Научная статья на тему 'PEDAGOGLARNING FAOLIYATIDA ADABIIY TIL ME’YORLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI'

PEDAGOGLARNING FAOLIYATIDA ADABIIY TIL ME’YORLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / til / dastur / mustaqil davlat / turkum / adabiy til / pedagogic muloqot / xalq ta’limi / o‘zbekcha so‘zlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Karaboyeva Mahliyo Qodirjonovna

Ushbu maqolada ona tili – millatning ruhi ekanligi, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgani va ona tili bo‘lmish o‘zbek tilining rivojlanish jarayonlari va uni o‘quv jarayonida qo‘llash bilan bog‘liq afzalliklari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGLARNING FAOLIYATIDA ADABIIY TIL ME’YORLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI»

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

PEDAGOGLARNING FAOLIYATIDA ADABIIY TIL ME'YORLARIGA AMAL QILISHNING AHAMIYATI

Karaboyeva Mahliyo Qodirjonovna

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13959212 Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili - millatning ruhi ekanligi, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani va ona tili bo'lmish o'zbek tilining rivojlanish jarayonlari va uni o'quv jarayonida qo'llash bilan bog'liq afzalliklari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ona tili, til, dastur, mustaqil davlat, turkum, adabiy til, pedagogic muloqot, xalq ta'limi, o'zbekcha so'zlar.

Аннотация. В данной статье родной язык - душа нации, узбекский, языку был присвоен статус государственного, а узбекскому - родной язык, выделены процессы развития и преимущества его использования в образовательном процессе.

Ключевые слова: родной язык, язык, программа, независимое государство, категория, литературный язык, педагогический диалог, народное образование, узбекские слова.

Abstract. In this article, the mother tongue is the soul of the nation, Uzbek that the language was given the status of the state language and Uzbek, the mother tongue development processes and the advantages of its use in the educational process are highlighted

Keywords: mother tongue, language, program, independent state, category, literary language, pedagogical dialogue, public education, Uzbek words.

"Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti uning tili va adabiyotidur.

Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur".

Abdulla Avloniy

Ona tili - millatning ruhidir. Til - davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish -millatning yuksalishi demak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog'i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzidir. Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil

21-dekabrda takomillashtirildi. Ona tilimiz, undagi noyob so'z va iboralar, hikmatlar, maqol va matallar asrlar davomida shakllangan va sayqal topgan bo'lib, bu noyob xazina biz va bizdan keyingi avlodlar uchun ham tengsiz meros hisoblanadi. Bu xazinadan bahramand bo'lgan buyuk ajdodlarimiz al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari mutafakkirlar dunyo tamadduni rivojiga salmoqli hissa qo'shdilar, ayni chog'da, o'zlarining buyuk asarlari, ilm-ma'rifatlari bilan bu xazinaning maqomini yanada baland ko'tardilar.[1;5]

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganidek "Mamlakatimizda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi o'rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz milliy o'zligimizni anglash, millat ruhini saqlab qolish, yorug' kelajagimizni ta'minlashning eng muhim omili, deb bilamiz. Shu ezgu maqsad yo'lidagi amaliy harakatlarimiz tufayli jamiyatimiz hayotida davlat tilining qo'llanish doirasi tobora kengayib, u xalq dilining chinakam ko'zgusiga aylanmoqda".

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Mamlakatimizda so'nggi yillarda barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish sifatini yaxshilash, uning nazariy va uslubiy asoslari mustahkamlash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda shu jumladan xalq ta'limi sohasida ham e'tiborga olinishi lozim bo'lgan muammolar mavjud. Pedagoglarning nutqida shevaga xos so'zlardan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini olib borish holatlari, o'qituvchi yoki o'quvchilar bilan qo'pol yoqimsiz so'zlardan foydalangan holda muloqotda bo'lish, o'z fikrini aniq ifodalay olmaydigan hodimlarni uchratish achinarli hol. O'qituvchining nutq madaniyati, notiqlik san'ati va o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda ifodalay olishi haqida mulohaza yuritishdan oldin til va nutq xususida ayrim ma'lumotlarni eslatish lozim. Nutq madaniyati jamiyat hayoti va madaniyatining o'ta muhim ajralmas tarkibiy qismi, muayyan voqeligi, ko'rinishi sifatida alohida ahamiyatga egadir. U fikr almashish, muomala, so'zlash kabi kundalik, doimiy, zaruriy jarayonlarni o'z ichiga oladi, ularni «boshqaradi», ular orqali voqelikka aylanadi, ta'sir qilish quvvatiga ega bo'ladi. Til va nutq o'zaro dialektik bog'liq ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-psixik xodisalar bo'lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir.

Nutq - bu til deb ataluvchi, ijtimoiy-individual noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari, imkoniyatlarining ob'ektiv borliq, tafakkur hamda vaziyat bilan o'zaro zaruriy, doimiy munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq-bu rasmiy tildir. U keng ma'noda so'zlardan, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalqlarda qadimdan mavjuddir. Bu tushuncha muayyan lingvistik me'yorlar, etik va estetik talablar bilan aloqador bo'lgan tushunchadir. Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bir xalq tili va millat ma'naviyatini belgilovchi (ko'rsatuvchi) etik va estetik kategoriyadir, hodisadir. Nutq madaniyati faqatgina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq me'yorlashga (uni qayta ishlash va boyitishga) qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy madaniyatini ko'tarish, odamlarda ma'lum «til didi»ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliyat hamdir.

Nutq madaniyati to'g'risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so'zlaming o'rinli va o'rinsiz ishlatilishi to'g'risida ham bahs boradi. Qo'llangan til birligini to'g'ri yoki noto'g'ri deyilganda, albatta, ma'lum bir o'lchov(mezon)ga asoslanish kerak bo'ladi. Mana shu o'lchov(mezon) tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi. Har bir lahjaning, so'zlashuv tilining, adabiy tilning o'z me'yorlari bo'lganidek, nutqning alohida ko'rinishlari bo'lgan argolar, jargonlar ham o'z me'yoriga ega. Xususiy me'yorlar quyidagicha ko'rsatiladi:

1. Dialektal me'yor.

2. So'zlashuv nutqi me'yori.

3. Argolar, jargonlar me'yori.

4.Adabiy til me'yori (adabiy me'yor) [2;21].

Umumiy olib aytganda o'qituvchilar quyidagi asosiy nuqtalarga e'tibor qaratishi tavsiya

etiladi:

1. Til va so'zlar to'g'risidagi bilim: O'qituvchi tilning qoidalari, so'zlar va so'zlarning izohli lug'atlari haqida yaxshi tushunishga e'tibor qaratishi kerak. Bu o'qituvchining o'quvchilar bilan muhokama qilish, ularga to'g'ri so'zlar va grammatik qoidalarni o'rgatish va tarqatishda yordam beradi.

2. Qiziqishlarni qo'llash: O'qituvchi o'quvchilarni dars davomida qiziqtirish, ularga

mavzuni qiziqarli qilishga intilish kerak. Qiziqishlar o'quvchilarning fikrlarini

o'zgartiradi va

ularni o'rganishni rag'batlantiradi. Bu, o'quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi.

3. Mulohazalar va bahslarni oshirish: O'qituvchi dars jarayonida o'quvchilarning

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

mulohazalarini, fikrlarini va bahslarini oshirishga intilishi kerak. Bu,o'quvchilarning o'z fikrlarini ifodalash, mantiqiy qarorlar qabul qilish va o'z fikrlarini kuchaytirish imkonini beradi

4. Mazmunli darslar tashkil etish: O'qituvchi mavzuni tushuntirish va ma'lumotlarni o'rganishni yanada qiziqtirish uchun mazmunli darslar tashkil etishi kerak. O'quvchilarning fikrlarini ifodalash, muhokama qilish va ijodiy ishlar qilish imkonini beruvchi mashg'ulotlar, tadqiqotlar va sinovlar foydali bo'ladi.

Yoqimli nutq insonning qiyosi yo'q ma'naviy boyligi, javohirlar to'la sandig'i. Yaxshi so'z, yaxshi xabar ko'ngilga quvonch baxsh etadi, yurakka moydek yoqadi, shifobaxsh malhamdek ta'sir qiladi. Xalqimizda tilga doimo e'tiborli bo'lish, har so'z, har iborani yetti o'ylab gapirish, qisqa so'zlash, muomala odobiga rioya qilish xususida ko'plab hikmatlar mavjud.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta'lim tizimida o'qituvchilarning nutq madaniyati, ularning o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarda tashabbuskor va o'quvchilarga beradigan ma'lumotlarni tushunadigan tarzda yetkazich o'qituvchilarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri bo'lib xisoblanadi. Nutq madaniyati o'qituvchilar uchun o'qitish va o'qish jarayonida amalga oshiriladigan amaliyotlarni va odatlarni ifodalaydi. Nutq madaniyati o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish, o'quvchilarning o'zlarini ifodalashlarini

oshirish va har bir o'quvchining potentsialini rivojlantirishda muhim ahamiyatni kasb

etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. http://uza.uz/uz/politics/prezident-shavkat-mirziyoyevning-ozbek-tiliga-davlat-tili-m

2. O'zbek xalq bayramlari. "Sharq". T.2002

3. Xalq so'zi», 2001-yil, 25-oktyabr

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/O'zbek_tili

5. https://www.gazeta.uz/oz/tag

6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.