Научная статья на тему 'PEDAGOGIK KADRLARNING LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI'

PEDAGOGIK KADRLARNING LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
76
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagog / kadr / leksikologiya / kompetensiya / Integrative yondashuv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.I.Normatova

Pedagogik tadqiqotlarda integratsiya “yaxlitlik, tizimlilik, o‘zaro bog‘liqlik, komplekslilik”; “prinsip, jarayon va natija”; “tarqoq qismlarni bir butunga birlashtirish”, “komplekslash va summalash”; “sintezlangan kurslar va fanlararo aloqadorliklar” nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Biroq bu xarakteristikalar integrasiyaning pedagogik hodisa sifatidagi o‘ziga xosligini to‘liq aks ettirmaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK KADRLARNING LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

PEDAGOGIK KADRLARNING LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI

D.I.Normatova

Bosh ilmiy-metodik markaz https://doi.org/10.5281/zenodo.7995036 Annotatsiya. Pedagogik tadqiqotlarda integratsiya "yaxlitlik, tizimlilik, o'zaro bog'liqlik, komplekslilik"; "prinsip, jarayon va natija"; "tarqoq qismlarni bir butunga birlashtirish", "komplekslash va summalash"; "sintezlangan kurslar va fanlararo aloqadorliklar" nuqtai nazaridan tavsiflanadi. Biroq bu xarakteristikalar integrasiyaning pedagogik hodisa sifatidagi o'ziga xosligini to'liq aks ettirmaydi.

Kalit so'zlar: pedagog, kadr, leksikologiya, kompetensiya, Integrative yondashuv.

Buning sabablarini A.Danilyuk quyidagilarda deb biladi: 1) integratsiyani idrok qilish cheklanganligi; 2) hodisaning texnologik jihatdan ishlanmaganligi; 3) integratsiyani dialektik, o'zini o'zi tashkil qiladigan jarayon sifatida tushunish mavjud emasligi; 4) integratsiya va differensiatsiyaning qarama-qarshi qo'yilishi. Tadqiqotchi bu hodisalar o'zaro aloqadorligi dialektikasini ta'kidlaydi: bilim avval boshidan turli o'quv fanlari bo'yicha differensiatsiyalangan, aslida bu integratsiya zaruratini keltirib chiqaradi, differensiatsiya integratsiyaning boshlanishidir. Ikkita dialektik tarzda kesishgan hodisani mutlaqo qarama-qarshi qo'yish to'g'ri emas: differensiatsiya aniqlik bilan integratsiyaning boshlang'ich nuqtasi ekan, demak integratsiya natijasi differensiatsiyaning boshlanishi bo'lishi lozim.

Pedagogikada integratsiya tavsiga to'xtalishni joiz deb topdik. Pedagogikada integratsiya bu tushuncha keng ma'noli bo'lib, uni olimlar turlicha talqin qilishiga qaramasdan, o'zagi bir ma'noga borib taqaladi. Masalan, N.Ahmedova tadqiqoti davomida pedagogik integratsiya bu-ta'limda natija haqidagi tasavvur integrasiyaning yuqorida ko'rib chiqilgan tavsiflari, uning ijtimoiy ahamiyati va rivojlantiruvchi salohiyati bilan bog'liq holda yanada sig'imli bo'lishi mumkin deb ta'kidlaydi. Ya'ni, pedagogik jihatdan integratsiya:

didaktik tamoyil - o'quv jarayonining mazmuni, tashkiliy shakl va usullarini belgilab beruvchi asosiy qoida;

shart-sharoit - ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga ko'maklashuvchi holatlar; harakatga keltiruvchi kuch - ta'lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi omil; ta'lim rivojlanishi va tarbiya jarayonida majburiy bajarilishi kerak bo'lgan talab sifatida izohlanadi.

1-jadval

Ta'limda an'anaviy va integrativ yondashuvlarning qiyosiy tavsifi

№ An'anaviy yondashuv Ta'lim jarayoni elementlari Integrativ yondashuv

1 Bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yo'naltirilgan Maqsad Kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan

2 Davlat ta'lim standartini amalga oshiradi Ta'lim sohasi bo'yicha qo'yiladigan malaka talablari Kasbiy-ta'limiy dasturlarni o'zlashtirishga qaratilgan individual yo'nalish

3 O'quv mashg'ulotlarini Ta'limni tashkil Individual, juftlikda, kichik

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

guruhiy (jamoaviy) shaklda o'tkazish etish shakllari guruhlarda ishlash

4 O'qitish jarayonida o'qituvchi rahbarligi ostida nazariy va amaliy shakllarda tashkil qilish Ta'limni tashkil qilish jarayonida qo'llaniladigan texnologiya va metodlar O'quv jarayonini shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari (Muammoli, modulli, loyiha ta'lim texnologiyalari), ilg'or ta'lim texnologiya va metodlar

5 Ta'lim beruvchiga yo'naltirilgan ta'lim tizimida ta'limga, o'quv dasturlari ga, o' quv mashg'ulot jarayonlariga qat'iy ravishda ta'lim muassasasi va o'qituvchi xohishi nuqtai nazaridan yondashiladi Ta'lim beruvchining faoliyat jarayonidagi o'rni "Hamkor", "maslahatchi", "vositachi" va yordamchi bo'lib kreativ yondashiladi

6 Ta'lim oluvchilar faqatgina tinglovchi, qabul qiluvchi, xotirasida saqlovchi sifatida qaralishi Ta'lim oluvchilarning faoliyat jarayonidagi o'rni Ta'lim oluvchilar muammolarga tanqidiy yondashishi, o'z fikrini ifoda eta olishi, taqqoslashish qobiliyatlarini shakllannishiga qaratilgan

7 Savol-javoblar va uyga vazifa natijalarini baholash (mezon bo'yicha) Nazorat va baholash Noan'anaviy topshiriqlar, keyslar, test kabilarning natijalarini baholash (kreativ (yuqori), produktiv (o'rta) va reproduktiv (quyi) mezon va darajalar asosida)

O.Gilyazova fikricha, pedagogik integratsiya fanlararo bog'liqlik bo'lib, unga tizimli yondashish lozimdir. N.Serdyukova esa uni tizimli bog'langan fanlar majmuidir, va ta'limni yuqori pog'onaga olib chiqa oladigan differensiyalangan ta'lim deb ataydi.

Integratsiyaning universalligi shunda namoyon bo'ladiki, u umumiy va universal fenomen, dunyoda integrativ xossalarga ega bo'lmagan narsa va hodisa bo'lishi mumkin emas. N.K.Chapayevning ta'kidlashicha, bu ontologik va gnoseologik reallikka, jonli va jonsiz tabiatning barcha sohalariga, inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan pedagogikaga ham aloqador. Pedagogikada integratsiya o'quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini: -pedagoglar va ta'lim oluvchilarning faoliyati;

-o'qitish va tarbiyalashning maqsadlari, prinsiplari, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari faoliyati;

-pedagogik bilimlar faoliyatining barcha darajalarini qamrab oladi.

Polimorfiklik, olimning fikricha, integratsiyaning turli sifatlarda gavdalanish, bilish va inson faoliyatining xilma-xil sohalarida turli shakl (tur, tip) larga ega bo'lish qobiliyatini ifodalaydi.

Pedagogik integratsiya pedagogik nazariya va amaliyotning rivojlanish prinsipi sifatida ilmiy va amaliy faoliyatning rivojlanishi zamonaviy bosqichi xususiyatlarini aks ettiradigan, fanlararo integratsiyani optimallashtiradigan va uni amalga oshirgan holda tobora yuqori ijobiy natijalarga erishishni kafolatlaydigan yetakchi g'oyadir. Integratsiyani prinsip sifatida amalga oshirish uchun integratsiya obyektlarini (fanlarini) aniqlash;

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ajratilgan obyektlarni integratsiyalashga ko'maklashadigan, shuningdek ko'maklashmaydigan omillarni ajratish;

tinglovchini hisobga olgan holda kutiladigan natijani shakllantirish zarur.

Jarayon sifatida pedagogik integratsiya obyektlar o'rtasida aloqalarni bevosita o'rnatish va kutiladigan natijalarga muvofiq tarzda yangi yaxlit tizimni yaratishdan iborat. V.S.Bezrukovaning ta'kidlashicha, pedagogik integratsiya jarayoni obyektlarni integratsiyalash, natijani olish yo'llarini loyihalashtirish jarayonidir. Natija sifatida pedagogik integratsiya -obyektlar, bir-biri bilan o'zaro aloqaga kirishib, egallaydigan shakl (integratsiyalangan kurs, integratsiyalangan dars, modulli o'qitish va boshq.).

Integratsiya nazariyasi yaxlitlik va tizimlilik nazariyalarining rivojlanishi bilan bog'liq va u tufayli shakllantirilmoqda. Tizimlilik prinsipi tadqiqot obyektlariga yaxlit yondashuv sifatida tarkib topdi - u avval yaxlit (yaxlitlik) ni tushunishdan boshlandi, keyin tizim hamda tashkil qilish tushunchalarida rivojlantirildi va aniqlashtirildi.

"Pedagogika" ensiklopediyasida "integrativ yondashuv" tushunchasi quyidagicha talqin qilingan: integrativ yondashuv - ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda boshqariluvchi obyektga bir necha yondashuvlar (vaziyatli, tizimli, innovatsion va h.k.) ni birgalikda qo'llashni anglatadi deb keltirilgan. Mazkur atama umumlashtirilgan yondashuvlarni ifodalaydi.

Ta'limning "integratsiyalashuvi" jarayonini bir necha xil ko'rinishda ko'rib chiqish mumkin:

-ta'lim turlariaro,

-bosqichlararo,

-fanlararo,

-mavzulararo integratsiya sifatida.

Bunda integratsiyaning oxirgi ko'rinishlarida fanlarni o'qitish uslubi, ya'ni ularning mazmunini bayon etilish metodiga tayangan holda turdosh fanlar mazmunidan foydalana bilish, mustaqil ishlashga harakat qilish, shuningdek, uslubiyat va mazmunan kuzatiladigan o'xshashlikni qo'llashda kuzatiladi.

Pedagogik nuqtai nazardan, bunday integratsiya talabalarning o'zini o'zi rivojlantirishga olib boradigan ta'lim jarayonlari doirasida bir xil turdagi tarkibiy qismlar va mazmun elementlari, o'qitish metodikasi va tizimli ravishda tashkil etilishi hisoblanadi. Bunday ta'lim integratsiyasi 3 xil darajada namoyon bo'ladi: fanlar ichidagi (mazmuniy) integratsiya; fanlar orasidagi integratsiya; ta'lim turlari fanlari orasidagi integratsiya.

Turli darajadagi integratsiyani ta'lim jarayoniga joriy etish ta'lim mazmuniga, o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan ta'lim texnologiyalari, ta'lim vositalariga, ta'lim shakliga ta'sir ko'rsatadi. Integratsiyalashgan ta'lim jarayoni odatdagi dars jarayonlaridan tubdan farq qiladi, unda fan mazmuni chuqur tahlil qilinadi, mavzular aloqadorligi o'rganiladi.

Professor E.Shohamy esa, integrativ yondashuv-bu butun ta'lim va tarbiya jarayonining o'ziga xos "ko'rish prizmasi" bilan asoslangan uslubiy yondashuv bo'lib, uning asosida ta'lim usullari va mazmuni integratsiyasi yotadi. M.Pak integrativ yondashuv-ta'lim mazmuni komponentlari ichki va tashqi fanlararo tavsif sintezini va maqsadli uyushmasini, faktlar,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

tushunchalar, nazariya va g'oyalar darajasida ularni umumlashtirishni, umumlashtirilgan bilimlar, faoliyat usullari va turlari yaxlit tizimini shakllantirishni ta'minlaydi, - deya ta'kidlaydi.

Integrativ yondashuv-pedagogik shart-sharoitlarni yaratgan holda integratsiyani amalga oshirishni talab etadi, ya'ni: aniq o'quv fanlari integratsiyasi zaruratini umumnazariy asoslash, fanlar integratsiyasi shakllari va optimal darajalarini aniqlash, o'quv materiali to'qnashuv nuqtalari, uning yetakchi g'oyalari, o'quv fanlari dasturlarini muvofiqlashtirguncha mos usullar va ko'rinishlardan foydalanish, talabalarning olam to'g'risidagi yaxlit bilimlarini shakllantirish maqsadidagi o'quv vositalari kabilar. Integrativ tavsif, o'qishga integrativ yondashuvni qo'llagan holda, yuqorida keltirilgan pedagogik sharoitlarni yaratadigan o'qituvchi faoliyatiga ko'p jihatdan bog'liq.

REFERENCES

1. Abduazizov va boshqalar. Ingliz tili amaliy fonetikasi. -T., O'qituvchi, 1992.

2. Atayeva N. va bosh. Umumiy pedagogika.-T., Fan va texnologiya. 2001.

3. Abdurahmonov G'. O'zbek tili grammatikasi. Toshkent. O'qituvchi1996.

4. Alexander Yaroslavovich Danyluk & Alla Arkadievna Faktorovich. The Meaning Behind Concepts in Different Subject Disciplines and Cultures: Reflections on developments of Europe and of European Secondary Education. online journal "International Dialogues on Education: Past and Present". December 2017 (www.ide-journal.org).

5. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

6. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

7. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

8. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

9. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

10. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

11. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

12. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

13. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

14. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

15. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

16. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

17. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

18. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

19. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

20. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 70(4), 883887.

21. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

22. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

23. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

24. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

25. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.