Научная статья на тему 'PAXTA TOZALASH MASHINALARINING YURITMALARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIDA ENERGIYA SARFINI TEJASH'

PAXTA TOZALASH MASHINALARINING YURITMALARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIDA ENERGIYA SARFINI TEJASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta xomashyosi / paxta tozalash mashinasi / ishchi organ / elektrodvigatel / quvvat / xarajat / tozalash / tiqilib qolishi. / paxta xomashyosi / paxta tozalash mashinasi / ishchi organ / elektrodvigatel / quvvat / xarajat / tozalash / tiqilib qolishi.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djurayev Anvar, Kasimov Abror Aliyorovich, Rosulov Ruzimurad Xasanovich

Maqolada paxta tozalash korxonalarida paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash agregatida sarflanadigan elektroenergiya miqdorini kamaytirish maqsadida paxta tozalash agregati uchun unda foydalaniladigan elektrodvigatellarning quvvatlari agregatning bajaradigan vazifasi va ishchi organlaring xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlash imkoniyatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Saving energy consumption by improving cotton gining machines

В статье приведен подбор мощности электродвигателей, используемых в хлопкоочистительном агрегате, который подбирается исходя из функций и характеристик агрегата, с целью снижения энергопотребления при очистке хлопка от крупных и мелких сорных примесей на хлопкоочистительных предприятиях.

Текст научной работы на тему «PAXTA TOZALASH MASHINALARINING YURITMALARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIDA ENERGIYA SARFINI TEJASH»

MEXANIKA

UDK 677.21.021

PAXTA TOZALASH MASHINALARINING YURITMALARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSIDA ENERGIYA SARFINI TEJASH

Djurayev Anvar

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, anvardjuraev1948@mail.ru

Kasimov Abror Aliyorovich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, abrorkasimov8905@mail.ru

Rosulov Ruzimurad Xasanovich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, rasulov.ruzimurad@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada paxta tozalash korxonalarida paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash agregatida sarflanadigan elektroenergiya miqdorini kamaytirish maqsadida paxta tozalash agregati uchun unda foydalaniladigan elektrodvigatellarning quvvatlari agregatning bajaradigan vazifasi va ishchi organlaring xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlash imkoniyatlari keltirilgan.

Аннотация. В статье приведен подбор мощности электродвигателей, используемых в хлопкоочистительном агрегате, который подбирается исходя из функций и характеристик агрегата, с целью снижения энергопотребления при очистке хлопка от крупных и мелких сорных примесей на хлопкоочистительных предприятиях.

Abstract. The article presents the selection of power of electric motors used in a cotton ginning unit, selected based on the functions of the unit and characteristics. characteristics of working bodies in order to reduce the energy consumption of a cotton cleaning unit from small and large impurities at cotton ginning enterprises.

Kalit so'zlar: paxta xomashyosi, paxta tozalash mashinasi, ishchi organ, elektrodvigatel, quvvat, xarajat, tozalash, tiqilib qolishi.

Ключевые слова: хлопок-сырец, хлопкоочистительная машина, рабочий орган, электродвигатель, мощность, стоимость, очистка, застряние.

Key words: raw cotton, cotton gin, working body, electric motor, power, cost, cleaning, jamming.

Kirish. Paxta tozalash mashinalarining asosiy ishchi organlari aylanma ishchi organlar bo'lib, ularni harakatga keltirishda elektrodvigatellaridan foydalaniladi. Paxta tozalash mashinalarining ishchi organlarida elektrodvigatellarning maqbul quvvatlarini tanlash mashinaning ish unumdorligiga, tozalash samaradorligiga, ishchi organlarning uzoq muddat xizmat qilishlariga va xokazo ko'rsatkichlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ishchi organlarni harakatga keltirishda ba'zi elektrodvigatellarning noo'rin tanlanishi hisobiga elektr energiyasining ko'p xarajat qilinishi, ba'zida esa ishchi organlarda paxta xomashyosining tiqilib qolishi, natijada ularning ish muddatning kamayishiga va korxona xarajatlarining oshishiga olib keladi [1].

Usullar. Hozirgi kunda paxta-to'qimachilik klasterlari tizimidagi paxta tozalash korxonalarida paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun 1XK paxta tozalash mashinasi, paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash uchun UXK agregati qo'llanilib, ularda qo'llaniladigan elektrodvigatellarning umumiy quvvati juda yuqori. Yuqorida ta'kidlanganidek, elektrodvigatellarning maqbul quvvatga ega bo'lgan turlarini paxta tozalash mashinalarida qo'llash - ularning bajaradigan vazifalari, shuningdek, xususiyatlaridan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiqdir [2, 3].

UXK paxta tozalash agregati to'rtta seksiyadan iborat bo'lib, paxta xomashyosini mayda

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

va yirik iflosliklardan tozalashga mo„ljallangan. Birinchi seksiyada to„rtta elektrodvigatel mavjud bo„lib, ularning har birining quvvati 4kVtni tashkil qilib, uning umumiy quvvati 16 kVtni tashkil etadi. Ikkinchi seksiya paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalash uchun mo„ljallangan bo„lib, uning umumiy quvvati 22,6 kVtni dan iborat (1-rasm).

Natija. Taklif etilayotgan konstruksiyadagi UXK agregatining umumiy ko„rinishi 2-rasmda, paxta xomashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalash seksiyalarining, ya'ni, 3-rasmda seriyadagi tozalagichning va 4-rasmda taklif etilayotgan takomillashtirilgan energotejamkor konstruksiyadagi tozalagichning kinematik sxemasi keltirilgan.

3-rasmda seriyadagi tozalagichning kinematik sxemasi keltirilgan bo„lib, to„rtta qoziqli baraban uchun ikkita 4 kVtli (aylanish chastotasi 960 ayl/min), ikkita arrachali baraban uchun bitta 5,5 kVtli (aylanish chastotasi 960 ayl/min) va chiqindi shnegi uchun bitta 1,1 kVtli (aylanish chastotasi 1480 ayl/min) elektrodvigateldan foydalanildi, umumiy quvvati 22,6 kVt ni tashkil etadi.

Quyidagi 4-rasmda taklif etilayotgan takomillashtirilgan energotejamkor konstruksiyadagi tozalagichda ta'minlagich uchun bitta 1,1 kVtli (aylanish chastotasi 960 ayl/min), to„rtta qoziqli baraban va ikkita cho„tkali baraban uchun bitta 7, 5 kVtli (aylanish chastotasi 960 ayl/min), ikkita arrachali baraban uchun bitta 5,5 kVtli (aylanish chastotasi 960 ayl/min) va chiqindi shnegi uchun bitta 1,1 kVtli (aylanish chastotasi 1480 ayl/min) elektrodvigateldan foydalanildi. Taklif etilayotgan takomillashtirilgan energotejamkor konstruksiyadagi tozalagichda esa energiya sarfi 19,2 kVt ni tashkil etadi.

Seriyadagi tozalagichda qo„llaniladigan elektrodvigatellarning sarflaydigan umumiy quvvatidan takomillashtirilgan energotejamkor konstruksiyadagi tozalagichda sarflaydigan umumiy quvvati orasidagi farq bitta tozalash seksiyasi uchun 3,4 kVtni tashkil etadi. Agar UXK rusumli tozalagich uchta seksiyadan iborat bo„lsa, unda sarflanadigan umumiy quvvat 10,2 kVtni tashkil etadi. Agar bitta paxta tozalash korxonasi bir sutkada u 244,8 kVtni tashkil etsa, paxta tozalash korxonasi o„rta hisobda bir mavsumda 6 oy (o„rtacha 180 kun) ishlasa, unda tejaladigan elektroenergiya 44064 kVtni, ikkita parallel ishlaydigan tozalash agregati uchun esa 88128 kVtni tashkil etadi.

1-2-3-seksiyalar paxta xomashyosi tarkibidagi yirik iflosliklarni tozalash uchun mo„ljallangan, 4-seksiya paxtani mayda ifloslikdan tozalash uchun mo„ljallangan 1-rasm. UXK rusumli paxta tozalash agregati sxemasi

y -ps- &-«3 , * li * 53=—fcz u. —tz |

yfr • p \ * J/^ ü # fl) jif # Ü * jK (if * ffp '

□ □ V

CI ^rJ^ n

2-rasm. Taklif etilayotgan UXK rusumli paxta tozalash agregati sxemasi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

3-rasm. Seriyadagi tozalagichning birinchi seksiyasi

4-rasm. Taklif etilayotgan energotejamkor konstruksiyadagi tozalagichning birinchi

seksiyasi

5-rasm. Seriyadagi tozalagichning yon tomondan ko'rinishi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

6-rasm. Taklif etilayotgan energotejamkor konstruksiyadagi tozalagichning yon tomondan

ko'rinishi

Xulosa. Taklif etilayotgan konstruksiyadagi paxta xomashyosini mayda va yirik iflosliklardan tozalash UXK agregatida tozalagichning bajaradigan vazifasi va uning xususiyatalridan kelib chiqqan holda sarflanadaigan elektroenergiya quvatini sarfini kamaytirishga erishildi. Unga ko'ra takomillashtirilgan konstruksiyadagi energotejamkor tozalash agregatining bitta tozalash seksiyasida sarflanadigan elektr enegiyasining miqdori seriyadagi tozalash agregatining bitta tozalash seksiyasida sarflanadigan elektr energiyasining miqdoridan 3,4 kVt kamligi ko'rsatdi. Agar bitta paxta tozalash korxonasi bir sutkada u 244,8 kVtni tashkil etsa, paxta tozalash korxonasi o'rta hisobda bir mavsumda 6 oy (o'rtacha 180 kun) ishlasa, unda tejaladigan elektroenergiya 44064 kVtni, ikkita parallel ishlaydigan tozalash agregati uchun esa 88128 kVtni tashkil etadi.

ADABIYOTLAR

1. F.B.Omonov, R.F.Yunusov, V.V.Dyachkov "Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha spravichnik". "Voris-nashriyoti" Toshkent-2008 yil. 11-16 betlar.

2. UXK rusumli paxta tozalash agregatining pasporti.

3. R.X. Rosulov. Paxtaning dastdabki ko'rsatkichlariga asoslangan texnologik mashinalarning boshqariladigan tozalash tizimini ishlab chiqish. Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati, Toshkent, 2023, 56 bet

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.