INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
SABZAVOT MAKKAJO'XORI NAVLARINI ERTAGI VA TAKRORIY EKINLAR
SIFATIDA TURLI MUDDATLARDA O'STIRILGANDA HOSILDORLIGI 1Ostonaqulov T.E., 2Nurillayev I.X.
1QarDU professori 2QarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002656
Annotatsiya. Maqolada shirin makkajo'xori Megaton F1 va Zamon duragay-navlarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida turli muddatlarda o'stirishning osimlik o'sishi, rivojlanishi, mahsuldorlik ko'rsatkichlari va don hosildorligiga tasirini o'rganish yakunlari bayon etilgan. Shirin makkajo'xori o 'rganilgan nav-duragaylari asosiy ekin sifatida 12-martda ekilganda eng baland bo'yli (158-172 sm ) barglangan (14,4-14,7 dona) va mahsuldor tupda (3,5-4,1 so'ta) qayt etilgan. Shunda eng yuqori don hosili (66,5-69.8 s/ga) olingan. Takroriy ekin sifatida esa eng ko'p don hosili (63.6-68.8 s/ga) 20-iyulda ekilganda kuzatilgan.
Kalit so'zlar: Shirin makkajo'xori, nav-duragay, o'sish,vegetatsiya davr, barglanganlik, maxsuldorlik.
Kirish. Dunyo aholisi sevib isteyemol qiladigan sabzavotlardan biri shirin makkajo'xori (Zea mays L. convar saccharata) bo'lib, vatani Markaziy Amerika hisoblanadi va bu ekin AQSH, Kanada, Meksika, Argentina, Peru kabi mamlakatlarda keng tarqalgan sabzavot ekini bo'lib, bizda ham keyingi vaqtlarda dehqon va fermer xo'jaliklarida daromadli ekinligi uchun katta qiziqish uyg'otmoqda [3,7].
Respublikamizda seleksiya ishlari natijasida mahalliy sharoitga mos sabzavot makkajo'xorining SHerzod, Zamin, Zamon kabi navlari yaratilib, davlat reyestriga kiritildi [4,5]. Ularni oziq-ovqat va uruqqa o'stirish texnologiyalari hamda birlamchi, elita urug'chiliklari ishlab chiqilmoqda.
Lekin, Qashqadaryo viloyati sug'oriladigan bo'z tuproqlari sharoitida sabzavot (shirin) makkajo'xori yaratilgan yangi nav va geterozisli duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o'stirishda maqbul ekish muddatlarini belgilash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Tadqiqot maqsadi - shirin makkajo'xorining yangi Megaton F1 va Zamon navlarini asosiy hamda takroriy ekinlar sifatida turli muddatlarda ekib, o'sishi, rivojlanishi va xosildorligini o'rganish asosida maqbul ekish muddatlarini (asosiy va takroriy ekinlar uchun ) aniqlashdan iborat.
Material va metodlar. Dala tajribalari Qarshi tumani Almamat o'g'li Abbos fermer xo'jaligi sho'rlanmagan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida olib borildi. Asosiy ekin sifatida yangi Megaton F1 va Zamon navlarining urug'larini 20.02, 2. 03, 12. 03 va 22.03, kuzgi bug'doydan so'ng takroriy ekin sifatida 30.06, 10.07, 20.07 va 30. 07 da 90x20sm sxemada 5-6 sm chuqurlikda ekildi. Delyankaning maydoni 56 m2 , takrorlar soni 4 ta bo'lib barcha agrotexnologik tadbirlar - sug'orish, o'g'itlash, o'lchash, tahlil va hisoblashlar umumqabul qilingan uslublar va agrotavsiyalar asosida olib borilib, hosildorlik ko'rsatkichlari Microsoft Exsel dacturi yordamida dispersion tahlil qilinib, tajriba aniqligi (Sx%) va eng kam kichik farq ( EKF05) topildi[1,2,6,7].
Tadqiqot natijalari muhokamasi. Shirin makkajo'xorining Megaton F1 va Zamon navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida ekilganda o'simlik o'sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi bo'yicha keskin farqlandi (1-jadval). Asosiy ekin sifatida shirin makkajo'xorining Megaton F1
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
duragayi 20 fevralda ekilganda o'suv davri 83 kunni, 22 martda ekilganda 80 kunni, o'simlik bo'yi 149 va 155 sm, barg soni esa 12,3 va 14,0 donani tashkil etdi. Shirin makkajo'xori Zamon navida bu ko'rsatkichlar 80 va 77 kun, 157 va 169 sm, 12,8 va 14,3 donani tashkil qildi. Ikkala o'rganilgan navda ham eng balandbo'yli (158 va 172 sm), serbargli (14,4 - 14,7 dona) mahsuldor o'simliklar (3,5 - 4,0 dona so'ta) ekish 12 martda amalga oshirilganda kuzatildi. Shunda don hosildorligi eng ko'p bo'lib, gektaridan o'rganilgan duragay-navlarda 66,5-69,8 yoki 1,5 sentner qo'shimcha xosilni ta'minladi
1.Asosiy va takroriy ekinlar sifatida turli muddatlarda ekilgan shirin makkajo'xori navlarining o'sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi va don xosildorligi
O'sim lik 'S N
O's uv 3 m B s "ti 'S 0 M CÖ CÖ > CÖ JZ 0 CÖ Yillar bo'yicha hosildorlik, , s/ga Qo'shimc ha hosildorlik
Ekis h dav ri, t "o 00 C '3 CÖ s CÖ £ 03 { ag 'S N
Nav nomi mud dati ku n his obi da 3 tn 'J' "0 03 ni o s g r a 03 T3 c cö 13 CÖ s s "tg CÖ T3 CP 3 !-H 03 CÖ v n o T3 CÖ t 0 0 0 2020 20 21 o'rta cha s/g a %
Asosiy ekin sifatida eki lganda
20.0 2 83 149 12,3 48 3,2 21 9 29 6 65,8 59, 2 62,5 2,5 96,2
Megaton 02.0 3 81 152 13,1 47 3,3 22 3 30 1 67,7 60, 6 64,1 0,9 98,6
Fi 12.0 3 80 158 14,4 48 3,5 22 8 30 5 69,4 63, 6 66,5 1,5 102, 3
(st.) 22.0 3 ( nazo rat) 80 155 14,0 49 3,4 22 5 30 3 68,3 61, 7 65,0 100, 0
20.0 2 80 157 12,8 40 3,8 21 5 31 5 70,3 64, 1 67,2 1,1 98,4
02.0 3 78 165 13,6 40 3,9 21 9 31 7 71,2 65, 8 68,5 0,2 100, 3
Zamon 12.0 3 78 172 14,4 38 4,0 22 4 32 0 72,5 67, 1 69,8 1,5 102, 2
22.0 3 ( nazo rat) 77 169 14,3 38 3,9 22 1 31 8 71,0 65, 4 68,2 100, 0
EKF05 = 1 , 8 1 , 2
Takroriy ekin sifatida ekilganda
30.0 6 ( 80 144 11,5 42 3,0 21 0 28 9 61,9 54, 3 58,1 3,7 94,0
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
______JUNE 6-7, 2023_____
nazo rat )
Megaton 10.0 7 82 148 12,1 45 3,2 21 3 29 4 63,5 57, 3 60,4 1,4 97,7
F1 20.0 7 84 156 12,8 47 3,4 21 8 29 9 66,0 61, 2 63,6 1,8 103, 0
(st.) 30.0 7 84 150 12,4 45 3,3 21 5 29 5 64,3 59, 3 61,8 - 100, 0
30.0 6 ( nazo rat ) 76 153 12,1 34 3,5 20 6 30 6 67,3 61, 1 64,2 2,5 96,3
Zamon 10.0 7 79 160 13,5 38 3,6 21 0 31 1 69,8 64, 2 67,0 0,3 100, 4
20.0 7 81 167 14,0 40 3,8 21 4 31 6 71,3 65, 5 68,4 1,7 102, 5
30.0 7 80 164 13,7 40 3,5 21 1 31 3 69,5 63, 9 66,7 - 100, 0
EKF 05 = 2,1 1,7
Takroriy ekin sifatida shirin makkajo'xori o'suv davri Megaton F1 navida ekish muddatlari bo'yicha 80-84, Zamon navida 76 - 80 kunni tashkil etdi. Ekish 20 iyulda amalga oshirilganda o'suv davri ikkala o'rganilgan navda ham eng uzun - 81-84 kun bo'lib, o'simlik baland bo'yli (156-167sm), serbargli (12,8-14,0), mahsuldor (bir tupda 3,4- 3,8 dona so'ta), yirik donli (1000 ta don vazni 299-316 g) bo'lib, don hosildorligi gektaridan eng yuqori (63,6 - 68,4 s/ga), ya'ni 1,7 - 1,8 s qo'shimcha hosil olindi.
Xulosa qilib aytganda, Qashqadaryo viloyatining sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida shirin makkajo'xori Megaton F1 va Zamon duragay-navlarini asosiy ekin sifatida 12 martda, takroriy ekin sifatida esa 20 iyulda ekish maqsadga muvofiq ekan. Shunda o'simlikning o'sishi, rivojlanishi va mahsuldor bo'lib shakllanishiga qulay sharoit yaratilib, ertagi ekilganda 65-70, takroriy ekilganda esa 62-68 s/ga hosil olish mumkin ekan.
REFERENCES
1. Азимов Б.Ж.,Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар утказиш методикаси. Тошкент.2002. -Б.181-186.
2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. Москва.1985.-С.382.
3. Остонакулов Т.Э. ва бошкалар. Ширин маккажухори. Тошкент.2008.-Б.112.
4. Остонакулов Т.Э., Бекназарова Х.И. Перспективные гибриды овощной кукурузы. Ж.Картофель и овощи. М. , 2010. № 7.-С.16.
5. Остонакулов Т.Э., Зуев В.И., ^одирхужаев ОД. Мева-сабзавотчилик(Сабзавотчилик). Тошкент. Навруз. 2019.-Б.552.
6. Остонакулов Т.Э, Исмойилов А.И., Набиев Ч.К. Сабзавот маккажухорининг Шерзод ва Замон навларининг сугориш тартиби ва угитлаш меъёрлари. Узбекистон кишлок ва сув хужалиги журнали " Агро - илм" иловаси. Тошкент. 2020. № 4. -Б . 61-63.
7. Veb saytlar: www.123seeds.com , www.food.com