Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA ONA TILINI O`RGATISHNING LINGVISTIK ASOSLARI'

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA ONA TILINI O`RGATISHNING LINGVISTIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
422
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o`quv predmeti / ona tili / boshlang`ich sinf / so`z / gap / tovush.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S.R. Umarova

Maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tilini o`rgatishning lingvistik asoslari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIGA ONA TILINI O`RGATISHNING LINGVISTIK ASOSLARI»

BOSHLANGICH SINF O QUVCHILARIGA ONA TILINI O RGATISHNING LINGVISTIK ASOSLARI

S.R. Umarova1

Maqolada boshlangMch sinf o'quvchilariga ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari haqida ma'lumot berilgan.

Kalitso'zlar: o'quv predmeti, ona tili, boshlang'ich sinf, so'z, gap, tovush.

Maktabda o'quv predmeti sifatida tilni o'rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so'z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o'zaro ichki bog'lanishlariga asoslanadi.

BoshlangMch sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o'rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo'lgani uchun, til leksikasi misolida boshlangMch sinf o'quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o'zgarishlar yuzasidan o'qituvchi va o'quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi.

Tildan bilim berishda o'quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O'qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo'lgan daliliy materiallarni yigMsh bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o'rganish natijasida o'quvchilar nutq faoliyatining sifati o'zgaradi, ongliligi ortadi.

Tilning barcha tomonlari o'zaro bog'lanishining ko'p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo'ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o'zaro bog'lanishda bajaradi. Har bir so'zga xos bo'lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so'zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to'g'ri kelmaganidek, o'zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yigMndisi emas, balki ma'lum ma'no bildiradigan tovushlar yigMndisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.

Ma'lumki, ma'no bildiradigan tovushlar yigMndisi so'zdir. Tilning lug'at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o'ziga xos qurilish materialidir.

Tilning lug'ati qanchalik boy bo'lsa ham grammatikasiz u o'lik hisoblanadi. Tilnnng lug'at boyligi o'z-o'zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug'at boyligidagi so'zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o'zaro bog'lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.

Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o'ziga xosligida namoyon bo'ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma'nosi va qo'llanishi nuqtai nazardan so'z; grammatika uchun so'z shakllari, shuningdek, so'z birikmasi va gap; so'z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so'z hisoblanadi. So'z, so'z birikmasi va gap grammatik tomondan ko'pgina xususiyatlarga ega. So'zning o'z morfemik qurilishi, o'zining so'z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma'lum sintaktik vazifasi bor. So'z birikmasi ham so'z kabi so'z o'zgarishi (ko'proq ergash so'z o'zgaradi) shakllariga ega. Gap o'z qurilishiga ko'ra so'zdan sifat jihatdan farqlanadi: so'z o'zi alohida kelganda mustaqil ma'no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma'no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma'nosi yana oydinlashadi. Gap va so'z birikmasi "qurilish

1 Umarova Sanobar Raxmonovna - Buxoro shahar 42-IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi? Buxoro, O'zbekiston.

materiali" sifatida xilma-xil tuzilgan so'zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.

Shunday qilib, tilning har bir jihatining o'ziga xos xususiyatini ko'rib chiqishning o'zi ularning o'zaro munosabatini, bir-biriga o'tishining murakkabligini ta'kidlaydi. Tilshunoslik fani bo'limlari o'rtasidagi munosabatlar ham shunga o'xshash murakkabdir.

Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog'lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo'g'inlar tilda alohida emas, balki ma'lum leksik ma'no bildiradigan so'z tarkibida yashaydi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga predmetlararo ichki bog'lanishni hisobga olgan holda ona tilini o'rgatish metodikasini quyidagicha tavsiflash mumkin.

1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so'z yasash, grammatik) tomonlari o'zaro bog'liqligini va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o'quvchilar tilni ongli o'zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o'rtasidagi bog'lanishni o'zlashtirishlari zarur.

1-4-sinflarda ona tilini o'rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so'z yasalishi va grammatikaning o'zaro bog'lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o'rganish tartibini belgilashda ham, ta'lim mazmunini (dastur bo'limlari o'rtasidagi uzviy bog'lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi.

2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta'siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo'ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so'zni to'g'ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so'zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo'lishi, gapda grammatik jihatdan to'g'ri tuzilishi kerak.

Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o'quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so'z yasalishi va grammatik tomonlarining o'zaro bog'lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o'rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya'ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o'rganishda so'zning ma'no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi o'rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi/'SoV mavzusi o'tilayotganda o'quvchilar tomonidan so'zning talaffuzi, leksik ma'nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o'qituvchi so'zning nom bo'lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma'nosining bir-biriga ta'sirini ham o'quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim."Gap" mavzusini o'rganish vaqtida esa ishning asosiy yo'nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o'quvchilarda og'zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi.

Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog'liq holda o'rganish ona tilini o'rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o'suvchan, bir-biriga o'zaro ta'sir etadigan tomonlari mavjud bo'lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotiar:

1. G'ulomov. Ona tili o'qitish printsiplari va metodlari. И Т.: O'qituvchi, 1992.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Работа с криптовалютой//Ш1УЕК8иМ: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ. №10(91), 2021. С. 18-21.

3. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. РОЛЬ КЕЙС-МЕТОДА НА УРОКАХ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ // Вестник науки и образования, 2022. № 4 (129). Часть 2. С.76.

4. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ В ОБРАЗОВАНИИД/UNIVERSUM: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ. №10(103), 2022. С. 30-32.

© S.R. Umarova, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.