O'ZBEKLARNING TABIAT BILAN BO'LIQ QADRIYATLARI
Bobur Yo'ldoshev Rustam o'gMi
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar" fakulteti o'qtuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215593
Annotatsiya. O'rta Osiyo xalqlari xususan o 'zbek xalqining etnologiyasi, kelib chiqish tarixi va boshqa xalqlar bilan etnologik bog'liqliklarini ochib berishda tabiat bilan bog'liq bayramlar va urf-odatlar muhim manba hisoblanadi. Tabiatga bo'lgan munosabat bugungi ekologiya va atrof muhitni asrash masalasi eng dolzarb muammoga aylangan bir davrda tarixiy merosimiz bo'lgan bayram, urf-odat va marosimlar singari qadriyatlarni tiklash, davom ettirish va asrab avaylash hamda kelajak avlodga shu qadriyatlarimizni o'rgatish zarur deb hisoblaymiz.
Kalit so^zlar: tabiat, Totem, Navro'z, Mehrjon, Avesto, Qashqadaryo, Farg'ona, Tojikiston.
I.KIRISH
Mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan "Ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash1dek asosiy muhim topshiriq va vazifalarning ijrosini ta'minlashda ta'lim mazmuniga qo'yilgan talablarni zamon ruhiga moslashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish, tarixiy merosimiz hamda asriy qadriyatlarimizdan voz kechmagan holda tarixini chuqur bilgan, o'zligini anglagan kadrlar tayyorlashdan iborat. O'z kelib chiqishi va o'z tarixini bilmagan yoshlardan yetuk kadrlar tayyorlash juda mushkul vazifa hisoblanadi. Shuning uchun ham hoizirda tarix fanining asosiy yo'nalishi hisoblangan etnologiyaga ham juda katta ahamiyat qaratilmoqda Bugungi shiddatli glaballashuv davrida xalqning o'z milliyligini saqlab qolishida ta'limda etnologiya fani va o'zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, ularning madaniyatlari, urf-odatlari va qadriyatlarini o'rganilishi muhim hisoblanadi.
II. ASOSIY QISIM
Tabiat haqida gapirganda albatta unga nisbatan "ona tabiat" iborasini ishlatamiz. Bunday deyilishiga albatta bir qator sabablar bor. Asosiysi tabiatga nisbatan xurmat va ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, hamda uni asrab avaylashdir. Tarixda qaysi davrga etibor bersak ham, qaysi jamiyat va davlat bo'lmasin hammasida ona eng buyuk zot va onaga hurmat eng oliy qadriyatdir. Onaga qiyoslangan tabiat haqida gap ketganda unga bo'lgan hurmat va munosabat shu xalq yoki jamiyat hayotidagi urf-odat, marosim va qadriyatlarida namoyon bo'ladi. Odamzot yer yuzida paydo bo'lgan vaqtdan to hozirgi kungicha bo'lgan davrda tabiat inson evalutsiyasi va taraqqiyotida asosiy ahamiyat kasb etgan. Ibtidoiy davrdan boshlab tabiatdagi totemlar inson hayotida uning dunyo qarashini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Tabiatdagi barcha unsurlar (suv, olov, tuproq, yulduzlar) o'simlik va hayvonot dunyosi bilan odamzot o'rtasidagi munosabatlar uzoq tarixdan bugungacha insonning qanday hayot tarzida yashashi va kelajigi qanday bo'lishiga bog'liq hisoblanadi. Aynan shu sababdan dunyodagi barcha xalqlar qatorida o'zbeklar ham tabiatga alohida xurmat va ehtiromda. Millatimizning tabiatga bo'lgan munosabati tarixdan to bugungi kungacha yetib kelgan qadriyatlarimiz hisoblangan urf-odat, bayram va marosimlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Bayramlar qadimdan insonlar hayotining
Uzbekistan Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni//O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami,2017. 70-modda.
muhim va tarkibiy bo'lagi hisoblanadi. Bayramlarsiz odamlarning hayotini tasavvur qilish juda qiyin. Ular xalqlar hayotining juda ajoyib va chiroyli taraflarini ko'rsatuvchi oyna vazifasini bajaradi. Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o'rin egallaganki, ularni nishonlamaydigan hech bir xalq va millat topilmaydi.Tabiatning to'rt faslida fasllarning xususiyatiga qarab marosim va bayramlarimiz shakllangan. Ularning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi ularning qancha vaqtdan beri nishonlanayotganligi bilan ham belgilanadi. Markaziy Osiyoda xususan O'zbekiston hududida dastlabki bayramlar xususan navro'z haqida malumotlar Avestoda ham uchraydi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga ko'ra, Navro'zning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan „ zardushtiylik"ning paydo bo'lishigacha davom etgan asrlarni o'z ichiga oladi. "Avesto"da Navro'zning rasman bayram qilinishi mazdoparastlik dinining asoschisi Zardushtning dunyoga kelishi (eramizdan oldingi 623554 yillar) bilan bog'lanadi. Ana shu sanani - bahor oyi Farvardinning 21-kunini Axuramazda yilning birinchi kuni - Navro'z deb belgilashni buyuradi. Bundan tashqari afsonalarga qaraganda, Odam Ato Momo Havo bilan uchrashgan kun Navro'z deb tan olingan emish.2 Bundan ko'rinadiki bu bayramlarimiz nafaqat tarixiy balki diniy qadriyat ham hisoblanadi. Bundan tashqari kuzda o'tkaziladigan hamda xalqimiz katta quvonch va xursandchilik bilan nishonlaydigan "Mehrjon " yani xosil bayrami nafaqat o'zbek xalqi balki butun O'rta Osiyo hududlarida eng qadrlangan bayramlardan biri hisoblanadi. Bu bayram hozirgi kunda bazi shevalarda mehrgon deb ham ataladi. O'zbeklarning kuzgi tengkunlikda o'tkaziluvchi qadimiy taqvimiy bayrami "Mehrjon" eng tantanali ravishda o'tadigan bayramlaridan biri sanalgan. Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida "Quyosh va oy falakning ikki ko'zi bo'lganidek, Navro'z va Mehrjon zamonning ikki ko'zidir"3. Xalqimiz asrlar o'sha davom etib etib kelyotgan bu qadriyatlarni nafaqat asrab avaylab balki ularni kelajak avlodga ham yetkazishdek masulyatli ishni sharaf bilan ado etib kelmoqda. Ularni asrab avaylash nafaqat insoniy balki fuqorolarning qonuniy burchi hisoblanadi. Fuqorolar tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.Tarixiy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.4 Ushbu bayram qadimiy forslar taqvimidagi yettinchi oy nomidan olingan bo'lib, 23 sentyabrdan 22 oktyabrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozilishicha "..."mehr" - Quyosh nomi, Quyosh shu kuni olamga zohir bo'lib, (bayram) uning nomi bilan atalgan". "Zardusht Mehrjon bilan romro'z (ushbu oyning 21 kuni)ni birga hayit qilishni buyurgan. Keyinchalik mazkur bayram huddi Navro'zdagi singari bir oy davomida aholining turli tabaqalari o'rtasida besh kundan bayram qilingan5. Xalqimizda bunday bayramlarning nishonlanib kelishi qadim tarixga borib taqalishi nafaqat ushbu bayramlarning tarixiyligi balki xalqimizning etnologiya va antropologiyasining tarixiyligidan ham darak beradi. Xalqimizning tabiatga bo'lan munosabatlari faqat bayramlar bilan emas balki urf-odatlar va marosimlarida ham aks etadi. Tabiatdagi jamiki tiriklikning manbayi bo'lgan suvga alohida xurmatda bo'lib eng oliy qadriyat sifatida qarashadi. Suvga bag'ishlangan qadimiy odatlardan biri Markaziy Osiyoda bayram darajasiga ko'tarilgan. U yozning maxsus kunlari odamlarning daryo va suv havzalariga borib cho'milishi vaqtida vujudga kelgan. Mazkur sayilning tarixiy ildizlari qadimda Navro'zning yozda bayram qilingan davrlariga borib taqalib, bu haqda Beruniy shunday yozgan: "Odamlar shu kuni
2 Xolmatova Zahro-Navroz Bayramining Kelib Chiqish Tarixi-Yangi O'zbekiston Talabalari Axborotnomasi-1-Jild, 3-Son (Yo'ta) Toshkent-2023. 76-77 Betlar.
3 Beruniy A.R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar..- B. 253, 261.
4 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel.60-modda
5 Beruniy A.R. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar..- B. 261-262.
tong yorishgan paytda... oqib turgan suvlarga ro'para turib, barakotli bo'lish va ofatlarni daf etish uchun ustlaridan suv quyadilar. ... xorazmliklarda Ispandormaji oyining 10- kuni "vaxshangom" deb ataluvchi hayit bo'lib, u Vaxsh va Jayhun suviga bag'ishlangan"6. Mana shunga o'xshash suv bilan bog'liq ko'plab qarashlar va sayillar O'zbekistonning turli hududlarida mavjud. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi "Oq daryo"da uch chorshanba davomida suv sayli o'tkazilgan. Bu "Oq suv" (tojikcha "Obi safed"), "Loyqa suv" ("Obi loyqa"), "Teskari suv" ("Obi chappa") kabi nomlar bilan ham atalgan7. XX asrning 90- yillarida ham Respublika jamoatchilik markazlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda mazkur qadimiy bayramni qayta tiklash uchun harakatlar bo'lgan. Suv sayli Farg'ona vodiysida maxsus nishonlanmaydi. Biroq, "tosh qizdirar" davrida, ya'ni yoz chillasida odamlarning issiqdan qochib, daryo va tog'li hududlardagi soylarning bo'yiga dam olgani borishlari hamda suvda cho'milishlari suv sayilning saqlangan ko'rinishlaridan bo'lishi mumkin. Bundan tashqari tabiatning bir qismi bo'lgan bo'lgan suv o'zbeklarning ko'plab marosimlarida asosiy vazifani bajaruvchi hisoblanadi. Masalan Farg'ona vodiysi aholisining oilaviy marosimlar tizimida farzand tug'ilishi va tarbiyasi bilan bog'liq marosimlar muhim ahamiyat kasb etgan va mazkur jarayonda suv bilan bog'liq ko'plab urf-odatlar bajarilgan. Jumladan, bolani birinchi marta cho'miltirish maxsus marosim sifatida nishonlangan va ushbu marosimda tajribali hamda ko'p bolali ayollar ishtirok etgan. Namanganda bola tug'ilganiga besh kun bo'lganida maxsus «besh kecha» marosimi o'tkaziladi. Ushbu marosim Tojikiston Respublikasi So'g'd viloyati Konibodom tumanida «beshmorak» degan nom bilan ataladi. Bunda bolani ilk bora cho'miltirish niyatida maxsus suv tayyorlangan, ya'ni uy haroratida ilitilgan suvga tuz, shakar, tanga va eski paxsa devor tuprog'i solingan8 Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Kaptarxona qishlog'ida bolaning boshiga dastlab ona suti surtilib, cho'miltirilgan. So'ngra chaqaloq tog'oraga o'tqazilib, maxsus tayyorlangan suv uning ustidan avval o'ng tarafidan, so'ng chap tomonidan qirq tomchidan quyilgan. Shu o'rinda suvga solingan ashyolarning xosiyati masalasiga alohida e'tibor qaratsak. Tuz gigienik jihatdan chaqaloqning terisini qotirgan va turli toshmalar hamda kasalliklarning oldini olishi bilan birga to'kin-sochinlik, rizq-nasiba ramzi bo'lgan; shakar chaqaloq hayotining dastlabki lahzalari shirin o'tishiga yo'naltirilgan magik niyatda qo'shilgan; tanga esa boylik, davlat ramzi bo'lgan; eski paxsa devor tuprog'i bolakayning badaniga turli o'simtalar va tuklar chiqishining oldini olgan. Bundan tashqari bola qirq kunlik bo'lganida uni 40 qoshiq suvda cho'miltirish marosimi ham ko'plab turkiy xalqlarda mavjud bo'lgan. Ushbu marosim qirg'izlarda «qirqini chiqaramiz», qozoqlarda «Qirqinan shig'aru je shildexana», o'zbeklarda esa «qirq suv» deb atalgan.9 Chaqaloq marosimiy tarzda cho'miltirilgandan so'ng hatto uni yuvintirishga ishlatilgan suv ham oyoq ostiga emas, balki biror-bir mevali daraxt tagiga to'kilgan. O'z o'rnida ta'kidlash joizki, chaqaloqni birinchi marta marosimiy cho'miltirish uni nafaqat gigienik jihatdan poklanishini anglatgan, balki ramziy ma'noda uning bir olamdan ikkinchisiga o'tishi, ya'ni uning ona «tabiat» olamidan insonlar dunyosiga o'tishini anglatgan. Bola marosimiy tarzda cho'miltirib olingandan keyingina oilaning rasmiy a'zosi hisoblangan10. Ozbeklarning hayoti davomidagi eng asosiy va muhim marosimlari
6 Beruniy A.R. Qadimgi xalqlardan... - B. 257, 282
7 Qoraboev U. O'zbek xalqi... - B. 95.
8 Tursunov B. R. Konibodom vohasi muqaddas maskanlari tarixidan (Xo'ja Takrovut mozori misolida). - Xo'jand, 2007. - B. 36.
9 Suvning so'rog'i... - B. 4.
10 Bu haqda frantsuz antropologi Genner ham ma'lumot bergan. Qarang:
A. van Genner. The rites of passage. - Chikago, 1960.: O'sha muallif: Obryadbi perexoda. Sistematicheskoe izuchenie obryadov. - Moskva: Vostochnaya literatura, 1999
albatta suvsiz o'tmaydi. Inson hayotidagi keyingi bosqich bu oila qurishi va vafot etishida ham suv asosiy element hisoblanadi. Nikoh to'ylari o'zining turli marosimlar, irim-sirimlarga boyligi, etnografik manbalari rang-barangligi bilan ham alohida ajralib turadi. To'y marosimlarida ko'plab afsungarlik unsurlari uchraydi. Shu jumladan, vodiydagi nikoh to'yi marosimlari tarkibiga kiruvchi «Fotiha to'yi»da kuyov tarafidan qiz (kelin)ning otasi xonadoniga tashrif buyurgan mehmonlarga dastlab «shirin suv» olib kelinadi. Ushbu odat singari o'tsin, er-xotin yoshlarning birgalikda bo'lajak urmushi behad shirin, o'ta totli bo'lsin degan ezgu niyatda amalga oshiriladihar ikki tomon boshlagan ezgu ishning yakuni ham shirin suv singari o'tsin, er-xotin yoshlarning birgalikda bo'lajak turmushi behad shirin, o'ta totli bo'lsin degan ezgu niyatda amalga oshiriladi.11 Nikoh to'yi marosimi jarayonida «maxsus suvchilar» bo'lib, ular to'yga tashrif buyurgan aziz mehmonlarning qo'liga suv quygan va qo'lni yuvishda ishlatiladigan obdasta va chilopchinni ushlab turgan. Odatda, bunday ishlarni mahalla va eng yaqin qavm-qarindoshlarning o'smir farzandlari bajarishgan. Qo'l yuvishda foydalanilgan suv uyning bir chekkasiga to'kilgan.Kuyov tomonidan kelin xonadoniga dastlab «shirin suv» («shakarob») olib kelinadi. Ushbu udum har ikki taraf boshlagan ezgu ishlar yakuni ham xuddi shirin suv singari o'tsin, yoshlarning turmushi shirin va totli bo'lsin degan niyatda amalga oshiriladi. So'ngra shu ma'noda nikoh o'qilayotganda ham kelin-kuyov hamda marosim qatnashchilari bo'lgan yoshlarga bir qultumdan shirin suv, ya'ni nikoh suvi ichiriladi.12O'z navbatida, kelin xonadoniga kelgan jo'ralar dasturxoniga ham shirin suv qo'yiladi. Yerdagi changni bostirish uchun ishlatiladigan yoki qurilishda loyga sepiladigan suv «shakarob» deyilishida ham ana shunday ma'no bor. Oilaviy marosimlar siklida motam marosimlari ham o'ziga xos konservativligi bilan ajralib turadi. Keksalar o'z o'limi yaqinlashib qolganini sezsalar, «suvdek kelib, seldek olgin» deb duo qiladilar. Bunda odam uzoq vaqt kasal bo'lib yotmasdan, qiynalmay, oson jon berishi nazarda tutilgan. Vodiyda og'irlashib qolib, hayotdan ko'z yumishi qiyinlashgan bemor uchun yerga joy solib, boshi pastroq qilib yotqiziladi, oldida ikki kishi uning og'ziga paxta bilan suv tomizib, «kalimai shahodat» o'qib o'tiradi. Bunaqa tahlikali vaziyatda jon tanani erkin va nisbatan oson tark etishi, o'lim talvasasiga tushmasligi uchun atrofidagilar ovozini chiqarmay o'tirgan. Jon berayotgan kishining issiqdan og'zi butkul qurib qolmasligi, nam beruvchi ichki bezlar (so'lak bezlari)ning faoliyati to'xtab qolmasligi uchun bir bo'lak paxtaga suv shimdirilib uning og'zi namlab turiladi13 Demak, o'lim to'shagida yotgan odamning og'ziga suv tomizib turish yoki o'lim alomati sifatida hiqichog'i tutganda unga yetti tomchi suv berilishi odatlari zamirida tanamizning ko'p foizini suv tashkil etganligi sababli hayotining eng so'nggi lahzalarida ham undan najot kutish va suvdan quvvatlanishga qaratilgan xatti-harakatni ko'rishimiz mumkin. Motam marosimining suv bilan bog'liq boshqa marosimlardan ma'lum bir jihatlari bilan farqlanadi, mayyitni yuvishdagi amallar chappasiga, inson bu dunyoga kelganligi va tirikligida bajariladigan amallarga qarama-qarshi tarzda (chap tomondan) hamda toq (3-5) marotaba bajariladi. Jumladan, marhumning jasadini chap tarafdan boshlab yuvish, bu jarayonda tanasiga chap qo'l bilan suv quyish, tobut ostiga solinadigan ko'rpacha, yostiqlarni teskari qilib qo'yish, motam marosimlarida qo'yiladigan turli narsalarning toq bo'lishi kabi amallarni misol tariqasida keltirish mumkin. Bundan tashqari tabiat bilan bog'liq har qanday udum va marosimlarda ham suvni uchratishimiz mumkin. Farg'ona vodiysida farzandtalab ayollar doimiy boradigan muqaddas qadamjolar anchagina, ular orasida
11 A.Ashirov-O'ZBEK MADANIYATIDA SUV.158-bet
12 Ismoilov H. O'zbek to'ylari. - Toshkent, 1992. - B. 114
13 A.Ashirov-O'ZBEK MADANIYATIDA SUV.163-bet
Mavlonobuva, Safedbulon, Shohimardonpirim, Idris buva, Qirqchilton va Baliqliko'l singari ziyoratgohlar juda mashhur bo'lgan. Ayollar, asosan, farzandtalab juvonlarning ziyoratgoh va qadamjolardagi buloq suviga yuvinishi, unga tanga tashlashi, chashma atrofini yalangoyoq holda uch marta aylanishi kabi marosimlari hozirgi kunda ham davom etib kelayotganini ko'rishimiz mumkin.
III. MUHOKAMA
Shu bilan birga sohada bir qator muammlar hamda masalalar mavjud:
1) Glaballashuv jarayonlaridagi migratsiya va immigratsiya natijasida milliy qadriyatlar yo'qolishi; 2) turizm sohasining etnoturizm sohasini rivijlantish masalasi; 3) Turli millat va elatlarning o'z qadriyatlarini saqlashiga va millatlararo totuvlikni taminlashga etibor qaratish 4) Ta'limda ekologiya va etnologiya masalarini uyg'unlashtirish
IV. XULOSA
XX asr so'nggida kechgan zamonaviy sivilizatsion jarayonlar etnomadaniyat dinamikasini tubdan o'zgartirib yubordi va buning natijasida dunyo bo'yicha keng o'zgarishiga olib keladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda juda ko'p qadriyatlar va an'analar o'z qadrini, qiymatini yo'qotib, yo'qolib borayotgan vaqtda , o'sib kelayotgan yosh avlod kirib kelayotgan ommaviy madaniyat ta'sirida milliylik va millatning alohida belgilaridan ajralib qolmoqda. Millat o'zining milliyligi va tarixan avloddan avlodga o'tib kelayotgan qadriyatlarini yo'qotib borar ekan' bunday xalq yoki millat o'zligini ham yo'qotib boshqa xalqlarga qo'shilib, singib yo'q bolib ketadi. Shuning uchun ham qadriyatlar va an'analarni saqlab qolish, ularni kelajak avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega.