Научная статья на тему 'PAYG‘AMBARIMIZ E’TIROF ETGAN ZOTSULTON UVAYS QARANIY ZIYORATGOHI'

PAYG‘AMBARIMIZ E’TIROF ETGAN ZOTSULTON UVAYS QARANIY ZIYORATGOHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
313
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziyoratgoh / maqbara / Sulton Uvays Qaraniy / payg‘ambar / Muhammad (s.a.v.) / Bibi Naima ona / islohot / rekonstruksiya. / shrine / mausoleum / Sultan Uwais Karani / prophet / Muhammad (peace be upon him) / Bibi Naima's mother / reform / reconstruction.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Boydedayev

Ushbu maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanidagi obod va so‘lim makonlardan biri, yurtboshimiz qadamlari yetgan qadamjoSulton Uvays Qaraniy maqbarasi, ushbu zot haqida ma’lumotlar, u yerda qad ko‘targan ziyoratgohning tarixiy evolutsiyasi hamda ushbu makonda yaqin yillarda olib borilgan islohotlar haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OUR PROPHET RECOGNIZED THE SULTAN UVAYS OF THE KARANIAN SANCTUARY

In this article, one of the prosperous and peaceful places in the Chortok district of Namangan region, the tomb of Sultan Uvays Karani, where the steps of our countryman reached, information about this breed, the historical evolution of the tomb built there, as well as an opinion about the reforms carried out in this place in recent years.

Текст научной работы на тему «PAYG‘AMBARIMIZ E’TIROF ETGAN ZOTSULTON UVAYS QARANIY ZIYORATGOHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PAYG'AMBARIMIZ E'TIROF ETGAN ZOT- SULTON UVAYS QARANIY

ZIYORATGOHI Boydedayev Dostonbek Xusniddin o'g'li

Namangan davlat universiteti Tarix yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7428706

Annotatsiya. Ushbu maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanidagi obod va so'lim makonlardan biri, yurtboshimiz qadamlari yetgan qadamjo- Sulton Uvays Qaraniy maqbarasi, ushbu zot haqida ma'lumotlar, u yerda qad ko'targan ziyoratgohning tarixiy evolutsiyasi hamda ushbu makonda yaqin yillarda olib borilgan islohotlar haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: ziyoratgoh, maqbara, Sulton Uvays Qaraniy, payg'ambar, Muhammad (s.a.v.), Bibi Naima ona, islohot, rekonstruksiya.

НАШ ПРОРОК ПРИЗНАЛ СУЛТАНА УВАЙСА КАРАНИАНСКОГО

СВЯТИЛИЩА

Аннотация. В этой статье одно из благополучных и мирных мест Чортокского района Наманганской области, усыпальница султана Увайса Карани, куда дошли шаги нашего земляка, информация об этой породе, историческая эволюция построенной там усыпальницы, а также мнение о реформах, проведенных в этом месте в последние годы.

Ключевые слова: святыня, мавзолей, султан Увайс Карани, пророк, Мухаммад (мир ему), мать Биби Наима, реформа, реконструкция.

OUR PROPHET RECOGNIZED THE SULTAN UVAYS OF THE KARANIAN

SANCTUARY

Abstract. In this article, one of the prosperous and peaceful places in the Chortok district of Namangan region, the tomb of Sultan Uvays Karani, where the steps of our countryman reached, information about this breed, the historical evolution of the tomb built there, as well as an opinion about the reforms carried out in this place in recent years.

Keywords: shrine, mausoleum, Sultan Uwais Karani, prophet, Muhammad (peace be upon him), Bibi Naima's mother, reform, reconstruction.

Kirish

Mustaqillik yillarida yurtimiz kundan kunga chiroy ochib bormoqda. Bularning barchasiga davlatimiz rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli va samarali islohotlar asos bo'lib xizmat qilmoqda. Bu borada ajdodlarimiz tomonidan uzoq yillar avval yaratilgan boy madaniy merosimizni asrab-avaylash hamda ularni yanada yaxshiroq holda kelajak avlodga yetkazish ham unutilgani yo'q. Amalga oshirilgan islohotlar natijasi o'laroq ko'plab tarixiy, madaniy- ma'rifiy boyliklarimizning asl holati qaytadan shakllantirildi. Ana shunday ulug' qadamjolardan biri- payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning nazarlariga tushgan, alohida e'tiroflariga sazovor bo'lgan Sulton Uvays Qaraniyning muqaddas maqbaralari atrofida qad ko'targan so'lim ziyoratgoh bo'ldi.

Asosiy qism: Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi Namangan viloyatining Chortoq tumani markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Avvalo Sulton Uvays Qaraniy haqida to'xtalib o'tamiz:

Uvays Qaraniy 594-yilda Yaman viloyatining Murod qabilasi, Qarn qishlog'ida tug'ilgan. To'liq ismlari- Suhayl ibn Omir Qaraniydir. Manbalarda bobosi- Qaran ibn Rumon ibn Nohiya ibn Murod, otasi- Omir ekanligi aytilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bu zot payg'ambar Muhammad (s.a.v.) ga g'oyibona mehri bilan tanilgan. Payg'ambarimiz bilan zamondosh bo'lishiga qaramay, xasta onasiga bo'lgan cheksiz mehri va uni yolg'iz qoldira olmasligi uchun ham Muhammad (s.a.v.) bilan ko'risha olmagan. Bir safar onasini ruhsati bilan payg'ambarni ko'rish uchun yo'lga chiqadi va payg'ambarimizning uylariga qadar boradi. Lekin borganida payg'ambarimiz uyda bo'lmaydilar va Uvays Qaraniy onasini uzoq vaqt yolg'iz qoldirish imkoni bo'lmagani uchun ortga qaytishga majbur bo'ladi. Keyin bundan xabar topgan payg'ambarimiz bu zotga o'z hirqalarini taqdim etadilar. Hozirgi kunda o'sha hirqa Turkiyaning Istanbul shahridagi "Hirqai Sharif' masjidida saqlanmoqda.

U zot onasini yolg'iz qoldirmaslik uchun bir umr uylanmay o'tadi. Shunga ko'ra u zot muhazramlardan, ya'ni johiliyat davrini ko'rgan, Rasululloh (s.a.v.) ning hayotlik davrlariga yetishgani holda, u zot bilan ko'risha olmay, g'oyibona imon keltirganlardan edi[1].

Rasululloh (s.a.v.) 625-yilda Uxud tog'i etagidagi jangda muborak bir tishlaridan ayrilganlarida, Uvays Qaraniy ham payg'ambarga bo'lgan hurmati uchun avval tishlaridan birini, so'ngra barchasini sug'urib tashlaydi. Bu zotni payg'ambarimiz ham juda hurmat qilganlar hamda "Tobeinlar yaxshisi" deb zikr qilganlar. Muhammad (s.a.v.) hazrati Umarga : "Qaran degan yerda onasini duosini olgan bir odam bor. U odamning qo'lida ozgina oqi bor, o'sha odamni ko'rsang haqqingga istig'for so'ra"- deganlar[2]. Uvays Qaraniy hazrati Umar va xazrati Ali bilan ko'rishishga muvaffaq bo'ladi va ularga payg'ambarimizga bo'lgan sevgisini quyidagicha ifodalaydi: "Sevishning sharti sevgili uchun hamma narsaga rozi bo'lish. Uning holatini tushunish. Tushunmaguncha sevdim deyish noo'rindir. Men uni dunyoviy ko'zim bilan ko'rmadim, ammo shariatini, ya'ni holatini tushundim. Uni ma'qullash dindir"[3].

Uvays Qaraniy tili chiqishi bilanoq o'z onasiga: "Ey mehribon onajonim, ogoh bo'lingki, yaqinda bashariyatni hidoyatga boshlovchi, botil ishonchlarni yo'qqa chiqaradigan va Allohning yagona ekanligini bildiradigan bir payg'ambar keladi"- deb bashorat qilgani aytiladi.

Uvays Qaraniy 657-yil 28-mart kuni hazrat Ali va Muoviya bilan bo'lgan Siffin jangida shahid bo'lgan. Shundan so'ng uning jasadini 7ta qabila talashadi va hazrati Ali bu ishni qur'a tashlash yo'li bilan hal etishga harakat qilib, 7ta tobut yasatadi. Lekin bu insonning muborak jasadi bir vaqtning o'zida barcha tobutlarda ko'rinadi. Shuning uchun ham bugungi kunda bir nechta davlatlarda bu zotning ramziy qabrlari joylashgan. Lekin haqiqiy jasadlari bo'lgan tobut onalarining qabri atrofiga, ya'ni hozirgi Chortoq tumanidagi Baliqli ko'l qishlog'iga dafn etilgani ayrim manbalarda keltirilgan.

"Ikki jahon quyoshi", "Yaman yulduzi" deb ulug'langan Uvays Qaraniy haqida ko'plab asar va risolalar yaratilgan. Jumladan, turkiyalik Mustafo Najotiy Bursalining "Hazrati Uvays Qaraniy" risolasi, Fariduddin Attorning "Tazkirat ul- avliyo", Ibn Sa'dning "Tabaqot", Davlatyor Rahimning "Sulton Uvays", al- Xazaqiyning "Favoyid" asarlaridir. Shuningdek, Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" va Boburning "Boburnoma" asarlarida ham bu shaxs haqida ma'lumotlar keltirilgan. Bobur Koson shahri orqali Baliqli ko'lga kelib, Sulton Uvays qabrini ziyorat qilgan.

Bevosita ziyoratgohning o'ziga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Baliqli ko'l qishlog'ida bunday ziyoratgohning vujudga kelishiga Uvays Qaraniyning maqbaralarini ziyorat qilish uchun kelgan sayyohlar oqimi sabab bo'ldi.

Ziyoratgohning tarixiy evolutsiyasiga to'xtaladigan bo'lsak, bu yerda dastlab 1853-yilda xashar yo'li bilan mahalliy ustalar Mullaxo'ja va Tilla xoji Muhammad rahbarligida masjid

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bunyod etilgan. I9GG-yilda ushbu masjidga usta Mehmonxo'ja va usta Hasan qo'shimcha ayvon qurgan. I924-yilda maqbara qurilgan[4].

Sovet davrida bu qadamjoni saqlab qolish oson bo'lmagan. Bir necha marta uni buzib yuborishga harakat qilingan. I9lG-yillarga qadar kolxoz raisi Buvaxon ota kolxozga klub sifatida ishlatish uchun ruhsat olib, buzilib ketishidan saqlab qolgan. Bu davrda maqbara va masjid qarovsiz ahvolda qoldirilgandi.

I9lG-I9S9-yillar davomida masjid xonalari kutubxona, muzey, madaniyat uyi sifatida faoliyat yuritgan. I989-yilda Nusratillo eshon rahbarligida masjidni qayta ochish uchun ruhsat olinadi. I99G-yilning bahorida masjid va maqbaraning I-ta'mirlash ishlari bajariladi. Bu ishga Eshondada Oxunov boshchilik qiladi. Bosh usta sifatida So'piyev Ismatillaxo'ja va So'piyev Nurulloxonlar ishlaydi. Ular o'zlariga berilgan ish haqini to'lig'icha masjidga yo'naltirishadi. I999-yilda bu yerda 2-ta'mirlash ishlari o'tkazilgan bo'lsa, 2010-yilda З-ta'mirlash va 2017-yilda 4-ta'mirlash ishlari bo'lib o'tdi.

I99G-yilda maqbara usti ochiq xaroba ahvolga kelib qoladi va uni ta'mirlash uchun mahalliy Bog'iston qishlog'idan usta Mirza jalb etiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra mazkur me'moriy yodgorlik 2000-2GGI-yillarda qayta qurilgan. Bu ishda Chortoq tumani bosh me'mori B. Tojiddinov hamda naqqosh X. Xolboyev faol qatnashishadi.

2GGI-yildan boshlab Sulton Uvays al-Qaraniy ziyoratgoh sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Obida tarixiy-madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan.

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan manzilgohni tubdan rekonstruksiya qilish hamda bu yerda yirik majmuani shakllantirish orqali sayyohlar oqimini kuchaytirish uchun harakat boshlandi. Prezidentimiz 2GIl-yil l-iyuldagi Namangan viloyatiga tashriflari chog'ida Uvays Qaraniy ziyoratgohiga ham tashrif buyurdilar hamda bu yerdagi qayta qurish ishlarini jadallashtirish, ziyoratgohni qadimiy usulda ta'mirlash, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish hamda bu yerda kutubxona tashkil etish to'g'risida ko'rsatma berdilar. Shuningdek, ushbu ziyoratgohning Namangan turizmining yuzi bo'lishini ham ta'kidladilar.

Bu yerda olib borilgan rekonstruksiya natijasi o'laroq ko'rkam bir majmua shakllantirildi. Maydoni 6 gektar bo'lgan ushbu ziyoratgoh masjid, maqbara, muzey, kutubxona, mehmonxona, oshxona hamda Зta favvoradan iborat iborat yaxlit bir majmuaga aylandi. Shuningdek, obodonlashtirish jarayonida yon-atrofga 1500 dan ziyod manzarali daraxtlar, gul ko'chatlari ekildi. Ziyoratgohning janubida Uvays Qaraniyning onasi Bibi Naima ona ziyoratgohlari ham to'liq qaytadan qurildi[5].

Endi bevosita majmuanining tarkibiy qismi bo'lgan har bir qismida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlariga batafsil to'xtalib o'tamiz.

Sulton Uvays Qaraniy qabriga qurilgan maqbara XII-XIII asrlarda qurilgan[6]. Anchayin qarovsiz ahvolga kelib qolgan maqbarani tubdan rekonstruksiya qilish jarayoni prezidentimizning ziyoratgohga tashriflaridan so'ng jadallashdi. Rekonstruksiyadan avval maqbara 3 qismdan iborat bo'lib, hazratning xilxonalari 3x5 metrli joyni egallagan edi. Rahbariyatning keng ko'lamdagi say-harakatlari natijasida yangi qurilgan maqbaraning sahni 12x12 metrli bo'ldi, balandligi 20 metrdan ziyod bo'lgan moviy gumbaz ham qurildi. Maqbaraning atrofi esa ayvon bilan to'ldirildi.

Ziyoratgohdagi jom masjid ham goh buzilib, goh tuzatilib, bizning zamonamizgacha yetib keldi. XX asr boshlarida masjidning o'ng tomoni va old qismidagi ayvonlar yanada

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mukammallashtirildi. 1979-yilda O'zbekiston rahbari, adib va siyosat arbobi Sharof Rashidov Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohiga tashrif buyurib, masjid binosini qayta ta'mirlash, uni asrash to'g'risida ko'rsatma beradi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan ziyoratgohda olib borilgan rekonstruksiya natijasida masjid binosi ham to'liqligicha qayta qurildi. Qad rostlagan yangi masjid 1400 o'ringa moslangan holda zamonaviy ko'rinishga keltirildi.

Ziyoratgohni qayta qurish jarayonida mehmonxona binosi ham qurib bitkazildi. Mehmonxona uzoqdan yoki xorijdan keladigan sayyohlarga xizmat ko'rsatish uchun tashkillashtirilgan bo'lib, tuzilishi jihatidan milliy me'morchilik uslubida qurilgan va jihozlangan. Naqshinkor eshik va derazalar o'rnatilgan. Ushbu mehmonxona bir vaqtning o'zida 20 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Mehmonxona ishga tushganidan hozirgacha bo'lgan davrda bu yerda 27 ta xorijiy mamlakatdan 1000 nafarga yaqin sayyoh mehmon bo'ldi[7].

Majmuada muzey ham shakllantirilib, undan Sulton Uvays Qaraniyga oid bo'lgan, shuningdek, mahalliy aholining turmush tarzi, qadimdan shakllangan yashash sharoitlari haqida ma'lumotlar beradigan eksponatlar o'rin oldi. Kulolchilik mahsulotlari, ish qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari va kiyim-kechaklar shular jumlasidandir.

Shuningdek, muzeyga katta Qur'on kitobining xattotlik nusxasi ham joylashtirildi. Ushbu qo'lyozma nusxasi hajm jihatidan mamlakatimizda Usmon Qur'onidan keyin 2-o'rinda turadi. Mazkur qo'lyozmaning bo'yi 74 sm, eni 51 sm, qalinligi 12 sm, umumiy og'irligi esa 21 kilogrammni tashkil etadi. Kitob 426 varoqdan iborat. Shu va shu kabi eksponatlar bilan muzey sayyohlarda tarixiy tasavvur hamda dunyoarashning shakllanishida katta o'rin tutmoqda.

Majmuada katta o'ringa ega bo'lgan qismlardan biri- bu yangi qurilgan kutubxona bo'ldi. Kutubxona ham milliy me'morchilik uslubida qurilib, bu yerga tashrif buyuradigan kitobxonlar uchun barcha qulayliklarni o'zida jamladi. Kutubxona fondidan buyuk vatandoshlarimizning islom olamida mashhur bo'lgan asarlari, diniy kitoblar va matbuot materiallari o'rin oldi. Kutubxonada umumiy hisobda 600 dan ortiq kitoblar jamlanmasi o'rin oldi. Kutubxona fondini kitoblar bilan to'ldirish jarayonida hududdagi mahalliy aholining uylaridan arab imlosida yozilgan tarixiy manbalar ham topildi hamda kutubxonaga joylashtirildi.

Majmuada qad rostlagan oshxona ham barcha qulayliklarga ega bo'lib, bu yerga tashrif buyurgan sayyohlarga kun davomida turli xil taomlarni tayyorlash uchun xizmat qilmoqda. Oshxona bilan birgalikda bevosita ziyoratgohning ichida, ochiq osmon ostida ovqatlanish maskanlari ham qurilib, ular o'zida go'yoki choyxona muhitini ko'rsatadi.

Shuningdek, ziyoratgohning eng qadrlanadigan omillaridan biri bu yerda joylashgan muqaddas buloqdir. Buloqning ta'mirlashdan keyingi holati haqida ma'lumot beradigan bo'lsak, uzunligi 350 metr, eni 12 metrdan 25 metrgacha bo'ldi. Buloqdan chiqadigan zilol suv mutaxassislarning fikriga ko'ra minutiga 140-150 litrni tashkil qiladi. Buloqdagi mavjud baliqlar ham mahalliy aholi orasida juda ham muqaddas hisoblanib, buloq bilan birgalikda asrab-avaylanadi hamda iste'mol qilinmaydi. Bu yerdagi baliqlar juma kuni juma namozi ado etilayotgan paytda ko'zdan g'oyib bo'ladi. Bu hodisa haqida 2 xil ma'lumot aytib o'tilgan.

Birinchisida aytilishicha, baliqlar bu vaqtda juma namozini ado etgani ketishadi.

Ikkinchi ma'lumotda esa bu paytda baliqlar insonlarni ibodatdan to'smaslik uchun suv tagiga kirib ketadi deyiladi[8].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zida bu kabi ko'pab ajoyibotlarni mujassamlashtirgan ushbu ziyoratgoh majmuasining rekonsturksiyadan keyingi ochilish marosimi 2021-yil 20-fevral kuni bo'lib o'tdi. Marosim tantanali ruhda o'tkazilib, qurbonliklar qilindi. Marosimda Namangan viloyat hokimligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi vakillari qatnashdi[9].

Shundan so'ng, Sulton Uvays Qaraniyga bag'ishlangan ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada 100 ga yaqin mahalliy va xorijlik olimlar, professor-o'qituvchilar onlayn tarzda ishtirok etdi.

Xulosa: Har qanday jamiyat hamda mamlakat rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqchi bo'larkan, albatta, bu yo'lda xalqning qo'llab-quvvatlashiga, ishonchiga muhtojlik sezadi. Xalqning davlatga ishonchini oshiradigan asosiy omillardan biri xalqga o'zining shonli tarixini chuqur uqtirish orqali shu xalqning milliy ruhini shakllantirishdir. O'ziga xos milliy ruhga ega bo'lgan xalq har qanday to'siqlardan o'ta oladi.

Yurtimizda ham yangi taraqqiyot jarayonini boshlash barobarida tariximiz va madaniyatimizning ochilmagan qirralarini ochish, bundan xalqimizni xabardor qilish, tariximiz haqidagi amaliy bilimlarni mustahkamlashga ham keng e'tibor qaratilmoqda. Yurtboshimizning vatanimiz fuqarolariga qilgan murojaatida: "Ishni Respublika ma'naviy boyligini tiklash va kamol toptirishdan boshlamog'imiz kerak"- deb ta'kidlab o'tgan[10].

Mana shunday buyuk islohotlarning samarasi o'laroq bugungi kunda o'zgacha ko'rinishga keltirilgan maskanlardan biri- Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi haqida fikr yuritdik. Ushbu ziyoratgoh rekonstruksiya ishlaridan so'ng tom ma'noda Baliqli ko'l qishlog'ining, Chortoq tumanining, Namangan viloyatining ko'rkiga ko'rk qo'shadigan darajaga yetkazildi. Maskanda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida mamlakatimizning shonli tarixiga yana bir bora ishonch hosil qilindi. Tarixiy haqiqatning qaror topishida, shakllanib kelayotgan yosh avlodning yurtimiz tarixi haqida amaliy bilimlarga ega bo'lishida, davlatimizga bo'lgan sadoqat ruhini ortishida ushbu ziyoratgoh ham benihoya katta o'ringa ega bo'lib ulgurdi.

Shuningdek, ushbu ziyoratgoh o'ziga chet ellik sayyohlarni ham doimiy jalb qila olishi bilan muhimdir. Chet eldan keladigan doimiy sayyohlar oqimi o'z-o'zidan yurtimizning chekka hududida ham turizm salohiyati keskin ortishiga, xizmat ko'rsatish, marketing kabi zamonaviy tarmoqlarning shakllanib borishiga turtki bo'lmoqda. Aytib o'tilganidek, Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi Namangan viloyatining tashrif qog'oziga ham aylanib bormoqda. Ziyoratgohning shundoq ham baland bo'lgan qadrini yanada orttirishda katta yordam bergan, yirik sarmoya orqali ziyoratgoh infratuzilmasini tubdan qayta shakllantirgan davlatimizga minnatdorchilik sifatida ziyoratgohni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, uning dunyo miqyosida yanada kengroq tanilishini tashkillashtirish biz yoshlarning oldimizda turgan muqaddas vazifadir.

REFERENCES

1. Абдулхай Турсун. Султон Увайс хазратлари. Т.: Muharrir, -2020. -Б. 10.

2. https://youtu.be/07mdzvXyJKk.

3. Мустафо Нажотий Бурсали, Хамидулла Беруний. Хазрати Увайс Караний. Т.: Адабийот учкунлари, -2015.- Б. 4.

4. Ф. Абдухоликов. Узбекистон обидаларидаги битиклар Наманган. Т.: Uzbekistan Today, -2015. -Б. 332.

5. https://youtu.be/SBSVpq9x3Qw.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. https://uzbekistan.travel/uz/o/sulton-uvays-qaroniy-majmuasi/.

7. https://youtu.be/nJz9OtdFhAo.

8. https://youtu.be/3ML-uwuGzRg.

9. https://xs.uz/uz/post/namangan-viloyatidagi-sulton-uvajs-qaranij-ziyoratgohining-tantanali-ochilish-marosimi-bolib-otdi.

10. XaMgapxoH Hyngomxy^aeB, HpogaxoH KaroMOBa. Y3ÖeKHCTOH ynaMonapH. T.: Movarounnahr, -2015. -E. 56.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.