Научная статья на тему 'PEDAGOG KADRLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA TASHHISLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA XORIJIY TAJRIBALAR'

PEDAGOG KADRLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA TASHHISLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA XORIJIY TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
16
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm fan / pedagog kadrlar / kasbiy kompetentlik / baholash tashhislash / zamonaviy yondashuvlar / xorijiy tajribalar / ta'lim muassasalari / jarayonlar / kasbiy portfel / rivojlanish / yangi texnologiyalar / interaktiv darsliklar / onlayn ta'lim / xorijiy ta'lim institutlari / amaliy tajriba / pedagogik usullar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdulxayeva Xusnidaxon To‘Xtasinovna

Ushbu tezisda pedagog kadrlarni kasbiy kompetentligini baholash va tashhislashning zamonaviy yondashuvlari va xorijiy tajribalar mavzusida ma'lumotlar beradi. Undan tashqari tezisimizda pedagog kadrlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari va xorijiy tajribalar va zamonaviy ta'lim muassasalarida pedagog kadrlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari bo'yicha qanday usulardan foydalanish kerakligini ko'rsatadi. O‘qituvchilar o'z faoliyatini video, audio, yozma shaklida taqdim etish orqali baholashning qanday qulay usularini tanlashi va kasbiy portfelli, pedagog kadrlarning o'z ish faoliyatini va rivojlanishini namoyon qilishga yordam beradi. Pedagog kadrlarni yangi texnologiyalardan samarali foydalanish, interaktiv darsliklardan va onlayn ta'lim imkoniyatlaridan foydalanishi bo‘yicha tushunchalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOG KADRLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA TASHHISLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA XORIJIY TAJRIBALAR»

International scientific and practical conference "Economies, management and digital innovation in éducation: modern trends and approaches"

March 13, 2024

PEDAGOG KADRLARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH VA TASHHISLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA XORIJIY TAJRIBALAR

Abdulxayeva Xusnidaxon To'xtasinovna

Xalqaro Nordik universiteti MMB 123- guruh magistiranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10800096

Annotatsiya. Ushbu tezisda pedagog kadrlarni kasbiy kompetentligini baholash va tashhislashning zamonaviy yondashuvlari va xorijiy tajribalar mavzusida ma'lumotlar beradi. Undan tashqari tezisimizda pedagog kadrlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari va xorijiy tajribalar va zamonaviy ta'lim muassasalarida pedagog kadrlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari bo'yicha qanday usulardan foydalanish kerakligini ko'rsatadi. O'qituvchilar o'z faoliyatini video, audio, yozma shaklida taqdim etish orqali baholashning qanday qulay usularini tanlashi va kasbiy portfelli, pedagog kadrlarning o'z ish faoliyatini va rivojlanishini namoyon qilishga yordam beradi. Pedagog kadrlarni yangi texnologiyalardan samarali foydalanish, interaktiv darsliklardan va onlayn ta'lim imkoniyatlaridan foydalanishi bo'yicha tushunchalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ilm fan, pedagog kadrlar, kasbiy kompetentlik, baholash tashhislash, zamonaviy yondashuvlar, xorijiy tajribalar, ta'lim muassasalari, jarayonlar, kasbiy portfel, rivojlanish, yangi texnologiyalar, interaktiv darsliklar, onlayn ta'lim, xorijiy ta'lim institutlari, amaliy tajriba, pedagogik usullar.

Аннотация. В данной дипломной работе представлена информация о современных подходах к оценке и диагностике профессиональной компетентности педагогов и зарубежном опыте. Кроме того, в нашей дипломной работе показаны современные подходы к оценке педагогических кадров и зарубежный опыт, а также современные подходы к оценке педагогических кадров в современных образовательных учреждениях. Представляя свои работы в видео, аудио, письменной форме, преподаватели могут выбирать удобные методы оценивания и профессиональное портфолио, что помогает продемонстрировать свою работу и развитие педагогических кадров. Представлены идеи эффективного использования новых технологий, интерактивных учебников и возможностей онлайн-обучения.

Ключевые слова: наука, педагогические кадры, профессиональная компетентность, оценка и диагностика, современные подходы, зарубежный опыт, образовательные учреждения, процессы, профессиональное портфолио, разработка, новые технологии, интерактивные учебники, онлайн-образование, зарубежные учебные заведения, практический опыт, педагогические методы.

Kirish

Jahonda globallashuv jarayonlari sharoitida ilm-fan, texnika va madaniyat taraqqiyotining muhim omili sifatida ta'lim tizimlariga bo'lgan talabni kengaytirish, uning mazmuni, shakl va o'qitish uslublarini, ta'lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda boshqarish faoliyati mexanizmlarini takomillashtirishga bo'lgan ehtiyoj yanada kuchaymoqda. 2030 yilgacha mo'ljallangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Barqaror Taraqqiyot Dasturi"ning inklyuziv, adolatli va sifatli ta'limni ta'minlash va hayot davomida ta'lim olishni rag'batlantirishga qaratilgan maqsadlari - jahon tajribasini o'rganish asosida ta'lim tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda zamonaviy ta'lim tendensiyalari asosida kasbiy ta'lim tizimini isloh qilish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilib,

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

uning samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Aynan, bugungi kunda yoshlarda professional ta'lim, o'quvchi-yoshlarda kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish, professonal ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish masalasi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Bugungi kunda hamkorlikka asoslangan holda ta'lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish strategiyalari, ta'lim-tarbiya tizimining konseptual xususiyatlari va modernizasiyalashning asosiy yo'nalishlari, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlanishining zamonaviy islohotlari, ta'lim-tarbiya jarayonlari tizimining qiyosiy tahlillari va dinamikasiga hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarni o'rganish alohida e'tiborga molikdir. Shu jihatdan ilg'or tajribalarni almashish orqali ta'limning tashkiliypedagogik jarayonidagi va boshqarish faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, yangicha yondashuv, texnologiya va tamoyillarni ishlab chiqish va rivojlantirish zaruratini izohlaydi. Mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar rivojlangan mamlakatlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Asosiy qism

Mamlakatimizda yangi professional ta"lim uchun pedagoglarni tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shuningdek, "Hayot davomida ta"lim olish" tamoyili asosida pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish, ta"limning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o'quv jarayonini tashkil qilish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun ta"lim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish masalalarga e'tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan professional ta'lim pedagog kadrlarni kasbiy-pedagogik kompetentligini uzluksiz rivojlantirishda rasmiy, norasmiy ta'lim shakllarini qo'llashning didaktik imkoniyatlarini va o'quv-uslubiy ta"minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish dolzarb hisoblanadi. Pedagog kadrlar, ta'lim tizimining asosiy tashkilotchilari va o'quvchilarning rivojlanishini ta'minlaydigan muhim elementlar hisoblanadi. Bu sababli, pedagog kadrlarning kasbiy kompetentliklarini baholash va tashhislash, zamonaviy yondashuvlarning keng qo'llanilayotgan usullari va xorijiy tajribalardan foydalanishni talab qiladi. Ushbu ilmiy maqolada, pedagog kadrlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari va xorijiy tajribalar asosida rivojlanishini oshirishga qaratilgan yo'llar va ularning o'quvchilarga o'tkaziladigan ta'sirini baham ko'rishga harakat qilingan. Pedagogik rivojlanishlar, tarbiyachi o'qituvchilarning o'zlarini yanada rivojlantirish, yangi pedagogik texnikalardan foydalanish, dars jarayonlarini interaktiv va atraktiv qilish, o'quvchilarga tatbiqiy mashqlar va kasbiy portfelli orqali o'z faoliyatlarini namoyon qilish kabi qismlarni o'z ichiga oladi. Bu rivojlanishlar, o'qituvchilarning o'ziga xos pedagogik usullarni o'rganish, o'z rivojlanishlarini baholash va tashhislash orqali ma'naviyat, bilim, amaliyot va ijtimoiy sohalarda rivojlanishlarini mustahkamlaydi. Baxolash jarayonida jarayoni baholashning ahamiyati katta e'tiborga sazovor bo'ladi. Pedagog kadrlarning o'z faoliyatlarini video, audio va yozma shaklda taqdim etish orqali baholash usulidir. Bu usul, o'qituvchilarning dars jarayonlarini tahlil qilish, ta'limning sifat va samaradorligini baholash, o'quvchilarning qiziqishlarini oshirish va o'quv jarayonlarini yangilashga imkon beradi. Samarali baholash esa pedagog kadrlarning o'quv jarayonlarini boshqarish va natijalarini baholashda o'zaro muhokama va kooperatsiyani talab qiladi.

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

Kasbiy portfel, pedagog kadrlarning o'z faoliyatlarini va rivojlanishini takomillashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Bu, o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan dars rejalari, o'quv mashq-harakatlari, yozma ishlar, o'quvchilarning ishlariga berilgan qaydalar va baholash natijalari kabi ma'lumotlardan iborat bo'ladi. Kasbiy portfel, o'qituvchilarning rivojlanishini o'ziga xos shaklda ko'rsatish, o'quv jarayonlarini rejalashtirishda o'z hissasini ko'rsatish, o'quvchilarning rivojlanishini baholash va tashhislashda samarali ma'lumotlarni taqdim etishga imkon beradi. Pedagog kadrlarni zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, interaktiv darsliklardan va onlayn ta'lim imkoniyatlaridan foydalanishga yo'naltiradi. Bu, o'qituvchilar uchun interaktiv multimedia darsliklarni tuzish, onlayn ta'lim platformalaridao'quvchilar bilan aloqada bo'lish, onlayn ilovalardan foydalanish, webinarlar va internet resurslaridan foydalanish, shuningdek, o'qituvchilar uchun pedagogik texnikalar va yangi ta'lim usullarini o'rganish imkoniyatini yaratadi.

Xorijiy tajribalar esa pedagogik sohadagi rivojlanishlarni ko'rishda katta ahamiyatga ega. Xorijiy ta'lim institutlarida o'qish, pedagog kadrlarga turli mamlakatlarda amaliy tajriba olish imkonini beradi. Bu tajribalar, o'qituvchilarga xorijiy ta'lim muassasalarining yuksak standartlarini tushunish, xorijiy pedagogik texnikalardan foydalanish, tarbiyachilik metodlarini o'zgartirish va o'quvchilarning xalqaro hamkorlik va global qiziqishlariga javob berishni o'rganishga imkon beradi. Xorijiy ta'lim muassasalarida o'qish, amaliy ish va tadqiqotlar o'quvchilarni kasbiy kompetentliklarini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Ushbu ilmiy maqola pedagog kadrlarni kasbiy kompetentliklarini baholash va tashhislashning zamonaviy yondashuvlari va xorijiy tajribalar asosida rivojlanishini oshirish uchun muhim usullarni ko'rsatadi. Bu usullar pedagog kadrlarining rivojlanishini oshirish, o'quv jarayonlarini samarali tashkil etish va o'quvchilarning o'zlarini yanada yaxshi tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa: Ushbu tezisdan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki professional ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, boshqarishning samarali modellarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Bu esa o'z navbatida yuqori intellektual saloxiyatli, yuksak axloqiy sifat va fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tezisda xorijiy tajribalar haqida ham ma'lumotlar beriladi. Xorijiy ta'lim institutlarida o'qish va amaliy tajriba olish pedagog kadrlarga ta'limning yuqori standartlarini tushunish, xorijiy pedagogik usullardan foydalanish va o'quvchilarning global qiziqishlariga javob berish imkonini beradi.

REFERENCES

1. S.T.Turg'unov, F.X.Axmedov, Q.O.Shodmanov, N.Q.Axmedova. D.M.Otajonova. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari rahbarlari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari. Qo'llanma. Namangan-2012 y.

2. N.Ismoilov, Q. Shodmanov. Professional ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and innovation.2022 y.

3. Xasanova G.X. O'zbekiston, Yaponiya va Janubiy Koreya kasb-hunar ta'limi tizimlarining asosiy xususiyatlari //Zamonaviy ta'lim jurnali.- Toshkent, 2018. №3. - B.23-29 (13.00.00; № 10).

4. Khasanova G.Kh. Comparative analysis of vocational education systems of Uzbekistan and Japan // Zamonaviy fan, ta'lim va tarbiyaning dolzarb muammolari. - Urganch, 2019. №1. -P. 771-781 (13.00.00; №24).

International scientific and practical conference "Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches"

March 13, 2024

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus, professonal ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlami tasdiqlash to'g'risida"gi 466-sonli Qarori 2020 yil 7 avgust.

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 394-sonli qarori. 2019 yil 13 may.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.