Научная статья на тему 'YUQORI AVLODLI URUGʻLIK PAXTA XOMASHYOSI IQTISODIY SAMARADORLIKKA ERISHISH OMILI'

YUQORI AVLODLI URUGʻLIK PAXTA XOMASHYOSI IQTISODIY SAMARADORLIKKA ERISHISH OMILI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
61
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urugʻlik paxta / hosildorlik / iqtisodiy samarodlik / variant / qaytariq / rayonlashtirish / istiqbolli nav / qimmatli xoʻjalik belgi / sentner. / seed cotton / yield / economic efficiency / variant / zoning / promising variety / valuable economic trait / centner.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Qodirov Otabek Abdullaxayevich, Usmonov Mirzohid Sobirjon Oʻgʻli, Nematjonov Abdulbosid A’zamjon Oʻgʻli

Respublikaning paxtadan moʻl hosil olishi va undan olinadigan mahsulotlarning sifatini yuqori boʻlishini ta’minlashda urugʻchilik va urugʻlik sifati muhim oʻrin tutadi. Urugʻlikka terilayotgan paxta hosili asosan 75-85% pishib yetilganda boshlanadi. Paxta hosili oʻsimlikning 3-8 oraliqdagi hosil shoxlaridan terib olindi. Urugʻchilik tizimini rivojlantirish va uni ilmiy asoslashda yuqoridagi tadbirni qoʻllash kelgusida sara urugʻlardan foydalanish va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga kafolat beruvchi omillardan biri hisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HIGH-GENERATION SEED COTTON IS A FACTOR IN ACHIEVING ECONOMIC EFFICIENCY

Seeds and quality of seeds play an important role in ensuring the country's rich cotton harvest and high quality of its products.The harvesting of cotton from seeds generally began at 75-85% ripeness. Cotton was harvested from 3-8 branches of the plant.The development of the seed system and the application of this measure in its scientific justification is one of the factors that guarantee the future use of the selected seeds and high economic efficiency.

Текст научной работы на тему «YUQORI AVLODLI URUGʻLIK PAXTA XOMASHYOSI IQTISODIY SAMARADORLIKKA ERISHISH OMILI»

UO'K: 633.511.631.52 YUQORI AVLODLI URUG'LIK PAXTA XOMASHYOSI IQTISODIY SAMARADORLIKKA ERISHISH OMILI Qodirov Otabek Abdullaxayevich

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti katta o'qituvchisi Usmonov Mirzohid Sobirjon o'g'li Nematjonov Abdulbosid A'zamjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.6620954

Annotatsiya. Respublikaning paxtadan mo'l hosil olishi va undan olinadigan mahsulotlarning sifatini yuqori bo'lishini ta 'minlashda urug'chilik va urug'lik sifati muhim o'rin tutadi. Urug'likka terilayotgan paxta hosili asosan 75-85% pishib yetilganda boshlanadi. Paxta hosili o'simlikning 3-8 oraliqdagi hosil shoxlaridan terib olindi. Urug'chilik tizimini rivojlantirish va uni ilmiy asoslashda yuqoridagi tadbirni qo 'llash kelgusida sara urug'lardan foydalanish va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga kafolat beruvchi omillardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Urug'lik paxta, hosildorlik, iqtisodiy samarodlik, variant, qaytariq, rayonlashtirish, istiqbolli nav, qimmatli xo'jalik belgi, sentner.

ХЛОПОК-СЫРЕЦ ВЫСОКОЙ ГЕНЕРАЦИИ - ФАКТОР ДОСТИЖЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ

Аннотация. Семена и качество семян играют важную роль в обеспечении богатого урожая хлопка и высокого качества его продукции в Республике. Сбор хлопка из семян в основном начинался при 75-85% спелости. Урожай хлопка собирали с 3-8 ветвей растения. Развитие семенной системы и применение указанной меры в ее научном обосновании является одним из факторов, гарантирующих будущее использование отобранных семян и высокую экономическую эффективность.

Ключевые слова: хлопчатник семенной, урожайность, экономическая эффективность, вариант, повторность, районирование, перспективный сорт, ценная хозяйственная признака, центнер.

HIGH-GENERATION SEED COTTON IS A FACTOR IN ACHIEVING ECONOMIC EFFICIENCY

Abstract. Seeds and quality of seeds play an important role in ensuring the country's rich cotton harvest and high quality of its products. The harvesting of cotton from seeds generally began at 75-85% ripeness. Cotton was harvested from 3-8 branches of the plant.The development of the seed system and the application of this measure in its scientific justification is one of the factors that guarantee the future use of the selected seeds and high economic efficiency.

Key words: seed cotton, yield, economic efficiency, variant, zoning, promising variety, valuable economic trait, centner.

KIRISH

Prezidentimizning 2014 yil 10 fevraldagi "O'zbekiston qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi qaroriga asosan, O'zbekiston g'o'za

selektsiyasi va urug'chiligi, O'zbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutlari hamda Respublika birlamchi urug'chilik va urug'shunoslik stantsiyasi birlashtirilib, ularning negizida Paxta selektsiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi paxtachiligimiz ravnaqi yo'lida keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.[1]

Qishloq xo'jaligi vazirligi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan "2021 yil mavsumida urug'chilik fermer xo'jaliklaridan sifatli urug'lik paxta tayyorlash hamda Respublikada sinalayotgan yangi g'o'za navlarining istiqbolliligini va rayonlashtirilishini o'rganish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qo'shma bayoni bilan Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat reyestriga kiritilgan, istiqbolli hamda yangi g'o'za navlaridan kelgusi yil hosili uchun jamg'arilishi kutilayotgan urug'lik paxta hajmlari belgilandi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shu maqsadda, urug'lik paxta xomashyosi jamg'arilishi "Urug'chilik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi va O'z DSt davlat standarti talablari asosida amalga oshirilib, 2021 yil hosili uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yuritib kelayotgan jami 3506 ta subektlarda 102 ming 500 gektar maydonidan urug'lik paxta xom ashyosi yetishtirildi.

Jamg'arilgan 149 ming 500 tonna urug'lik paxta xomashyosi (117 ming 965 tonna asosiy fond, 31 ming 593 tonna zahira fond) tashkil qilib, selektsion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi, sinfiga qarab alohida-alohida maxsus paxta saqlash bondlarga joylashtirilib, namlanishga va urug'lik materialining buzilishiga yo'l qo'yilmaydigan sharoitda saqlanmoqda.

Dehqon fermer va elita urug'chilik xo'jaliklari hamda dastlabki ko'paytrish xo'jaliklarida yetishtirilgan sara urug'larning saqlanish sharoitini optimal bo'lishi va aralashib ketmasligi dolzarb hisoblanib, kelgusida sifatli urug'lar olish, navdorlik belgilarini saqlanib qolishi, geterozis xususiyatini saqlash yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish omillaridan sanaladi.

Shuningdek joriy yilda markaz tizimidagi 49 ta elita urug'chilik xo'jaliklarining 2164 gektar maydonida g'o'zaning 21 ta davlat reyestriga kiritilgan rayonlashtirilgan va istiqbolli navlari ekilib 3680 tonna yuqori avlodli urug'lik paxta xomashyosi jamg'arildi.[3]

Biz ham turli xil agrotexnik ekish usullarini (ochiq 90x10x1, 90x20x1, 60x25x1, 60x30x1 sxemada, qo'shqator) qo'llagan holda Davlat reyestriga kiritilgan istiqbolli g'o'za navlarining birlamchi urug'chiligini rivojlantirish omillarini ishlab chiqish ustida tadqiqot olib bormoqdamiz.

Tadqiqot natijalariga ko'ra barcha variant g'o'za navlarining hosildorlik ko'rsatkichlari terimlar bo'yicha hisoblab chiqildi. [5] Hosilni terib olish uch marta amalga oshirildi. Xar bir qaytariqqa 4 tadan variant joylashtirilgan.Tajribada har bir variantlar egallagan maydon 18 m2 ni tashkil etadi. Bitta variantimiz himoya maydonidan tashqari 40 m. ni tashkil qiladi. Terimdan oldin xar bir variantimizda o'rtacha 82,7 dan 88,2 tagacha belgilangan ko'chatlar saqlanib qolgan.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Variatlardagi paxtalarni terib olishda "Elita va birinchi reproduktsiyali g'o'za urug'larini yetishtirish yo'riqnomasi" (1981 y), hamda "G'o'zani original urug'larini yetishtirishni yangi

uslubi" (Sh.Kozubayev., B.Mamaraximov. 2013 y) nomli tadqiqot olib borish uslubiyatidan foydalanildi. Urug'likka terilgan paxta hosili asosan 85% pishib yetilganda boshlandi. (1-jadval) "G'o'zani original urug'larini yetishtirishni yangi uslubi" nomli tadqiqot olib borish uslubiyatida ko'rsatilganidek paxta hosili avval boshidan maxsus belgi-yorliq (etiketka) bilan belgilangan g'o'za tuplarining ikkinchi va uchinchi yaruslaridan, [4] ya'ni 3-8 oraliqdagi hosil shoxlaridan terib olindi. Shuning uchun ham sentnerni ishlab chiqishda variantlarning o'rtacha ko'chatlari soni bilan 1 tup o'simlikdagi ko'saklari soni ko'paytmasi hisoblab chiqildi.

1-jadval

Variantlarning paxta hosildorligi, s/ga

№ Tajriba variantlari Ko'chatlarni o'rtacha soni 1-terim 2-terim 3-terim Umumiy hosil, gr s/ga

1 Andijon-35 84,2 6 120 1 160 2 22 7 502 4 1,6

2 Sulton 87,5 5 090 1 236 2 37 6 563 3 6,4

3 O'zPITI-202 82,7 5 410 7 22 2 13 6 345 3 5,2

4 Omad 86,6 5 762 4 65 4 3 6 270 3 4,8

5 O'rqo'rg'on-1 88,2 6 212 6 14 1 82 7 008 3 8,9

(90x10x1 ekish sxemasi)

Barcha variantlardagi g'o'za navlarining terimdan oldingi ko'chatlari soni o'rtacha ko'rsatkichlariga nisbatan hosildorlik aniqlangan. Andijon-35 g'o'za navi hosildorlik ko'rsatkichi boshqa variant g'o'za navlarining ko'rsatkichlariga nisbatan sezilarli yuqori ekanligi ko'rinib turibdi. Bir gektar maydon hosildorligiga nisbatan hisoblanganda 41,6 s/ga ga teng ko'rsatkichni namoyon qildi. Andijon-35 variantidagi o'rtacha ko'chatlari soni bo'yicha Sulton va Omad navlaridan kam bo'lsada, uning 1 dona ko'sakdagi paxta vazni bo'yicha ustunlik qildi. O'nqo'rg'on-1 g'o'za navining ham 1 tup o'simlikdagi ko'saklari soni boshqa variant navlarining ko'rsatkichlariga nisbatan yuqoriroq bo'lganligi sababli uning hosildorlik ko'rsatkichi ham yuqori, ya'ni 38,9 s/ga natija olindi.

XULOSA

Tadqiqot natijalari tahlili bo'yicha O'nqo'rg'on-1 g'o'za navining 1 ga maydondagi bergan o'rtacha hosildorligi Andijon-35 ga nisbatan pastroq, lekin tola sifat ko'rsatkichi bo'yicha nisbatan yuqori ekanligini inobatga olib, yuqori tola sifatiga ega g'o'za navi sifatida boshlang'ich xomashyo sifatida foydalansa bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.S.Kozubayev, B.I.Mamaraximov -G'o'za urug'chiligini takomillashtirish olmillarill, Toshkent, 2013., 80, 167 b.

2. Turobxodjaeva M., Kozubayev Sh., Egamberdiyev R. Urug'chilik va urug'shunoslikda standartning vazifasi. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. №2, 2014, 33 b.

3. Sh.S.Kozubayev, B.I.Mamaraximov -G'o'za urug'chiligini takomillashtirish olmillaril , Toshkent, 2013., 167 b.

4. Abdukarimov T. D. -Urug'chilikning axamiyati, vazifalari va rivojlanishi. Donli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligil kitobi Toshkent2010 301-bet.

5. O.A.Qodirov - The role of valuable economic signs of prosperous cotton varieties in the development of the seed system. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal April 2022. https://saarj.com., 209 p.

6. O.A.Qodirov-G'o'za navlari unuvchanligini laboratoriya tahlil natijalari. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal. 2022 yil maxsus son. 11-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.