Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
BUXORO VILOYATI SHAROITIDA MAKKAJO'XORI NAV VA DURAGAYLARINI ASOSIY EKIN SIFATIDA O'STIRISH
T. T. Usmonov
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada makkajo'xori nav va duragaylarini asosiy hamda takroriy ekinda turli me'yor va usullarida oziqlantirishning o'simlik o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Keywords: Maize, variety, heterosis hybrid, seed germination, juvenility, high,
yield.
This article provides information on the effect of feeding corn varieties and hybrids in the main and repeated crops at different rates and methods on plant growth, development, and productivity.
Kalit so'zlar: Makkajo'xori, nav, geterozis duragay, urug' unuvchanligi, o'suv davri, o'simlik bo'yining balandligi, hosildorlik.
Kirish. Bugungi kunda makkajo'xori dunyo bo'yicha jami 191,4 mln gektardan ortiq maydonlarda etishtirilib kelinmoqda. FAO Xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda 1115975 ming tonnadan ortiq makkajo'xori hosili ishlab chiqarilib, etakchi davlatlar: AQSH (354,5 mln.t), Xitoy (256,5 mln.t), Braziliya (107,8 mln.t), Evropa (62,6 mln.t), Argentina (46,7 mln.t), Ukraina (29,0 mln.t), Hindiston (28,1 mln.t), Meksika (27,5 mln.t), Janubiy Afrika (15,7 mln.t), Rossiya (13,7 mln.t) hisoblanadi. Jumladan, Respublikamizning turli tuproq va iqlim sharoitlarida makkajo'xorining asosiy va takroriy ekin sifatida o'stirishga mos nav va duragaylari tanlanib, maqbul ekish muddatlari, biologik, morfologik xususiyatlari, etishtirish texnologiyalari o'rganilmoqda. Lekin, Buxoro viloyatining tuproq iqlim sharoitida shu paytgacha makkajo'xorini yangi yaratilgan nav va duragaylarini asosiy va takroriy ekin sifatida turli usullarda oziqlantirish orqali etishtirish texnologiyasi ilmiy asoslanmagan. SHu bois makkajo'xorining yangi yaratilgan va chet eldan keltirilgan yuqori hosilli nav va duragaylarini turli tuproq iqlim sharoitlarida etishtirishning
ABSTRACT
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
innovatsion, resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish muhim vazifalardan bin hisoblanadi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Tajriba o'tkazish uchun makkajo'xorining O'zbekiston 300 MV (nazorat), Mayami F1, Sagunto F1, P 1241 F1, Maksima kabi navlar va duragaylari tanlab olindi. Ushbu nav va duragaylar Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitida ertagi ekin sifatida o'stirib o'simlikning o'sishi, rivojlanishi, barg, poya, so'ta va don shakllanishi, donning sifati va hosildorligi bo'yicha baholandi. Tadqiqotlar "Методические рекомендации по проведению полевых опытов с кукурузой", "Методика полевых опытов по изучению агротехнических приемов по возделыванию кукурузы" hamda "Методика государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур" qo'llanmalaridagi uslublarga asoslanib olib borildi. Ma'lumotlarning statistik tahlili B.A.Dospexovning "Методика полевого опыта" uslubi asosida "Exsel 2010" "Statistisa 7.0 for Windows" kompyuter dasturlari yordamida amalga oshiriladi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Olib borilgan tajribalarimizda makkajo'xori nav va duragaylari urug'larini asosiy ekin sifatida dalaga 18 aprelda ekildi. Fenologik kuzatish natijalariga ko'ra urug'larning unib chiqishi nav va durugaylararo 26-27 aprelda kuzatildi. O'rganilgan nav va durugaylarda 7- bargning shakllanishi may oyining 13-15 sanasida ya'ni o'simliklar unib chiqqandan 17-18 kundan so'ng qayd etildi. Ro'vaklash fazasi esa iyun oyining 15-18 kunlarida qayd etilib bu ikkala faza oralig'i 33-35 kunga farqlandi, ro'vakning gullashi esa 21-24 iyunda qayd etildi. Tajriba o'simliklarida so'talash fenologik fazasi 5-9 iyulda namoyon bo'lib ushbu fazaning davomiyligi 15-14 kunni tashkil qildi. Makkajo'xori nav va duragaylarida so'talarning sut pishishi 21-28 iyulda, so'talarning mum pishishi 28 iyul - 5 avgust kunlarida, so'talarning to'la pishishi esa 5-14 avgust kunlarida ko'zatildi. Umuman olganda tajribada o'rganilgan makkajo'xori nav va duragaylarida fazalarning davomiyligiga ko'ra o'suv davri 109-118 kunni tashkil qildi. Shuningdek nazorat O'zbekiston 300 MV navida eng uzoq o'suv davri 118 kunni, eng qisqa o'suv davri esa Mayami F 1, duragayida qayd etilib 109 kunni tashkil qildi. Maksima, Sagunto F1, P 1241 F 1, kabi navlar va duragaylarining o'suv davri 110-112 kun oralig'ida bo'ldi. Asosiy ekin sifatida etishtirilgan makkajo'xori nav va duragaylarining er ostki va er ustki qismlarining shakllanishi ham tahlil qilinganda bu ko'rsatkichlar sezilarli darajada farqlandi. Ya'ni nav va duragaylarning er ostki qismi vazni 239,6 grammdan 317,6 grammgacha, quruq vazni 214,5 grammdan 286,2 grammgacha oshib bordi. Bir tup o'simlikning
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
ildiz hajmi esa nav va duragaylararo 237,2-314,2 sm3 ni tashkil etdi. Tahlillarga ko'ra er ostki qismining eng kuchli shaklanishi Mayami F1 duragayida qayd etildi. Bir tup o'simlikning er ustki qismini shakllanishi bo'yicha olingan ma'lumotlarga ko'ra poyaning ho'l vazni 416,2 grammdan 582,4 grammgacha, bargning ho'l vazni 136,6 grammdan 162,5 grammgacha qayd etildi. O'simliklarda er ustki qismining shakllanishi bo'yicha ham eng yuqori ko'rsatkich Mayami F1, duragayida, eng past ko'rsatkich esa Maksima navi hamda Sagunto F1 duragayida qayd etildi.
O'rganilgan makkajo'xori nav va duragaylari o'simliklarning bo'yining o'sishi 248,9 santimetrdan 281,7 santimetrgacha bo'lib, eng baland bo'yli o'simliklar Mayami F1(281,7 sm), O'zbekiston 300 MV(278,2 sm), Sagunto F1 (268,4 sm) kabi nav va duragaylarda kuzatildi. Tajribada makkajo'xori nav va duragaylari o'simliklarida birinchi so'talarning joylashishi 55,2 - 69,7 sm balandlikda, bosh poyadagi barglar soni 12,4 donadan 15,4 donagacha, bir tup o'simlikdagi so'talar soni 1,2 donadan 2,7 donagacha shakllandi. Shuningdek eng ko'p barg va so'talarning shakllanishi O'zbekiston 300 MV, Mayami F1, Sagunto F1 kabilarda qayd etildi.
O'rganilgan nav va duragaylarda don hosildorligi gektaridan 7,0 tonnadan 8,9 tannagacha oshib bordi, ya'ni O'zbekiston 300 MV navida 7,4 t/ga, Mayami F1 duragayida 8,9 t/ga, Sagunto F1 duragayida 8,0 t/ga, P 1241 F1 duragayida 7,6 t/ga, Maksima navida esa 7,0 t/ga hosil olindi.
Xulosalar. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalari asosida qilingan xulosalarimiz asosida ta'kidlashmiz mumkinki makkajo'xorining Mayami F1 va Sagunto F1 duragaylarini Buxoro viloyati sharoitida asosiy ekin sifatida etishtirish gektaridan 8,0 - 8,9 tonna don hosili olishni ta'minlar ekan.
REFERENCES
1. Bobomirzaev P.X. Respublikamizning janubida ekish muddatlari-ning bug'doy o'sish-rivojlanishiga tasiri. AGRO ILM. Toshkent, -№ 2 (46), 2017, S.38-39.
2. Djurayeva S.F., Rizayev Sh.X. Tuproqqa ishlov berishning tuproq mikrofaunasiga ta'siri. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan, SB TSAU Conference. 2022. Pp. 577-582.
3. Ostonaqulov, T. E., Xalilov, N. X., Lukov, M. Q., & Sanaev, S. T. Takroriy ekinlar farovonlik manbai. Kullanma. Samarkand-2017, 4.
4. Sanaev, S. T., Kh, K. K., & Kh, A. I. (2021). Yield and marketability of potato varieties with different numbers of
May 12-13
810
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
irrigation schemes and fertilizer standards in case of Uzbekistan. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(8), 5-8.
5. Rahimov A.R.,Bobomirzaev P.X. Fotosinteticheskaya aktivnost tverdoy pshenitsti v zatiisimosti ot srokov i norm poseva. Agrarnaya nauka. Ejemesyachntiy nauchno-teoriticheskiy i proizvodsstvenntiy jurnal. - Rossiya, 2017, № 7, S. 12-14.
6. Yuldasheva H.B., Rizayev Sh.X. Ekish muddati va me'yorlarinmg sabzavot makkajo'xori o'sishi, rivojlanishiga ta'siri. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan, SB TSAU Conference. 2022. Pp. 315-320.
May 12-13