Научная статья на тему 'P5BL YONDASHUVI VOSITASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH'

P5BL YONDASHUVI VOSITASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
30
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muammo / loyiha / shaxs / jarayonga asoslangan o‘qitish / natija / konsepsiya / tamoyil / asoslanish. / проблема / проект / личность / процессное обучение / результат / концепция / принцип / обоснование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fayzullayeva Gulchexra Sharipboyevna

Maqolada zamonaviy ta’limga yangicha, P5BL (Problem, Project, Person (People), Process and Product-Based Learning) yondashuvining amaliyotga kirishi, mazmuni va mohiyati yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishning sifati va samaradorligiga erishishning P5BL yondashuvi asosida tizimli tashkil etish konsepsiyasi taqdim qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СИСТЕМАТИЧЕСКАЯ ОРГАНИЗАЦИИ СЕМИНАРОВ И МАСТЕРКЛАССОВ С ПОМОЩЬЮ ПОДХОДА P5BL

В статье описаны реализация, содержание и сущность нового P5BL (problem, project, person (people), process and product) подхода к современному образованию. Также представлена концепция системной организации на основе подхода P5BL для достижения качества и эффективности научно-методического обеспечения непрерывного профессионального развития педагогов.

Текст научной работы на тему «P5BL YONDASHUVI VOSITASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH»

Fayzullayeva Gulchexra Sharipboyevna,

dotsent (PhD), Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi, Pedagogika, psixologiya va ta'lim texnologiyalari kafedrasi mudiri

P5BL YONDASHUVIVOSITASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH

UO'K: 371.21

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_1_5

FAYZULLAYEVA G.SH. P5BL YONDASHUVI VOSITASIDA SEMINAR VA MAHORAT DARSLARINI TIZIMLI TASHKIL ETISH

Maqolada zamonaviy ta'limga yangicha, P5BL (Problem, Project, Person (People), Process and Product-Based Learning) yondashuvining amaliyotga kirishi, mazmuni va mohiyati yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ilmiy-metodik yordam ko'rsatishning sifati va samaradorligiga erishishning P5BL yondashuvi asosida tizimli tashkil etish konsepsiyasi taqdim qilingan.

Tayanch so'z va tushunchalar: muammo, loyiha, shaxs, jarayonga asoslangan o'qitish, natija, konsepsiya, tamoyil, asoslanish.

ФАЙЗУЛЛАЕВА Г.Ш. СИСТЕМАТИЧЕСКАЯ ОРГАНИЗАЦИИ СЕМИНАРОВ И МАСТЕР-КЛАССОВ С ПОМОЩЬЮ ПОДХОДА P5BL

В статье описаны реализация, содержание и сущность нового P5BL (problem, project, person (people), process and product) подхода к современному образованию. Также представлена концепция системной организации на основе подхода P5BL для достижения качества и эффективности научно-методического обеспечения непрерывного профессионального развития педагогов.

Ключевые слова и понятия: проблема, проект, личность, процессное обучение, результат, концепция, принцип, обоснование.

FAYZULLAEVA G.SH. SYSTEMATIC ORGANIZATION OF SEMINARS AND WORKSHOPS USING THE P5BL APPROACH

The article describes the implementation, content and essence of the new P5BL (problem, project, person (people), process and product-based learning) approach to modern education. Also, the concept of systematic organization based on the P5BL approach to achieve the quality and efficiency of scientific and methodical support in continuous professional development of pedagogues is presented.

Key words and concepts: problem, project, person, process-based learning, outcome, concept, principle, rationale.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

Kirish. Ta'limni rivojlantirish islohotlari samaradorlik darajasi yuqori bo'lgan amaliyot pozitsiyalarini optimal o'rganish va ularni jarayonda sinab ko'rishning mos usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Shu bilan birga bugungi kunda ilg'or xorijiy tajribalarning muvaffaqiyatli jihatlaridan foydalanish ta'lim tizimida olib borilayotgan muhim qadamlardan biridir. Ushbu tadqiqotda ana shunday yondashuvlardan biri - P5BL yondashuvi vositasida o'qituvchiga uzluksiz ilmiy-metodik yordam ko'rsatishni takomillashtirish o'rganiladi.

Tadqiqotning maqsadi - P5BL yondashuvi asosida tizimli seminar va mahorat darslarini tashkil qilishning konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

Tadqiqotning vazifasi:

- P5BL yondashuvining mohiyatini yoritish;

- o'qituvchilarga ilmiy-metodik yordam ko'rsatish borasidagi seminar va mahorat darslarini P5BL yondashuvi asosida tizimli tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Tadqiq va tahlil. Tadqiqot ishida yoritilayotgan P5BL xorij ta'limining ayrim sohalarida ommalashayotgan yondashuv sanaladi va quyidagi besh bosqichda amalga oshiriladi: muammoga asoslangan o'qitish (problem based learning - PBL), loyihaga asoslangan o'qitish (project based learning

- PBL), shaxsga asoslangan o'qitish (person (people) based learning - PBL), jarayonga asoslangan o'qitish (process based learning

- PBL), natijaga (mahsulotga) asoslangan o'qitish (product based learning - PBL) hamda ularning uzviyligidan tashkil topgan yondashuv P5BL abrevaturasini ifodalaydi1. Ushbu ishda pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlari tomonidan xalq ta'limi pedagog xodimlariga seminar va mahorat darslarining mavjud holati muammo sifatida qaraldi hamda ilmiy-metodik tadbirlarni

1 Fruchter. R. & Lewis S. (2003). Mentoring Models in Support of P5BL in Architecture/Engineering Construction Global Teamwork, The International Journal of Engineering Education. 19(5). 663- 671.

tizimli tashkil etish loyihasi doirasida muammoga, loyihaga shaxsga, jarayonga, natijaga asoslangan o'qitish yondashuvlari bir strukturaga jamlandi.

"K12 Academics" (K12 Akademiklari) xalqaro veb-saytida2 P5BL yondashuviga 1993-yilda Stenford muhandislik maktabi professori Renate Fruxter tomonidan asos solinganligi ta'kidlangan. Renate Fruxter tomonidan ilk marotaba P5BL laboratoriyasi tashkil qilingan. Unda muhandislik, arxitektura va qurilish fanlari bo'yicha aspirantlarga o'z ko'nikmalarini "fanlararo, hamkorlikda va geografik taqsimlangan holda jamoaviy ish tajribasini" amalga oshirishni taklif qilish tashabbusi sifatida kiritilgan hamda "o'rganish strategiyasi", deb qayd etilgan. Ushbu yondashuv o'zining natijaviy qiymatga egaligi va ijobiy samaradorligi bilan diqqatga sazovor bo'lgan. Keyinchalik Yevropa, Amerika Qo'shma Shtatlari va Yaponiyaning oltita universitetida tajriba-sinovdan o'tkazilgan, bu taxlitdagi loyihaviy bilimlarni jamlash hamda axborot almashish uchun vositalar to'plami ishlab chiqilgan. Bunda uchta fan yo'nalishida talabalarga (odamlarga) muammoni hal qilish va mijozga yakuniy mahsulotni yetkazib berish ustida ishlaydigan jamoaviy loyiha tayinlangan. Ushbu yondashuvning asosiy e'tibori talabalarning umumiy malakasi va ko'nikmalarini oshirish uchun natijalarni fanlararo integratsiyalashgan holda ishlab chiqishga qaratilgan.

Tadqiqotimizda ushbu yondashuvni o'qituvchilarga metodik yordam ko'rsatish shakliga pedagogik jihatdan moslashtirish orqali undan unumli foydalanish, pedagog xodimlarning o'z-o'zini rivojlantirishi va o'qitishiga yo'naltirish, mustaqil ta'lim olish jarayonlarining uzluksizligini ta'minlash hamda aniq ko'rsatkichlarda ifodalanuvchi natijaga erishish nazarda tutildi. Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi (Markaz) tashabbusi bilan amaliyotda tajribada sinab ko'rish maqsadida

2 https://www.k12academics.com/Educational%20 Practices/Problem-Based%20Learning/p5bl-approach-people-problem-process-product-project-ba.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

tizimli seminar va mahorat darslarining ilmiy-metodologik asosi, me'yoriy hujjatlari: konsepsiya, tartib, yetakchi guruh, vazifalar, yo'l xaritasi, o'quv mavzu-reja va dasturlari (besh yo'nalish uchun) muallif tomonidan ishlab chiqildi va joriy qilindi. Quyida tizimli seminar va mahorat darslari konsepsiyasi taqdim etildi.

Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi tomonidan tashkil etiladigan tizimli seminar va mahorat darslari KONSEPSIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar.

1. Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining (keyingi o'rinlarda - Markaz) tizimli seminarlar va mahorat darslari konsepsiyasi (keyingi o'rinlarda - Konsepsiya) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yiI 28-yanvardagi "2022-2026-yiIIarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni1, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4963-son2, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yiI 31-dekabrdagi "Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4939-son Qarorlari3, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yiI 15-maydagi

1 О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yiIIarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni. - QHMMB, 29.01.2022. 06|22|60|0082-son.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yiI 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4963-son Qarori. - QHMMB, 26.01.2021. 07|21|4963|0064-son.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yiI

31-dekabrdagi "Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4939-son Qarori. - QHMMB, 31.12.2020. 07|20|4939|1703-son.

"O'zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to'g'risida"gi 287-son qarorlarida4 belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimiga yangicha yondashuvni tatbiq qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Konsepsiya Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblangan ilmiy-amaliy seminarlar va mahorat darslarini (keyingi o'rinlarda - ilmiy-metodik tadbirlar) tizimli tashkil etishga asos bo'luvchi muhim hujjat hisoblanadi.

2. Konsepsiyada qo'llaniladigan asosiy tushunchalar:

tizimli yondashuv - seminar va mahorat darslarini tizimli tashkil etishga asoslangan maxsus ilmiy-amaliy, o'quv-metodik tadbirlari bo'lib, muayyan yo'nalishdagi pedagog xodimning kasbiy rivojlanish muammolarini bir butunlikda shakllantirishga hamda ularni o'rganishning samarali strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi;

seminar - bir loyiha doirasida ilmfan yangiliklarini berishga yoki amaliyotni o'tkazishga mo'ljallangan tadbir. Tizimli, bir muammo doirasida shakllantirilgan bo'lib, dastur mavzularini yoritishda shaxsiy rivojlanish va akademik tipdagi seminar turlarini o'tkazish mo'ljallangan;

mahorat darslari - o'qituvchining kasbiy ehtiyojlarini qondirishga asoslangan,biri ikkinchisining mazmunini to'ldirib boruvchi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari, o'qitishning samarali yondashuvlarini, ta'limning interaktiv metodlarini qo'llagan holda akademik guruhlarda belgilangan jadval bo'yicha mahoratli pedagog tomonidan o'tkaziladigan va o'rnatilgan tartibda keng muhokama qilinadigan mashg'ulotlar;

loyihaga asoslangan o'qitish - o'quv jarayonida yuz beruvchi, hayotiy, real

4 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi "O'zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to'g'risida"gi 287-son Qarori. - QHMMB, 16.05.2020. 09/20/287/0595-son.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

muammolar asosida loyihalangan, faol o'rganish orqali chuqur bilimga ega bo'lishi, tizimli tadbirlar davomida muvaffaqiyatga erishish yo'lini loyihalay olishi kafolatlangan, o'zgaruvchan ilmiy-metodik tadbir

yondashuvini o'zida aks ettiradi;

muammoga asoslangan o'qitish yondashuvi - kasbiy rivojlanishdagi mavjud, real muammoni tushunish, tegishli resurslarga murojaat qilgan holda yechimini topish orqali guruhda ishlashni rag'batlantirish, ta'lim ishtirokchilarining mustaqil ravishda o'qish (o'zining o'qishini o'zi tashkil qilishi) ko'nikmalarini (metakompetensiyalarini) shakllantirish1;

shaxsga asoslangan o'qitish - o'qitish markazida ta'lim ishtirokchisi bo'lib, kelib chiqishi va iste'dodidan qat'i nazar eng yaxshi bo'lish imkoniyatining mavjudligini beruvchi, shuningdek, shaxsda shakllantirish lozim bo'lgan bir sifatni muammoga asoslangan o'qitish yondashuvida tarbiyalash va natijaga borish qadamlari loyihalangan jarayonda o'qitish amalga oshiriladi;

jarayonga asoslangan o'qitish - ilmiy-metodik tadbirlar davomida ushbu yondashuvni qo'llash belgilangan maqsad hamda vazifalarni bajarishda, muammo yechimiga borishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning uzluksizligini ta'minlovchi strategiya. Shu bilan birga ilmiy jarayon ko'nikmalarini qo'llash va o'lchash, fanni soddalashtirish orqali egallashni, mazmunlilikni oshiradi, doimiy mas'uliyatni his qilish, kuzatish, tasniflash, tahlil qilish, bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantirishi ta'kidlangan2.

natijaga asoslangan o'qitish - ilmiy-metodik tadbirlarda o'qituvchini murabbiy (fasilitator) tomonidan o'quv jarayoniga faol jalb etish

1 Ибрагимов А.А. УКИТУВЧИЛАРНИНГ КАСБИЙ БИЛИМЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА МУАММОГА АСОСЛАНГАН УКИТИШ ЁНДАШУВИНИНГ ИМКОНИЯТ-ЛАРИ: Ибрагимов Аъламжон Амриллоевич, Самарканд вилояти халк, таълими ходимларини кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш худудий маркази доценти //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2022. - №. 2. - С. 120-125.

2 Samuel, K.; Libata, I. &Sabitu, A. (2018). Efficacy of

Process-Based Instruction, In Enhancing Secondary School Students' Academic Performance and Science Skills Acquisition, In Identification of Cations, In Faskari, Katsina State-Nigeria. Issues and Ideas in Education, 6(1), 87-97.

uchun muayyan qiymatdagi natijaga erishish (mahsulot ishlab chiqarish) kompetensiyasiga yo'naltirish natijasida amalga oshiriladigan tartib yoki qadamlar sifatida aniqlanadi. Demak, yondashuvda yechilayotgan muammo doirasida jamoaviy ishni tashkil etish nimani kashf qilishi mumkinligi, yetib boradigan manzil yoki egallangan kompetentlik uning natijasi (mahsuloti) sifatida anglashiladi3.

3. Tizimli ilmiy-metodik tadbirlar quyidagi asosiy tamoyillarga tayangan holda olib boriladi:

- tizimlilik;

- uzluksizlik va uzviylik;

- variativlik;

- mustaqil ta'limning ustuvorligi;

- ta'lim oluvchining hamkorlikdagi faoliyati;

- ilmiy-metodik kuzatuv;

- ijobiy-hayotiy (ijtimoiy va kasbiy) tajribani qo'llash;

- jarayonda o'rganish;

- yangi bilimlarni egallashda to'siq bo'ladigan eskirgan tajriba va shaxsiy qarashlarni korreksiyalash tamoyili;

- o'qitishda individual yondashuv;

- elektivlik;

- refleksivlik;

- o'qitish natijalarida ta'lim oluvchi amaliy faoliyatining zaruriyati;

- anglanganlik va faollik;

- ta'lim natijalarini faollashtirish (amaliyotga tezkor qo'llash);

- ta'lim oluvchining rivojlanish tamoyili.

2-bob. Markaz tomonidan tashkil etilgan seminar va mahorat darslarining joriy holati va muammolar.

4. Hozirgi vaqtda markaz tuzilmasidagi kafedra va bo'limlarda 111 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Ulardan 76 nafari professor-o'qituvchilar bo'lib, asosiy shtatdagilar soni 56 nafarni tashkil etadi.

3 Ganefri G. (2013). The Development of Production-Based Learning Approach to Entrepreneurial Spirit for Engineering Students. Journal Asian Social. Science; Vol. 9, No. 12; 2013. ISSN 1911-2017 E-ISSN 1911-2025.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

Markaz tomonidan xalq ta'limi pedagog xodimlari uchun buyurtma asosida tasdiqlanadigan yillik rejaga muvofiq 36 soatlik kurslar tashkil qilinadi. Ushbu kurslarga tegishli o'quv soatlari markaz professor-o'qituvchilarning o'quv yuklamalarini belgilab beradi.

Markaz professor-o'qituvchilarining umumiy yuklamasi 1540 soat (tegishli vaqt me'yori asosida) bo'lib, shundan tashkiliy-metodik ishlarga o'qituvchi uchun 188 soat, katta o'qituvchi uchun 185 soat, dotsent uchun 160, professor uchun 157 soat ajratiladi (umumiy yuklamada bajariladigan boshqa ishlar hisobiga keltirilgan soatlar nisbatida o'zgarish bo'lishi mumkin). Shundan kelib chiqib, ushbu qismdagi boshqa turdagi vazifalar bilan birga 1 asosiy shtatdagi professor-o'qituvchi yil davomida 1 marta tuman seminariga, ba'zan viloyat seminariga - jami 2 marta, 4 marta tumanlardagi mahorat darslariga va kamida 4 marta vebinar o'tkazishga jalb qilinadi.

Ta'lim siyosatidagi jadal rivojlanish hamda kasbga nisbatan ijobiy munosabat natijasida bugungi kunga kelib, asosan onlayn seminar hamda vebinarlar respublikadagi ta'lim tashkilotlari, MDH davlatlarining ayrim ta'lim tashkilotlari va ilg'or xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarining pedagog xodimlari kasbiy rivojlanishi uchun bepul kurslar ham olib borilmoqda.

5. Uzluksiz kasbiy rivojlanish sohasida yuritilayotgan qator islohotlarga qaramasdan, ilmiy-metodik tadbirlarni o'tkazish hamda tashkil etishda quyidagi kamchiliklar mavjud:

- tadbirlar mas'ul kafedralarning ish rejasida aks etadi va yo'nalishlar kesimida alohida dastur deyarli shakllantirilmaydi;

- ilmiy-metodik tadbirlarning mavzulari har bir o'qituvchi tomonidan mustaqil shakllantirilganligi sababli, tizimlilik yetishmaydi, shuningdek, mazmunan turli yo'nalishdagi muammolarga bag'ishlanadi;

- ilmiy-metodik tadbirlar muammoga, shaxsga, loyihaga, jarayonga asoslangan o'qitish yondashuvlarida tashkillashtirilmaganligi bois, bir kontent doirasidagi uzluksizlik, jarayonda

o'qish, samaradorlikka yo'naltirish, natijadorlik sezilmaydi;

- kafedralar tomonidan mavzular rejalashtirilganda faqat o'z yo'nalishi, ya'ni fan metodikasi ko'zda tutilganligi oqibatida, kasbiy rivojlanish kompleks qamrab olinmaydi;

- ilmiy-metodik tadbirlarning mavzulari zamon talabi va asosan, markaz professor-o'qituvchilarining kasbiy mahoratidan kelib chiqib, belgilanganligi sababli umumta'lim maktab pedagog xodimlarining kasbiy ehtiyojlariga moslik darajasi noaniq;

- yil davomida ushbu tadbirlarni pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlari asosida tashkil etishni ta'minlovchi diagnostikada tizimlilik yo'lga qo'yilmagan;

- mavzular yil boshida tasdiqlanadi va moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lmaydi;

- taqdim etilayotgan mavzularda mazmun uzviyligi va uzluksizligi barqaror emas;

- ba'zan joylarda tashkiliy masalalardagi kamchiliklar Markaz xodimiga noqulaylik tug'dirsa, ko'pgina hollarda ishtirokchilarning tadbirlarga tayyorgarliksiz, aniq maqsadsiz ishtirok etish holatlari davom etmoqda;

- Markaz professor-o'qituvchilari tomonidan o'tkaziladigan ilmiy-metodik tadbirlar har xil tumanlarda bir yoki ikki martadan tashkil etilganligi sababli uning natijadorligini aniqlash va ilmiy-metodik kuzatuvni amalga oshirish, o'qituvchining aniq muammosiga yechim topish imkoniyati pasayadi;

- shuningdek, bu yo'nalishda pedagog xodimlarning mustaqil ta'limini tashkil qilish, ularda kasbiy faoliyatiga doir axborotni izlash, tahlil qilish va amaliyotda samarali qo'llash kompetentligini rivojlantirishga e'tibor yetarli darajada emas;

- pedagog xodimlarning o'z missiyasini anglash, ilmiy-intellektual, madaniy-ma'rifiy dunyoqarashini kengaytirish, islohotlarga daxldorlik tuyg'usini va kuchli motivatsiyani vujudga keltirish zarurati dolzarb bo'lib qolmoqda.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

3-bob. Markaz tomonidan seminar va mahorat darslarini tizimli tashkil qilishning asosiy maqsadi va ustuvor yo'nalishlari.

6. Markaz tomonidan seminar va mahorat darslarini tizimli tashkil qilishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

- umumiy o'rta ta'lim pedagog xodimlari uchun ijtimoiy buyurtma, ilg'or xorijiy tajriba, kasbiy ehtiyoj va zamonaviy talablarga muvofiq seminar va mahorat darslarini tizimli tashkil etish, ilmiy-metodik kuzatuv hamda hamkorlikning uzviyligi, uzluksizligini ta'minlash;

- seminar va mahorat darslarini modernizatsiyalash, ilmiy-tadqiqot ishi natijalari va innovatsion ta'lim texnologiyalarini amaliyotda sinab ko'rish maqsadida joylarda o'qituvchini kasbiy rivojlantirishga yo'naltirilgan tajriba-sinov maydonchalarini yaratish hamda doimiy faoliyatini yo'lga qo'yish;

- "Umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standarti"ni amaliyotga joriy qilish va jarayonda yuzaga keladigan muammolarga ilmiy-tadqiqiy asosda yechim topish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- o'qituvchining o'quvchida XXI asr (4 K: communicative, collaboration, creative, critical) ko'nikmalarini tarkib toptirish, rivojlantirishga, ularni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlashlariga erishish.

7. Markaz tomonidan seminar va mahorat darslarini tizimli tashkil qilishning strategik maqsadlarini amalga oshirishda quyidagi ustuvor yo'nalishlar muhim sanaladi:

- ilmiy-metodik tadbirlarni o'tkazishda muammoga, shaxsga, loyihaga, jarayonga, natijaga asoslangan o'qitish yondashuvlarini qo'llash orqali innovatsion tizimni joriy qilish;

- mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish, mas'uliyatni kuchaytirish;

- belgilangan hudud miqyosida to'liq qamrab olish, o'qituvchini kasbiy rivojlantirish borasida ilmiy-metodik tadbirlarning o'rnini aniq belgilash va mustahkamlash;

- o'qituvchining kasbiy ehtiyojlarini, ilmiy-tadqiqotga munosabatini, innovatsion kompetentligini o'rganishga qaratilgan diagnostik tizim yaratish;

- o'qituvchining shaxsiy-kasbiy rivojlanishidagi sustkashligini bartaraf etish hamda ongi, tafakkuri, ilmiy-metodik tadbirlarga nisbatan munosabatini o'zgartirish;

- ilmiy-metodik tadbirlarni muammoga asoslangan o'qitish yondashuvida kompleks loyihalash, tashkil etish, mavjud muammolarga yechim topish va natijadorligini aniqlash jarayoniga tizimli yondashishni tajribadan o'tkazish;

- kasbiy ehtiyojlarni o'zida ifodalagan, shuningdek, jarayonda o'zgarish, moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan o'quv dasturlarini yaratish;

- mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini rivojlantirish, kasbiy faoliyatiga doir axborotlarni izlash, tahlil qilish va samarali foydalanish kompetentligini rivojlantirish choralarini ko'rish;

- ilmiy-metodik tadbirlar bo'yicha ishtirokchilar fikrini o'rganish (feedback) amaliyotini yo'lga qo'yish va pedagog xodimlarning takliflari asosida dasturni takomillashtirib borish;

- pedagog xodimlarning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini o'rganish asosida ularga individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini yarattirish;

- tizimli tashkil etilgan ilmiy-metodik tadbirlarning samaradorlik ko'rsatkishlarini doimiy aniqlashtirib borish;

- o'quv yili davomida olib borilgan ishlar natijadorligiga ko'ra, Markaz professor-o'qituvchilarini rag'batlantirish.

4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar.

9. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishiladi:

- Markaz professor-o'qituvchilari orasida muammoga asoslangan o'rganish yondashuvida ishlovchi guruhlar shakllanadi va P5BL yondashuvi bir tizimda tajribada sinab ko'riladi;

- ilmiy-metodik tadbirlarni tizimli tashkil etish orqali o'qituvchilarga amaliy-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

metodik yordam ko'rsatish uzluksizligi yanada takomillashtiriladi;

- tizimlilik, hayotiy muammoga asoslanganlik, shaxsga yo'naltirilganlik, loyihalanganlik, jarayonda takomillashish, ilmiy-metodik kuzatuv asosidagi natijadorlikka yo'naltirish bilan mavjud tarqoqlik, bo'shliqlar bartaraf etiladi;

- milliy xususiyatlar va sharoit e'tiborga olingan holda, xalqaro ilg'or xorijiy tajribalar tatbiq etiladi;

- o'quv mazmunining ijtimoiy buyurtma va kasbiy ehtiyojlarga monand bo'lishi hamda zamonaviy talablar darajasida tashkil etilishi natijasida ta'lim sifati ta'minlanadi.

Natijalar va xulosa. Yuqoridagi tahlillar, yaratilgan takliflar hamda Markaz tashabbusi bilan bugungi kunda amaliyotda qo'llanayotgan ushbu yondashuvning ilk natijalaridan kelib chiqib, shunday xulosalarga kelish mumkin:

- yaratilgan Konsepsiya asosida tizimli seminar va mahorat darslari Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tuman maktablarida aprobatsiyadan o'tkazilmoqda. Tajriba ishlarida 5 ta yo'nalish (boshlang'ich sinf o'qituvchilari; filologiya yo'nalishi (ona tili, rus tili va xorijiy til fanlari o'qituvchilari); ijtimoiy va amaliy fanlar yo'nalishi (tarix, tarbiya, texnologiya, tasviriy san'at, musiqa fanlari o'qituvchilari); aniq va tabiiy fanlar yo'nalishi (matematika, informatika, fizika, biologiya, ximiya, geografiya fanlari o'qituvchilari); o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari) bo'yicha kurslar

tashkil etilgan bo'lib, unda tumanning 102 ta maktabidan 125 nafar respondent ishtirok etmoqda;

- seminar va mahorat darslarini yangicha P5BL yondashuvida tizimli amalga oshirish g'oyasi, nafaqat Markaz professor-o'qituvchilarida, balki viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida hamda tanlangan tuman bo'limida, shuningdek, tuman hokimiyati vakillarida ham alohida qiziqish va tashabbus, natijadorlikka bo'lgan ishonchni paydo qildi;

- ilmiy-metodik tadbirlarni tashkil qilish va uni amaliyotga joriy qilish davomida Markaz rahbariyati talabi bilan, avvalo, mas'ul bo'lgan yetakchi guruh vakillari, shuningdek, barcha professor-o'qituvchilar amaliyotni olib borishda tasavvurga ega bo'lishlari uchun xorijiy kurslarga jalb etildi;

- ilmiy-metodik tadbirlarni olib borayotgan o'qituvchilarda seminar va mahorat darslarini avvaldan loyihalash, tadqiqiy jarayonni olib borishga alohida tizimli tayyorgarlik kuzatilgan bo'lsa, ishtirok etayotgan tinglovchi-o'qituvchilarda seminar va mahorat darslariga ishtiyoq paydo bo'ldi, munosabat o'zgardi;

- umuman olganda, har bir o'quv jarayonini samarali tashkil etishda ma'lum bir yondashuv vosita vazifasini bajarsa, uni tashkil etuvchi murabbiy(o'qituvchi)ning munosabati va pedagogik-psixologik mahorati asosiy mohiyatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Fodalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni. - QHMMB, 29.01.2022. 06/22/60/0082-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi "Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4939-son Qarori. - QHMMB, 31.12.2020. 07/20/4939/1703-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4963-son Qarori. - QHMMB, 26.01.2021. 07/21/4963/0064-son.

3AM0HABMM TAMMM / COBPEMEHHOE OEPA3OBAHME 2023, 1 (122)

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi "O'zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to'g'risida"gi 287-son Qarori. - QHMMB, 16.05.2020. 09/20/287/0595-son.

5. Ибрагимов А.А. УКИТУВЧИЛАРНИНГ КАСБИЙ БИЛИМЛАРИНИ РИВОЖЛАН-ТИРИШДА МУАММОГА АСОСЛАНГАН УКИТИШ ЁНДАШУВИНИНГ ИМКОНИЯТЛАРИ: Ибрагимов Аъламжон Амриллоевич, Самарканд вилояти халк таълими ходимларини кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш худудий маркази доценти //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2022. - №. 2. - С. 120-125.

6. Fruchter. R. & Lewis S. (2003). Mentoring Models in Support of P5BL in Architecture/ Engineering Construction Global Teamwork, The International Journal of Engineering Education. 19(5). 663- 671.

7. Ganefri, G. (2013). The Development of Production-Based Learning Approach to Entrepreneurial Spirit for Engineering Students. Journal Asian Social. Science; Vol. 9, No. 12; 2013. ISSN 1911-2017 E-ISSN 1911-2025.

8. Samuel, K.; Libata, I. &Sabitu, A. (2018). Efficacy of Process-Based Instruction, In Enhancing Secondary School Students' Academic Performance and Science Skills Acquisition, In Identification of Cations, In Faskari, Katsina State-Nigeria. Issues and Ideas in Education, 6(1), 87-97.

9. https://www.k12academics.com/Educational%20Practices/Problem-Based%20 Learning/p5bl-approach-people-problem-process-product-project-ba

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.