Научная статья на тему 'PAXTANI QABUL QILISHDA XOMASHYoNI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH USKUNASINING TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI ANIQLASH'

PAXTANI QABUL QILISHDA XOMASHYoNI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH USKUNASINING TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
roliklar / platforma / qabul qilish qurilmasi / XPP / PL / tozalash samarasi / chiqindi / tutilgan tosh / uskuna. / ролики / платформа / приемное устройство / ХПП / ПЛ / эффект очистки / отходы / насыпной камень / оборудование.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djamolov Rustam Kamolidinovich, Abdullaev Kamoliddin Yusupovich, Yangiboev Ruziboy Mukumovich

Maqolada paxtani g‘aramlashdan oldin tozalashni amalga oshirish uchun PL va XPP qabul qilish qurilmalariga moslashtirilgan rolikli platformali tozalash uskunasining parametrlarini aniqlash bo‘yicha tajriba natijalari keltirilgan. Bunda roliklar oraliq masofasining 12 mm da, ularning vertikal o‘qi bo‘ylab siljishining 20 va 30 mm da tozalash samarasi 18,6-18,5 % ni, dastlabki paxtaga nisbatan chiqindiga o‘tgan paxta bo‘lakchalari miqdori 0,03-0,02 % ni tashkil etib, 100 dona tashlangan toshlarning 98 donasi ushlanganligiga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Determination of technological parameters of equipment for cleaning raw materials from impurities when producing cotton

В статье представлены результаты экспериментов по определению параметров роликового очистительного оборудования, адаптированного к приемным устройствам ПЛ и ХПП для очистки хлопка перед бунтованием. При этом когда расстояние между роликами 12 мм, а смещение по вертикальной оси — 20 и 30 мм очистительный эффект составляет 18,6-18,5 %, а по сравнению с исходной хлопком количество хлопковых долек выпивших в отходы, составило 0,03-0,02%, из добавленных в хлопок от 100 камней достигнуто улавливания 98 камней.

Текст научной работы на тему «PAXTANI QABUL QILISHDA XOMASHYoNI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH USKUNASINING TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI ANIQLASH»

TEXNOLOGIYA

UDK: 677.021.

PAXTANI QABUL QILISHDA XOMASHYoNI IFLOSLIKLARDAN TOZALASH USKUNASINING TEXNOLOGIK PARAMETRLARINI ANIQLASH

Djamolov Rustam Kamolidinovich, t.f.d., prof "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, E-mail: rustam-djamo lov@mail. ru

Abdullaev Kamoliddin Yusupovich, Assistent.

Termiz muxandislik-texnologiya instituti, E-mail: abdullayevkamoliddin87@mail.com

Yangiboev Ruziboy Mukumovich, PhD. dotsent.

Termiz muxandislik-texnologiya instituti, E-mail: ryangiboyev@bk. ru

Annotatsiya. Maqolada paxtani g'aramlashdan oldin tozalashni amalga oshirish uchun PL va XPP qabul qilish qurilmalariga moslashtirilgan rolikli platformali tozalash uskunasining parametrlarini aniqlash bo'yicha tajriba natijalari keltirilgan. Bunda roliklar oraliq m asofasining 12 mm da, ularning vertikal o'qi bo'ylab siljishining 20 va 30 mm da tozalash samarasi 18,6 -18,5 % ni, dastlabki paxtaga nisbatan chiqindiga o'tgan paxta bo'lakchalari miqdori 0,03 -0,02 % ni tashkil etib, 100 dona tashlangan toshlarning 98 donasi ushlanganligiga erishildi.

Аннотация. В статье представлены результаты экспериментов по определению параметров роликового очистительного оборудования, адаптированного к приемным устройствам ПЛ и ХПП для очистки хлопка перед бунтованием. При этом когда расстояние между роликами 12 мм, а смещение по вертикальной оси — 20 и 30 мм очистительный эффект составляет 18,6-18,5 %, а по сравнению с исходной хлопком количество хлопковых долек выпивших в отходы, составило 0,03-0,02%, из добавленных в хлопок от 100 камней достигнуто улавливания 98 камней.

Abstract. The article presents the results of experiments to determine the parameters of roller cleaning equipment adapted to PL and KhPP receiving devices for cleaning cotton before bunting. Moreover, when the distance between the rollers is 12 mm, and the displacement along the vertical axis is 20 and 30 mm, the cleaning effect is 18.6-18.5%, and compared with the original cotton, the number of cotton cloves that were thrown into waste was 0.03-0 .02%, out of 100 stones added to cotton, 98 stones were captured.

Kalit so'zlar: roliklar, platforma, qabul qilish qurilmasi, XPP, PL, tozalash samarasi, chiqindi, tutilgan tosh, uskuna.

Ключевые слова. ролики, платформа, приемное устройство, ХПП, ПЛ, эффект очистки, отходы, насыпной камень, оборудование.

Keywords: rollers, platform, receiving device, CPP, PL, cleaning effect, waste, bulk stone, equipment.

Kirish. Paxta-to'qimachilik klasterlarida paxta xomashyosini ishlab chiqarishni takomillashtirish paxta tozalash sanoati uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida xom-ashyoni o'z vaqtida qabul qilish, saqlash va sifatli qayta ishlash vazifasini qo'ymoqda [1, 2, 3].

Paxta xomashyosini yetishtirish, yig'ish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasida ko'plab muammolar mavjud. Ulardan biri paxtani saqlashga tayyorlashdir.

Paxta yetishtirishning intensivlashtirish va unga bog'liq bo'lgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyot vazifalari bilan paxtani qabul qilish va saqlashdagi texnologiyalar optimallashtirilmagan.

G'aramlarni shakllantirish jarayonida zarur bo'lgan bo'linmalardan biri, xususan, konteynerlarsiz tashilgan paxta xomashyosini qabul qilish va keyingi transport vositalariga

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

(KLP-650, TLX-18) yetkazib berish uchun mo'ljallangan mobil qabul qilish-uzatish qurilmalari bo'lib, g'aram yoki omborlarga paxtani yuklashni ta'minlaydi.

Paxtani g'aramlashda uni saqlashga tayyorlash bilan ishlab chiqiladigan tola mahsulotining sifat ko'rsatkichlarini saqlab qolishga erishiladi, bunda asosan, qabul qilish uzatish qurilmalari XPP va PL larning konstruktsiyalariga yengil o'zgartirishlar kiritilishi bilan paxtani dastlabki tozalashni amalga oshirish mumkin.

L.Xabibulaev, X.T.Axmedxodjaev [4] larning keyingi ishlarida ventilyator o'rnatib, iflosliklarni kameradan so'rishni taklif etgan.

G'aramlashdan oldin paxta tarkibidagi mayda iflosliklarni tozalash uchun qoziqli barabanlardan tashkil topgan qiya tozalash sektsiyasini [5-7], osilgan sektsiyalar taklif etilgan, ko'pgina ishlarda qoziqli barabanlarni ishlatilgan bo'lsada qurilmaning ish unumdorligini e'tiborga olinmagan [8-11].

Tadqiqot metodi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni kamaytirish uchun paxtani qabul qilish-uzatish qurilmalari XPP, PL larning ish unumdorligiga mos keladigan, paxta tarkibidagi mayda tosh va passiv iflosliklardan dastlabki tozalash uchun rolik mexanizmli uskuna sxemasi ishlab chiqildi va paxta tarkibidagi iflosliklarni silkitish bilan tozalashni amalga oshirishga ishlaydi 1-rasm.

1-rasm. Taklif etilgan tozalagichli qabul qilish qurilmasi

Paxtani qabul qilish uzatish qurilmasida paxta tarkibidagi mayda tosh va iflosliklardan tozalashni amalga oshirish uchun qiya konveyerning boshi ostida roliklar o'rnatilgan platforma joylashtirilgan bo'lib, ularning oraliq masofasi b mm, roliklar ustiga tushgan paxtalarni tekislash uchun ularning chiziqli tezligi konveyer lentasi tezligidan V yuqori bo'ladi va har bir rolikda o'sib boruvchi bo'ladi. Paxta platformada harakatida silkitishni amalga oshirish uchun roliklarni joylashtirishda bosqichma-bosqich vertikal o'q bo'ylab h masofa balandlikka siljitilgan xolda o'rnatiladi.

Qurilma g'ildirak 1, gorizontal lentali konveyer 2, paxta bunkeri 3, qiya konveyer 4, roliklardan iborat tozalash mexanizmi 5, chiqindilarni chiqarish shnegi 6 dan iborat va qurilma quyidagi tarkibda ishlaydi: paxta xomashyosi qabul qilish uzatish qurilmasining gorizontal lentali konveyeri 2 ga tashlanganidan so'ng, undan qiya konveyer 4 ga uzatiladi, u yerda qoziqli plankalar yordamida paxtani ilib yuqoriga ko'tarib, roliklardan iborat tozalash mexanizmi 5 ga tashlab beradi. Roliklarning qadamma-qadam h masofada joylashuvidan paxta silkitiladi va roliklarning harakati yo'nalishi bo'yicha aylanish tezligining ketma-ket oshib borishidan paxtada silkitish jarayoni ortadi va paxta uzatilishiga nisbatan uning qatlami kamayadi, shu tufayli orasidagi mayda tosh va iflosliklarning ajralishini yaxshilanishga erishiladi.

Roliklar orasidan to'kilgan mayda tosh va iflosliklar chiqindi bunkeri 6 ga yig'ilib shnek orqali tashqariga chiqariladi.

So'ng tozalangan paxta g'aramga uzatuvchi lentali transporter 7 ga uzatiladi.

Natijalar. Paxtaning harakati davomida uni silkitish esa iflosliklarni ko'proq to'kilishiga, bu esa tozalash samarasini oshishiga olib keladi. Biz bunda paxtani qo'lda silkitgandagi xolatni berish uchun uskunaning roliklarini harakati davomida paxta oqimi bo'ylab to'lqinsimon

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

o'rnatiladi, bunda roliklarni vertikal o'qi bo'ylab siljish balandligi h, roliklarning oraliq masofasi b aniqlanadi 2-rasm. Bu yerda ishlash samarasi sifatida tozalash samaradorligi va chiqindiga paxta bo'laklarining miqdorini ham hisobga olinadi.

2-rasm. Roliklar oraliq b masofasi va vertikal o'q bo'ylab h masofaga siljishini

ko'rsatuvchi sxema

Tajribalar uchun I-sanoat navli, iflosligi 8,2 % li, namligi 8,8 %li paxtalardan foydalanildi.

Tajribalarni o'tkazishda 50 kg paxtani platforma ustiga yoyilgan xolda tarnov orqali uzatib turildi, roliklar ustida paxtaning qatlam bo'lib harakatlanayotganda tarkibidagi pa ssiv iflosliklar platforma tagiga qo'yilgan qo'tiga tusha boshlaydi. Bu yerda iflosliklar va tarkibidagi paxta bo'lakchalari ham hisoblandi (1-jadval). Bulardan tashqari paxta tarkibida mayda toshlarning bo'lishi mumkinligini hisobga olsak, o'lchami katta toshlar PL va XPP qurilmalarining lentali transporteridan tepaga chiqolmasdan tushib qoladi, lekin 10 mm gacha bo'lgan mayda toshlar paxta tarkidida qolib ishlab chiqarish jarayonida texnologik uskunalargacha yetib borishi va uskunalarning qismlariga zarar yetkazishi ko'plab ishlarda asoslangan [12-16]. Tajriba uchun olingan 50 kg paxtani tarnovga uzunasiga yoyib qo'yilganida uning ustiga o'lchami 10 mm dan kichik bo'lgan 100 dona toshlarni sochildi.

1-jadval

Roliklar oraliq masofasini va vertikal o'q bo'ylab siljish masofasini tozalash samarasiga va

iflosliklarda paxta bo'laklari miqdoriga ta'siri

Roliklar oraliq masofasi b, mm Roliklarni vertikal o'q bo'ylab siljish masofasi h, mm Tozalash samaradorligi, % CHiqindi tarkibidagi paxta bo'lakchalari miqdori, % (dastlabki paxtaga nisbatan) To'kilgan toshlar miqdori, dona

10 10 12,8 0,0 70

20 14,6 0,02 78

30 15,0 0,04 82

12 10 16,8 0,01 92

20 18,6 0,03 98

30 18,5 0,02 98

14 10 18,5 0,04 99

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

20 19,2 0,06 98

30 19,0 0,09 100

Yuqoridagi tajriba natijalaridan ko'rinadiki, roliklar oraliq masofasi 10 mm da, vertika o'q bo'ylab siljish masofasi 10 mm da uskunaning tozalash samaradorligi 12,8 % ni, chiqindida paxta bo'laklari miqdori ko'rinmadi, toshlar miqdori 70 donani tashkil etdi. Roliklarning vertikal o'q bo'ylab siljishini 20 mm ga o'rnatilganida tozalash samaradorligi 14,6 % ga yetdi, chiqindida paxta bo'laklari miqdori dastlabki paxtaga nisbatan 0,02 % ni tashkil etib, yig'ilgan toshlar miqdori 78 donani tashkil etdi. Siljish masofasi 30 mm da esa tozalash samarasi 15,0 % ni tashkil etib, roliklar oraliq masofasining kattalashishidan chiqindidagi paxta bo'laklari miqdori 0,04 % ni tashkil etib, olingan tosh miqdori 82 donani tashkil etdi.

Roliklar oraliq masofasini 12 mm ga o'rnatilganda va roliklarning vertikal o'qi bo'ylab siljishi 10 mm da tozalash samarasi 16,8 % ni, chiqindida paxta bo'laklari 0,01 % ni, tushgan tosh miqdori esa 92 donani tashkil etdi. SHundan so'ng roliklarni vertikal o'qi bo'ylab 20 mm ga siljitilganda tozalash samarasi 18,6 % ni, chiqindiga o'tgan paxta bo'laklari miqdori 0,03 % ni tashkil etib, yig'ilgan tosh miqdori 98 donani tashkil etdi. SHunda roliklar oraliq masofasini 14 mm ga o'rnatilganida, roliklarning vertikal o'qi bo'ylab siljish masofasini 10 mm da tozalash samarasining 18,5 % ekanligini, siljish masofasini 20 mm da esa tozalash samarasining boshqa holatlarga nisbatan ko'payib, 19,2 % ekanligi aniqlandi, lekin chiqindidagi paxta bo'laklari miqdorining ortib ketishiga olib keldi.

Hulosa. Tajriba natijalaridan ko'rinib turibdiki, roliklar oraliq masofasining 12 mm da, ularning vertikal o'qi bo'ylab siljishining 20 va 30 mm da tozalash samarasi 18,6 -18,5 % ni, dastlabki paxtaga nisbatan chiqindiga o'tgan paxta bo'lakchalari miqdori 0,03 -0,02 % ni tashkil etib, 100 dona tashlangan toshlarning 98 donasini ushlanganligiga erishildi.

ADABIYOTLAR

1. "Standartlashtirish to'g'risida" gi qonun 1993.

2. Safarov A.A., Ergashev A.,Malikov SH. «Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi, https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7162211

3. Azizxo'jaev U.X. Paxtani saqlash jarayonida urug' sifatining o'zgarishi, O'zbekiston q/x jurnali, 2002, №2.

4. Л.Хабибулаев, Х.Т.Ахмедходжаев, Модернизация ленточного питателя ХПП с целью очистки хлопка-сырца перед бунтованием. «Хлопковая промышленность» реферативный научно-технический сборник, 1988 г., №2, с.15.

5. Кулиев Т.М., Джамолов Р.К., Корабельникова Т.Н. Патент № Uz FAP 01616 на полезную модель «Устройство приемки и передачи хлопка сырца», и патент на изобретение «Передвижное приёмо-подающее устройство для хлопка сырца» Агентства по интеллектуальной собственности Республики Узбекистан.

6. Кулиев Т.М., Джамолов Р.К., Корабельникова Т.Н. патент на изобретение № IAP 06558 «Передвижное приёмоподающее устройство для хлопка сырца» Агентства по интеллектуальной собственности Республики Узбекистан.

7. Ilmiy-tadqiqot ishi bo'yicha hisobot. «Havo transport tizimida paxta tarkibidagi og'ir aralashmalardan va chang tarkibidagi tolali materiallarni ajratish usullarini o'rganish» № 0322, "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ. 2022 y, 46 b.

8. Safarov N.Q,Yangiboyev R.M,Erdanov A.M,Raxmonqulov J.E,Diyarov X.G . 2019 . ON THE PROCESS OF SEPARATING A SAW FIBER, PERFECTING CONSTRUCTION OF MACHINE TO GET ADDITIONAL COTTON SEED . International Journal of Advanced Research

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

9. Жураев Д. А., Урозов М. К., Янгибоев Р. Усовершенствование узла сортировки и очистки шерстяного волокна //UNIVERSUM-тенические науки. - 2023.

10 Жураев Д. А. У., Урозов М. К., Янгибоев Р. М. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРЯДИЛЬНО-ОЧИСТИТЕЛЬНОГО УЗЛА ШЕРСТЯНОГО ВОЛОКНА //Universum: технические науки. - 2023. - №. 7-3 (112). - С. 27-30.

11. Шамсиев И. Р. У. и др. Получение хлопкового волокна высокого класса за счет модернизации сушильного барабана марки СБО //Universum: технические науки. - 2021. -№. 7-2 (88). - С. 20-24.

12. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqieti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.

14. Karshiev B. E. i dr. Paxtani tozalashga tayyorlash texnologiyasining tahlili //RESULTS OF NATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. - 2022. - T. 1. - №. 6.

15. Qarshiev BE P. A. P. Paxta va uni komponentlarini qatlamda quritish tadqiqoti //O'zMU xabarlari. Ilmiy jurnal. ISSN. - S. 2181-7324.

16. Qarshiev BE P. A. P., Sayidova M. H. Paxtani qatlamda quritishning aerodinamik rejimlarini aniqlash tadqiqoti //Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal. Buxoro. ISSN. - S. 2181-8193.

17. Джураев, А. Д., Ураков, Н. А., Мирзаев, О. А., Алмардонов, О. М., & Усманов, Х. С. (2021). АНАЛИЗ НАГРУЖЕННОСТИ ПИТАЮЩЕГО ЦИЛИНДРА В УЗЛЕ ПИТАНИЯ ПРЯДИЛЬНЫХ МАШИН. Universum:

технические науки, (12-3 (93)), 48-53.

18. Джураев, А. Д., Муродов, Т. Б., Матисмаилов, С. Л., Мирзаев, О. А., & Ураков, Н. А. (2020). Дискретизирующий барабанчик для пневмомеханических прядильных машин. Патент на изобретение, № IAP06301, 30.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.