MTM PEDAGOG XODIMLARIDA STRESSSGA BARQARORLIKNING
PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Shahlo Shavkatovna To'ychieva
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada MTT hodimlarida ruhiy taranglikni vaqtinchalik bo'lsa ham yengishga, sog'lomlashtirish o'z-o'zini relaksatsiya qilishga, mustaqil fikrlash va harakatlanishga o'rgatish qaratilgan bir qator fikrlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: MTT, tarbiyachi, kasbiy charchoq, relaksatsiya, ruhiyatni sog'lomlashtirish, trening mashg'ulotlari, stressga barqarorlik, mexanizm
Yosh va barkamol avlodni jismonan va aqllan yetuk qilib tarbiyalash, maktabgacha ta'limga katta e'tibor qaratish maqsadida mamlakatimizda maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5198-sonli Farmonida maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish vazifalari belgilab berilgan. Bu esa yoshlarda jismoniy tarbiya va sport madaniyatini shakllantirib, ularni yurtimiz uchun kerakli mutaxassislar bo'lib yetishuvida asosiy omillardan bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasida pedagog-kadrlarning ma'naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo'yilmoqda. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o'tadi: "Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatga ega bo'lishi kerak".
Tarbiyachi pedagogik, psixologik, diagnostik va mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha maxsus ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak ahloqiy sifatlarga ega, hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi shaxs sanaladi. Avvalo, tarbiyachilar - maktabgacha ta'lim tashkilotilari ta'lim va tarbiyaviy jarayonning asosiy yetakchilaridir. Yigit va qizlarning ma'lumot jihatidan umumiy tayyorgarlik darajasi, hamda, mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalangan darajasi dastur va darsliklargagina emas, balki bo'lajak tarbiyachilarga, ularning mahorati va
fuqarolik xislatlariga ham taalluqli bo'ladi. Shu boisdan ham, bo'lajak tarbiyachilar o'z kasbini sevishi, unga chin ko'ngildan qiziqishi va moyilligi bo'lgan iqtidorli yoshlargina bo'lishi lozim.
Bugungi kunda bunday talab va burchni muvaffaqiyatli bajarish jarayonida bir qator majburiyatlarni o'zlashtirishni talab etadi.
Birinchidan, MTT hodimlari sifatida o'z imkoniyatlarini ob'ektiv baholay olishi, o'zining kuchli va zaif tomonlarini bilishi, ushbu kasb uchun ahamiyatli bo'lgan sifatlarni anglay olishi kerak.
Ikkinchidan, MTT hodimlari uchun o'z tarbiyalanuvchisini xuddi "o'zi"dek tushunishi, bilishi, hurmat qilishidan iborat bo'lgan muvaffaqiyatli faoliyat va shart- sharoit zarur. Uchinchidan, MTT hodimlari bolalarning o'quv faoliyatini, ularning hamkorligini tashkillashtira olishi, shu bilan birga pedagogik muloqotning fatsilitatori va partnyori sifatida (K.Rodjersning fikriga ko'ra) namoyon bo'lishi kerak.
To'rtinchidan, MTT hodimlari bolalarni kuzatib, mavjud nuqsonlarni aniqlab va pedagogik-diagnostik metodlari orqali korreksiyalash ishlarini muntazam olib bora olishi lozim. Tarbiyachidan ushbu bilim va konikmalarni amaliyotda qo'llay olishiga kuchli mahorat, katta tajriba hamda sog'lom ruhiyat talab etiladi. Yuqoridagilarni hisobga olib, MTT hodimlarida stressga barqarorlik, sog'lom ruhiyatni shakllantirish, ruhiy taranglikni vaqtinchalik bo'lsa ham yengish, o'z-o'zini relaksatsiya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish mavzuimizni dolzarbligini ko'rsatib beradi. Quidagi trening dasturini mazkur vazifalarni bajarishdagi kichik bir metodika sifatida keltirib o'tamiz.
"RUHIY TARANGLIKDAN XALOS BO'LISH"
nomli psixologik trening ishlanmasi MTT hodimlarida ruhiy taranglikni vaqtinchalik bo'lsa ham yengishga, sog'lomlashtirish o'z-o'zini relaksatsiya qilishga, mustaqil fikrlash va harakatlanishga o'rgatish.
Mashg'ulot turi: rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar: MTT hodimlarida ruhiy taranglikni vaqtinchalik bo'lsa ham yengish, stressda halos qilish va bartaraf etish.
Mashg'ulotda qo'llanadigan uslub:
"Alamzadalikni engish mashqi (5 daqiqa) "Hayot quvonchlari" davri (5 daqiqa) "Bizning his - tuyg'ularimiz" "Alamzadalikning davosi" "Dengizda sayohat" psixologik mashqi (5 daqiqa) "To'lqinlar" o'yin mashqi (5 daqiqa) "Dengizda dam olish" autorelaksatsiya mashqi (20 daqiqa) "Sehrli gullar" psixologik mashqi (5 daqiqa)
"Shtangist" psixologik mashqi (5 daqiqa) "Ha va yo'q" mashqi (5 daqiqa
Ishtirokchilar: MTT xodimlarii Vaqt: 120 daqiqa Reja: 1 Kirish.
2. Asosiy qism:
3. Yakuniy qism Kirish (5-daqiqa)
- MTT hodimlari bilan salomlashish,
- trening o'tishni oltin qoidalari bilan tanishtirish
- psixologik muhit yaratish.
Trening qoidalari bilan tanishtirish 5-daqiqa Treningning asosiy qonunlari
1. "00"qonuni.
2. Mikrofon qonuni.
3. Faollik qonuni.
4. Faqat o'z fikrini bayon etish qonuni.
5. Guruxning barcha qatnashchilariga xayrixoh munosabatda, xushmuomala bo'lish qonuni.
6. O'z ismini aytish qonuni.
7. Muloyimlik qonuni.
8. Shu yerda va hozir qonuni.
9. Konfidensiallik qonuni.
10. Faqat o'zi ishtirok etishini taklif etish qonuni.
11. Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish.
12. Ixtiyoriylik qonuni.
13. Vaqtni tejash-sarishtalik qonuni.
14. Shaxsni baholamaslik qonuni.
Ko'pchilik odamlar hayoti davomida bo'layotgan nojuya xatti-harakatlardan ruhiy siqilish (depressiya)ni yoki "psixologik yonish" "stress"ni o'zidan o'tkazadi. Bunday qiyin vaziyatda qolgan odam o'zini har xil narsalar bilan chalg'itishadi. Ko'pchilik ruhiy taranglikdan chiqib ketish yo'llarini bilmaydi. Surunkali ruhiy taranglik esa sog'lik uchun juda xavfli va psixosomatik kasalliklarning sababchisi hisoblanadi. Ruhiy taranglikni vaqtinchalik bo'lsa ham yengishga, sog'lomlashtirish o'z-o'zini relaksatsiya qilish usullari yordam beradi.
Ularning asosiy maqsadi - o'zingiz va sizni o'rab turgan olam bilan o'zaro munosabatlarni yaxshilash. Quyida bunday mashqlarning ba'zilarini sizga taqdim etamiz.
ALAMZADALIKNI YENGISH
Tinch, sokin joyda o'tirib, o'zingizni bo'sh qo'ying. Qorong'i teatrda ekanligingizni va oldingizda yoritilgan sahna borligini tasavvur qiling. Sahnada hayolan siz kechirishingiz kerak bo'lgan odam qiyofasini gavdalantiring (dunyoda hammadan ko'p nafratlanadigan odamingizni). Bu odam tirik yoki hayotdan ko'z yumgan, alamzadaligingiz esa o'tib ketgan yoki hali-hamon sizni kemirayotgan bo'lishi mumkin. Bu odam ko'z o'ngingizda yaqqol namoyon bo'lgandan keyin, u bilan o'zi uchun juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan yaxshi voqea bo'layotganini tasavvur qiling.
Uni xursand va baxtli ekanini ko'z oldingizga keltiring. Bu holatni bir necha daqiqaga cho'zib, so'ng u ko'zdan g'oyib bo'lsin. Keyin bu sahnada o'zingizni tasavvur qiling. Siz bilan ham faqat ijobiy voqealar sodir bo'layotganini hayolingizdan o'tkazing. O'zingizni quvnoq va baxtli his qiling. Bilingki kurrai zaminda yaxshilik hammaga yetadi. Bu mashq yig'ilgan alamzadalik bulutlarini haydab yuborishga yordam beradi. Ba'zilarga mashqni bajarish qiyindek tuyuladi. Har safar mashqni bajarayotganda turli odamlar qiyofasini gavdalantirish mumkin. Mashqni har kuni bir oy davomida bajaring ruhiy salomatligingizni emirayotgan alamzadalikdan qutilganingizga amin bo'lasiz va bu hayot naqadar go'zal, yashash esa totliligini tushunasiz.
"HAYOT QUVONCHLARI" DAVRI Sikl 5 ta mashg'ulotdan iborat:
1. mashg'ulot "Bizning his - tuyg'ularimiz"
2. mashg'ulot "Alamzadalikning davosi"
Mashg'ulotlar o'smir yoshdagi bolalarda "alamzadalik", "ayibdorlik hissi" ko'rsatkichlari yuqori va sotsiometrik tekshirish xulosalariga ko'ra jamiyatda moslanuvchanligi qiyin bo'lgan o'smirlarda o'tish uchun mo'ljallangan.
Oldimga qo'ygan asosiy maqsad bu mashg'ulotlarni olib borish jarayonida bolalarga shunday sharoit yaratib berish-ki, bola hayot qiyinchiliklariga ro'baro bo'lganda hech ikkilanmay ruhshunosga ishonch bilan murojaat qila olsin. Bunday bolalarni faoliyatga jalb qilish, tengdoshlari orasida o'zi haqida, his-tuyg'ulari, kechinmalari, muammolari haqida bemalol gapira olishni, ularni hal qilish usullarini topishni o'rgatish, uni eshitishlari va tushunishlarini ta'minlash mashg'ulotlarning asosiy vazifalari.
1-mashg'ulot "Bizning his - tuyg'ularimiz".
Bolalar guruhda ishlash qoidalari bilan tanishtiriladilar, mashg'ulotning motivatsion komponenti tashkil etiladi. Jamoaviy rasm mashqi qo'llaniladi: bolaga ma'lum vaqt davomida rasmning bir parchasini chizish tavsiya etiladi. Shundan keyin rasm soat mili bo'yicha berilib guruhdagi barcha bolalar tomonidan chiziladi. Bu mashqning maqsadi guruhni jipslashtirish, hamda bolalarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash.
"His-tuyg'ular uyi" mashqi ham ma'lum darajada tashxis vazifasini o'taydi. Aniqlanishicha guruhning har bir a'zosining ko'ngil "uyi"da ijobiy his-tuyg'ulardan tashqari alamzadalik hissi ham o'rnashib olgan.
Mashg'ulotga xulosa qilib alamzadalik tuyg'usiga ta'rif berish taklif etiladi.
2-mashg'ulot. "Alamzadalikning davosi" Maqsadi: guruhni jipslashtirib, bolaga o'zini yanada chuqurroq ocha olish va alamzadalik tuyg'usiga qarshi tura olishni o'rgatish. Vazifalari:
1. O'smirlar bilan muloqot o'rnatish.
2. Mashg'ulotlarda ijobiy muhit yaratish.
3. O'zini tahlil qila olish malakasini mustahkamlash, o'zini yanada chuqurroq ocha olishini ta'minlash.
4. Salbiy his-tuyg'ularga qarshi tura olishni o'rgatish va ularni ijobiylarga aylantirish ko'nikmalarini shakllantirish.
Usullari: art-terapiya, ranglar terapiyasi, musiqa bilan davolash, asab-mushaklar
tarangligini kamaytirish, aromoterapiya, tana-sog'lomligi terapiyasi.
Psixologik o'yin treningi.
Mashg'ulot borishi:
1. Salomlashish rituali
Bir-birimiz bilan salomlashamiz:
• qo'l berib;
• boshni chayqatib;
• sharqona;
• qo'l bilan shapalatib
Bolalar joylaringizni egallashingizni so'rayman. Oldingi mashg'ulotda biz sizlar bilan his-tuyg'ular haqida gaplashgan edik. Ko'ngil "uyimiz"da turli his-tuyg'ular yashar ekan (ijobiy, salbiy). Bularning orasida:
> siyohga o'xshagani bor, yuvsa ham ketmaydigan dog' qoldiradi;
> u insonda yolg'on, sotqinlik ro'y berganda va qiyin vaziyatda yaqin odamlar yordam bermaganda yuzaga chiqadi;
> ishongan odaming pand berganda, yomon kayfiyatga tushganda paydo bo'ladi;
> ko'nglingizda noma'qul ishi bilan yomon iz qoldirgan odamga nisbatan salbiy hissiyot paydo bo'ladi;
> odam hammadan jahli chiqqan, nimadandir norozi va o'zidan boshqa hech kimga ishonmaganda paydo bo'ladi;
> yaqin odamning ishonchingni oqlamaganida yoki seni tushunishni xohlamaganda yuzaga chiqadi.
Bolalar, bu ta'riflarning hammasini sizlar hayotdan bahra olib yashashga va baxtli bo'lishga halaqit beradigan salbiy tuyg'ularga nisbatan berdingiz. Bu alamzadalik tuyg'usidir.
Bugungi mashg'ulotimizda aynan shu tuyg'u haqida so'z boradi. Ko'rganimizdek har biringiz bu tuyg'u haqida tasavvurga egasiz. Hozir sizlarga bu tuyg'uni hayolan emas, balki plastilinga karton ustida ishlov berish bilan ifodalashni taklif etaman. Ishingizni musiqa ostida bajaring, bu sizga tuyg'uyingizni yanada aniq ifodalashga yordam beradi. Endi esa ishga kirishamiz. Alamzadalik o'zi nima? Art-terapiya
Ishni guruh bo'lib bajarish. Plastilinga karton ustida ishlov berish bilan alamzadalikni ifodalash.(5 - 7 daqiqa)
R: - Alamzadalikni ifodalash uchun nimaga bu rangni tanladingiz? y Ishni bajarayotganingizda nimani his qildingiz? y Hozir nimani his qilayapsiz? y Alamzadalik qo 'lga qanday unnaydi? y Alamzadalikning ta 'mi qanday? Alamzadalikni modellashtirish
Shisha ko'zadagi suvga limon kislotasi, murch, tuz, ziravorlar qo'shib aralashtiramiz. Endi esa har birimizning stakanimizga ozgina alamzadalikdan quyamiz. Bu suyuqlikni nima qilish mumkin?
1. Alamzadalikni yutib (ichib) yuborish mumkin.- Bunda o'zimizni qanday his qilamiz? (balki qachonlardir o'z-o'zidan hazm bo'lib ketadi)
2. Alamzadalikni unga sababchi bo'lgan odamga sepib yuborish mumkin. (stakandagi suyuqlik o'yinchoq mushuk boshidan quyiladi).
- Bunda nimani his qilasiz? (vaqtinchalik yengillik his qilishingiz mumkin, ammo ko'nglingizdagi g'ashlik qolaveradi).
3. Alamzadalik o'z-o'zidan yo'qolmaguncha hech narsa qilmaslik mumkin, lekin u har doim yoningizda bo'ladi.
4. Alamzadalikni biror joyga sepib yuborish (stakandagi suyuqlik polga, burchakka sepiladi)
R: - Eng ma'qul usul qaysi? Nimaga?
Xulosa: Alamzadalikni biror joyga sepib yuborish - bu salbiy holatga qarshilik ko'rsata olishdir.
Alamzadalik natijasida yuzaga keladigan emotsional taranglikni, mushaklar tonusini kamaytirish mumkin.
Salbiy holatga munosabat bildirish. Biz alamzadalikning rangi, ta'mi kim uchun qandayligini aniqladik. Sizningcha, alamzadalik tanamizning qaysi joyida yashirinadi?
Emotsional taranglik va mushaklar tonusini kamaytirish uchun mashqlar
yig'indisi.
Oyoqlarning pastki qismi uchun.
Oyoqlarda pol ustida turamiz. Oyoq uchida turib, tovonlar iloji boricha poldan uziladi. Shunday holatda bir necha soniya turib, keyin asl holatga qaytamiz. 5-10 soniyadan keyin mashqni takrorlaymiz.
Bo'ksa va qorin uchun.
O'tirgan holatda oyoqlarni biroz ko'tarib, uchlarini oldinga torting. Xuddi qarama-qarshi tomondagi devorga oyoq uchlarini tekkizmoqchi bo'lganday mushaklarni taranglashtiring, so'ngra esa bo'shashtiring. Oyoqlar asta polga tegadi va tizzadan yuqoriga qarab yoqimli iliqlik tarqaladi. Hayolan shuni his qilishni davom eting.
Ko'krak qafasi uchun.
Xuddi atrofingizdagi hamma havoni yuta oladigandek, chuqur nafas oling. Birozdan so'ng nafasni chiqaring. Nafas olishdan oldingi taranglikka va nafas chiqargandagi bo'shashishni (yengillikni) his qilayotganingizga ahamiyat bering. Nafas chiqarganingizdan keyin tanangiz bo'ylab iliqlik tarqalayotganini his qilasiz.
Qo'llar uchun.
Kaftlaringizni iloji boricha qattiq musht qiling. Shu holatda bir necha soniya ushlab so'ng kaftlaringizni oching. Barmoqlar orasini katta oching va taranglikni tashlab yuboring. Mashqni bajarish jarayonida qo'llaringizda yoqimli og'irlik va iliqlik paydo bo'layotganini his etasiz.
Yelka va bo'yin uchun.
Yelkalarni yuqoriga ko'tarib hayolan quloq suprasiga tekkizganday bo'ling. Kuchli taranglikdan keyin mushaklarni bo'shashtiring. Diqqatingizni paydo bo'layotgan yengillik va iliqlikda jamlang.
Yuz uchun.
Ko'zga sovun tushganday qattiq yuming. So'ng mushaklarni bo'shashtirib ko'zda yoqimli iliqlik paydo bo'layotgani va unda charchoq, dard cho'kayotganini his qilasiz.
Endi shunday vaziyatni tasavvur qiling.
Dunyoda juda ziyoli odam yashagan ekan. Hayotida hamma narsa yaxshi bo'lgan ekan, ammo kunlarning birida "musibat" sodir bo'libdi. Kiyim shkafida juda ko'p kuya kapalaklar paydo bo'libdi. Kelinglar, unga ulardan qutilishga yordam beramiz. Kaftimizni-kaftimizga urib kuya kapalaklarni hamma joydan yo'qotamiz.
Diqqat, men shkaf eshigini ochaman. Capak chalinglar! Kuya kapalaklarni tutishga harakat qilinglar.
> Mashqni bajarishdan oldin nimani his qildingiz? y Mashqlarni bajarish jarayonida nimani his qildingiz? y Hozir nimani his qilayapsiz? Yaxshi kayfiyat va energiya bilan quvvatlanamiz.
REFERENCES
1. Sh.M.Mirziyoevning "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimin yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. -T., 2016 yil, 29 dekabr.
2. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat o'quv dasturi. -T., 2018.
3. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi. -T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2011.
4. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O'quv qo'llanmma. -T.: O'qituvchi, 1993.
5. www.arxiv.uz