Научная статья на тему 'O'QUVCHILARGA ONA TILI FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV'

O'QUVCHILARGA ONA TILI FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ona tili / ta‘lim / bilish / metodika / o‘quvchilar / ko‘nikma / fonetika / poydevor / salohiyat / ahamiyat / bilim.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isoqova Hilola Mamasoliyevna

Ushbu maqolada ona tili fanini o‘quvchilarga o‘rgatishning zamonaviy yondashuvi haqida ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, maqolada Ona tili ta‘limini bugungi kun yoshlariga o‘qitishda muhim bo‘lgan jabhalar, sohadagi muhim bo‘lgan jabhalarga ham bizning taqinimiz bo‘yicha baho berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARGA ONA TILI FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV»

O'QUVCHILARGA ONA TILI FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

Isoqova Hilola Mamasoliyevna

maktab o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11079662

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili fanini o 'quvchilarga o'rgatishning zamonaviy yondashuvi haqida ayrim fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, maqolada Ona tili ta'limini bugungi kun yoshlariga o'qitishda muhim bo'lgan jabhalar, sohadagi muhim bo'lgan jabhalarga ham bizning taqinimiz bo 'yicha baho berilgan.

Kalit so'zlar: Ona tili, ta'lim, bilish, metodika, o'quvchilar, ko'nikma, fonetika, poydevor, salohiyat, ahamiyat, bilim.

Аннотация. В этой статье дается некоторое представление о важности и характере обучения учащихся родному языку. В статье также оцениваются аспекты, которые важны в обучении родному языку современной молодежи, а также важные аспекты области в нашей области.

Ключевые слова: Родной язык, образование, познание, методика, учащиеся, навык, фонетика, основа, потенциал, значимость, знание.

Abstract. This article provides some insights into the importance and nature of teaching mother tongue to students. The article also assesses the aspects that are important in teaching mother tongue education to today's youth, as well as the important aspects of the field in our context.

Keywords: Native language, education, cognition, methodology, students, skill, phonetics, foundation, potential, importance, knowledge.

KIRISH

Bugungi kunda xalq ta'lim tizimiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklar har bir pedagog uchun ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Har bir o'quvchini aqlan yetuk, jismonan barkamol va manan salohiyatli etib tarbiyalash, shu bilan birgalikda uchinchi renessansga mustahkam poydevor qo'yish bugungi kun pedagoglariga ulkan sharaf taqdim etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi —2022-2026- yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risidallgi PF-134-son Farmoni sohadagi ishlarning kamolotini belgilab berdi desak adashmagan bo'lamiz. Jumladan Ona tili fani o'qituvchilari oldiga ham ulkan va shu bilan birgalikda sharafli mas'uliyat yukladi. Ona tili — har bir elatning, xalqning, millatning o'z tilidir. Ona tili lug'at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq

Ona tili - millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish -millatning yuksalishi demak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog'i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun-qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlodajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiq etilayotgan mavzuni ochib berishda biz Q.Husanboevaning — Adabiyot -ma'naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omilill, V.Qodirovning —Adabiyot o'qitish metodikasill Karima Qosimova va boshqalarning —Ona tili o'qitish metodikasill, Boqijon To'xliyevning —Ifodali o'qishl U. Normatovning —Ona tili o'qitishning dolzrb muammolaril kabi qo'llanmalarda foydalandik. Ushbu adabiyotlarda mavzu yuzasidan muhim bo'lgan ma'lumotlar mavjud bo'lib, tadqiq etilayotgan mavzuni ochib berishda muhim omil bo'lib hizmat qildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri baholansa-da, o'quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga qiynaladilar. Yozma ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi. Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha, imlo savodxonlik asta sekinlik bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama qilinadi. Asta-sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Barcha yozuv darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin. Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi. Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda mustahkamlashga yordam beradi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida oldin o'tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar. Ilg'or tajribali o'qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o'tilganlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar.

Hozirgi zamon darsi shundan iboratki, o'quvchi, tinglovchi, o'qituvchi esa ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni kuzatib tartibga soluvchi rejissyorga aylanmog'i lozim. O'qituvchi darsni shunday tashkil etishi kerakki hamma o'quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o'z fikrini ayta olsin, kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga erishishi lozim.

Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham yahshi natija beradi. Ona tilidan bilim berishda o'quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O'qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo'lgan daliliy materiallarni yig'ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o'rganish natijasida o'quvchilar nutq faoliyatining sifati o'zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o'rganishni hayot bilan bog'lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo'lmish o'quvchilarda to'g'ri kuzatish va o'z fikrlarini og'zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko'nikmasini o'stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o'qituvchidan o'quvchilarda dialektik fikrlash ko'nikmasini shakllantirishga alohida e'tibor berish talab etiladi. Dialektik tafakkur keng ma'noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog'liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig'indisi bilan rivojlanishda ko'rish ko'nikmasini ta'riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o'quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o'z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o'rganiladigan hodisalarning ayrim

tomonlari o'zaro bog'liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko'nikmasini egallab boradilar.

Keyingi yillarda o'quvchilarning o'quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo'lmoqda. Tilni o'rganishda o'quvchilar uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o'quvchilarning o'ztari ,,topgan" yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. O'rganiladigan grammatik va so'z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o'xshash va farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o'rganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy faoliyatga ijodiy tatbiq etish -bularning barchasi o'quvchilarda dialektik fikrlash ko'nikmasini o'stirish uchun zamin va shartsharoit yaratadi. Bunda muhim omijlardan biri o'quvchilarning aqliy faoliyatini o'qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik uslubiy vazifalarni hal qilishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi. Ona tilini o'rganish jarayonida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o'rgatishga asos bo'ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g'oyaviy yo'nalishi va badiiy ifodaliligi o'quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o'quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o'stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o'qituvchilar uchun nashr qilingan qo'llanmalar materiali mazmuniga qo'yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilmaxilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog'lanishi, matnlarning g'oyaviymavzuviy yo'naltirilganligi, maktab yoshidagi o'quvchilarga mosligidir.[4,31]

Shunday qilib, tilni o'rganish jarayonida maktab yoshidagi o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o'qituvchining metodologik yondashuvi, o'quvchilar o'zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o'quvchilar o'rganib oladigan bilish usuli, tilni o'rganishga asos bo'ladigan materialning bilim berishdagi, g'oyaviysiyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta'sir ko'rsatar ekan. O'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko'p qirrali jarayon bo'lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi. Maktabda o'quv predmeti sifatida tilni o'rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so'z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o'zaro ichki bog'lanishlariga asoslanadi.

Tilning barcha tomonlari o'zaro bog'lanishining ko'p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo'ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o'zaro bog'lanishda bajaradi. Har bir so'zga xos bo'lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so'zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to'g'ri kelmaganidek, o'zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig'indisi emas, balki ma'lum ma'no bildiradigan tovushlar yig'indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Ma'lumki, ma'no bildiradigan tovushlar yig'indisi so'zdir. Tilning lug'at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o'ziga xos qurilish materialidir. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o'ziga xosligida namoyon bo'ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma'nosi va qo'llanishi nuqtai nazardan

so'z; grammatika uchun so'z shakllari, shuningdek, so'z birikmasi va gap; so'z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so'z hisoblanadi.[5,41]

So'z, so'z birikmasi va gap grammatik tomondan ko'pgina xususiyatlarga ega. So'zning o'z morfemik qurilishi, o'zining so'z yasalish turi, biror Grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, boshq.), ma'lum sintaktik vazifasi bor. So'z birikmasi ham so'z kabi so'z o'zgarishi (ko'proq ergash so'z o'zgaradi) shakllariga ega. Gap o'z qurilishiga ko'ra so'zdan sifat jihatdan farqlanadi: so'z o'zi alohida kelganda mustaqil ma'no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma'no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma'nosi yana oydinlashadi. Gap va so'z birikmasi —qurilish materialil sifatida xilma-xil tuzilgan so'zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.

Shunday qilib, tilning har bir jihatining o'ziga xos xususiyatini ko'rib chiqishning o'zi ularning o'zaro munosabatini, bir-biriga o'tishining murakkabligini ta'kidlaydi. Tilshunoslik fani bo'limlari o'rtasidagi munosabatlar ham shunga o'xshash murakkabdir.

TAKIF VA TAVSIYALAR

Tadqiq etilayotgan mavzuni o'rganish davomida bir qancha taklif va tavsiyalarni keltirishni lozim deb topdik.

1. Ona tili fanini o'quvchilarga o'rgatishda bevosita boshqa fanlar bilan bog'lanish jarayonini takomillashtirish lozim. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlik ta'lim samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.

2. Ona tii ta'limini olib borishda o'quvchilarning psixologik hamda yosh hususiyatarini pedagog tomonidan inobatga olinishi lozim.

3. Zamonaviy multimedia vositalaridan kengroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

4. O'quvchilarning imkoniyatlari va yosh hususiyalarini inobatga olgan holda pedagogik texnologiyalardan kengroq foydalanish.

XULOSA

Xulosa qilib aytsak, keltirilgan fikrlar maktab o'quvchilariga predmetlararo ichki bog'lanishni hisobga olgan holda ona tilini o'rgatish metodikasini belgilaydi.

Tilning barcha (leksik, fonetik, so'z yasash, grammatik) tomonlari o'zaro bog'liqligini va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o'quvchilar tilni ongli o'zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o'rtasidagi bog'lanishni o'zlashtirishlari zarur. Yosh hususiyatini inobatga olgan holda ona tilini o'rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so'z yasalishi va grammatikaning o'zaro bog'lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o'rganish tartibini belgilashda ham, ta'lim mazmunini aniqlashda ham hisobga olinadi.

Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta'siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo'ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so'zni to'g'ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so'zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo'lishi, gapda grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi kerak. Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o'quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so'z yasalishi va grammatik tomonlarining o'zaro bog'lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o'rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya'ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o'rganishda so'zning ma'no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi o'rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.

REFERENCES

1. Husanboeva Q. Adabiyot - ma'naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili.T.:2009.

2. Qodirov V. Adabiyot o'qitish metodikasi. Ma'ruzalar matni. Andijon.: 2010.

3. Karima Qosimova va boshqalar —Ona tili o'qitish metodikasi Toshkent.: 2009

4. Boqijon To'xliyev —Ifodali o'qishll Toshkent.: 2015

5. Normatov U. —Ona tili o'qitishning dolzarb muammolaril, -T.: 2008 y

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ona_tili

7. https://kun.uz/uz/35715601

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.