Научная статья на тему 'PEDAGOGIK FAOLIYATDA HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

PEDAGOGIK FAOLIYATDA HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
910
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Oliy ta’lim / innovatsiya / texnologiya / hamkorlik pedagogikasi / insonparvarlik / birgalikdagi faoliyat / jamoa / kichik guruh / emotsional-psixologik muhit.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axatova Durdona Aktamovna, Axatova Xilola Aktamovna

Bugungi kun o‘qituvchi va tarbiyachilariga, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ta’lim sohasidagi innovatsiyalarni chuqur tushunib yetish, qo‘llash orqali yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdan iborat. Hamkorlik pedagogikasi mohiyati va g’oyalarini bilish ham shunday talablardan biri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FAOLIYATDA HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

PEDAGOGIK FAOLIYATDA HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING O'RNI VA

AHAMIYATI

1Axatova Durdona Aktamovna 2Axatova Xilola Aktamovna

1p.f.n. dotsent, NavDPI, Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi, Navoiy shahri 2NavDPI o'qituvchisi, Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi, Navoiy shahri https://doi.org/10.5281/zenodo.10112950

Annotatsiya. Bugungi kun o'qituvchi va tarbiyachilariga, ayniqsa, oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarga qo'yiladigan muhim talablardan biri ta'lim sohasidagi innovatsiyalarni chuqur tushunib yetish, qo'llash orqali yoshlarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdan iborat. Hamkorlik pedagogikasi mohiyati va g'oyalarini bilish ham shunday talablardan biri.

Kalit so^zlar: Oliy ta'lim, innovatsiya, texnologiya, hamkorlik pedagogikasi, insonparvarlik, birgalikdagi faoliyat, jamoa, kichik guruh, emotsional-psixologik muhit.

Аннотация. Одним из важных требований к сегодняшним воспитателям и педагогам, особенно к профессорам и преподавателям, работающим в высших учебных заведениях, является научить молодежь самостоятельно мыслить через глубокое понимание и применение инноваций в сфере образования. Знание сущности и идей кооперативной педагогики является одним из таких требований.

Ключевые слова: Высшее образование, инновации, технологии, педагогика сотрудничества, гуманизм, совместная деятельность, коллектив, малая группа, эмоционально-психологическая среда.

Kirish. 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 36-moddasida ta'kidlanishicha: "Ta'lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta'limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta'lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o'tkazishga hamda ta'lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan"[1].

Bunga esa ta'limdagi innovatsiyalar orqali erishamiz. O'qituvchi va tarbiyachilarga qo'yiladigan muhim talablardan biri ta'lim sohasidagi innovatsiyalarni chuqur tushunib yetish, qo'llash orqali yoshlarni mustaqil fikrlashga o'rgatishdan iborat. O'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning tatbiqiy asoslarini va ulardan foydalanish samarali yo'llarini ishlab chiqish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta'limning, ayniqsa, oliy ta'lim muassasalari va unda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarning yetarli kasbiy malakaga ega bo'lishlari, o'z ustida ishlashlari, pedagogikaning ilg'or tajribalaridan xabardor bo'lishlari alohida ahamyatga ega. Spu jihatdan olganda hamkorlik pedagogikasi mohiyati va g'oyalarini bilish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlik pedagogikasi g'oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va "XXI asr ta'lim Konsepsiyasi" asosini tashkil etmoqda. Hamkorlik pedagogikasi insonparvarlik pedagogikasi bilan uzviy va o'zaro aloqadordir. Rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida hamkorlik pedagogikasi ko'pdan qo'llab kelinmoqda.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Hamkorlik pedagogikasi g'oyasi ilk bor D.Dyui tomonidan XX asrning 20 yillarida ilgari surilgan. Lekin ushbu pedagogikaning metodik

tavsifi 70- yillarning oxiri, 80- yillarning boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida Rossiya, Buyuk Britaniya, Kanada, G'arbiy Germaniya, Avstriya, Gollandiya, YAponiya, va Isroilda matbuotda e'lon qilingan.

K.D. Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, S.T.Spatskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bernlarning pedagogik nazariyalarida ham hamkorlik pedagogikasining turli jihatlarini ko'rish mumkin. Bu yo'nalish vakillari ta'lim-tarbiyaga turlicha qarashda bo'lsalarda ularning asosiy maqsadlari ta'lim tizimini "gumanizatsiyalash (insonparvarlashtirish)dan" iborat edi.

Hamkorlik pedagogikasi g'oyasining asoschilaridan biri Simon Lvovich Soloveychikning tadqiqotlarida tarbiya masalasiga yangicha yondashuv kozga tashlanib, tarbiya bolaga tarbiyachining qandaydir ta'siri sifatida emas, balki, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi ochiq munosabat sifatida ifodalana boshlanadi. Hamkorlik pedagogikasi g oyalari Amonashvili Shalva Aleksandrovich, Shatalov Viktor Fedorovich, Lisenkova Sofya Nikolayevna va boshqalar nazariyalarida ham namoyon boldi.

Pedagog - novatorlarning ilk yig'ilishi 1986 yil oktyabr oyida Moskva yaqinidagi Peredelkina posyolkasida bo'lib o'tdi. Uchrashuv natijasida "Hamkorlik pedagogikasi tezislari" 1986 yil 18-oktyabrda "Uchitelskaya" gazetada e'lon qilindi. Ularning ikkinchi uchrashuvi 1987 yil Gruziyada bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda "Ta'limni demokratizatsiyalashtirishning yo'llari va yo'nalishlari" belgilab olindi. Uning natijasida "Shaxsni demokratizatsiyalashtirish" mavzusida tezislar "Uchitelskaya" gazetada e'lon qilindi.

Hamkorlik pedagogikasining asosiy g'oyalari keyinchalik Amerikalik olimlar Djorj Aronson (1978), Rodjers va Devid Djonsonlar( 1987) Robert Slavin, (1990), hamda Isroillik olim Shlomo Sharan (1988) tomonidan taklif qilingan va uslubiy jihatdan tavsiflangan.

Hamkorlik faoliyatlarini biz yana xorijlik olimlarning tadqiqotlarida "hamkorlik" va "raqobat" o'quvchilarning faoliyati maqsadi sifatida e'tirof etilganligini ham ko'rishimiz mumkin. D.B.Millerning qayd etishicha, hamkorlik vaziyatida umumiy maqsad mavjud bo'lib, guruhlarga taqsimlangan o'quvchilarning hammasiga vazifalar bo'lib beriladi, raqobat vaziyatida guruhning har bir a'zosi yaxlit tarzda qo'yilgan maqsadga individual erishishi talab etiladi [4]. M.A.Mey, L.U.Duba ham hamkorlik jarayonida uning ishtirokchilari o'rtasida taqsimlangan birgalikdagi umumiy maqsadning mavjudligi va ular o'rtasida do'stona munosabatlarning qaror topishini qayd etib o'tishadi [4]

Xorijiy tadqiqotlarda hamkorlikda o'qitishning guruhiy shaklining imkoniyatlarini ochib berishga alohida ahamiyat qaratilgan. Jumladan, D.V.Jonson, R.T.Jonsonlar o'quvchilarning individual o'quv-bilish faoliyatini kichik guruhlardagi birgalikda ishlash bilan uyg'unlashtirishni taklif etishgan [6]. D.de Friz (D. DeVries) va K.Edvards (K. Edwards) [5] o'quv-bilish faoliyatidagi o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning guruhiy shaklini tashkil etishning o'yin usullarini bayon etishgan.

E.Aronsonaning g'oyalariga muvofiq o'quv-bilish faoliyatida o'quvchilarning hamkorligini rivojlantirish jarayonida ularning guruhdagi o'zaro harakatini tashkil etish har bir ishtirokchining dastlab umumiy topshiriqning ma'lum bir qismi ustida ishlashi, o'rganilgan materialni bir-biriga tushuntirishi va guruhning boshqa ishtirokchilariga topshiriqdagi o'z ulushini bajarishiga yordam berishi, nihoyasida o'quvchilarning qo'yilgan maqsadga erishishiga imkon berishi talab etiladi

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Hamkorlik pedagogikasi "yaratuvchanlik" xususiyatiga ko'ra "kreativ pedagogika"ga yaqin. Pedagog navatorlarning fikricha hamkorlik pedagogikasi har qanday bolani tabiiy holda qabul qilish zarur. Bunda o'qituvchi bolani individualligini saqlab qolishga yordam beradi va uning aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun motivni uyg'otadi.

Hamkorlik pedagogikasining asosiy g'oyalari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- bolani yaqin rivojlanish zonasida o'qitish:

- majburlamasdan o'qitish:

- tayanch so'zlar, sxemalar, belgilar asosida o'qitish:

- ilgarilab ketish g'oyasi:

- yirik bloklar g'oyasi:

- erkin tanlash g'oyasi:

- dialogik fikrlash g'oyasi:

- sinfning intellektual muhiti g'oyasi:

- o'quvchi va o'qituvchilarning hamkorlikdagi faoliyati g'oyasi:

- bo'sh vaqtdagi faoliyatning ixtiyoriyligi g'oyasi.

Hamkorlik ta'lim texnologiyasi talabalarda intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi.

Hamkorlik pedagogikasi - bu mustaqil pedagogik konsepsiya bo'lib, uning asosiy natijasi talaba(o'quvchi) va o'qituvchi hamkorligida ko'zlangan maqsadga erishishni kozda tutadi. juftlikda bilimlarni birgalikda o'zlashtirishlari, o'zaro rivojlanishlari, "talaba-talaba(lar)", "pedagog-talaba(lar)" munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta'lim kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o'zaro hamkorlikda bajarishni kozda tutadi.

"Hamkorlik pedagogikasi" qo'llanish darajasiga ko'ra: umumpedagogik, falsafiy asoslariga ko'ra: insoparvar, bolaga yondashuvga ko'ra: shaxsiy-insonparvar, sub'ekt-sub'ektli(hamkorlik) va metodlarni qo'llanilishiga ko'ra: muammoli-izlanuvchan, ijodiy, dialogli, o'yinli ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.

Hamkorlik ta'lim texnologiyasi tamoyillari sifatida:

- juftlik va kichik guruh a'zolarining o'zaro birligi;

- juftlik va kichik guruhda har bir a'zoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi;

- kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish;

- guruh va jamoa ishining umumiy baholanishini ko rsatishimiz mumkin.

Hamkorlik ta'lim texnologiyasining belgilari sifatida quyidagolarni korsatishimiz

mumkin:

- talaba shaxsi, individualligiga e'tibor qaratish;

- talabalarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish;

- pedagogga va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga kelishini ta'minlash;

- talabalarda madaniy muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish;

- hamkorlik va o'zaro tenglikka asoslangan muhitni yaratish.

Hamkorlik ta'lim texnologiyasini qo'llashda talabalar jamoada; kichik guruhda; juftlikda ta'lim oladilar:

Xulosa: Pedagogik hamkorlik ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o'zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo'lishiga ko'maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg'unlashtirishga xizmat qiladi. Pedagogik hamkorlik jarayonida o'qituvchi bilan talaba (o'quvchi) faoliyati uyg'unlashadi, ijodiy xarakter kasb etadiki, u ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatidagi o'ziga xos har bir jihatni hisobga olishni taqozo qiladi. "O'qituvchi-o'quvchi" munosabatlaridagi hamkorlik, bu faoliyatning borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, ma'naviy dunyoda bir-biriga samimiylik, o'zaro bir-birini mustahkam tushunish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g'oyasi asosida tashkil etiladi. An'anaviy ta'limdagi pedagogik jarayonda o'qituvchining subyekt, o'quvchini esa obyekt sifatida ishtiroki o'zgarib, talaba-o'quvchi faoliyatning subyekti sifatida ishtirok etadi. "O'qituvchi-o'quvchi" munosabatlari hamkorlikning birga qatnashish, birga qayg'urish, birga ijod qilish, birgalikda boshqarish)da qabul qilingan kabi turlarida amalga oshadi.

Hamkorlik pedagogikasi asosida oliy ta'limda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish ta'lim muassasalari amaliyotiga muayyan o'zgarishlar kiritishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, uning samarasi ta'lim mazmunining boyitilishi va sifatining yaxshilanishi, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasining oshganligi, ularning yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaliklari, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilar va talabalar o'rtasida o'zaro faol hamkorlikning qaror topganligi bilan belgilanadi.

Hamkorlik pedagogikasi asosida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning quyidagi mezonlari va ko'rsatkichlariga e'tibor qaratdik:

- ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'zaro birgalikdagi faoliyatning dialogik tavsifga (dialogik munosabatlar jarayonidagi subyektlarning kommunikativ ustanovkalari) egaligi;

- ta'lim-tarbiya jarayonida subyektlarda qadriyatga yo'naltirilgan munosabatning (o'zaro hurmat, o'zaro ishonch, o'zaro bir-birini tushunish, mas'uliyatni ongli his etishda subyektlarning o'zaro birgalikdagi faoliyatga qadriyatga yo'nalganligi) umumiyligi;

- subyektlarning o'zaro birgalikdagi harakatining muvofiqligi (o'zaro birgalikda maqsadni belgilay olish ko'nikmasi, unga erishish usullarini rejalashtirish, - belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, maqsadga erishishni hamkorlikda nazorat qilish, olingan natijalar asosida yangi maqsad va vazifalarni aniqlashtirish);

- faoliyatli-guruhiy mezonlar - o'zaro birgalikdagi harakatning intensivligi, jamoadagi emotsional-psixologik muhit.

Zamonaviy sharoitda hamkorlik pedagogikasining ta'lim-tarbiyaga doir yetakchi g'oyalari sifatida quyidagilar aniqlashtirildi: o'zaro harakat, ijodiy hamkorlik; muvaffaqiyatga erishish; individuallik; o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini takomillashtirish. Hamkorlik pedagogikasi asosida talaba-o'quvchilarda muloqotga kirishuvchanlik, ishchanlik, yetakchilik, keng ko'lamli, aniq izchillikka ega bo'lmagan materiallarni tartibga solish va tahlil qilish, axborotlar yetarli bo'lmagan sharoitlarda ularni to'ldirish ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyati ham vujudga keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni.- T. 2020, 3 b

2. Akhatova Durdona Aktamovna. Teaching Students to Work With Pedagogical Situations in the Teaching of Pedagogical Disciplines. International journal of multidisciplinary research

and analysis: Volume 04 Issue 11 November 2021 DOI: 10.47191/ijmra/v4-i11-11, Impact Factor: 6.072, 1564-1569

3. Ishmuhamedov R, Abduqodirov A, Pardayev A. Ta'limda innovasion texnologiyalar. - T.: "Iste'dod", 2008. - 180 b.

4. May M.A., Doob L.W. Competition and Cooperation / M.A. May, L.W. Doob. - New York: Social Science Research Council, 1997.

5. DeVries, D., Edwards K. Learning games and student teams: Their effects on classroom process / D. DeVries, K. Edwards. - American Educational Research Journal. - 1993. - №10. - P. 307-318

6. Johnson D.W., Johnson R.T. Cooperation and the use of technology. In J. M. Spector, M. D. Merrill, J. van Merrienboer, & M. Driscoll (Eds.), Handbook of research on educational communications and technology. - New York: Taylor & Francis, 2008. - P. 1017-1044.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.