Научная статья на тему 'PEDAGOG RAHBARLARNING RIVOJLANTIRISH, MALAKASINI OSHIRISHINI TARIXIY VA ZAMONAVIY JIHATLARI'

PEDAGOG RAHBARLARNING RIVOJLANTIRISH, MALAKASINI OSHIRISHINI TARIXIY VA ZAMONAVIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagog / malaka oshirish / rivojlantirish / menejment / innovatsiya / metodologiya / kasbiy madaniyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibragimova Feruzaxon Zafarjon Qizi

Ushbu maqolada rahbarlarning pedagogik faoliyatini rivojlantirish maqsadida malaka oshirishning tarixiy va zamonaviy jihatlari o’rganildi, shuningdek, taqqoslash usullaridan foydalangan xolda zamonaviy metodlar bayon etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG RAHBARLARNING RIVOJLANTIRISH, MALAKASINI OSHIRISHINI TARIXIY VA ZAMONAVIY JIHATLARI»

PEDAGOG RAHBARLARNING RIVOJLANTIRISH, MALAKASINI OSHIRISHINI TARIXIY VA ZAMONAVIY

JIHATLARI

Ibragimova Feruzaxon Zafarjon qizi

Ta'lim muassasalari boshqaruvi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11181077 Annotatsiyaю Ushbu maqolada rahbarlarning pedagogik faoliyatini rivojlantirish maqsadida malaka oshirishning tarixiy va zamonaviy jihatlari o'rganildi, shuningdek, taqqoslash usullaridan foydalangan xolda zamonaviy metodlar bayon etildi.

Kalit so'zlar: pedagog, malaka oshirish, rivojlantirish, menejment, innovatsiya, metodologiya, kasbiy madaniyat.

Bugungi kunda o'qituvchilarni tayyorlashda yangi tuzilmalar va shakllarni tashkil etish bilan qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi usullari ishlab chiqilmoqda va sinovdan o'tkazilmoqda. O'quv jarayonining umumiy ilmiy, рsixologik, рedagogik va fan yo'nalishi amalga oshirilmoqda, buning natijasida o'qituvchilar ta'limini fundamentallashtirishga erishiladi. O' zbekistonda barpo etilayotgan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida pedagogik kadrlarning o'rni beqiyosdir. Chunki, bu toifa kadrlar yosh avlodni munosib tarbiyalash ishini amalga oshiradi. Shu ma'noda oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilar kasbiy madaniyatini talab darajasida rivojlantirish dolzarb masaladir. Demokratik jamiyat va bazor iqtisodi sharoitida o'qituvchi shaxsining vazifalari kengayishi va buning natijasida kasbiy mas'uliyatining ortishi kuzatilmoqda. Shu ma'noda o'qituvchining kasbiy madaniyati zamonaviy ehtiyojlarga javob berishi va ta'lim-tarbiya jarayonidagi muammolarni hal etishda asos bo lishi kuzatilmoqda. Ta'lim tashkilotlarida innovatsiyalarni boshqarish, kasbiy pedagogik faoliyatning innovatsion muhitini yaratish masalalari Алисов Е.А., TL. S. Podymova[1:55], A. V. Surin[2:206] asarlarida ko'rib chiqiladi, N. N. Surtayeva[3:18], A. I. Jilina [4:25], G. Novikova, Ковальчук О.В., V. S. Koshkina [5:7]asarlarida, N. N. Surtayeva[6:18] "ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion jarayonlar" tushunchalari, pedagogik innovatsiyalarni o'rganish metodologiyasining asosiy qoidalari ko'rib chiqilgan va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va faoliyatini takomillashtirish, OTMlardagi maktab uchun kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish va bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash masalalari tahlil qilingan va dissertatsiya mavzusiga doir ilmiy tadqiqotlari ochib berilgan

Nazariy va amaliy mashg'ulotlar masalalarini ishlab chiqishda Y. K. Babanskiy, B. C. Lazarev, V. I. Slobodchikov, Р. V. Xudominskiyning fundamental asarlari alohida ahamiyatga ega. Uzluksiz ta'lim tizimini uslubiy asoslashning turli jihatlari, uning rivojlanish muammolari va istiqbollari, kattalar ta'limining psixologik muammolari, shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish muammolari T. G. Braje, S. G. Vershlovskiy, B. S. Gershunskiy, V. I. Zagvyazinskiy, V. A. Kan-Kalik, Yu.N. Kulyutkin, A. K. Markova, E. M. Nikitina, V. A. Slastenina, E. Р. Tonkonogoy, I. D. Chechel, T. I. Shamova, V. I. Yudina va boshqalar[7:107]. Pedagogning kasbiy madaniyati amaliy tusga ega fenomendir, u o'qituvchi faoliyatining barcha jihatlarida namoyon bo'ladi. Shu sababli barcha fasonlarda o'qituvchiga qo'yiladigan talablarga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Chunki, ana shunday talablarni qoniqtirish va javob berish maqsadida o'qituvchining kasbiy madaniyati shakllantiriladi. O'qituvchi kasbiy madaniyati

xususiyatida professionallik, bilimdonlik va zamonaviylik muhim komponentlarning tuzilmasini quyidagicha belgilash mumkin (1.1-rasm)

orin tutadi. Bu

1.1-rasm. Pedagogning kasbiy madaniyati komponentlari [8:2]

Hozirgi zamon o'qituvchisining kasbiy madaniyatini umumiylik xususiyatiga ega bo lishi idrok etiladi. Unda individual va umumiy sifatlar uyg'unlashadi. Shu ma'noda biz o'qituvchi kasbiy madaniyatida layoqatlik, malakalik va baholash kompanentlari ustuvor bo'ladi, - degan fikrdamiz. (1.2.-rasmga e'tibor bering.)

Oqituvchi madaniyatida kasbiy layoqatlik oz sohasida etuklik, mahoratlik va namuna bo'lish komponentlarini kamrab oladi. Bu konikma oliy ta'lim jarayonida nazariy shakllantiriladi va pedagogik faoliyatda takomillashib boradi.

Shu sababli, o'qituvchining kasbiy yetukligi faoliyat darajasiga qarab baholanishi maqsadga muvofiq boladi. Biz endi faoliyat boshlagan yosh o'qituvchidan tom ma'nodagi kasbiy yetuklikni talab qila olmaymiz, undan nisbatan xarakterdagi etuklik darajasini kutamiz. Axloqiy malakalik o'qituvchi kasbiy madaniyatida bilimlilik, axloqiy fazilatlik va demokratik munosabatlikni qamrab oladi. O'qituvchining axloqiy malakaligi oliy ta'lim jarayonida namoyon bola boshlaydi va faoliyat davomida takomillashib boradi. Bu orinda biz yosh o'qituvchidan axloqiy me'yor malakasi va fazilatlilikni kutishga haqlimiz. Oliy ta'lim jarayoni o'qituvchi axloqiy malakasini nazariy kuchaytiradi, xolos. Ba'zan korreksion vazifani bajavrishi mumkin, amma oliy ta'lim jarayoni axloqiy malakani kasbiy yo'naltirish masalasida muhim vazifani bajaradi. Oqituvchi kasbiy madaniyatida oz faoliyatini baholay olish ijodkorlik, texnologik, malakalik va samaradorlik komponentlarini mujassam etadi. Oqituvchining oz faoliyatini nazorat qila olishi yoki faoliyatidan qoniqmasligi baholash jarayoni uchun muhim asosdir. Hozirgi kunda oqituvchi faoliyatini tashqi kuchlar tomonidan baholash keng tus olgan, bu masalaning bir tomoni. Asosiy masala shundaki, o'qituvchining ozi faoliyatini baholay olishi muhim ahamiyatga ega. Aynan mana shu nuqtada o'qituvchining kasbiy etukligi va axloqiy malakaligi namoyon boladi. Kasbiy madaniyat darajasi baholash natijasida aniqlanadi.

1.2-rasm. Pedagogning kasbiy madaniyati mazmuni.

Kasbiy rivojlanish o'qituvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligini oshirishni aynan shu jihatlariga qaratilsa maqsadga muvofiq. Kasbiy rivojlanish o'qituvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligini oshirishni aynan shu jihatlariga qaratilsa maqsadga muvofiq. Kasbiy rivojlanish o'qituvchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan kurs sifatida talqin etiladi. Malaka oshirish kurslari o'qituvchining mutaxassisligi va kasbiy tayyorgarligi, madaniy-ma'rifiy sohasini shakllantirish va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirisga qaratilgan va uning muvaffaqiyatli faoliyati vositasi sifatida maxsus bilim va ko'nikmalarni o'z ichiga oladi.

Malaka oshirish kurslarining o'ziga xos xususiyatlaridan va tumanlardagi ta'lim holatidan va o'qituvchilarning extiyojlaridan kelib chiqadigan blok-modulli tizim tashkil qilingan. Bloklardagi modullar tarkibiy bo'limlar bilan ifodalanadi, ularning ketma-ket joylashishi va mazmuni kasbiy faoliyatni o'qitish jarayonini umumiy, uslubiy asoslardan aniq harakatlarning xususiyatlariga qadar joylashtirish algoritmiga mos keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Алисов Е.А., Подымова Л.С. Инновационная образовательная среда как фактор самореализации личности // Среднее профессиональное образование. 2011. - №1. -С.61-63.

2. Сурин А.В. На пути к формированию науки управления. - М., 2007. - 312 с.

3. Суртаева Н.Н., Макареня А.А., Кривых С.В. Методологические подходы к построению инновационного пространства непрерывного педагогического образования. Человек и образование. - 2014. №2 (39). -С. 18-23.

4. Жилина А.И. Эффективное партнёрство в системе управления образованием взрослых. Человек и образование. 2018. № 4 (57), с. 25-31.

5. Ковальчук О.В., Кошкина В.С. Корпоративная система обучения команды образовательной организации // Образование: ресурсы развития. Вестник ЛОИРО. 2016. № 1. - С. 3-7.

6. Суртаева Н.Н., Макареня А.А., Кривых С.В. Методологические подходы к построению инновационного пространства непрерывного педагогического образования. Человек и образование. - 2014. №2 (39). -С. 18-23.

7. Цыремпилова, Нелли Хышиктоевна Повышение квалификации педагогов в условиях многоуровневого обучения /диссертации и автореферата по ВАК РФ 13.00.01, кандидат

педагогических наук.-183c. https://www.dissercat.com

8. Tairov Mansur Anarbayevich "Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy madaniyatiga qo'yilgan talablar" 5b

9. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

10. Устаджалилова, Х. A. (2020). Методическое обеспечение учебного процесса в кредитно-

модульной системе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 43-46).

11. Umarovna, Radjabova Gavhar. "FEATURES OF THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES AND THE PROBLEM OF INTERACTION OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS WITH EMPLOYERS." E Conference Zone. 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.