Научная статья на тему 'TAKRORIY EKINDA MAKKAJO’XORI DURAGAYLARINING KO’CHAT QALINLIGINING O’SIMLIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI'

TAKRORIY EKINDA MAKKAJO’XORI DURAGAYLARINING KO’CHAT QALINLIGINING O’SIMLIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
72
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MAKKAJO'XORI / DURAGAY / HOSILDORLIK / KO'CHAT QALINLIGI

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Nazirova G.O.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati Andijon viloyatining sug’oriladigan o’tloqi-bo’z tuproqlari sharoitida duragaylarning biologik xususiyatlariga mos yuqori don hosili yetishtirishni ta’minlaydigan ko’chat qalinligi ishlab chiqish asosida makkajo’xori yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECT OF CORN HYBRID THICKNESS ON PLANT DEVELOPMENT IN REPEATED CROPS

The practical significance of the study. Cultivation technologies will be improved based on the development of optimal sowing dates and seedling thickness, providing high grain yields in accordance with the biological characteristics of maize varieties and hybrids in irrigated meadow-gray soils. Andijan region.

Текст научной работы на тему «TAKRORIY EKINDA MAKKAJO’XORI DURAGAYLARINING KO’CHAT QALINLIGINING O’SIMLIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI»

Nazirova G. O. stajyor-tadqiqotchi Don dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti

TAKRORIY EKINDA MAKKAJO'XORI DURAGAYLARINING KO'CHAT QALINLIGINING O'SIMLIK RIVOJLANISHIGA TA'SIRI

Annotatsiya: Tadqiqotning amaliy ahamiyati Andijon viloyatining sug'oriladigan o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida duragaylarning biologik xususiyatlariga mos yuqori don hosili yetishtirishni ta'minlaydigan ko'chat qalinligi ishlab chiqish asosida makkajo'xori yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish.

Kalit so'zlar: Makkajo'xori, duragay, hosildorlik, ko'chat qalinligi, Mashuk 140, Mashuk 168, Baykal, Nyuton.

Nazirova G.A. trainee-researcher Research Institute of Cereal Leguminous Crops

EFFECT OF CORN HYBRID THICKNESS ON PLANT DEVELOPMENT IN REPEATED CROPS

Annotation. The practical significance of the study. Cultivation technologies will be improved based on the development of optimal sowing dates and seedling thickness, providing high grain yields in accordance with the biological characteristics of maize varieties and hybrids in irrigated meadow-gray soils. Andijan region.

Key words. Maize, hybrid, productivity, seedling thickness, Mashuk 140, Mashuk 168, Baykal, Nyuton.

KIRISH. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020—2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida» gi farmonida "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash va iste'mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish" Strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilangan. [1]

Davlatimizda donchilikni riqojlanitirishga jiddiy e'tibor ko'rsatilmoqda. Bug'doydan bo'shagan yerlardan foydalanib ikkinchi hosil yetishtirish maqsadida bir necha xil yo'nalishda ilmiy ishlar olib borilmoqda. Takroriy ekin sifatida makkajo'xori, jo'xori, sudan o'ti, suli, soya kabi ekinlar ekilishi mumkin. Shu o'rida takroriy ekin sifatida makkajo'xori dunyo dexqonchiligining asosiy ekinlaridan biridir. Jaxonda FAO ma'lumoti,bo'yicha

мЭкономнка h соцнумм №9(100) 2022

www.iupr.ru

169

ekin maydonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Makkajo'xorining o'rtacha xosildorligi gektaridan 4-8 to'nnani tashkil etadi. O'zbekistonning tuproq iqlim sharoiti, keying yillarda g'alla ekin maydonlarini kengayishi, asosiy dexqonchilik sug'oriladigan sharoitda ekanligi takroriy ekin sifatida makkajo'xori ekilganda yuqori xosil olish imkonini beradi. Bu fikrni nazariy xisoblashlar tasdiqlaydi. Andijon viloyati sharoitida yil davomida 1gektar ekinzorga 8 mlrd.kkal. fotosintetik aktiv radiasiya FAR keladi, shundan 3,2 mlrd FAR o'simlirlar vegetasiyasi mart-avgust oylariga to'g'ri keladi. Qolgan qismi sentyabr-mart oylarida ekinzorlarga tushadi. Nazariy xisoblashlar bo'yicha bu davrda 1 gektar maydonga 2,8-3, mlrd.kkal. FAR keladi. Bu makkajo'xorini tezpishar (80-90kun) o'rta tez pishar(90-100 kun) va o'rta pishar (100-112 kun),duragay va navlarini ekib,to'la don xosilini olish mumkunligini ko'rsatadi. Mahalliy sharoitda yuqori xosildor, tezpishar,o'rtacha tezpishar va o'rtapishar nav va duragaylarini tanlash, takroriy ekish uchun mo'ljallangan maydonlardan ekinni (kuzgi bug'doy) ni qisqa muddatda yig'ishtirib olish va iyunt oyining oxirgi 10 kunligida tuproqqa ishlov berib,makkajo'xorini qisqa muddatlarda ekish va tezroq undirib olish chora- tadbirlarini ko'rish lozim.

Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining sug'oriladigan o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida makkajo'xori duragaylaridan yuqori va sifatli don olishda maqbul ekish sxemasini aniqlashdan iboratdir.

Tadqiqotning vazifalari:

Makkajo'xorini ko'chat qalinligini dala unuvchanligiga, yashovchanligiga ta'sirini o'rganish;

turli ko'chat qalinligini makkajo'xori duragaylarining o'sishi va rivojlanishiga ta'sirini o'rganish;

turli ko'chat qalinligini makkajo'xori duragaylarining don hosildorligi ta'sirini o'ragnish;

turli ko'chat qalinligini makkajo'xori duragaylarining don sifati ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish;

turli ekish muddati ko'chat qalinligini makkajo'xori duragaylarining fotosintetik faoliyati, barg yuzasi, fotosintetik potentsial, biomassi to'planishi, fotosintez sof mahsuldorligiga ta'sirini aniqlash;

makkajo'xori duragaylarining ishlab chiqarish sinovlaridan o'tkazish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish kiradi.

Ishning ilmiy-amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Andijon viloyatining sug'oriladigan o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida navining biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, maqbul ko'chat qalinligini o'simlikning o'sishi rivojlanishi, ularning don hosili va sifatiga ijobiy ta'siri ilmiy asoslanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Andijon viloyatining sug'oriladigan o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida duragaylarning biologik xususiyatlariga mos yuqori don hosili yetishtirishni ta'minlaydigan maqbul ko'chat qalinligi ishlab chiqish asosida yetishtirish texnologiyasini takomillashtiriladi.

Tajriba o'tkazish tizimi. Tajriba maydonida kuzgi to'rta Mashuk 140,

Mashuk 168, Baykal, Nyui ton duragaylari ekiladi.

№ Makkajo'xori duragaylari Ekish muddati Urug' sxemasi ekish

60x20-1

1 Mashuk 140 60x25-1

60x30-1

60x20-1

2 Mashuk 168 60x25-1

10.06 60x30-1

60x20-1

3 Baykal 60x25-1

60x30-1

60x20-1

4 Nyuton 60x25-1

60x30-1

O'zbekistonda makkajo'xori o'simligining tup qalinligini aniqlash muammosi bilan ko'pchilik tadqiqotchilar shug'ullanishgan.

Jumladan, R.Tillayevning ma'lumotiga ko'ra, Respublika bo'yicha makkajo'xori bilan band maydonlar 1999 yilda 37,4 ming gektarni takroriy ekinda o'rtacha hosildorligi 20,4 sentnerni tashkil etgan. Sug'oriladigan yerlarda makkajo'xorini takroriy ekinda potentsial hosildorligidan to'la foydalanilmayotgani ko'rsatilgan. [2; 196-208-b.]

Hozirgi vaqtga kelib Respublikamizda I.V.Massino va boshqalar tomonidan yaratilgan makkajo'xori duragaylari don uchun va chorva mollari uchun silos tayyorlash maqsadida keng tarqalgan makkajo'xori nav va duragaylaridan o'rtapishar O'zbekiston 601 YeSV, kechpishar O'zbek tishsimoni, O'zROS kremniyli, o'suv davrida qisqa bo'lgan ertapishar Qorasuv 350 AMV, O'zbekiston 420 VL, O'zbekiston 300MV duragaylaridan keng foydalanilmoqda. [2; 20-b.]

I.Kimsanov, S.Abdusamatov tajribalarida ikknchi ekin sifatida Qorasuv 350 AMB va O'zbekiston 306 AMB duragayidan yuqori urug' hosildorligiga erishishda eng maqbul ko'chat qalinligi 70-80 ming/ga tup bo'lishi aniqlanagan. [3; 139-140-b.]

Z.Xalikulov O'zbekiston o'simlikshunoslik ITI Toshkent viloyati sug'oriladigan bo'z tuproqlarida olib borgan tajribalariga asoslanib, duragaylar singari ularning ota-onalik tizmalari ham eng yuqori don hosili olish uchun FAO guruhiga bog'liq ravishda turlicha qalinlikda ekilishi, ya'ni o'rtagi-ertagi va tezpishpr (FAO 300 guruh) 80 ming/ga tup ko'chat qalinligida, (FAO 500 guruhi) 60 ming dona urug'/ga va (FAO 600) 50 ming dona urug'/ga ekilgan variantlar eng mahsuldordir degan xulosaga kelgan. [4; 37-b.] Y.Sharipov Toshkent viloyati sharoitida ikkita makkajo'xori duragayini 50; 60; 70 va 80 ming/ga ko'chat qalinligi bir xil fosforli va kaliyli fonda hamda 180, 240 va 800 kg/ga azotli o'g'it me'yorlarini qo'llab o'rgangan. Eng ko'p yuqori

don hosili "BTS 6661" va "Ulug'bek" makkajo'xori duraagylari 60 ming/ga tup o'simlik joylashtirilib, gektariga 240 kg/ga azot o'g'iti berilgan variantda olingan. Azotli o'g'it me'yori eng ko'p bo'lgan variantlarda, o'simlik tup saqlanuvchanligi pasaygan bo'lib, 50 ming/ga tup qalinligida bu ko'rsatkich uncha katta bo'lmagan. Ko'chat soni eng ko'p bo'lgan variantlarda 1 dona o'simlik barg sathi nisbatan kichik va fotosintez mahsuldorligi past bo'lib, boshqa variantlarga nisbatan donining pishib yetilishi nisbatan kechikkan. [5; 139-b.].

Xulosa. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda Andijon viloyati sharoitida makkajo'xori navlarini tanlash, urug'chiligini tashkil qilish va ularni yetishtirishda qulay ekish usuli va me'yorlarini belgilash bo'yicha muayyan sharoitda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish hamda chetdan kirib kelayotgan duragaylarni mahalliy navlarga taqqoslab o'rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.10.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5853-son farmoni.

2.Tillayev R. Vozdelbivaniye i proizvodstvo kukuruzbi v Uzbekistane, sostoyaniye i zadachi uluchsheniye // Materialbi «Proizvodstvo i uluchsheniye kukuruzbi v Sentralnoy Azii i Zakavkazbe» Almatbi-Bishkek 2000, S. 196-208

3.Massino I.V., Axmedov S.M, Yedebayev D., Boboyev F.G'., Azizov Q.Q., O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida ozuqa yetishtirish bo'yicha qo'llanma. Toshkent 2015, 20 b.

4.Kimsanov I., Absamatov S., Makkajo'xori UZBEKISTAN 306 AMV duragay nav urug'ini yetishtirish (urug' sifatini oshirishning biologik va texnologik asoslari) Toshkent 1998, 139-140 b.

5.Xalikulov Z.N Vliyaniya gustoti stoyaniya rasteniy na biologicheskiye i xozyaystvenno-tsenniye priznaki gibridov kukuruzi i ix roditeliskiy form. Tashkent 1994, 37 b.

6.Sharipov Y. Urojaynost gibridov Kukuruzbi v zavisimosti ot gustoti stoyaniya i normi vnesseniya azotnix udobreniy. // Avtoref. diss.kand. s.-x. nauk. Tashkent 1987 20 b.

"Экономика и социум" №9(100) 2022

www.iupr.ru

172

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.