TEXNOLOGIYA
УДК 677.21.021
PAXTANI IFLOSLIKLARDAN TOZALAGICHNING SAMARALI KONSTRUKSIYASI
Djurayev Anvar
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, e-mail: dluraev48@mail.ru
Rosulov Ruzimurad Xasanovich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institute, e-mail: rasulov.ruzimurad@mail.ru
Norboyeva Dilfuza Vaxobjon qizi Namangan muhandislik - texnologiya institut, e-mail: norbayevadilfuza41@xmail.ru
Berdimuratov Umid Tagaymuratovich Termiz muhandislik - texnologiya institut, e-mail: umidberdumu5@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada paxtani iflosliklardan tozalashda tozalagichning samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan. Tozalash yoyining boshlanish zonasida birinchi konussimon kolosnikning katta diametri d2=18 mm tanlangan, bunda ikkinchi qo'shni konussimon kolosnikning 2 kichik diametriga to'g'ri keladi. Shuning uchun paxta bo'lakchalarining birinchi konussimon kolosnik 2 yuzasi bilan ta'sir o'zaro ta'siri baraban 1 o'qidan konussimon kolosnki 2 bilan o'zaro ta'sir zonasigacha bo'lgan paxta bo'lagining maksimal radiusi tufayli eng katta bo'ladi.
Аннотация. В статье разработана эффективная конструкция очистителя для очистки хлопка от примесей. В начальной зоне очистки большой диаметр первого конического колосника выбран равным d2=18 мм, который соответствует меньшему диаметру второго соседнего конического колосника 2. Поэтому ударное взаимодействие частей (летучек) хлопка с поверхностью первого конического колосника 2 будет наибольшим за счет максимального радиуса нахождения летучки от оси барабана 1 до зони взаимодействия с коническим колосником 2. При этом летучка имеет максималную силу инерции.
Abstract. The article develops an effective design of a purifier for cleaning cotton from impurities. In the initial cleaning zone, the large diameter of the first conical grate is chosen to be equal to d2 = 18 mm, which corresponds to the smaller diameter of the second adjacent conical grate 2. Therefore, the impact interaction of the parts (flats) of cotton with the surface of the first conical grate 2 will be greatest due to the maximum radius of the fly from the axis drum 1 to the zone of interaction with the conical grate 2. In this case, the flywheel has maximum inertial force.
Kalit so'zlar: tozalagich, arrachali baraban, tozalash yoyi, kolosnik, konussimon, diametr, paxta bo'lagi, inersiya kuchi.
Ключевые слова: очиститель, пильчатый барабан, дуга очистки, колосник, конусность, диаметр, летучка хлопка, сила инерция.
Key words: cleaner, saw-toothed drum, cleaning arc, grate, taper, diameter, cotton fly, inertial force.
Kirish. Hozirgi kunda paxta-to'qimachilik klasterlari tasarrufidagi paxta tozalash korxonalarida paxtani iylosliklardan tozalashda 1XK paxtani mayda iflosliklardan tozalagichi va UXK rusumli paxtani mayda va yirik iflosliliklardan tozalash agregati qo'llaniladi [1].
Usullar. Mualliflar tomonidan taklif etilayotgan konstruksiyada paxta xomashyosini tozalash uchun ma'lum bo'lgan dumaloq kesimli kolosnikli panjara tozalagich yon devorlarga joylashtirilgan konstruksiyani o'z ichiga oladi [2]. Bu konstruksiyaning kamchiligi past tozalash
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
samaradorligidir.
Shuningdek, paxta xomashyosini tozalashda qo'llaniladigan kolosnikli panjara ham ma'lum bo'lib, unda teshiklari bo'lgan bir juft yon devorlar va yon devorlar orasiga o'rnatilgan kolosnikli panjaralari mavjud bo'lib, ularning o'qlarining oxirgi qismlarida yon devorlarning teshiklarida joylashgan elastik vtulkalar o'rnatiladi [3]. Taklif etilayotgan konstruksiyadagi tozalagichning kolosnikli panjara orliqlaridan paxta bo'lakchalarining tushib ketish miqdori katta.
Paxtani iflosliklardan tozalashda arrachali baraban atrofidagi o'rnatilgan kolosnkilar bir xil qadamda o'rnatilgan bo'lib, ularning diametrlari turlicha va sinusoidal qonuniyat asosida joylashtirilgan [4]. Taklif etilgan konstruksiyadagi tozalagichning kamchiligi - erkin tolalarning paydo bo'lishi va yirik iflosliklar bo'yicha samaradorlikning pastligidir.
Boshqa bir konstruksiyadagi tozalagichning kolosniklari devor qalinligi har xil bo'lgan elastik vtulkalar yordamida yon segmentlarga o'rnatilgan panjaralarni o'z ichiga oladi, elastik vtulkalar qalinligi A, paxta tortilganda kamayib boradi A1>A2>...An, bu yerda A1 - mos keladigan panjaraning elastik vtulkasining qalinligi va kolosniklar esa a tirqish bilan o'rnatiladi, paxtaning tozalash yo'nalishi bo'yicha a1>a2>an kamayib boradi, bu yerda a1, a2, an paxtaning tozalash yo'nalishi bo'yicha qo'shni kolosniklar orasidagi tirqish: : a1-a2 = A1 - A2, a2-a3 = A2 -A3 [5].
Mualliflar tomonidan taklif etilayotgan tozalagichning konstruksiyasida paxta xomashyosini tozalashda tozalash yoyi bo'ylab kolosniklarning diametrining oshishi, ular orasidagi tirqishning kamayib borishi sodir bo'lib, birinchi kolosnikning diametri 18 mmni, oxirigi (o'ninchi) kolosnikning diametri esa 22 mm ni tashkil etadi, bunda d1<dn-1+4mm/n, bu yerda d1 - i-nchi kolosnikning diametri, n-kolosniklar soni, 22 mm-18 mm = 4 mm, mos ravishda tozalash yoyi bo'yicha kolosniklar orasidagi tirqishning oshib borishi, bunda birinchi va ikkinchi kolosniklar orasidagi tirqish - 60mm ni, oxirgi ikkita kolosniklar orasidagi masofa esa 50 mm ni tashkil etadi, ya'ni, ti, i=1= 10 m m/n-1 bu yerda, ti, i=1 i -nchi va i+1 -nchi kolosniklar orasidagi tirqishni tashkil etadi, 60 mm-50 mm=10mm [6]..
Mazkur konstruksiyadagi kolosnikli panjarada paxta xomashyosining asosiy massasi kolosnik o'rtasida harakatlanadi, tozalagich yon devorlarida paxta xomashyosining tormozlanishi hisobiga toazalash samaradorligi pasayib ketadi.
Ishlab chiqilgan samarali konstrukdiyadagi toazagichning kolosnikli panjarasini taklif qilishdan maqsad - asosan, tozalagichning yirik iflosliklardan tozalash samaradorliginii oshirishdir. Kolosnikli panjara yuzasida paxta xomashyosining tekis taqsimlanishini ta'minlash maqsadida kolosniklar konussimon shaklda tayyorlanadi. Bu esa paxta xomashyosining kolosnkili panjara bilan monotonligini kamaytiradi.
Paxtani iflolsiklardan toazagichning kolosnikli panjarasidagi kolosniklarning konstruksiyasi konussimon shaklda bo'lib, ular tozalagichning yondorlariga bikr vtulka yordamida o'rnatilgan. Bunda kolosniklar turli konuslikda tayyorlangan bo'lib, sinusoidal qonuniyatda ularning miqdorlari o'zgarib boradi. Bu konstruksiyadagi kolosnikli panjara oraliq tirqishlaridan paxta bo'lakchalarining tushib ketishi tozalagichning asasiy kamchiliklaridan hisoblanadi [7].
Natija. Taklif etilayotgan konstruksiyadagi tozalagichning kolosnikli panjarasining vazifasi uning konstruksiyasini takomillashtirish hisobiga toazagichning yirik iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirishdan iborat bo'lib, konussimon kolosniklar yoysimon yondorlarga o'rnatilgan, bo'nda kolosniklar ortib boruvchi diametrlarga ega bo'lgan kolosniklardir, qo'shni kolosniklar teskari yo'nalishdagi konuslikka ega bo'lib, birinchi kolosnikning katta diametri 18 mm ni, oxirgisi esa 22 mm ni tashkil etadi. Bunda keyingi kolosnikning katta diamerti keyingi konussimon kolosnikning kichik diametriga teng qilib olingan, ya'ni, paxta xomashyosini tozalash yoyi bo'yicha kolosniklar orasidagi tirqishlar mos
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
ravishda kamayib boradi.
Konussimon kolosniklarning oshib boruvchi diametrga ega konstruksiyasida turli diametrga ega kolosniklar bilan paxta xomashyosining o'zaro ta'sirida jaryon monotonligini bartaraf etadi. Kolosniklar orasidagi tirqishning kamayishi iflosliklarning chiqindiga chiqib ketish miqdorini kamaytiradi. Arrachali baraban va kolosinkili panjara orasidagi tirqishning tozalash yoyi bo'yicha kamayib borishi zarba jarayonida chigit va tolaning shikastlanishini kamaytiradi.
Taklif etilayotgan konstruksiyadagi konussimon kolosnikli tozalagich 1,a-rasmda, uning A-ko'rinishi esa 1,b-rasmda keltirilgan.
Tozalagichning Konussimon kolosinikli panjarali tozalagichning konnstruksiyasi arrachali baraban 1, yoysimon yondorlarga 3 o'rnatilgan konussimon kolosniklardan 2 iborat.
Tozalagich quyidagicha ishlaydi: paxta xomashyosi arrachali baraban 1 tishlariga ilashtirib, uni konussimon kolosniklar 2 ustidan tashib o'tadi. Paxta bo'lakchasining konussimon kolosnik 2 yuzasi bilan o'zaro ta'sir zarbasi natijasida inersion kuch hisobiga undan yirik iflosliklar kolosniklararo tirqishdan ifloslik yig'uvchi shnekka tushib ketadi. Undan tashqari koldosniklarning konusimonligi hisobiga gorizontal bo'yicha paxta xomashyosining siljishini amalga oshiradi. Tozalash yoyida paxta xomashyosining harakat trayektoriyasining oshishi tozalash samaradorligining oshishiga olib keladi. Tozalash yoyining boshlanish zonasida birinchi konussimon kolosnikning katta diametri d2=18 mm tanlangan, bunda ikkinchi qo'shni konussimon kolosnikning 2 kichik diametriga to'g'ri keladi. Shuning uchun paxta bo'lakchalarining birinchi konussimon kolosnik 2 yuzasi bilan ta'sir o'zaro ta'siri baraban 1 o'qidan konussimon kolosnki 2 bilan o'zaro ta'sir zonasigacha bo'lgan paxta bo'lagining maksimal radiusi tufayli eng katta bo'ladi. Bunday holda, paxta bo'lakchasi maksimal inersiya kuchga ega. Bundan tashqari, paxta xom ashyosi tozalangani sayin, uning titkilanganligi ortadi. Shu bilan birga, oldingi konussimon kolosnikdan 2 kattaroq diametrga ega b o'lgan paxta va konussimon kolosnik 2 yuzasi o'rtasidagi ta'sir o'zaro ta'sir kuchi asta-sekin pasayib boradi. Paxta bo'lgani kabi Konussimon kolosnik 2 orasidagi tirqishning kamayishi orqali paxta bo'lakchalariningt ifloslikka chiqib ketishi kamayadi. Oxirgi konussimon kolosnikning 2 eng katta diametri 22 mm qilib tanlanadi, bu konussimon kolosnikka 2 eng kam o'zaro ta'sirini ta'minlaydi, bu esa paxta bo'lakchalarining tolalari va chigitlarining shikastlanishini maksimal darajada kamaytirishga olib keladi.
da
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
P
JL
b)
1-rasm. Konussimon konstruksiyadagi kolosnikli panjara. Xulosa. Paxtani iflosliklardan tozalashda arrachali barabanning kolosnikli panjara yuzasidan tashib o'tilayotgan paxta xomashyosining trayektoriyasining oshishi va tozalash yoyi bo'yicha kolosniklararo tirqishning kamayib borishi hisobiga tozalash samaradorligining oshishi va paxta bo'lakchalarining ifloslikka chiqib keshining kamayishi kuzatiladi.
ADABIYOTLAR
1. F.B.Omonov, R.F.Yunusov, V.V.Dyachkov "Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha spravichnik". "Voris-nashriyoti" Toshkent-2008 yil. 11-16 betlar.
2. Колосниковая решетка очистителя хлопка-сирса от мелкого сора. СУ 560930. П.Н.Тютин, А.Е.Лугачев. Дата публикации 04.10.77 г.
3. Колосниковая решетка очистителя волокнистого материала. SU 1801998. А.Джураев, К.Тажиев, А.А.Умаржонов, Х.Е.Ерматов. D 01 G 9/14.1981
4. Волокноочиститель UZ FAR 00428. А.Е. Лугачев и др. 31.08.2006. Бюлл. №8.
5. UZ IAP 05652
6. IDP05001
7. Колосниковая решетка очистителя волокнистого материала. УЗ ИАР 06328. А.Джураев, Р.Х.Росулов, Д.В.Норбоева, С.М.Элмонов. 26.20.2020 г.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son