Научная статья на тему 'PEDAGOG-SOZANDANI О‘QITISH JARAYONIDA ANSAMBLDA IJRO KО‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH HUSUSIYATLARI'

PEDAGOG-SOZANDANI О‘QITISH JARAYONIDA ANSAMBLDA IJRO KО‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH HUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijrochi / pedagog / ansambl / sozanda / musiqa madaniyati / ijodiy hamkorlik / ijro ko‘nikmasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — F.R.Zuparova

Ushbu maqolada o‘qituvchi ansambl sinfi fanida sozandani o‘qitish jarayonida ijro ko‘nikmasini shakllantirish hamda yakka va guruhli ijrochilikning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG-SOZANDANI О‘QITISH JARAYONIDA ANSAMBLDA IJRO KО‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH HUSUSIYATLARI»

PEDAGOG-SOZANDANI O'QITISH JARAYONIDA ANSAMBLDA IJRO KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH HUSUSIYATLARI

F.R.Zuparova O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'qituvchi ansambl sinf fanida sozandani o'qitish jarayonida ijro ko'nikmasini shakllantirish hamda yakka va guruhli ijrochilikning o'zaro uyg'unligini ta'minlash to'g'risida ma'lumotlar o'rin olgan.

Kalit so'zlari: ijrochi, pedagog, ansambl, sozanda, musiqa madaniyati, ijodiy hamkorlik, ijro ko'nikmasi

CHARACTERISTICS OF PERFORMANCE SKILLS FORMATION IN THE ENSEMBLE IN THE PROCESS OF EDUCATION OF THE EDUCATOR-

COMPOSER

F.R. Zuparova UzSIAC

Abstract: This article contains information about the formation of performance skills and the mutual harmony of solo and group performance during the training of a musician in the subject of the ensemble class.

Keywords: performer, pedagogue, ensemble, musician, musical culture, creative cooperation, performance skills

Musiqa san'atida sozandalar ansambllarining yangi shakl va janrlari paydo bo'lishi, musiqiy ijrochilik faol rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Sozandalar tomonidan yangi ansambl shakllarining izlanishi sozandalar ansambllarining ijro madaniyati rivojlanishining obyektiv jarayonini aks ettiradi. Hozirgi kunda ansambl janrida ijro etish ayniqsa ommalashib bormoqda. Bu esa sozandalarning ijodiy hamkorlikda musiqa ijro etish va jamoa bo'lib ijro etish jarayonida har bir sozandaning o'z shaxsiy iqtidorini namoyon qilish imkonini beradi.

Oxirgi yillar davomida xalq cholg'ularida ansambl bo'lib ijro etishga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Pedagog-sozandaning ansamblda ijro texnikasini shakllantirish jarayonini samarali amalga oshirish imkonini beruvchi pedagogik jihatlarni izlash va ishlab chiqish, hozirgi vaqtda muhim hisoblanadi.

Sozandalar ansambli - bu musiqa madaniyatida ijrochilarning eng oliy ijodiy muloqot shakllaridan biri bo'lib, chuqur ta'sirchanlik vositalariga ega bo'lgan musiqiy ijrochilikning eng qiziqarli va shu bilan birga eng qiyin shaklidir. Ansambl sozandalari

uchun bu nafaqat birgalikda fikr yuritish va his etishga intilish, musiqani va bir-birini tushunish, balki ijro jarayonida yagona metodlar va usullardan foydalanish ham demakdir.

Sozandalar ansambli o'ziga xos ijrochilik texnikasiga ega bo'lgan shaxslarning o'zaro hamkorligini namoyon qilib, ko'plab elementlardan iborat bo'lgan yaxlit sistema hisoblanadi. Ansambl bo'lib musiqiy asar ijro etish jarayonida o'z ijrochilik texnikasiga ega bo'lgan har bir sozanda ansambl a'zolari bilan o'zaro ijodiy aloqaga kirishadi. Birgalikda ijro etish jarayonida ansambl a'zolarining faqat ularga xos bo'lgan individual ko'nikmalari o'zaro hamkorlik qiladi. Ijro jarayonida sozandalar tomonidan musiqani umumiy bir xil tushunish nuqtai nazaridan xos ko'nikmalarning o'zgarishi va o'zaro boyishi yuz beradi. Natijada ansambl sozandalarining shaxsiy hususiyatlarini o'z ichiga olgan yangi jamoa vujudga keladi.

Har bir sozandaning o'ziga xos individual ijrochilik uslublari boshqalari bilan o'zaro ijodiy aloqaga kirishib, ayrim sozandalarning ijro texnikasida mavjud bo'lmagan yangi sifatlarini namoyon qiluvchi murakkab yangi sistema hosil bo'ladi. Bunday hodisa bo'lajak pedagog-sozandalarning o'quv jarayonlarida ham kuzatiladi, ya'ni, o'rtahol ijrochilik mahoratiga ega bo'lgan sozanda talaba ansambl tarkibidagi yuqori ijrochilik mahoratiga ega bo'lgan talabalarga ergashib, o'rganib, intilib ijobiy natijalar ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, ularning musiqiy asarlarni yakka ijro etish jarayonida ham sezilarli ijobiy o'zgarishlar yuz beradi. Talabalarning ijrochilik ko'nikmalari sifatining oshib borishi ansambl bo'lib ijro etishning eng muhim hususiyati bo'lib hisoblanadi.

Sozandalar ansambli texnikasi quyidagi asosiy qismlardan iborat.

1. Ansamblning barcha sozandalari tomonidan asarning musiqiy obrazi to'g'risida yagona tushunchaga ega bo'lish qismi.

Birgalikda ijro etishda musiqiy obrazni badiiy jihatdan bir xil tushunish ansamblda asarni sifatli ijro etishning asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Ansamblning barcha sozandalari umumiy estetik qarashlarga ega bo'lishi hamda badiiy fíkrlarining mosligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ansambl ishtirokchilari oldida turgan vazifalarning umumiyligi- bu, pirovard natijada, jamoaviy badiiy talqin talablarining umumiyligidir. Bunda umumiy his-tuyg'ular darajasi va ijroning barcha qismlariga, detallariga tushungan holda munosabatda bo'lish nazarda tutiladi. Ansambl sozandasi ijroning ma'lum qismida uning ijrosi asosiymi yoki ikkinchi darajalimi, soz tovushi asosiy yoki yordamchi tovush ekanligini tushunishi kerak. Musiqachilar o'z sozlarining tegishli ifodali vositalarini topish va foydalanish jihatlarida jamoa bilan kelishilgan holda faollik ko'rsatishlari zarur.

2. Ansambl texnikasining eshitish qismi.

Ijro jarayonida eshitish - bu sozandalarning musiqiy asarni ijro etish jarayonida o'zini-o'zi nazorat qilishdir. Uning asosiy vazifasi ansambl ijrosi jarayonida hosil bo'luvchi tovush natijalarini nazorat qilish va zarur bo'lgan hollarda ansambl ijrosiga tuzatishlar kiritishdan iborat. Ansamblning har bir sozandasi o'z ijrosini eshitishi, shu bilan birga jamoaning umumiy ijrosini eshita bilish qobiliyati ansambl ijrosi sifatli bo'lishining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Ansambl sozandalari eshitish tuyg'usini bir nuqtaga jamlash ko'nikmasiga ega bo'lishlari talab etiladi.

O'zining va yonidagi sozandalarning ijrosini eshitish - bu eshitish jarayonidagi o'z-o'zini nazorat qilish qobiliyatining alohida namoyon bo'lishi hisoblanadi. Ansambl sozandalari eshitib, ijro yo'nalishini tez almashtira olishlari, ansamblning umumiy ijrosini va ansamblda o'z ijrosini eshitish qobiliyatiga ham ega bo'lishlari kerak. Bu yerda so'z eshitish jarayonida o'zini-o'zi nazorat qilish ko'nikmasi haqida bormoqda. Musiqiy eshitish qobiliyatining barcha turlari ansambl texnikasida eshitish qismining tarkibiy elementlari bo'lib hisoblanadi, ya'ni: baland-past tovush, kuychan tovush, hamohang (garmonik) tovush, tembrli tovush, jo'shqin (dinamik) tovush, intonatsiyali tovush, hamda ushbu barcha tovushlarning sintezi sifatida umumiy ijro tovushlarining hamohangligini eshitish. Ijro tovushini eshitish musiqiy obrazni talqin qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eshitish jarayonida musiqiy tovushlar sayqallanishiga erishiladi va tartibga solinadi.

3. Ansambl texnikasining xarakatlanish qismi.

Ansambl texnikasi harakatlanish qismining yaxlitligi va hamohangligi ansambldagi barcha sozandalar uchun bir xil yoki o'xshash ijro usullarini topish, ijroning ta'sirchan vositalarini aniqlash masalalariga yagona tamoyilda yondashish hamda ularni sifatli ko'rinishda amalga oshirishda namoyon bo'ladi.

Ansambl sozandalariga qo'yilgan turli vazifalar va paydo bo'ladigan mayda texnik muammolarni ular birgalikda, kelishilgan holda yechishlari kerak bo'ladi. Xarakatlanish usullariga ishlov berish yakka ishlash jarayonida ham, birgalikdagi repetitsiya jarayonida ham amalga oshiriladi. Musiqiy asarni o'zlashtirish davomida har bir sozanda mustaqil ravishda yakka mashg'ulotlar o'tkazadi. Shu bilan birga, repetitsiyalar vaqtida birgalikdagi mashg'ulotlar ham bo'lib o'tadi. Ayrim ijro usullarini muvofiqlashtirish va jamoa bo'lib ularga ishlov berish texnik qiyinchiliklarni yengib o'tishning asosiy sharti bo'lib hisoblanadi.

Ansambl texnikasida xarakatlanish qismini amalga oshirish quyidagilarni nazarda tutadi:

- nota matnini to'g'ri o'qish va asosiy texnik muammolarni aniqlash;

- muvofiqlik, sinxronlik, xarakatlar tekisligi hamda tovush chiqarish usullarining bir xilligiga erishishga qaratilgan texnik usullarni jamoa bo'lib ishlab chiqish;

- texnik usullarni zarur darajada muvofiqlashtirish imkonini beruvchi, ansambl sozandalarining eshitish borasidagi o'zini nazorat qilish jihatlarini faollashtirish.

4. Ansambl texnikasining ruhiy qismi.

Ansambl texnikasining ruhiy holati sozandalarning hissiyot darajasida o'zaro munosabatda bo'lishlari jarayonida vujudga keladi. Ansamblning boshqa sozandalari bilan o'zaro muloqatda bo'lish, jamoada iltifotli munosabatlar o'rnatish ansambl sozandalari uchun juda muhim hisoblanadi. Ansambl sozandalarining o'zaro munosabati uchun xayrixohlik va samimiylik talab etiladi. Bu hislar jamoada samarali ishlash uchun kerakli muhitni yaratadi va ijro sifatini boyitadi. Bunday ijodiy muhitda ansambl sozandalarining barcha badiiy qobiliyatlari erkin rivojlanadi. Ijro uchun tanlab olingan har bir musiqiy asarni jamoa bo'lib ijro etishda maslakdosh bo'lgan ansambl sozandalarining uyg'un munosabatlari o'zaro hurmat va ishonchga asoslanadi.

Tegishli kasbiy tajriba va mahorat, ansambldagi uyushqoqlik ortgan sari, musiqani ijro etish jarayonida atrofdagi sozandalarda vujudga keluvchi turli ruhiy holatlarni sezish hissi kuchaya boradi. Yagona organizm bo'lgan ansamblda sodir bo'luvchi bunday holatlar ruhiy jarayonlar bo'lib, natijada umumiy ijroga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Mazkur holat ansambl texnikasining ruhiy qismi hisoblanadi. Bu qism repetitsiyalar jarayonida ham, bevosita konsert vaqtida ham mavjud bo'ladi. Ruhiy qism ijobiy natija berishi uchun asos bo'lib, sozandalar orasida o'zaro shaxsiy emotsional munosabatlar o'rnatish, ularning bir-birlarini tushunishlari va muloqatda bo'lishlariga erishish, texnik to'siqlarni yengib o'tish hamda asarning his-tuyg'ularga oid mazmunini ochishga xizmat qiladi.

Ansambl texnikasining ruhiy qismida ikki xil yo'nalishni ajratish mumkin: ansambl sozandalarining bir-birlari bilan o'zaro muloqatlari va ularning tinglovchilar bilan muloqatlari. Tinglovchilar bilan muloqat o'rnatilgan taqdirda ruhiy ta'sirlanish, ruhiy hamdardlik hissi paydo bo'ladi. Bu his natijasida yoki tinglovchilar ansambl ijrosiga ta'sir ko'rsatadi, yoki ansambl tinglovchilarni o'zi ortidan yetaklaydi. Bu jarayonda ro'y berayotgan ruhiy holatlarning muhim elementi bo'lgan iroda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Musiqiy asarning sahnada ijro etilishida konsert zalida hosil bo'ladigan muhit tashqi ruhiy energiya sifatida jamlanib, ansambl texnikasining ruhiy qismi ijro orqali tinglovchilarga kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Demak, ansambl texnikasining ruhiy qismi ijro jarayonini ilhomlantiradi, unga turli hissiy ranglar berib, ta'sir ko'rsatish va ishontirishning kuchli vositasi bo'lib hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib hulosa qilish mumkinki, sozandalarning ansambl texnikasi jamoa tomonidan asar sifatli ijro etilishiga asos bo'lib hisoblanadi. Ansambl texnikasining rivojlanishi esa ijrochilik mahoratini, musiqiy fíkrlashni, estetik didni, sozandaning shaxsi komil shakllanishini talab etadi. Sozandalarning o'zaro faol munosabatlari va ansambl texnikasining asosiy qismlarini birgalikda rivojlantirish orqali ularning kasbiy ko'nikma va bilimlari samarali shakllantiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.G'ofurov "Ansambl sinfi" Toshkent -

2. I.Akbarov "Musiqa lug'ati" Toshkent -

3. K.Azimov "Xavaskor o'zbek xalq cholg'ulari orkestri tashkil qilish metodikasi" Toshkent -

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.