxoro davlat universiteti
Sobir Toyirovich Sanaev q.x.f.d., professor.Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Buxoro viloyati sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilgan shirin makkajo'xorining nav va duragaylariini o'sishi, rivojlanishi, so'ta hosildorligi va mahsuldorlik ko'rsatkichlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: Shirin makkajo'xori, nav, geterozisli duragay, sut pishish davri, ro'vagi, o'suv davri, o'simlik bo'yi, yon poyalar soni, birinchi so'ta joylashish balandligi, bir tupdagi so'ta soni, so'ta vazni, hosildorlik.
ABSTRACT
This article presents the growth, development, yield and productivity indicators of sweet corn varieties and hybrids grown as a repeated crop in the conditions of Bukhara region.
Keywords: Sweet corn, sort, heterosis mix, period of milk ripeness, panicle, main srop, plant growth, number of side stems, height of the first cob, number of ears in one bush, cob weight, yield.
Kirish. SHirin makkajo'xori dunyo dehqonchiligida 1,870 mln gektar maydonda ekilib o'rtacha gektaridan 9,6-15,8 tonna so'ta hosili olinmoqda. Oziq -ovqat mahsulotlari etishtirish hajmini kengaytirish maqsadida shirin makkajo'xori nav va duragaylarini takroriy ekinda o'stirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
Dunyoda shirin makkajo'xori kam tarqalgan, ammo istiqboli rivojlanayotgan sabzavot ekini bo'lganligi bois ko'pchilik mamlakatlarda bugungi kunda takroriy ekinda o'stirishga mos nav va duragaylarini tanlash, ekish muddatlari hamda ekish sxemalari belgilash bo'yicha olib
May 12-13
775
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
boriladigan ilmiy tadqiqotlarga katta e'tibor qaratilmoqda. SHirin makkajo'xoridan sifatli so'ta hosili olishda nav va duragaylarning morfobiologiyasi, ekish muddati hamda ekish sxemasi va boshqa omillar katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Tadqiqorlar Buxoro viloyati, eskidan so'g'oriladigan tuproqlari sharoitida olib borildi. Tajribada shirin makkajo'xorining Mazza, Zamin, Evrika, SHerzod navlarini va Svin star F1, SF 201 F1, Megaton F1, Sentinel F1, Lendmark F1, Monte F1, Union F1, Candy F1 kabi duragaylari o'rganildi. Buxoro viloyatining tuproq iqlimi sharoitida ularning o'sishii, rivojlanishi, mahsuldorligi, hosildorligi hamda donining biokimyoviy tarkibi kabi sifat ko'rsatkichlari bo'yicha baholanib istiqbollilari ajratildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tajribada shirin makkajo'xori nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida 1 iyulda 60x25 sm sxemada ekildi.
Ekilgan urug'larning unib chiqishi nav va duragaylarda asosan 6-8 iyulga yani ekilganning 6-8 chi kuniga to'g'ri keldi. Nisbatan erta unib chiqish 6 iyulda Zamin navi hamda Union F1 duragayida qayd etildi. Eng kech unib chiqish esa 8 iyulda Svin star F1, SF 201 F1, Megaton F1 kabi duragaylarida qayd etildi. CHinbarglar hosil qilishda ham o'nib chiqish singari qonuniyat saqlanib Zamin, Mazza, SHerzod, Union F1, Candy F1 kabi nav va duragaylarda eng erta chinbarglar hosil bo'ldi.
O'rganilgan nav va duragaylarning barchasida ro'vaklash asosan 26 -30 iyul kunlar qayd etildi. So'talarning shakllanishi, eng erta Zamin, SHerzod, Union F1 kabi nav va duragaylarda, kuzatilib nisbatan kechroq Svin star F1, SF 201 F1, Megaton F1 kabi nav va duragaylarda asosan avgust oyining 5-8 kunlariga to'g'ri keldi. Tajribada so'talarning sut va mum pishishi o'rganilganda eng tez so'taning pishishi Zamin, SHerzod, Union F1 kabilarda sentyabr oyining ikkinchi o'n kunligiga, qolgan navlarda sentyabr oyining uchinchi o'n kunligida kuzatilib, nisbatan 8-10 kun kech qayd etildi.
Tajribada biometrik o'lchovlarga ko'ra eng baland bo'yli o'simliklar asosan Union F1 (230,4 sm), Svin star F1 (183,4 sm), Sentinel F1 (187,2 sm) kabilarda qayd etildi. Birinchi so'taning joylanishi yani balandligi nav va duragaylararo 26,2 - 53,7 sm ni, tuplanganlik esa 1,2 - 3,2 donani, bosh poyadagi barglarning soni 10,6 - 13,2 donani, bo'g'im oraliqlari soni esa 9,6 - 12,1 donani tashkil etdi. Bir tup o'simlikda so'talarning shakllanishi bo'yicha eng yuqori natija Evrika (2,1 dona), Mazza (2,2 dona), SHerzod (4,2 dona) va Zamin (4,3 dona) navlarida namoyon bo'ldi.
Mahsuldorlik ko'rsatkichlari tahliliga ko'ra o'rganilgan shirin makkajo'xori nav va duragaylarida bir dona so'taning vazni
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
231.1 - 303,4 grammgacha qayd etildi. So'taning vazni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Candy F1 (303,4 gramm) duragayida qayd etildi.
O'rganilgan nav va duragaylarda so'tadagi don qatorlar soni 14,8 - 20,1 qatorni tashkil etdi. Eng ko'p don qator soni Candy F1 duragayida qayd etildi. Nav va duragaylararo so'taning bir qatoridagi donlar soni 36,8 - 43,6 donagacha, bitta so'tadagi donlar soni 398,9 - 522,7 donagacha bir so'tadagi donlar vazni 190,6 -
292.2 grammgacha bo'ldi. So'tadagi o'zak vazni navlararo 61,1 - 101,6 grammgacha so'tadan ho'l don chiqimi 59,9 - 65,8 % gacha qayd etildi.
So'tadan ho'l don chiqimi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Zamin, SHerzod, Union F1, Sentinel F1 kabi nav va duragaylarda kuzatildi.
Nav va duragaylararo silos massa hosildorligi gektaridan 26,2 - 31,3 tonnani tashkil etdi, so'ta hosildorligi esa gektaridan 8,3 - 12,4 tonnagacha kuzatildi. Eng yuqori so'ta hosildorlik Zamin (11,0 tonna), Megaton F1 (11,8 tonna), Union F1(12,4 tonna) kabi nav va duragaylarida qayd etildi.
Xulosalar. Buxoro viloyati tuproq iqlim sharoitida shirin makkajo'xori nav va duragaylarini to'g'ri tanlab, takroriy muddatda sabzavot ekini sifatida o'stirish gektaridan 11,0 - 12,4 tonna sabzavot ho'l so'tasi hosili, chorva mollari uchun 26,2 -31,3 tonna shirali ozuqa olishni ta'minlaydi.
Takroriy ekinda shirin makkajo'xori nav va duragaylarining hosildorligi
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
REFERENCES
1. Ostonaqulov, T. E., Xalilov, N. X., Lukov, M. Q., & Sanaev, S. T. Takroriy ekinlar farovonlik manbai. Kullanma. Samarkand-2017, 4.
2. Sanaev S.T., SHamsieva SH.B. - Qayta ishlashga mos sabzavot (shirin) makkajo'xori navlarini o'stirish texnologiyasi. Agro ilm maxsus son (70) - son, 5253 betlar. 2020 y.
3. Sanaev S.T., Saparniyazov I.A., Raxmatov I.I. Sabzavot (shirin) makkajo'xori nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida o'stirish. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi, № 6 (84), 148-150 betlar. 2020 y.
4. Saparniyazov I.A., Sanaev S.T., Xonkulov X.X. Vozdeltivanie nekotortix sortov i gibridov saxarnoy kukuruzti v kachestve ovo^noy kulturti. // Jurnal «Aktualntie problemti sovremennoy nauki» - Moskva, 2022 - №3 (126). -S. 62-65.
5. Saparniyazov I.A., Sanaev S.T., SHamsieva SH. SHirin makkajo'xori o'stirish texnologiyasining muhim elementlari. // «O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi» jurnali. Maxsus son - Toshkent, 2021-B.10-12.
6. Sanaev, S. T., & Saparniyazov, I. A. (2019). The influence of mulching methods on the cultivation, development of productivity of varieties and hybrids of vegetable (sweet) corn in the conditions of Karakalpakistan. Qoraqalpog'istonda fan va ta'lim,
7. Sanaev, S. T., & Rakhmatov, I. I. Results of evaluation after growing sorts of vegetable (sweet) corn as re-sowing. In IX International Scientific and Practical Conference (pp. 231-234).
8. Sanaev, S. T., & Fayzimurodov, J. (2016). Texnologiya vozdeltivaniya sortov kukuruzti kak povtornoy posevnoy ovo^noy kulturti.
100-108.
May 12-13