Научная статья на тему 'PAXTACHILIK IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI'

PAXTACHILIK IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
31
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxtachilik / iqtisodiy samaradorlik / сифат кўрсаткичлари / kooperativ / rentabellik. / cotton production / economic efficiency / quality indicators / cooperative / profitability.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Shermatov O.A.

Maqolada qishloq xojaligida paxta yetishtirishni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish boyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida paxtachilik iqtisodiy samaradorligi masalalari taxlil etilgan. Monografik kuzatuvlar olib borilgan Andijon viloyati paxtachiligi statistik malumotlar asosida taxlil qilingan hamda zarur fikr va muloxazalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC PRINCIPLES OF INCREASING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF COTTON FARMING

The article analyzes the issues of economic efficiency of cotton farming based on the results of scientific research on the development of cotton cultivation in agriculture and increasing its economic efficiency. The monographic observations of the cotton production of Andijan region were analyzed on the basis of statistical data, and the necessary opinions and considerations were developed.

Текст научной работы на тему «PAXTACHILIK IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY ASOSLARI»

Shermatov O.A.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti

PAXTACHILIKIQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING

IQTISODIY ASOSLARI

Annotatsiya. Maqolada qishloq xojaligida paxta yetishtirishni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish boyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida paxtachilik iqtisodiy samaradorligi masalalari taxlil etilgan. Monografik kuzatuvlar olib borilgan Andijon viloyati paxtachiligi statistik malumotlar asosida taxlil qilingan hamda zarur fikr va muloxazalar ishlab chiqilgan.

Kalit sozlar: paxtachilik, iqtisodiy samaradorlik, cu$am KypcamKmmpu, kooperativ, rentabellik.

Shermatov O.A. associate professor Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

ECONOMIC PRINCIPLES OF INCREASING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF COTTON FARMING

Abstract. The article analyzes the issues of economic efficiency of cotton farming based on the results of scientific research on the development of cotton cultivation in agriculture and increasing its economic efficiency. The monographic observations of the cotton production of Andijan region were analyzed on the basis of statistical data, and the necessary opinions and considerations were developed.

Key words: cotton production, economic efficiency, quality indicators, cooperative, profitability.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xojaligi oziga xos salmoqli orinni egallaydi. 2022 yil yakunlari boyicha O'zbekiston YalMda mazkur tarmoq ulushi 25.1 foizni tashkil etdi. Respublikada qishloq xojaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblangan paxtachilik nafaqat agrar sohada, balki mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini taminlashda muhim orin tutadi.

Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar shuni korsatmoqdaki, islohot yillarida respublika paxtachiligini rivojlanishida intensiv va ekstensiv omillar tasiri ostida mahsulot ishlab chiqarish hajmini va resurs birligi hisobiga yetishtirilayotgan paxta xomashyosini muttasil kopaytirishga erishilmayapti. Tahlillar shuni korsatmoqdaki, respublika boyicha 1990 yilga qadar qariyb 1,8 mln. gektar yerda paxta ekilgan bolib, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan xojaliklar jami ekin maydonlari 75-80 foizini tashkil etgan bolsa, bugungi kunda paxta ekin

maydonlari 1,04 mln. gektar bolib jami ekin maydonlarining 24.8 foizini tashkil etadi. Respublika miqyosida paxta ekin maydonlari 2021 yilda 1991 yilga nisbatan 60.8 foiz, yalpi ishlab chiqarilayotgan paxta xomashyosi miqdori esa 73.2 foizni tashkil etgan. Bunga oz navbatida mamlakatimiz paxtachiligida 1991 yilda paxta ekin maydondari 1720.5 ming gektarni tashkil etgani xolda 2021 yilga kelib bu korsatkich 1046.2 ming yoki 60.8 foizni tashkil etgani bilan asoslanadi. Agar 1991 yilda 4645,3 ming tonna paxta ishlab chiqarilib, hosildorlik 27,0 sentnerni tashkil etgan bolsa, 2021 yilga kelib mamlakatimiz qishloq xojaligida jami ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi 3400.0 ming tonnani, hosildorlik ortacha 32.5 sentnerni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 26.8 foizga kamaygani xolda, hosildorlik esa 5.5 sentnerga kopaygan.

1-jadval O'zbekiston Respublikasida 1991-2022 yillarda paxtachilik rivojlanishining asosiy korsatkichlari_

Korsatkichlar Yillar 2022 yilda 1991yilga nisbatan, %

1991 1995 2000 2001 2002 2003 2022

Jami ekin maydoni, ming ga 4200, 3 4165, 0 3778, 3 3438, 4 3475, 0 3368, 9 4214 100.3

Shu jumladan, paxta ekin maydoni, ming ga 1720, 5 1492, 2 1444, 6 1450, 1 1420, 7 1392, 7 1046.2 60.8

Paxta ekinmaydoni ning ulushi, % 40,9 35,8 38,2 44,7 40,9 41,3 24.8 -

Paxta ishlab chiqarish, ming tonna 4645, 3 3929, 5 3001, 9 3270, 3 3164, 7 2822, 0 3400,0 73,2

Hosildorlik, s/ga 27,0 26,3 20,8 22,5 22,3 20,3 32.5 120.3

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi malumotlari asosida tuzilgan.

Mazkur tadqiqot davomida biz mamlakatimiz jami yer maydonlarining 1 foiz qismida joylashgan lekin mamlakat axolisining qariyb 10 foizi istiqomat qiladigan Andijon viloyatida paxta yetishtirish xolati statistikasi bilan tanishdik. Viloyatda otgan davr paxtachiligiga nazar tashlasak paxta xomashyosi 2001 yilda shirkat xojaligi va fermer xojaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan. 2022 yilga kelib viloyatda paxta xom ashyosi paxta-toqimachilik klasterlari va fermer xojaliklari tomonidan yetishtirilmoqda. Viloyatda paxta ekin maydonlarini ortacha hosildorligi respublika boyicha ortacha korsatkichlarga taqqoslanganda respublikada paxtadan ortacha 20,0-25,0 sentner, ayrim viloyatlarda 12-15 sentner hosil olinayotgan bir sharoitda Andijon viloyatida bu korsatkich 2022 yilda ortacha 37 sentnerni tashkil etmoqda.

Jadval malumotlaridan korinib turibdiki, viloyat paxtachiligida 2022 yilga kelib paxta xosildorligi gektariga ortacha 37 sentnergacha, iqtisodiy samaradorlikni yakunlovchi korsatkichi xisoblangan rentabellik darajasi esa 2016 yildagi 9.5 foiz korsatkichdan 10.1 foizgacha ortganligini korishimiz mumkin.

Erishilgan natija xali talab darajasida emasligi paxtachilik iqtisodiy samaradorligini oshirish sohasida xal etilishi dolzarb xisoblangan bir qancha muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan, paxtachilikda moddiy-texnika resurslari narxlarining toxtovsiz va tez suratlarda osib borishi songgi on yil mobaynida uni iqtisodiy jixatdan zararli tarmoq bolishiga sezilarli tasir korsatdi.

2-jadval Andijon viloyatida 2016-2022 yillarda paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi_

№ Korsatkichlar Olchov birligi 2016 2017 2018 2020 2022

1 Ekin maydoni ga 91400 89200 81791 79391 74974

2 Xosildorlik s/ga 28.7 26.8 26.5 34 37.0

3 Yalpi xosil tonna 261945 239378 216850 268232 277384

4 Jami xarajatlar mln.som 262235 479352.5 671268 1128430 2182169

5 Jami daromad mln.som 287081 445392 705464 1235188 2402420

1 gektar xisobiga ortacha

6 Xarajatlar ming som 2869 5373.9 8207 14214 29106

7 Daromad ming som 3141 4993.2 8625 15568 32043

1 tonna maxsulotga nisbatan ortacha

8 1 tonna maxsulotning tannarxi ming som 1001 2002.5 3095.5 4207 7867

9 1 tonna maxsulot ning ortacha sotish baxosi ming som 1096 1860.6 3253.2 4605 8661

10 Rentabellik % 9.5 -7.1 5.1 9.5 10.1

Manba:Andijon viloyati qishloq xojaligi boshqarmasi malumotlari

Kooperativning asosiy maqsadi ham kooperativ azolarini ishlab chiqarish jarayonida zarur bolgan moddiy-texnika resurslarining tegishli turlariga bolgan talabini oz vaqtida va sifatli qondirish bolishi lozim. Kooperativga muayyan hududdagi paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xojaliklari birlashadilar. Kooperativga azolikka talabgor fermerlar Umumiy yigilishga kooperativga kirish haqida ariza beradilar. Kooperativga azo bolish va undan chiqish masalasini umumiy yigilish hal etadi, azolik ixtiyoriy bolib, uning azosi xohlagan vaqtda kooperativ azoligidan chiqishi yoki kirishi mumkin. Kooperativning oliy boshqaruv organi bolib azolarning umumiy yigilishi hisoblanadi. Umumiy yigilish hisobot yili yakunlari boyicha bir yilda bir marta otkaziladi. Umumiy yigilish kooperativ Kengashi qaroriga muvofiq yoki azolarning kamida uchdan bir qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin. Kooperativ Kengashi kooperativga kirgan fermerlarning umumiy yigilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi. Kengash azolaridan biri bir yil muddatga Kengash raisi qilib saylanadi. Kengash va uning raisi jamoatchilik asosida ish yuritadilar.

Taklif etilayotgan kooperativ amaldagi makazlashtirilgan taminot va xizmat korsatish tizimidan tubdan farq qiladi va u mazkur taminot tizimi toligicha erkinlashtirilgan sharoitda amal qilishi kozda tutilgan bolib, kooperativlar fermerlarning buyurtmalariga qatiy amal qilgan holda faoliyat yuritadi.

Taminot va xizmat korsatish kooperativining namunaviy tashkiliy

tuzilmasi

Paxtachilikka ixtisoslashgan femier xojaliklari

Fermer xojaliklari

Manba: Muallif ilmiy tadqiqotlari asosida tuzildi.

O'zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish va iqtisodiy samarador ligini oshirish boyicha olib borilgan tadqiqotlar quyidagi xulosalarga kelish va takliflarni ishlab chiqish imkonini berdi:

1. Olib borilgan tadqiqotlar shuni korsatadiki, odatda paxtachilikda qaysi bir omilga etiborni kuchaytirilsa, boshqa omillarga nisbatan "befarqlik" holati vujudga keladi.

2. Tadqiqot natijalariga kora bugungi kunda qishloq xojaligi ekin maydonlari, xususan, paxta ekiladigan maydonlarning qisqarib borishi, mahsulotni talab darajasida ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalarni qollash tarmoqni rivojlantirish, sarflanayotgan resurslar birligi hisobiga olinayotgan mahsulot miqdorini kopaytirish, tarmoq samaradorligini, pirovard natijada paxta yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun bevosita paxta yetishtiruvchilarning bilim va malakasini oshirib borish talab etiladi.

3. Bugun paxta yetishtiruvchilarni moddiy-texnika resurslari bilan taminlash va ularga servis xizmatlarini korsatuvchi kop tarmoqli taminot va xizmat korsatish kooperativlarini tuzish, paxta yetishtiruvchilarni resurslar va

xizmatlarga bolgan talabini sifatli, oz vaqtida va arzon baholarda qondirish masalasini hal etishga yordam beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kooperatsiya munosabatlari siyosiy, ijtimoiy va demografik ozgarishlar jarayonida ishlab chiqarishni real demokratik asoslarga otkazishning muhim omili bolib hisoblanadi. Agrosanoat majmui, uning asosiy tarkibiy qismi bolgan qishloq xojaligini, xususan paxtachilik tarmogini bugungi holatdan olib chiqishda xamda iqtisodiy samaradorligini oshirishda shaxsiy va jamoa manfaatlarini birlashtiruvchi kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega deb xisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1.АбдуFаниев А.А., АбдуFаниев А.А. К,ишлок хужалиги иктисодиёти. Дарслик. - Т: "Адиб Нашриёти" МЧЖ, 2011, — 400 б.

3. О.Шерматов, H^CMaTOBa.Ways to increase the economic efficiency of cotton in Uzbekistan. Международный научно-практический журнал "Экономика и социум" №6 (97) 2022.

4. Shermatov O. Issues of increasing production efficiency in agriculture. Electronic journal of actual problems of modern science, education and training. December, 2020-vii. Issn 2181-9750

5. Shermatov O.A., Olimjonova G.M. factors affecting the efficien cy of agricultural rpoduction. Mejdunarodniy nauchniy jurnal «aktualnaya nauka» №1(42)2021 g. Str 34-37

6.www.mineconomy.uz - Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi rasmiy sayti.

7. http://www.fao.org/faostat/en/- Озик-овкат хавфсизлиги ва кишлок хужалиги ташкилоти расмий сайти.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.