Научная статья на тему 'PEDAGOGIK MULOQOTDAGI ZIDDIYATLI VAZIYATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI'

PEDAGOGIK MULOQOTDAGI ZIDDIYATLI VAZIYATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
897
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik / tarbiyachi / muloqot / uslub / kuzatuvchanlik. / pedagogy / educator / communication / method / observation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Yaxyoyeva, R. Abdullayeva

Tarbiyachi kommunikativ muloqotini mahsuldor bo‘lishi uchun u pedagogik ta’sir kuchining tizimlarini, uning har bir qismini bilishi zarur. Dars jarayonida tarbiyachi qaysi usulni qo‘llayotganini doimo eslab turishi kerak. Ushbu maqolada pedagogikada duch keladigan ziddiyatli vaziyatlar tahlil qilinib, ularni bartarab etishdagi kommunikativ muloqot usullari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONFLICT SITUATIONS IN PEDAGOGICAL COMMUNICATION AND WAYS TO RESOLVE THEM

In order for the educator to make his communicative dialogue productive, he needs to know the systems of pedagogical influence, each part of it. During the lesson, the teacher should always remember which method he uses. This article analyzes the conflict situations encountered in pedagogy, and highlights the ways of communicative communication to resolve them.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK MULOQOTDAGI ZIDDIYATLI VAZIYATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PEDAGOGIK MULOQOTDAGI ZIDDIYATLI VAZIYATLAR VA ULARNI

BARTARAF ETISH YO'LLARI Yaxyoyeva Muxayyo Hikmatullo qizi

TerDU Amaliy psixalogiya yo'nalishi 2-kurs talabasi Abdullayeva Risolat Eshonqul qizi

TerDU Amaliy psixalogiya yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7193668

Annotatsiya. Tarbiyachi kommunikativ muloqotini mahsuldor bo'lishi uchun u pedagogik ta'sir kuchining tizimlarini, uning har bir qismini bilishi zarur. Dars jarayonida tarbiyachi qaysi usulni qo'llayotganini doimo eslab turishi kerak. Ushbu maqolada pedagogikada duch keladigan ziddiyatli vaziyatlar tahlil qilinib, ularni bartarab etishdagi kommunikativ muloqot usullari yoritiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik, tarbiyachi, muloqot, uslub, kuzatuvchanlik.

КОНФЛИКТНЫЕ СИТУАЦИИ В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБЩЕНИИ И ПУТИ ИХ

РАЗРЕШЕНИЯ

Аннотация. Для того чтобы воспитатель сделал свой коммуникативный диалог продуктивным, ему необходимо знать системы педагогического воздействия, каждую его часть. Во время урока воспитатель всегда должен помнить, какой метод он использует. В данной статье анализируются конфликтные ситуации, встречающиеся в педагогике, и выделяются способы коммуникативного общения для их разрешения.

Ключевые слова: педагогика, воспитатель, общение, метод, наблюдение.

CONFLICT SITUATIONS IN PEDAGOGICAL COMMUNICATION AND WAYS TO

RESOLVE THEM

Abstract. In order for the educator to make his communicative dialogue productive, he needs to know the systems of pedagogical influence, each part of it. During the lesson, the teacher should always remember which method he uses. This article analyzes the conflict situations encountered in pedagogy, and highlights the ways of communicative communication to resolve them.

Keywords: pedagogy, educator, communication, method, observation.

KIRISH

Biz ko'z oldimizga birinchi darsni keltira olsak, o'sha paytdagi hayajonni, quvonchni, ijodiylik hissini tuyamiz. Bolalar bilan bo'lgan damlarimiz esda qolsa, iz qolsa, demak, bu muloqot uslubiga bog'liq. Tarbiyachi kommunikativ muloqotini mahsuldor bo'lishi uchun u pedagogik ta'sir kuchining tizimlarini, uning har bir qismini bilishi zarur. Dars jarayonida tarbiyachi qaysi usulni qo'llayotganini doimo eslab turishi kerak. Buning uchun tarbiyachi ikkita muhim muammoni hisobga olishi:

— o'zining hatti-harakatini to'g'ri tashkillashtirishi;

— kommunikativ ta'sir samaradorligini ta'minlashi zarur.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Pedagogik faoliyat jarayonidagi muloqotning quyidagicha tavsiflash mumkin:

1) bola va tarbiyachi muloqoti tizimining umumiy tuzilishi(muloqotning aniq usuli);

2) pedagogik faoliyatning aniq bosqichi uchun xos bo'lgan muloqot tizimi;

3) aniq pedagogik va kommunikativ masalalarni yechishda namoyon bo'ladigan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

muloqotning vaziyatli tizimi.

Tarbiyachi va ta'lim oluvchilarning ijtimoiy-psixologik ta'sir xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushunish mumkin:

a) tarbiyachining kommunikativ imkoniyatlari ;

b) tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar tabiati;

v) tarbiyachining ijodiy individualligi;

g) bolalar jamoasining xususiyatlari. (Kan-Kalik.Uchitelyu o tarbiyachiicheskom obhenii. 97-bet).

TADQIQOT NATIJALARI

Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:

1. Hamqorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.

2. Do'stona munosabatlar asosidagi muloqot.

3. Masofadan turib muloqotga kirishish.

4. qo'rqitish(qo'rquv) asosidagi muloqot.

5. Yolg'on obro'-e'tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.

Birinchi uslub asosini tarbiyachining yuqori kasb etikasi tashkil etadi.Bu uslub haqida M.O.Knebel, I.P.Volkov, V.F. Shatalov kabilar o'z fikrlarini bildirganlar. Ularning fikricha, bolalar bilan bo'ladigan munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.

Ikkinchi uslub asosan do'stona munosabatlar, o'quv-tarbiyaviy faoliyatda shakllanadi. Do'stona munosabatlar muloqotning boshqarilishini ta'minlaydi.Maroqliliq bilan do'stona munosabat birgalikda rivojlanadi.Tarbiyachi bir tomondan bolalar uchun yaqin o'rtoq, ikkinchi tomondan birgalikdagi faoliyat qatnashchisi bo'lishi lozim.

Uchinchi uslub, ya'ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi bilan bola o'rtasida ma'lum bir masofa bo'lishi kerak. Masofa juda uzoq bo'lmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchiliq ko'chayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Tarbiyachi masofani saqlasa obro'-e'tibori ortadi.

To'rtinchi uslub-qo'rqitish asosidagi muloqot bo'lib, bu uslub muloqotning negativ shaklidir. Ba'zi tarbiyachilar bolalarni qo'rqitish orqali muloqotda bo'ladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Ayniqsa katta auditoriyada ma'ruza o'qiydigan ma'ruzachilar auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar. Juda qattiq turib, tinglovchilarni qo'rqitib pedagogik muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu o'zaro tushunishga to'sqinlik qiladi.

Beshinchi uslub-yolg'on obro'-e'tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot bo'lib, yosh tarbiyachilar malakasi yetarli bo'lmagani uchun yolg'on ishlatadilar. Bu bilan tarbiyachi bola bilan tezroq muloqotda bo'lib olishga harakat qiladi. Bunday usulni qo'llaydigan tarbiyachida umumiy pedagogik va kommunikativ madaniyat yetishmaydi. Demak, tarbiyachilarning fikricha, birinchi va ikkinchi uslub asosida muloqotga kirishishi yaxshi natijalarga olib keladi.

MUHOKAMA

Auditoriyada hissiy qulaylikka erishish. Auditoriyaga kiring, eshik orqasida barcha teringizni tetikligini his qiling, kiring, qulay joyni tanlang, qulay yurishni toping, yuring, qo'lingizni orqangizga qilib yuring, o'zingizni yaxshi his qilishga harakat qiling.

Kuzatuvchanlik, diqqatni to'play olish, ixtiyoriy diqqat ko'nikmalarini rivojlantirish. Hamkasblaringizning biri bilan tarbiyachi rolida turib so'zlashing. Tasavvur qiling, siz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tinglovchisiz, buyruqni eshiting, tik holatda to'ring, alfavit bo'yicha familiyada turing, keyin ism bo'yicha. Endi bir - biringizni sochingizni rangiga qarang. Auditoriyaga kirganda diqqatingizni to'plash uchun avval bir tinglovchiga qarating, keyin barchaga diqqatingizni qarating. Bu mashq diqqatni barqaror bo'lishiga yordam beradi.

Muloqotning oddiy ko'nikmasini rivojlantirish. Hayolingizda auditoriyaga kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, qarash bilan tinglovchilar diqqatini o'zingizga qarating. Tinglovchiga turli ta'sirlar orqali(iltimos, talab, ogohlantirish, rag'batlantirish, yumor, savol, buyruq kabilar) murojaat qiling.

Tashabbusni boshqarish (A.A.Leontyev bo'yicha). Siz bir kishi bilan gaplashyapsiz. Uni siz tinglayapsiz, u gapiryapti, shunday qilingki, tashabbusni qo'lingizga olib endi siz gapiring. Darsda oxirgi stolda o'tiradiganlardan ko'zingizni uzmang.

Pedagogik muloqotni boshqarish. Tasavvur qiling, siz guruh rahbarisiz, darsdan so'ng guruhdagilar bilan metallom yig'ish haqida gaplashing. Guruhdagilar bir-birini xafa qilib qo'yishdi, siz ular bilan dildan suhbatlashing.

Imo-ishoralarni tanlash. Har bir vaziyatda ham imo-ishoralar kerakmi? Guruh a'zolarini bir juftdan qilib bir-biriga qarama-qarshi qilib o'tirgizib ko'ying. Bu usul "ko'zgu" deyiladi. Bittasi ko'zguga(ko'ziga) qaraydi. Ikkinchisi ko'zgu rolini o'ynaydi. "Ko'zgu"rolidagi kishi barcha harakatlarni takrorlab turadi .

Treningni ikkinchi bosqichi - pedagogik muloqot jarayonida yaxlit o'qitish. Bu guruhdagi mashqlar ikki qismga bo'linadi:

1. Tipik vaziyatda harakat qilish: kuzatuvchanlik ko'nikmasini rivojlantirish, vaziyatga o'ylab baho berish, har qanday pedagogik faktni tahlil qilish, pedagogik faoliyat sharoitida tipik pedagogik vaziyatlar bo'yicha harakat qilish. Tarbiyachi ishini kuzatishda hamkasbini tinglovchilar bilan qanday usul orqali ish olib borishini kuzatiladi. Ya'ni u qanday muloqot turlaridan foydalanishi kuzatiladi. Jumladan, kayfiyati, o'zining hissiyotlarini boshqara olishi, darsda pedagogik hayajonlanishi kabilar.

2.Pedagogik kuzatuvchanlikni mashq (trenirovka) qilish. Bolani rasmiga qarab uning turli hisiy holatlarini aniqlang.(qoniqishi, qiynalayotgani, muvaffaqiyatsizligi, ayyorligi kabilar). Kuzatishlaringizni guruh rahbari axboroti bilan taqqoslang.

XULOSA

Demak, tarbiyachi o'zining muloqotini rivojlantirish uchun bolalar bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishi, o'z ustida ko'proq ishlashi kerak.

REFERENCES

1. Shodiyeva Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. T., 2015

yil.

2. Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning psixologik omillari. Sariyogoch, 2013

3. Qodirova F.R., Qodirova R. M. "Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi " T., 2016 y

4. Ye. Goziyev «Umumiy psixologiya Psixologiya» mutaxassisligi uchun darslik Toshkent-«Unversiteti»-2017 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.