Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR'

TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
51
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fan va texnika / ta’lim / tarbiya / o‘quv dasturi / davlat ta’lim standarti / bilim / ko‘nikma / malaka / kompetensiya / kasbiy sifat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hakimova Gulnoza Shakirovna

Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muammolar, ularni bartaraf etish hamda istiqbolini beligilash yo‘lidagi fikr va mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR»

TA'LIM SIFATI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLARI HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR

Hakimova Gulnoza Shakirovna

145-son umumiy o'rta ta'lim maktabi O'zbek tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7437614

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish yo'lidagi muammolar, ularni bartaraf etish hamda istiqbolini beligilash yo'lidagi fikr va mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: fan va texnika, ta'lim, tarbiya, o'quv dasturi, davlat ta'lim standarti, bilim, ko'nikma, malaka, kompetensiya, kasbiy sifat.

Ma'lumki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo'shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta'lim tizimining rivojiga bog'liq bo'lib, bu borada mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu vazifalar respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlarida o'z aksini topgan.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta'lim sifatini oshirishda o'quv jarayonini davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mavjud muammolarni bartaraf qilish ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz kafolatidir.

Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko'plab ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib boradi. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi sohalari rivojlanishi tufayli uning differensiallashuvini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday sharoitda malakali pedagoglarga bo'lgan talab ortib, fanning fundamental asoslari, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuqori bo'lgan hamda zamonaviy innovasion pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo'llay oladigan ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi.

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Bu o'z navbatida, mamlakatda modernizatsiya jarayonining tez sur'atlarda rivojlanayotganligi sababli ayni davrda ta'lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e'tibor qaratishni

taqozo etadi. Ammo, bu sohaga o'qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini joriy etish bo'yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning joriy etish darajasini hozircha yetaгli deb bo'lmaydi.

DaAaqiqat, yangilangan ta'lim tizimini joгiy etishda haг biг pedagog ta'limga oid yangiliklami muntazam o'гganib, ulami o'z mehnat faoliyatida izchil qo'llay bilish mahoгatiga ega bo'lishi muhim. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o'quv dastuгi mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu o^ali zamonaviy bilimlami shakllantiгishga zamin hozirianadi. Bundan tashqaгi zamonaviy o'qitish texnologiyalari, ulaг bilan bog'liq metodik yondashuv^ bo'lajak pedagoglaгda zaгuгiy bilim, muhim qonuniyat va ko'plab fundamental tushunchalami chuqrn- va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Ta'limning sifatini oshirishda pedagoglar bilim va kasbiy mahoratining davг talablaгiga mosligi, o'qitishda innovasion ta'lim texnologiyalaгidan oqilona foydalanishi, tashkil etilayotgan darslaгning samaгadoгligi, ta'lim oluvchi yaxshi o'zlashtirishi uchun har biг mavzuning pedagogik va axborat texnologiyalami qo'llagan holda o'tilishini ta'minlash talab etiladi. O'qitishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni amaliyotga joriy etish, ta'lim oluvchilaráa egallagan bilimlaгini hayotda qo'llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta'lim olish, o'quv -bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir.

Bugungi kunda respublikamizda ta'lim tizimini modemizatsiya qilish, o'qitishning innovatsion texnologiyalarini joгiy etish, mustaqillik, ijodkoгlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik kabi kasbiy sifatlarga ega yoshlarni tayyorlash hamda pedagoglami rag'batlantirish maqsadida katta ahamiyatga ega, sazovor isЫaг amalga oshirilmoqda.

Lekin, tahlil va o^ganish natijalaгi hoziгgacha ta'lim tizimimizda saqlanib kelayotgan muammo^ boгligini ko'reatmoqda. Jumladan:

♦♦ ta'lim muassasalarida malakali pedagoglarning yetishmasligi, ularni tayyorlashda amaliyotga joriy etilgan o'quv reja va dasturlarining yaratilishida sohadagi islohotlar to 'liq inobatga olinmasligi hamda ular mazmunan eskirganligi;

♦♦ ta'lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamda iqtidorli yoshlarning kreativ g'oyalarni amaliyotga tatbiq etilishida tizimli va innovasioln faoliyat to 'g 'ri yo 'lga qo 'yilmaganligi;

♦♦ pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishgayo'naltirilgan o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmaganligi;

♦♦ pedagoglar tomonidan innovasion pedagogik texnologiya va metodlarini amaliyotga keng joriy etilmasligi;

♦♦ ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'liq yo'lga qo 'yilmaganligi;

Bu muammolarni bartaraf etish pedagoglarning malakasini muntazam oshirishni, bunda alternativ usullarni qo'llash hamda tinimsiz izlanishlarini yo'lga qo'yish kabi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu o'z navbatida pedagoga katta mas'uliyat yuklaydi.

Hozirda o'quv dasturi mazmuni va strukturasini qayta ko'rib chiqish juda muhim. U pedagog uchun "ko'zgu" vazifasini bajarishi lozim. Chunki, inson ko'zgu (oyna)ga qarab o'zining butun bir vujudini ko'radi. Shuning uchun ham pedagog o'z fani bo'yicha o'quv dasturiga qarab, butun bir faoliyatini, o'quv mashg'ulotida ta'lim oluvchilarga yetkazishi lozim bo'lgan jarayon borishini, unda amalga oshirishi lozim bo'lgan vazifalarni eslaydi.

Ta'lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod, texnologiya va vositalarini to'g'ri tanlash muhim. Har bir mashg'uloti ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o'quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Mashg'ulot sifati o'qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas'uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta'lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg'ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo'lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog'langanligini tushuntira olsa, ma'lum maqsadga erishgan bo'ladi. Buning uchun zamonaviy o'qitish texnologiyalari imkoniyatlari va usullaridan foydalanish zarur.

Ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo'ldagi maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish, axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashgan holda qo'llash bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon samaradorligini oshiradi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e'tiborni qaratish ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, PF-4947-sonli Farmoni. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-

3151-son Qaгoгi. (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6 -son, 70-modda).

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taгaqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbiгlaгi to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 06/20/6108/1483-son).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.