Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA FANLARANI INTEGRATSIYA ASOSIDA O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

TA’LIM JARAYONIDA FANLARANI INTEGRATSIYA ASOSIDA O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
671
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / integratsiya / integrativ fanlar / izviylik / integrirlangan dars

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Malikova Dilraboxon Maxmudovna

Mazkur maqolada fanlarni integratsiya asosida o’qitishning o’ziga xosligi, til o'rganishda hikoyalardan foydalanish, ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yishda zamonaviy texnologiyalarning o’rni va bu borada rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanish bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA FANLARANI INTEGRATSIYA ASOSIDA O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

TA'LIM JARAYONIDA FANLARANI INTEGRATSIYA ASOSIDA O'QITISHNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Malikova Dilraboxon Maxmudovna

UzPFITI "Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish texnologiyalari" bo'limi boshlig'i, pedagogika

fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7991624

Annotatsiya. Mazkur maqolada fanlarni integratsiya asosida o'qitishning o'ziga xosligi, til o'rganishda hikoyalardan foydalanish, ta'lim jarayonida fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yishda zamonaviy texnologiyalarning o'rni va bu borada rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanish bayon etilgan.

Kalitso'zlar: ta'lim jarayoni, integratsiya, integrativfanlar, izviylik, integrirlangan dars.

Respublikamizda Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgan hozirgi sharoitda ta'lim tizimini sifat jihatidan milliy va xorijiy tajriba uyg'unlashgan xalqaro standartlarga mos tarzda yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun belgilangan ustuvor topshiriqlarni amalga oshirish yo'lidagi eng muhim vazifalardan biri uzluksiz ta'lim tizimi o'qitish jarayonida fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni samarali tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarini amalga oshirishdir. Ozbek adabiy tanqidchi O. Sharafiddinov to'g'ri ta'kidlaganidek: "Cheksiz olamdagi katta-kichik har bir narsa o'zaro bog'liqlikda yaratilgani va biri boshqasining mavjudligini ta'minlab turgani uchun ham dunyoni bilishning uyushtirilgan pedagogik shakli bo'lmish ta'lim jarayonida ana shu uzviylik, chambars aloqadorlik hisobga olinishi lozim. O'zga insonlar ruhiyatidagi tovlanishlarni anglash asosida o'quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan adabiy ta'limda ham fanlararo aloqa muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot o'qitishda samaradorlikka erishish uchun uning maktabda o'qitiladigan o'zga o'quv fanlari bilan aloqasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur".

Ma'lumki, o'quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o'zgarishlarining ham bo'lishini taqozo etmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanish mumkin. Chunki ular allaqachon o'z ta'lim tizimiga integratsiyani olib kirgan va integrativ fanlarni joriy qilgan. Buyuk Britaniya, Koreya, Shveysariya, Vengriya, AQSh, Rossiya va boshqalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda bizning ta'lim tizimimizga ham integratsiyalashish jarayoni kirib keldi. Integratsiya - "butun" degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o'sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirishdir. Bu esa, ta'limda fanlararo aloqadorlikni, fanlarni bir-biri bilan chambarchas bog'liq holda o'qitishni ko'rsatadi.

Fanlarni integratsiya qilib dars o'tilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak.

- har bir dars muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;

- fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo'shimcha material o'tiladigan mavzu bilan bog'lanishi shart;

- fan o'quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo'llarini aniqlash mumkin. Dars faqat ta'limiy bo'lib qolmasdan, o'quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo'lishi zarur. Mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqiyoti haqidagi bilimlar respublikamiz kelajagiga ishonch va e'tiqodni

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bu esa o'quvchi dunyoqarashini kengaytiradi. Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo'lishi kerak.

Boshlang'ich bosqich o'qituvchisiga integrirlangan darslarga o'tish oson, chunki bir o'zi hamma fanlarni o'qitadi. O'quvchi qanchalar yosh bo'lsa, u shuncha kam biladi. Shuning uchun boshlang'ichda integratsiya imkonlari chegaralangan. Boshlang'ich ta'limda amalda ichki va fanlararo aloqalardan foydalanish va rivojlantirish kerak. Boshlang'ich ta'limda integratsiya «oz -oz hamma narsadan» usuliga ega. Bolalar boshlang'ich ta'limda juda ko'p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ular to'g'risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to'ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o'qituvchi bir xillikdan qochishi va rang-barang shakl va usullarda dars o'tishi talab etiladi. Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglikni o'quvchilardan oladi, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Lekin ilk bosqichlarda integratsion darslarga uncha berilmaslik tavsiya etiladi. Chunki bolaning bilim zahirasi ko'p emas, grammatik, matematik va texnik konikmalari shakllanib ulgurmagan. Chunki integratsiya mavjud mavzuni kengaytiradi, chuqur tahlil qilishni talab qiladi, hodisalarni umumlashtiradi, ularning bilim doirasi boshqa fanlar hisobiga kengayadi. O'quvchilar mustaqil tarzda shuncha ishni bajarishga kuchi yetmasligi mumkin. O'z navbatida o'qituvchiga juda ko'p talablar qo'yiladi. Integrirlangan dars o'qituvchidan qo'shimcha tayyorgarlik, katta bilimdonlik, yuqori kasb mahoratini talab qiladi.

Ta'lim-tarbiya jarayoni har bir o'qituvchidan katta aql-zakovat, sabr-matonat, o'quvchilarga va o'z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo'lishni talab etadi. O'qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib boruvchan bo'lishi, o'quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o'sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda yordam bera olish qobiliyati ta'lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillardir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hikoyalar til o'rganishda ideal vositadir, chunki ular butun hayotimiz davomida bizni boshqaradi. Demak, nafaqat ona tilimizni, balki boshqa xorijiy tillarni ham hikoyalar orqali o'rganish bizning sa'y-harakatlarimizni yanada qiziqarli, qiziqarli va esda qolarli qilish imkonini beradi. Talabalar mashg'ulotlar ularga tanish va yoqimli bo'lsa, tilni o'zlashtirishning ajoyib qobiliyatiga ega. Chet tilini hikoya qilish asosida o'rgatish -bu tanish va qiziqarli mashg'ulot. Hikoyalar nafaqat talabalar uchun, balki barchamiz uchundir, shuning uchun ulardan o'smirlarni o'qitishda foydalanish yosh bolalarni o'qitishda foydalanish kabi muhimdir. Hikoyalar talabalar e'tiborini jalb qilishi mumkin, chunki ular sevgi va do'stlik kabi kundalik qiziqishlariga asoslangan qiyin mavzularni taqdim etadi. Ular, shuningdek, fantaziya va ijodkorlik uchun katta maydonni ta'minlaydi. Hikoyalar ingliz tilini o'quv dasturidagi boshqa fanlar bilan bog'lashi mumkin, biz ushbu tezisda buni ko'rsatishga harakat qilamiz. Ular o'quvchilarni fikrlashga o'rgatadi. Barcha ko'nikmalar, funktsiyalar va tuzilmalarni hikoyalar orqali o'rgatish mumkin. So'z boyligi, talaffuzi va ijodkorligi rivojlanishi mumkin. Ushbu tadqiqotda biz haqiqiy kitobdan ko'chirma asosida dars rejasini tuzishga harakat qildik va hatto uni amaliy mashg'ulotda sinab ko'rish imkoniga ega bo'ldik. Til o'rganishda hikoyalardan foydalanish muhim o'qitish usuli hisoblanadi. Hikoyalar insonni butun hayoti davomida boshqaradi va inson o'z ona tilini yoki chet tilini o'rganganida ulardan foydalanadi. Binobarin, hikoyalar yordamida chet tilini o'rganish tabiiydir.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

REFERENCES

1. Sayidaxmedov N.S. Oliy pedagogik talimda integral texnologiyalar. 2003 y.

2. Abdujabarova, K. H. Q. . (2022). Use of Literature in the Development of Speech Activity of the Future Journalist in Practical Lessons. Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(6), 57-59. Retrieved from https://innosci.org/IJNRAS/article/view/595

3. www.ziyonet.uz.tstu_info@edu.uz info.com.uz

4. http://ru.wikipedia.org www.elektron-lugat.zn.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.