Научная статья на тему 'BAQLAJONING ISTIQBOLLI BIRINCHI AVLOD DURAGAYLARI'

BAQLAJONING ISTIQBOLLI BIRINCHI AVLOD DURAGAYLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

125
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hosildorlik / baqlajon / standart nav / geterozis / bo„rtma nematodasi / bardoshli / duragay / noksimon / seleksiya / ertapishar. / productivity / eggplant / standard / heterosis / rot-knot nematode / resistant / hybrid / pear-shaped / selection / earliness

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muzaffar Xoshimovich Aramov, Jo‘raxon Narsaydovich Nadjiev, Dilshod Shodavlatovich Turaev

Maqolada baqlajonning yangi F1 duragaylarini o„rganish haqida ma‟lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida F1 L-29 x Ss, F1 Ss x Mk, F1 L-9 x L-29 va F1 L-9 x Mk duragaylari umumiy va ertachi hosildorlik bo„yicha geterozis samarasi yuqori va bo„rtma nematodasiga amaliy bardoshli duragaylar sifatida ajratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information about the study of the new F1 hybrids of eggplant. As a result of the research, F1 L-29 x Сс, F1 Сс x Mk, F1 L-9 x L-29 and F1 L-9 x Mk hybrids are distinguished as hybrids with high efficiency of heterosis in terms of general and matriarchic productivity and practical endurance to the articulated nematode.

Текст научной работы на тему «BAQLAJONING ISTIQBOLLI BIRINCHI AVLOD DURAGAYLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-780-785

BAQLAJONING ISTIQBOLLI BIRINCHI AVLOD DURAGAYLARI

Muzaffar Xoshimovich Aramov

TAIRI "Meva - sabzavotchilik, uzumchilik va issiqxona xo'jaligi" kafedrasi mudiri,

q.x.f.d. professor

Jo'raxon Narsaydovich Nadjiev

TAIRI "Agronomiya, qishloq xo'jaligi ekinlari seleksiya va urug'chiligi" kafedrasi

mudiri, q.x.f.d.

Dilshod Shodavlatovich Turaev

Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti dilshod.turayev92@bk.

ANNOTATSIYA

Maqolada baqlajonning yangi F1 duragaylarini o'rganish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida F1 L-29 x Ss, F1 Ss x Mk, F1 L-9 x L-29 va F1 L-9 x Mk duragaylari umumiy va ertachi hosildorlik bo'yicha geterozis samarasi yuqori va bo'rtma nematodasiga amaliy bardoshli duragaylar sifatida ajratilgan.

Kalit so'zlar: hosildorlik, baqlajon, standart nav, geterozis, bo'rtma nematodasi, bardoshli, duragay, noksimon, seleksiya, ertapishar.

ABSTRACT

The article provides information about the study of the new F1 hybrids of eggplant. As a result of the research, F1 L-29 x Ce, F1 Ce x Mk, F1 L-9 x L-29 and F1 L-9 x Mk hybrids are distinguished as hybrids with high efficiency of heterosis in terms of general and matriarchic productivity and practical endurance to the articulated nematode.

Keywords: productivity, eggplant, standard, heterosis, rot-knot nematode, resistant, hybrid, pear-shaped, selection, earliness.

KIRISH

Baqlajon sabzavotchilikda muhim ekinlardan biri hisoblanadi. Baqlajon mevasi texnik pishib yetilganida tarkibida 6-11% quruq moddalar, 2,5-4% shakar, 0,6-1,4 % oqsil va 0,2-0,4% moylar to'planadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-780-785

Baqlajonni doimiy tarzda iste'mol qilinsa, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga va yurak mushaklari mustahkamlashda muhim sabzavotlardan biri hisoblanadi.

Keyingi yillarda baqlajonni ko'plab qishloq xo'jaligi rivojlangan mamlakatlarda istiqbolli nav va duragaylarini yaratishga va yetishtirishga e'tibor berib kelinmoqda. Shu asnoda O'zbekistonda ham balajonni nafaqat ochiq dalalarda, balki ertagi va takroriy ekin sifatida, plyonkali qoplamalar ostida va issiqxonalarda ham ko'plab yetishtirilmoqda.

Shuning uchun respublikamizda baqlajon ekini seleksiyasi oldiga ertapishar, serhosil, mevalari bozor talabiga javob beradigan, tashqi muhit omillariga bardoshli, hamda regionimizda keng tarqalgan qishloq xo'jalik ekinlarining xavfli zararkunandasi bo'rtma nematodasiga chidamli nav va duragaylar yaratishni muhim vazifa qilib qo'yadi.

Respublikamizning janubida ham baqlajon seleksiyasi bo'yicha bir qancha amaliy ishlar bajarilib kelinmoqda. Xususan, 1997 yildan boshlab SPE va KITI Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida ertapishar, mevalari bozor talabiga javob beradigan, bo'rtma nematodasiga chidamli nav va duragaylar yaratish bo'yicha seleksiya ishlari olib borilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Astraxandagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot institutining tajriba stansiyasida olib borilgan tadqiqotlarda baqlajon nav namunalarini o'rganishda xo'jalik-qimmatli belgili 3 ta yozgi donor baqlqjon navlari ajratilgan bo'lib, Местный скороспелый, Black Draeon Fi, Суклейский navlari unib chiqqandan biologik pishguncha ertapishar, har qaysi namuna standart Almazga nisbatan 18-26 kun ertachi ekanligi o'rganilgan; biroq Bin, Black Draeon Fl, 9344S50041 navlarda standartga nisbatan notovar ko'rsatkichlari 24,6-45,3% va tovarbop hosildorligi 4,9-8,9%; Black Draeon Fl tanlangan namunada shakar miqdori yuqori, Black Bird, 944710074 navlarida ham vitamin C miqdori yuqori bo'lgan. Seleksiya uchun kompleks donor sifatida nav namunalaridan Black Draeon Fl va Bin navlari ajratilgan. (Бажмаева Фатима Кальтажиевна) [1, 21 -bet]

Гераськина Надежда Викторовна ma'lumotlarida Fi duragaylarida hosildorlik ko'rsatkichlari 14,5 kg/m2 (LVal x 47) dan 20,4 kg/m2 (L X LN) gacha standart F1 Diamantda esa 14,9 kg/m bo'lgan. Eng yaxshi duragay kombinatsiyalari

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-780-785

LM x LG, LVal x LG, LM x 47, LAlks x 47 bo'lib, standartga nisbatan 36,9; 24,8; 23,5; 21,5 % miqdorda ko'p bo'lgan. [2, 15 -bet]

Tayleb Murad tadqiqotlari davomida baqlajonda diallel sxemada chatishtirishni amalga oshirib, F1 (Vi x Db, Vi x Alm, DixTa-M va DixVi) duragaylarining o'rtacha meva vazni serhosil standart F1 MaKcrnga nisbatan 43-61% gacha ustunligi kuzatilgan. Tadqiqot ishlarida baqlajon VI tizmasining F1 duragay kombinatsiyalarida yuqori hosildorlik kuzatilgan. [3, 5-bet]

Tadqiqotlar materiali sifatida O'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti va sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi seleksiyasiga mansub nav va duragaylar xizmat qildi.

2021 yilda olib borilgan tadqiqotlar davomida 44 ta nav namunalari 16 ta birinchi avlod duragaylari o'rganilib, ulardan istiqbolli nav va duragaylar ajratib olindi. Tadqiqot ishlari 2021 yil yanvar oyining birinchi o'n kunligida boshlanib urug'lar kasetalarda tuproq va biogumus ozuqasida issiqxona sharoitida ekildi. Yetishtirib olingan ko'chatlar mart oyinig birinchi o'n kunligida sim bag'azli plyonka ostida dala maydonlariga o'tkazildi.

Tadkikotlar « Методические указания по изучению и поддержанию мировой коллекции овощных пасленовых культур» (томаты, перцы, баклажаны) Л., 1977 asosida olib borildi.

O'simliklarning bo'rtma nematodasiga chidamlilik darajasi o'suv davrining oxirida ildiz sistemasi qazilib, Кондакова, Квасников, Игнатова (1976) uslubida baholandi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

O'suv davri o'rganilgan duragaylarda 82-88 kunni tashkil etdi va ulardan Fi L-29 x Ss, Fi Ss x Mk, va Fi L-9 x Mk duragaylari standart Fi Zaminga nisbatan 2-6 kun ilgari, F1 L-9 x L-29 duragayi esa standart nav bilan bir vaqtda va ertapishar ota-ona formalari amal davridan erta pishib yetildi. Standart F1 Zaminda o'suv davri 88 kun davom etdi, 1-jadval.

1-jadval Baqlajon F1 duragaylarining morfobiologik tavsifi, 2021 y.

Nav va liniyalar O'suv davri, kun O'simlik Meva

tipi bo'yi, sm shakli urug'lar miqdori tashqi ko'rinishi mag'zi rangi

Fi Zamin st. 88 Yarim tik o'suv. 65,6 Ovalsimon O'rta To'q. binafsha Och sariq

L-29 88 Yarim tik o'suvchi 66,2 Silindrsimon O'rta To'q. binafsha Och yashil

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-780-785

Solyaris 95 Shtambsimon 60,0 Noksimon O'rta Qora binafsha Och yashil

L-9 91 Serpoya 35,6 Dumaloq O'rta To'q. binafsha Och yashil

Matrosik 99 Yarim tik o'suv. 43,1 Yirik noksimon O'rta Chipor yo'l-yo'l Oq

F1L-29 x Ss 82 Yarim tik o'suv. 58,1 Noksimon O'rta Qora binafsha Och yashil

F1 Ss x Mk 86 Yarim tik o'suv. 77,3 Noksimon O'rta To'q. binafsha Och sariq

F1 L-9 x L-29 88 Serpoya 47,3 Kalta silindrsimon. O'rta To'q. binafsha Och sariq

F1 L-9 x Mk 86 Yarim tik o'suvchi 52,2 Dumaloq O'rta Och binafsha Och sariq

O'simlik tipi uchta duragayda yarim tik o'suvchi va bitta duragayda serpoya ko'rinishda bo'ldi. Ularda o'simlikning balandligi 52,2-77,3 sm bo'lib, Fi Ss x Mk duragayi uzun, F1 L-29 x Ss va F1 L-9 x Mk duragaylari o'rtacha uzunlikda, F1 L-9 x L-29 duragayi esa bo'yi past bo'ldi. O'simliklarning balandligi F1 Ss x Mk daragayida standart F1 Zaminga nisbatan baland, qolgan uchta duragaylarda esa past bo'ldi.

Duragaylarda meva shakli noksimon, silindrsimon va dumaloq bo'lib, ota-ona formalari mevasining shakllari birinchi avlodda namoyon bo'ldi. Mevadagi urug'lar miqdori o'rtacha. Mevalarning rangi to'q va qora binafsha, usti silliq, yaltiroq bo'ldi.

Umumiy hosildorlik standart F1 Zaminga nisbatan F1Ss x Mk va F1L-9 x Mk duragaylarida 39,4-45,8% ga, F1 L-29 x Ss va F1 L-9 x L-29 duragaylarida esa 1423,3% ga ko'p bo'ldi. Standart F1 Zamin duragayida umumiy hosildorlik 75,5 t/ga ni tashkil etdi. 2-jadval.

2-jadval Ertapishar baqlajon Ft duragaylarining hosildorligi, 2021 y.

Navlarning nomi Umum. Umum. hos Geterozis Ertach Ertachi hos. Geterozis Meva

hos t/ga standart.navg a nisbatan, % samarasi,% hosil, t/ga standart.navga nisbatan, % samarasi, % vazni, g.

F1 Zamin st. 75,5 - - 27,9 - - 151

L-29 74,3 -1,58 - 28,4 1,8 - 129,9

Solyaris 77 1,98 - 28,8 3,2 - 141,2

L-9 71,7 -5,0 - 27,1 -2,9 - 153,7

Matrosik 70,6 -6,5 - 17,7 -36,5 - 163,7

F1 L-29 x Ss 86,1 14 11,9 33,4 14,2 15,7 148,3

F1 Ss x Mk 105,2 39,4 36,6 44 39,4 52,6 173,9

F1 L-9 x L-29 93 23,3 25,2 38,1 23,3 34,1 138

F1 L-9 x Mk 110 45,8 53,4 49,5 45,8 82,4 176,3

Geterozis samarasi F1 L-9 x Mk duragayida eng yuqori bo'lib, u 53,4% ni tashkil etdi. F1 L-29 x Ss, F1 Ss x Mk va F1 L-9 x L-29 duragaylarida esa 11,9-36,6%

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-780-785

bo'lganligi qayd etildi. Olingan natijalarga ko'ra barcha duragaylarda ham geterozis samarasi yuqori xisoblanadi.

Ertachi hosildorlik F1 Ss x Mk va F1L-9 x Mk duragaylarida eng yuqori bo'ldi va u 44,0-49,5 t/ga ni tashkil etdi. Bu standart F1 Zaminga nisbatan 39,4-45,8% ko'p demakdir. Standart F1 Zamin duragayida ertachi hosildorlik 27,9 t/ga ni tashkil etdi.

Ertachi hosildorlik bo'yicha geterozis samarasi ham shu ikkala duragayda yuqori bo'ldi va u 52,6-82,4% ga yetganligi qayd etildi.

Duragaylar o'suv davri yakunida ildizi qazilib bo'rtma nematodasi bilan zararlanishi baholandi. Bunga ko'ra F1 Ss x Mk va F1 L-9 x Mk duragaylarining 35,040,0% o'simliklarida bo'rtma nematodasi bilan zararlanish kuzatilmadi. Qolgan duragaylarda o'rtacha zararlanish 1,2-0,8 ballga yetdi va bu duragaylar amaliy bardoshli hisoblanadi, 3-jadval.

3-jadval Ertapishar baqlajon F1 duragaylari va ular ota-ona formalarining bo'rtma nematodasi bilan

zararlanishi, 2021y.

Duragay va ota-ona formalar O'simlik soni, dona Zararlangan o'simliklar foizi, ball. O'rtacha zararlanish, ball.

0 1 2 3 4

F1 Zamin st.n. 20 0 7,5 20 27,5 45 3,1

L-29 20 5 10 30 35 20 2,6

Solyaris 20 15 5 20 45 15 2,4

L-9 20 20 30 40 10 0 1,4

Matrosik 20 30 40 30 0 0 1,0

F1 L-29 x Ss 20 5 15 35 45 0 2,2

F1 Ss x Mk 20 35 20 40 5 0 1,2

F1 L-9 x L-29 20 15 35 45 5 0 1,4

F1 L-9 x Mk 20 40 40 20 0 0 0,8

Tadqiqotlarda ota-ona formalardan bo'rtma nematodasiga bardoshli Matrosik navida 30% o'simliklar bardoshlilik ko'rsatdi. Standart F1 Zamin duragayida esa o'rtacha zararlanish 3,1 ballni tashkil etib, u chidamsiz hisoblanadi. Qolgan ota-ona formalar L-29, Solyaris, L-9 va Matrosik liniyalarida 80,0-95,0% o'simliklar bo'rtma nematodasi bilan zararlandi va bular chidamsiz hisoblanadi.

Olib borilayotgan tadqiqotlar davomida O'zbekiston janubida baqlajon seleksiyasida istiqbolli birinchi avlod durgaylarni yaratishda hamda fermer xo'jaliklarga yuqori hosil beradigan duragaylar o'rganilgan. Qolaversa tadqiqot ishlari baqlajon seleksiyasida olib borayotgan izlanishlarning davomi hisoblanadi.

XULOSA

Duragaylarni o'rganish tajribasida olib borilgan tadqiqot natijasiga ko'ra F1 Ss

x Mk va F1 L-9xMk duragaylari ham ertapishar, xo'jalik qimmatli belgilariga ega,

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 784 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-780-785

umumiy va ertachi hosildorligi va shunga muvofiq ravishda umumiy va ertachi hosil bo'yicha geterozis samarasi (36,6-53,4% va 52,6-82,4%) yuqori duragaylar sifatida ajratildi.

REFERENCES

1. Бажмаева Фатима Кальтажиевна (2009) "Оценка коллекционных образцов, подбор доноров для селекции и создание сортов перца сладкого и баклажана для нижнего Поволжья" Автореферат Астрахань.

2. Гераськина Надежда Викторовна (2016)"Селекция сортов и гибридов баклажана для весенних пленочных теплиц" Автореферат Москва.

3. Тайлеб Мурад (2011) "Комбинационная способность инбредных линий баклажана по ценным хозяйственным признакам" Афтореферат Москва.

4. Доспехов Б.А. (1986) "Методика полевого опыта" - Москва.

5. Кондакова Е.И., Квасников Б.В., С.И. Игнатова С.И. (1976) "Методика оценки сортов томата на устойчивость к галловым нематодам" Тр. НИИОХ, том 6, Москва.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.