Научная статья на тему 'OZUQABOP EKINLAR POYaLARINI MAYDALASh MAShINASI'

OZUQABOP EKINLAR POYaLARINI MAYDALASh MAShINASI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fermer / dala / ozuqabop / resurstejamkor / mashina / maydalash / transportyor / qop / kanteyner.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Tulayev A.A, Musurmonov A.T

Maqolada samon, pichan, makkajo‘xori poyasi va ozuqabop ekinlar poyalarini zootexnik talablar bo‘yicha maydalaydigan resurstejamkor mashinaning tuzilishi va ishlash prinsipi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZUQABOP EKINLAR POYaLARINI MAYDALASh MAShINASI»

OZUQABOP EKINLAR POYaLARINI MAYDALASh MAShINASI 1Tulayev A.A., 2Musurmonov A.T.

1Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, erkin

tadqiqotchi

2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, t.f.d,

prof

https://doi.org/10.5281/zenodo.10933552

Annotatsiya. Maqolada samon, pichan, makkajo'xori poyasi va ozuqabop ekinlar poyalarini zootexnik talablar bo'yicha maydalaydigan resurstejamkor mashinaning tuzilishi va ishlash prinsipi keltirilgan.

Kalit so'zlar: fermer, dala, ozuqabop, resurstejamkor, mashina, maydalash, transportyor, qop, kanteyner.

Аннотация. В статье представлена общее устройство и принцип работы ресурсосберегающей машины для переработки сена, саломы, кукурузы, стебли различных кормовых растений по зоотехническим требованиям.

Ключевые слова. фермер, поля, кормовой, ресурсосберегающий, машина, измельчение, транспортёр, мешок, контейнер.

Abstract. The article presents the general structure and operating principle of a resource-saving machine for processing hay, lard, corn, stems of various forage plants according to zootechnical requirements.

Keywords: farmer, fields, feed, resource saving, machine, chopping, conveyor, bag, container.

Kirish. Respublikamiz qishloq xo'jaligida chorva mollari asosan kichik xo'jaliklarda boqilayotganligini hisobga olib ularni boqishda qo'l mehnati va sarf xarajatlarni kamaytirish, resurslarni tejash, kichik xo'jaliklarda chorvachilik mahsulotlarini tejamkor texnologiyalar asosida yetishtirish va unda qo'llaniladigan qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yangi taraqqiyot strategiyasida, jumladan «qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish» vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda jumladan, chorvachilik bilan shug'ullanadigan kichik dehqon va fermer xo'jaliklari uchun dag'al va donli ozuqalarni sifatli maydalab berish va ularni chorva mollariga bir me'yorda tarqatishni amalga oshiradigan qurilmalarni ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni va 2017 yil 7 iyuldagi PQ-3117-son «Qishloq xo'jaligida mashinasozlik sohasi ilmiy-texnikaviy bazasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida», 2019 yil 18 martdagi PQ-4243-sonli «Chorvachilik tarmog'ini yanada rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida» va 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-sonli «Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yo'nalishida tadqiqotlar olib borilmoqda. [1,2,3,4.].

Tadqiqot uslubi Ozuqabop ekinlar poyalarini, o'simlikshunoslik qoldiq mahsulotlarini dala sharoitida yig'ishtirishning uyumli va presslangan usullariga alternativ bo'lgan yangi qopli konteynerli usulini va uni amalga oshiradigan energiya tejamkor mobil mashina yaratilgan.

Taklif qilinayotgan yangi usulda qoldiq mahsulotlarni yig'ishtirib olishda hozirgi mavjud usullarga, ya'ni qoldiq mahsulotlarni uyumli, bog'langan va presslangan usullarga alternativ yangi usulni joriy etish orqali amalga oshiriladi. Ozuqabop ekinlar poyalarini qoldiq mahsulotlarning barcha qismlarini berilgan o'lchamli holatgacha maydalanib, zichlanadi va qopli yoki turli konteynerlarda massali me'yorlagich orqali belgilangan massada qadoqlaniladi va bu uning resurstejamkorligini belgilaydi.

Mashinaning o'ziga xos tuzulishiga va ishlash jarayoni bilan xarakterlanadi, ya'ni mashinaning ramasi, qoldiq mahsulotlarni uzatuvchi transformerli lotogi, tosh va temir parchalarini ushlab qoluvchi seporator, materiallarni zichlab va qisman maydalab beruvchi konusli shnekli ta'minlagich, diskli pichoqlar va ikkiyoqlama teskari qirquvchi plastinkalar, zichlovchi va uzatuvchi shnek, ikkiyoqlama chiqarish yo'lagi, qopqoqlar va me'yorlash va qadoqlash mexanizmlarining aniq konstruktiv parametrlari harakatlanish va rejim ko'rsatgichlarining tizimli ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. [5].

Natijalar Mashinaning tosh va temir parchalarini ushlab qoluvchi seporator bilan jihozlangan va mashinaning transport holatida yig'iladigan trasformerli lotogi orqali qoldiq mahsulotlardan iborat materiallar konusli ichki shnekli va aylanuvchi tashqi shnekdan iborat ta'minlagichda zichlanadi va bir tekisda diskali pichoqli kesish maydalash apparati orqali belgilangan o'lchamlarda qirqib kesiladi va maydalangan materiallar zichlovchi shnek yordamida ikkiyoqlama chiqarish yo'lagining ochiq tomoniga yo'naltiradi va belgilangan miqdorda qopli konteynerni to'ldiradi. [6]. Qopli konteynerdagi material massasi belgilangan miqdorga yetganda massali meyorlagich yordamida chiqarish yo'lagi yopilib ikkinchisi ochiladi va jarayon shu tarzda davom etadi. Konteynerdagi material massasining miqdori me'yorlagichning toshi orqali rostl anadi.(1-rasm.)

1-rasm. Ozuqabop ekinlar poyalarini maydalash mashinasi

Taklif etilayotgan o'simlikshunoslik qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash usuli va uni amalga oshirish mashinasi qoldiq mahsulotlarni dala sharoitida to'laligicha qayta ishlov berib va qadoqlangan holda yig'ishtirib olish resurstejamkor innovatsion texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatini yaratadi va hozirgi vaqtda ishlatilayotgan uyumli yoki faqat mahsulotlarning katta o'lchamli uzun poyali qismini presslangan holda qoldiq mahsulotlarni yig'ishtirib olishga nisbatan ancha samarador hisoblanadi.

1-jadval. Texnik tavsifi

№ Ko'rsatkichlar Miqdori

1 Mashina turi Osma

2 Agregatlanadigan traktor sinfi 0,9;1,4

3 Soatlik ish unumi, kg/soat

-somon 40-50

-makkajo'xori 50-80

-o'simlik qoldiqlari 250

4 Massasi, kg 450

5 Texnologik jarayonning bajarilish koefetsenti 0,97

6 Tayyorgarlik koefetsenti 0,97

7 Yillik yuklami, kg 40000

Xulosalar. Ozuqabop ekinlar poyalarini, o'simlikshunoslik qoldiq mahsulotlarini barcha qismlariga dala sharoitida qayta ishlov berilib qopli konteynerlarda qadoqlangan holda amalga oshiriladi.

Qoldiq mahsulotlarni uzatuvchi lotok, ta'minlagich, diskli pichoqli kesib maydalash apparati, materiallarni zichlab uzatuvchi shnek va qadoqlagichdan tuzilgan. qoldiq mahsulotlarni uzatuvchi lotok transformerli bo'lib, mashinaning transport holatdagi kengligini kamaytiradi, mahsulotlar tarkibida bo'lishi mumkin bo'lgan tosh va temir parchalari lotokning o'zida ta'minlagichga yetmasdan ushlab qolinadi, maydalash apparati bilan bir valga o'rnatilgan va undan keyin o'rnatilgan shnek maydalangan materiallarni qabul qiluvchi zichlab chiqarish yo'laklari orqali doimiy bosim ostida qopli konteynerda qadoqlash uchun uzatish imkonini beradi va mashinaga o'rnatilgan massali toshli me'yorlagich qopli konteynerlar massasini berilgan miqdorda bo'lishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyuldagi PQ-3117-son «Qishloq xo'jaligida mashinasozlik sohasi ilmiy-texnikaviy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida», gi qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi PQ-4243-sonli «Chorvachilik tarmog'ini yanada rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-sonli «Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori.

5. Patent RUz IAP № 20220051 (ariza) Dala sharoitda o'simlikshunoslik qoldiq mahsulotlarga qayta ishlov berish qadoqlash usuli va uni amalga oshirish mashinasi // A.Tulayev, A.T Musurmonov, 10.02.2020,2022 y.

6. Протокол испытаний № 5-2023. Машита по прерабатки и расфасовки остатков растений ИРК-1.Ценр испытаней "ВМКВ-Agromash " Ташкент, 2023- 59 с.

7. Murtazayev O., Tulayev A. Daraxt va bo'tazor o'simliklarining bargxazonlari, ularning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari. "Chorvachilik va naslchilik ishi" 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.